Tarixiy jarayon va vorisiylik
Tarixiy tafakkur ozvda inson mohiyatini, uning tarixiy mavjudot sifatidagi olamini ifoda etuvchi tushunchadir. Zotan, inson tarixiy mavjudot sifatida oz ijtimoiy tabiatiga taalluqli voqelikkina emas, ayni paytda u juda katta manaviy-axloqiy mezonlar orqali tarixiy davomiylik, tarixiy vorislik va kelajak oldida masullik qadriyati hamdir. Tarixiy tafakkur orqaligina inson otmish va kelajak ortasida vositachi, boglovchi, koprik vazifasini otaydi. Ana shu ijtimoiy voqelik bevosita insonning kishilik jamiyati tadrijiy taraqqiyotiga bogliq hodisa sifatida ozini namoyon etadi. Insonning ijtimoiy tafakkurida bevosita u yashab turgan davr mohiyati otmish va kelajak toqnashuvida ochiladi va tolaqonli mohiyat kasb etadi. Har bir davr tarixiy voqealarning mohiyatini tushunishda, unga mos ijtimoiy sharoitni vujudga keltirishda ana shu tarixiy ong, madaniy-manaviy saviya, axloqiy va ruxiy mezonlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy ongning barcha korinishlarida insonning ijtimoiy xarakteri, fel-atvori, hatti-harakati u yoki bu shaklda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, insonda uning biologik mavjudlikdan tashqarida bolgan qalb, ruh, ong va tafakkur bilan bogliq bolgan, faqat insongagina xos bolgan qadriyatlar tizimi ustuvorlik qiladi. Ana shu ustuvorlik insonning tarixiy, ijtimoiy tafakkuriga asos boladi.
Mavjud tarixiy sharoitda yuzaga kelgan ijtimoiy madaniyat tarixdan ajralgan muallaq voqelik emas. Aksincha, u ozidan oddingi davrlar va bir necha ming yillik evolyutsion taraqqiyotning hosilasi sifatida yuzaga keladi. Demak, jamiyat inson orqali manaviy madaniyat qiyofasini egallar ekan, u tarixiy tajriba va ijtimo-iy amaliyotning oziga xos sinteziga aylanadi.
Ayni ana shu hodisa insonning paydo bolishi, uning genezisi orqali mavjud shakllangan tarixiy ong, uning mahsuli bolgan kishilik jamiyatining yutugiga aylanadi. Ayni paytda bu tarixiy-madaniy vorislikning mustahkam va qatiy rivojlanish dinamikasidan dalolat beradi.
Hayvonot olami hech qachon his-tuygu, fikrlash va munosabat bildirish, sozlash imkoniyatlariga ega bolmaganidek, oz xususiyatlarini bir joyga jamlay ololmaydi. Garchi qaysidir intuitiv aloqalar orqali turdoshlari ortasidagi yaqinlik, onalik va bolalik hissi, otalik masuliyati, bolani boqish va asrash imkoniyatlariga ega bolsa-da, ozining boshqa jiddiy manfaatlari atrofida jamoaga aylana olmaydi. Buni idrok ham etolmaydi.
Inson esa xuddi ana shu fazilati bilan ulardan farq qiladi. Uning tabiatida xilma-xil faoliyat, xilma-xil munosabat, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, manfaatlar ustuvorligi uchun munosabatlar toqnashuvi yuzaga keladiki, bu odamlarning ozaro bir-birini tushunishiga, hamjihat bolib yashashiga, inson hayotining ijtimoiy mohiyat kasb etib, kishilik jamiyatining shakllanishiga olib keladi.
Inson aql-zakovati, intellektual imkoniyatlari ayni bir insonga xos bolibgina qolmay, u ijtimoiy mohiyat kasb etib, jamoa yutugi sifatida dunyoga keladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday intellektual imkoniyat tashqi tasir, jamoatchilik fikr-mulohazalari, boshqalarning salbiy yo ijobiy tasiri, kimlarningdir yol-yoriqlari orqali rivojlanadi va oxir-oqibatda umuminsoniyat yutugiga aylanadi.
Ayni ana shu holatdan kelib chiqib, kuchlarni birlashtirish, qobiliyatlar va istedodlar imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali yalpi ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyotning oziga xos modellari ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy faollik insonning jamiyat ijtimoiy- tarixiy jarayonlariga ishtirokini taminlaydi. Tarixiy xotira rivoji, malum bir individ tomonidan kollektiv tajribaning ozlashtirilishi oqibatida yangi tajribaning yangi qirralari vujudga keladiki, bu bevosita alohida individ doirasidan chiqib ketib, yalpi ijtimoiy tafakkur mohiyatiga ega boladi.
Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida avloddan-avlodga otib boradigan vorisiylik, ulkan madaniyat va boshqa qadriyatlarga merosxorlik tarixiy nuqtai nazardan etakchi va tasirchan tarbiyaviy mexanizmga aylanadi va aytish mumkinki, har qanday madaniy yutuq ayni osha davr yutugigina emas, balki ungacha toplangan tajribalar va avlodlar shajarasi orqali etib kelgan qadriyatlar natijasi yoki tarixiy bilimlar ifodasidir.
Har qanday inson alohida individ sifatvda toplangan tajriba, tarixiy xotira, tarixiy merosning oziga xos davomchisi. Faqat ayni ana shu tajriba va merosga kim qanday shaklda, qanday maqsadni oldiga qoyib yondashganligi bilan farq qiladi. Bu oz-ozidan tarixiy merosga yondashishda uslub muammosini keltirib chiqaradi.
Demak, har bir kishi alohida shaxs, alohida dunyo, oziga xos fel-atvor, munosabatlar, muammolar mezonlariga ega ekan, tarixiy tajribaga munosabatda ham oz dunyoqarashi, oz munosabati va uslubi orqali yondashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |