Yettinchidan, tarixnavislikning badiiyat bilan bogliqligi bu bevosita muarrix ijodiy uslubi, uning voqea va hodisalarga yondashish usuli, tadqiqot obektini qanchalik chuqur organsa, oz xulosalarini shunchalik yoqimli shakl va jozibali til bilan ifodalab berishi bilan belgilanadi. Ifodada harorat, qalb qori bolishi kerak. Aks holda oquvchini zeriktiradigan, oxir-oqibatda esa oz otmishidan konglini sovutadigan bedavo «asar» paydo bolib qoladi. Afsuski, bunday asarlar bizda oz emas.
Endi biz muarrixlar oldida ham tadqiqotchilik, ham fuqarolik burchi turganini, bir elkamizda tarixga xolislik, ilmiy haqiqat bilan qarash yuki, ikkinchi elkamizda esa Vatan va Millat oldidagi javobgarlik, otmishimizni asrash, ajdodlar ruhini ezozlash va kelgusi avlod oldidagi qarzdorlik yuki borligini butun vujudimiz bilan anglamogimiz kerak.
Zotan, Birinchi Prezident Islom Karimov ham: «Tarix sohasida mehnat qilayotgan olim mutaxassislarga murojaat qilmoqchiman: sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u xalqimizga manaviy kuch-qudrat baxsh etsin, gururini uygotsin. Biz yurtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug goya kerak. Bu goyaning zamirida xalqimizning ozligini anglashi yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa ozlikni anglash mumkin emas», degan edi.
Tarix falsafasi real tarixiy jarayonni tafakkur orqali anglash, tarixga inson aqli va fel-atvorining mahsuli, manfaatlar hamda qiziqishlar natijasi sifatida yondashish va tushunish, boshqacha qilib aytganda tarixiy jarayonning falsafiy interpretatsiyasidir.
Tarix falsafasi inson va tabiat, inson va jamiyat, odam va olam haqidagi falsafiy bilimlarning alohida sohasi bolib, unda asosan insoniyat tarixi asoslari, tarixiy jarayon va uning mohiyati, kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida soz yuritiladi, ular ilmiy-nazariy tadqiq etiladi.
Tarixni falsafiy idrok etish elementlari qadim-qadimdayoq namoyon bolgan. Insoniyat otmishiga nisbatan bolgan ilk qiziqishlar asta-sekin qarashlar tizimiga aylangan. Demak, tarixni falsafiy anglash, insoniyat otmishi haqida mushohada yuritish holatlari antik falsafa va tarixnavislik shakllana boshlagan davrdayoq mavjud bolgan. U inson tafakkurining shakllanish bosqichlari, evolyutsiyasi, insoniyat taraqqiyoti jarayonlari bilan uzviy ravishda dinamik tarzda rivojlangan. Biroq uni fanga mashhur frantsuz olimi Volter (haqiqiy ismi Fransua Mari Arue) kiritgan. Ayni paytda tarix falsafasi turli yonalishlarda tadqiq etiladi. Jumladan:
teologik (ilohiyot) tarix falsafasi nuqtai nazaridan borliq, jumladan, inson hayoti Alloh irodasi orqali boshqariladi, tarixni harakatga keltiruvchi kuch-Alloh irodasi sifatida talqin etiladi. Boshqacha qilib aytganda otmish Alloh irodasi orqali tushuniladi va u ilohiy mazmun orqali tushuntiriladi;
metafizik tarix falsafasi hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakllarga va korinishlarga kiradigan tushunchalar tizimi hisoblanadi;
idealistik tarix falsafasiga kora esa, goyalar, insonning axloqiy tushunchalari, manaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi;
insoniyat tarixiga naturalistik yondashish tarix falsafasining yana bir yirik oqimidir. Unda insoniyat tarixiga va hayotiga tabiat orqali, tarixiy jarayonlarga tabiiy holat, tabiiy voqelik va tabiat qonuniyati sifatida qarash goyasi ilgari suriladi. Inson hissiyoti va tuygusi ham qaysidir darajada tabiat tomonidan boshqariladi, u qanchalik individuallik kasb etmasin, tabiat mojizasidir. Shuning uchun tabiat orqali olamni anglash, otmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezon qilib olinadi. Naturalistlar qarashlariga kora inson tabiati, fel-atvori, hatti-harakati tabiiy holda yuzaga keladi va shakllanadi;
materialistik tarix falsafasida asosan iqtisodiy omillarga katta etibor beriladi. Unda tarixni yonaltiruvchi kuch sifatida tarixiy jarayonlar mohiyatini, voqeliklar mazmunini moddiy ehtiyoj va iqgisodiy zarurat orqali tushunish asos qilib olinadi;
insoniyat tarixiga individualistik va kollektivchilik (jamoachilik) jihatlardan qarab fikr yuritadigan tarix falsafasi va boshqa yonalishlar ham mavjud. Bunda insonning tarixda va umuman insoniyat taraqqiyotida tutgan ornini aniqlashda individual, yani yakka, alohida shaxsning hamda jamoatchilik, odamlar guruhi yoki fuqarolar uyushmasining roli, vazifasi organiladi.
Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, fel-atvori, hatti-harakatlari, manfaatlari, turmush tarzi, urf-odatlari, ananalari, qarashlari va etiqodlari talqin etiladi. Bu bevosita insoniyat taraqqiyotida, sivilizatsiyalar mohiyati va ularning «toqnashuvi»da kishilik jamiyati evolyutsiyasi, inson tafakkuri va ehtiyojlari dinamikasi bilan jamiyat rivoji di-namikasi ortasidagi bogliqlik, renessans hodisasi, uning yuz berishi va inqirozi sabablari organiladi.
Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. Keyinchalik u Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida ancha-muncha shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishida kuchli tasir korsatdi.
XVIII asrga kelib tarix falsafasining yonalishlari tubdan ozgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning tasiri, orni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, manaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq bunda ham turlicha yondashishlar mavjud edi. Chunonchi, Lebnits tarixda metafizika kuchlar va goyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel tarixda inson aql-zakovati va tafakkurini ustun qoyadi. XIXXX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir qatorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O. Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A. Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm goyalarini ilgari surdi.
Ayrim mutaxassislar falsafiy tafakkur Yunonistondan togridan-togri Yevropaga kochganini, Garb donishmandlari qadimiy yunon falsafasi tasirida dunyoga kelganini pesh qilishadi. Biroq tarix haqiqati, sivilizatsiyalarning davriy harakati buni inkor etadi. Darhaqiqat, yunon falsafasi insoniyat tafakkuri olamining sarchashmasi. Ana shu fayziyob falsafa vaqt otib Sharqqa kochdi. Sharqda rivojlanib, miqyosi kengayib, Sharq falsafiy tafakkur maktabi vujudga keldi va butun insoniyat tafakkur tarzini keskin ozgartirib yubordi. Aniqroq qilib aytganda, Garb ana shu buyuk maktabning baxtiyor tolibi, vorisi va davomchisidir.
Shunday qilib, Sharqda tarixni falsafiy anglashning oziga xos yonalishlari bir necha ming yillik taraqqiyot yolini bosib otdi. Garchi u tarixshunoslik, tarixnavislik, manbashunoslik, falsafa va boshqa sohalar singari aniq bir yonalish sifatida shakllanmagan bolsa-da, ayni ana shu sohalar bilan birga demografiya, madaniyatshunoslik, aholishunoslik, sotsiologiya, ruhshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarning yaxlit, ularning barcha talablarini ozida mujassam etgan tarixiy-badiiy, falsafiy-mantiqiy tadqiqot sifatida yuzaga keldi. Buni biz Beruniyning «Al-Javohir», «Tavdid» singari asarlaridan tortib Mirxondning «Ravzat-us-safo» hamda Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqalarning qator asarlari misolida korishimiz mumkin.
Demak, Sharqda tarix falsafasi tushunchasi oziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga kora jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi talimotini ilk marta juda chuqur tahlil etdi va uni oz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashuvi orqali organadi va ozining «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqgai nazardan yondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni ortaga tashlaydi. Aytish mumkinki, Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish va dunyoviy talimotga otishda muhim hissa qoshdi. U Gerodotdan Shopengauer va Shpenglergacha, Fukididdan Toynbi va Yaspersgacha bolgan uzundan-uzoq davrda misli korilmagan falsafa va tafakkur koprigini bunyod etdi.
Sharq tarix falsafasi bir necha yonalishlarda kozga tashlanadi: jumladan, podsholiklar tarixi yuksak badiiy ifodalar, xarakterlar, obrazlar, munosabatlar orqali ochib beriladi. Voqealar tahlili ibratli hikoyatlar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy meyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi: Ayrim hollarda tarixga jugrofiy-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podsholiklarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.
Malumki, insoniyat taraqqiyoti bevosita tafakkur va qarashlar taraqqiyotidir. Vaqt otgan sari tafakkurning yangidan-yangi qirralari ochilishi, ozining beqiyos imkoniyatlarini namoyon etishi tabiiy. Ana shuning natijasida odam va olam, inson va tabiat ortasidagi munosabatlar tobora takomillashib borgani sayin uning yaxlit tarixida izchil rivojlanish hodisasi yuz beradi. Dastlabki odamlarning ibtidoiy hatti-harakatlaridan buyuk sivilizatsiyalar va renessans hodisalarigacha bolgan inson tafakkuridagi rivojlanish hodisasi asrlar, ming yilliklar bilan olchanadigan umumjahon tarixiy taraqqiyotining yaxlit evolyutsiyasini qamrab oladi.
Vaqt otgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borgani natijasida tarix falsafasi tushunchasi atrofidagi mushohadalar ham kengaydi, mulohazalar ancha tiniqlashdi. Ijtimoiy fanlarning muhim yonalishi sifatida uning predmeti va tadqiqot obektiga aniqlik kiritildi. Natijada u bugungi kungacha bolgan oziga xos, katta va salmoqli taraqqiyot yolini bosib otdi. Biroq ilmiy izlanishning chegarasi yoq. Ana shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, hozirgi zamon tarix falsafasi oldida turgan eng muhim vazifalar nimalardan iborat, degan haqli savol tugiladi. Bizningcha, bu quyidagilarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |