3-MARUZA: ANTIK DAVR TARIX FALSAFASI
Reja:
1. Geradot ilmiy tarixning yaratilishi
2. Polibiyning tarixiy qarashlari
3. Tit Liviy asarlarida tarix falsafasi
4. Korneliy Tatsit Rim tarixchilik maktabi falsafasi
Tayanch iboralar: Antik ongda tabiat va tarix antitezasi. Antik kosmos: fazo. Antik kosmos: vaqt. Teokratik tarix va afsona. Gerodot. Ilmiy tarixning yaratilishi. Yunoniston oylarida (hayolotida) tarixga qarshi tendentsyiya. Tarix fani va ahamiyati togrisida yunon talimoti. Yunoniston tarixiy usuli va uning chegaralari. Fukidid. Ellin davri. Polibiy. Rim tarixchilari. Tit Liviy. Korneliy Tatsit. Yunon-rim tarixshunosligining tavsifiy xususiyatlari. Insonparvarlik.
Yunonistonda tarix fani birdaniga vujudga kelgan emas. Greklarning tasavvuricha tarix fan emas, balki sanatdan va pand nasihatdan iborat, shu sababli qadimgi greklar boshqa fanlar singari tarihning ham oz muzasi bor, bu muza Kliodir Klmo boshqa muzalar bilan bir qatorda sanatlar xudosi Apolon ayonlari orasida bolgan, deb hisoblaganlar. Greklar tarixiy voqealar togrisida chiroyli va pand nasihatli hikoyani hammadan koproq qadirlaganlar. Ular tarixning asosiy vazifasi pand nasihatdan iborat deb hisoblaganlar.
Dastlabki vaqtlarda logograf deb ataluvchi kishilar (logos soz, grafo-yozaman demakdir) shaharlarning odatda ozlari tugilgan shaharlarning tarixi togrisida yozganlar. Logograflar eramizdan avvalgi VII asrda va V asrning boshlarida yashaganlar. Oz asarlarida ular biron shaharning tarixini yozganlar, lekin ular bu tarixni afsona bilan aralashtirganlar.
Geradot ilmiy tarixning yaratilishi.
Geradotni biz tarixchi sifatida yaxshi bilamiz. Uning toqqiz tomli tarix asarining har biri yuz ellik va undan ortiq hikoya, rivoyat va oziga xos tarixiy novellalarni oz ichiga oladi.
Geradot asarlari Plutarx, Yustin, ijodlariga ham katta tasir otkazgan, taniqli tadqiqotchi M, Mandesning fikricha Yustinning kopgina fikrlari Geradotdan olinganligi, Diadorning kopgina tasvirlari Fukididga yaqin turganligi qayd etiladi.
Arrian Ksenofont ijodini davom ettirganligini ochiq oydin aytadi. Geradot yoshligididan sayohat qilishni yaxshi koradi. Galikarnos port shahri, savdo-sotiq bilan shugillanuvchi savdogarlar, yolovchilar shahri bolgani uchunmi ospirinlik yillaridayoq u yaqin atrofdagi mamlakatlarga borib qoladi. Dengiz shunqori va sayohlari tilidan garoyib sarguzashtlarni tinglashni judajuda yoqtiradi. eron tarixi kitobi Geradot etiborini ayniqsa oziga tortadi. Xaronning Eron tarixi kitobida Ahamoniylar davlatiga qaram bolgan Osiyodagi kopgina malumotlar haqida qimmatli malumotlar bor.
Gerodot tugilgan olka tarixiy sarguzashtlarga boy edi. Bunday tarixiy voqealarni kop eshitgan Gerodot keyinchalik haqli ravishda tarixiy hikoyalar ijodkori bolib, qoladi. Gerodotning ona shahri Galikarnos hokimi Lagdimid qarshi kotarilgan isyonda Paniasid bilan bostiriladi. Geradot esa mamlakatdan quvgin qilinadi. Shundan song bolajak tarixchi Osiyo boylab safarga chiqishga qaror qildi. Geradot qora dengiz qirgoqlari boylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar haqida qiziqarli malumotlarni eshitadi. Undan ilgari ham skiflar haqida talaygina kitoblarni oqib ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi.
Geradot Samos orolida bir muncha vaqt bolib, Osiyo boylab safarga jonaydi. Geradot dastlab, Ahamoniylar davlatining markazi bolgan suz shahriga keladi. Efes va Sard shaharlarida boldi. Kichik Osiyodagi Galis, Mesopatamiyadagi Efrat va Tigr daryolaridan otadi. Geradotning fikricha, Kaspiy boylarida kochmanchi massagetlar yashaydi. Massagetlar baliq goshti, parranda va sutli taomlarni istemol qilishadi. Bu erning xalqlari juda jangari bolishgan. Aytishlaricha Eron shohi Kir ham ularni oziga boysudira olmagan. Geradot Mesopatamiya va Vaviloniya olkalarining tabiatiga ham keng toxtaladi. Bu joylar Orol dengiziga yaqin bolib, ayrim tadqiqotchilar bu olkalarga Geradot kelmagan deyishsa, boshqalar kelgan deyishadi. Geradot Orta Osiyo haqida muhim malumotlar keltiradi. Bu erda bir necha hokimliklar mavjudligini, ularning hammasi ulkan Eron davlatiga qaram ekanligini tasdiqlaydi. Bu hokimliklarni aniq nomi bilan ataydi. Jumladan, Baqtriya, Girkaniya, Kaspiy, sogdlar, saklar, xorazmiylar va oriylar, bu orinda izoh talab nomlardan oriylar Afgonistonning garbiy qismiga joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti osha vaqtda Balx shahri bolgan kaspiy hokimligida Turkmanistonning janubi-garbiy qismida joylashgan qabilalar kirgan Xorazmiylar xorazmliklar, sogdlar Politmet (Zarafshon) boylarida, saklar Tyanshan togining garbiy etaklarida joylashgan edilar. Shundan song Geradot Hindiston olkasida sayohatini davom ettirib, Panjobga boradi. Bu erga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli malumotlar toplaydi. Geradot keyingi asarlarida Liviya, Misr olkalarini ham keng tasvirlaydi. Geradot tarixning shunchaki xabarchisi emas, balki tarixni jonlantirib korsatuvchi etuk ijodkordir. Uning skiflar haqidagi asarlari nihoyatda bebaho va qadrli.
Geradotning skiflar asari jahon xazinasida munosib orin tutgan, bu asar juda koplab tillarga tarjima qilingan. Skiflarni birinchi bolib, jahonga tanitgan ham Geradotdir, XVII XVIII asrlardayoq rus imperatorlari Geradotning skiflar asarini juda katta qiziqish bilan oqishgan va juda kop nusxalarda tarjima qilishga buyuruq berishgan. Natijada, asar bir necha marta tarjima qilinib, qayta-qayta nashr etiladi. Skiflar haqida Geradotdan ilgari Yunon olimlari Gomer, Esxil ham yozganlar, lekin skiflarning haqiqiy va birinchi targibotchisi Geradot edi. Geradotning skiflar asarining uslubi, undagi hikoyalarning xarakterli xususiyatlari haqida bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari yuzaga keldi. Bu ilmiy tadqiqotlar ichida ayniqsa, I. Ya. Timoshenkoning Geradot va uning asari Vitold Klingerning hikoyachilik motivlari asarlari shuningdek, sharq xalqlarini tarixiy hikoyalari kabi juda katta ahamiyatga ega bolgan ijod durdonalari yuzaga keldi. Geradot katta ishga qol uradi. Faqat skiflarni emas Yevropa va Osiyodagi hatto Afrikadagi kopgina qabilalarning hayotiga oid malumotlarni aks ettiradi. Geradot ijodi Tarix nomli Toqqiz kitobi katta ilmiy xazinani tashkil etib, bu kitoblarning har qaysisi yuzlab hikoyalarni oz ichiga olgan. Geradot antik davrdagi boshqa olimlardan shu bilan farq qiladiki, u fidoyi tarixchi edi. Oz hayotini tahlikaga qoyib bolsada ijod dardida uzoq yurtlarni kezdi. Jahongashta tarixchi ne-ne xavfxatarlarlarga duch kelmadi. Bu safarlarida u avval oz kozi bilan korib, qulogi bilan eshitgach, keyin ijod qilardi. Har qanday faraz va taxminlar uning uchun begona edi. U minglab qabila va elatlarda boladi. Yuzlab daryolarni kechib otadi. Osha paytda hech bir olimning qadami etmagan uzoq olkalarni kezadi. Hali kop korilmagan mavzularni birinchi bolib yoritadi. Shuning uchun ham Geradot nomi tariximizda alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi faktlar asosida biz aytishimiz mumkinki ilmiy tarixning yaratilishida Geradotning Tarix asari muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |