4-MARUZA: ILK XRISTIANLIK TARIXI FALSAFASI. ORTA ASRLAR TARIXI TEOLOGIYASI
Reja:
1. Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri
2. Avgustin asarlarida ikki ilohiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili
3. Tarixiy manbalarning oziga xos xususiyatlari
4. Sh.A.Yazdiyning Zafarnomasi tarixiy manba sifatida
5. Klavixo va uning kundaligi
6. Ravzat us Safo poklik bogi
Tayanch iboralar: Xristian dunyoqarashining tasiri. Avliyo Avgustin Xudo shahri togrisida. (Ilohiy shahar togrisida). Ilohiy olam va inson dunyosi. Muqaddas tarix va dunyoviy tarix. Ikki shahar togrisida talimot. Vaqt haqida tasavvur. Taraqqiyot goyasi. Xristian tarixshunosligining tavsifiy xislatlari. Dunyo va insonning orta asrlardagi tushunchalari (korinishlari). Orta asr kosmosi. Abadiyat va vaqt togrisidagi orta asr tushunchalari. Jamiyat va shaxs. Orta asrlarda fikrlashhning ramziyligi. Orta asr tarixi teologiyasida taraqqiyot goyasi. Orta asr tarixiy bilimlarning tuzilishi. Orta asr tarixshunosligining tavsifiy xislatlari.
Rim imperiyasi parchalanib, uning ornida orta asr Garbiy Yevropa sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar oziga xos otish davri sodir boldi. Otish davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bolgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muhitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruhlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bolgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga oz ornini boshatib berishi davr taqozosi bolishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik korsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy tashkiliy taqib qilish usullarini qolladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning ozida turli bidatchi diniy yonalishlarning faoliyat korsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan talimot ekanligini asoslash shu talimotni himoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir korish ehtiyoji tugildi.
va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika sozining lugaviy manosi himoya qiluvchi demakdir. Yani xristian diniy aqidalarini turli hujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda ozlarining asarida xristianlik talimotini asrashga qolaversa, Rim saltanatini oqlab bolmasligini korsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tugilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur organgan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday soglomlashtirish kerakki, undagi har bir odam xristian falsafasini qimmatini kora olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bolishi mumkin, xolos.
Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning ozi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga togri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lugaviy manosi otani anglatib, bu nom kopincha hurmat manosida harbiy episkoplarga berilgan) ozgacha goyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga harakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 yil) va xalqidan (451- yil) oraligida birinchi muhim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. Garbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bolib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 430).
Do'stlaringiz bilan baham: |