Prezident o`z chiqishi vaqtida Tashkent city qurilishidan asosiy maqsad haqida gapirdi



Download 4,62 Mb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi4,62 Mb.
#596470
  1   2   3
Bog'liq
1-Bob va Kirishga NAMUNA


KIRISH
Prezident o`z chiqishi vaqtida Tashkent city qurilishidan asosiy maqsad haqida gapirdi. «O`zbekistonning zamonaviy qiyofasini yaqqol namoyon etadigan yangi bino va imoratlar bugun barcha shahar va viloyatlarimizda ko`plab qad ko`tarmoqda. Albatta, ularning orasida «Toshkent-Siti» ishbilarmonlik markazi alohida ajralib turadi. Guvoh bo`lib turganingizdek, «Toshkent-Siti» markazi o`zining me'moriy qiyofasida shaharsozlik san'atining eng so`nggi yutuqlarini, arxitektura, muhandislik va dizaynerlik borasidagi noyob va ulkan salohiyatni yaqqol mujassam etadi. Maydoni 80 gektardan iborat ushbu markazni qurishdan asosiy maqsad – zamonaviy, «aqlli shahar» barpo etish, xalqaro, xorijiy va mahalliy bank-moliya tuzilmalari va investorlar uchun jonajon Vatanimiz, birinchi navbatda, go`zal poytaxtimiz jozibadorligini oshirishdan iborat», degan prezident. Davlat rahbari O`zbekistonda qurilish va arxitektura sohasida taraqqiyotning yangi davri boshlanganiga urg`u qaratgan. «Biz O`zbekiston taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarish maqsadida ishlab chiqilgan.
Poytaxtimizdagi yana bir diqqatga sazovor jamoat binolaridan biri bu yaqin o`tmishda Toshkent shahar hokimiyati bo`lgan hozirgi paytda Respublika Xalq banki boshqaruvi binosidir. Binoni “ToshkentboshrejaLITI” institute loyihalagan, muallif arx. F. Tursunov. Ushbu binoda an’anaviy dekorativ ornament elementlari ko`p qo`llanilgan bo`lib, buni ayniqsa binoning bosh tarz qismida ko`rish mumkin. Bosh tarzning markaz qismida islimiy naqsh bilan bezalgan peshtoq binoning arxitekturaviy obrazini to`la ifoda etishga yordam bergan. Peshtoqdagi naqshlarda, karnizdagi sharafalarda asosan bitta oq rang qo`llanilgan. Bu tamoyil zamonaviy arxitekturaga xos va mana shu bino arxitekturasi mustaqillik yillari me’morchiligida o`ziga xos yo`nalish ochib berdi. Bugungi shiddatkor davrga hamohang ilm-fan, texnika ham shitob bilan rivojlanmoqda. Natijada hayotimizga zamonaviy texnologiyalar tobora chuqurroq kirib, uning samaralari hamma jabhada o`z aksini topayotir. Bu, ayniqsa, qurilish sohasida yangi usul va yondashuvlar paydo bo`lishiga katta turtki bo`layaptiki, shaharsozlikda innovatsion loyihalar ro`yobga chiqarilmoqda. Ular rivojlangan davlatlarda “Kelajak shahri” yoki “Yangi shahar” deb nomlanayapti. Quvonarlisi, bunday ulkan loyihalarga yurtimizda ham qo`l urilmoqda. “Tashkent Sity” xalqaro ishbilarmonlik markazi mamlakatimizdagi dastlabki ana shunday zamonaviy majmuadir.
Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimiz bosh kentida qurilish-obodonlashtirish ishlari ko`lami kengayib, zamonaviy inshootlar bunyod etilayotgan bo`lsa-da, ular orasida osmono`parlari deyarli yo`q. Quruvchiyu me’morlarning tan olishicha, oxirgi chorak asr davomida barpo qilingan imoratlar ichida “O`zmilliybank” binosi eng balandi hisoblanadi. Nega shaharsozlikning bu yo`nalishida ortda qolayapmiz? Vaholonki, hali fan-texnika taraqqiy etmagan, ko`plab elatlar g`arib maskanlarda umrguzaronlik qilib yurgan pallalarda zaminimizda muhtasham obidalar, boqsangiz boshingizdan do`ppingiz tushib ketadigan darajada mahobatli minoralar barpo etilgan-ku?! Bu xususda so`z yuritganda, dastavval odamlar tafakkurida qotib qolgan o`sha eskicha qarash — seysmologik nuqtai nazardan hududimizda baland inshootlar tiklash xavfli, degan vajga to`qnash kelasiz. Shunday paytda seysmik jihatdan eng faol hisoblangan Yaponiyada ham aqlingizni shoshiradigan inshootlar qurilayotgani, yer resurslari cheklangan yana ko`plab davlatlarda esa hatto suv ustida kichik shaharchalarga asos solinayotganini o`ylab, taajjubga tushasan kishi. Mutaxassislarning fikricha, hech bir davlatda binolar balandligiga cheklovlar qo`yilmagan. Xususan, “O`zbekistonda ko`p qavatli inshootlar barpo qilish mumkin emas”, degan texnik asos yo`q. Hamma gap qurilish ishlarini pishiq loyiha asosida har tomonlama mustahkam va sifatli ado etishda, xolos. Shu bois bugun shaharsozligimizda eko, smart hamda innovatsion texnologiyalarga asoslangan loyihalar hayotga tatbiq qilinayapti. Poytaxtimizda ana shunday yuksak texnologiyalar asosida qurilayotgan “Tashkent City” xalqaro ishbilarmonlik markazi mintaqamizda shaharsozlik haqidagi tasavvurlarni butunlay o`zgartirib yuborishi aytilmoqda. Sababi, bu yerda vaqt bilan hamohang, taraqqiyotning asl namunalarini o`zida mujassamlashtirgan muhtasham imoratlar solinadi. Boshqacha aytganda, respublikamizda birinchi bor qirq qavatgacha bo`lgan binolar tiklanadi!

Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish