Prezident o`z chiqishi vaqtida Tashkent city qurilishidan asosiy maqsad haqida gapirdi


Adobe Premiere dasturi imkoniyatlari



Download 4,62 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2022
Hajmi4,62 Mb.
#596470
1   2   3
Bog'liq
1-Bob va Kirishga NAMUNA

1.2. Adobe Premiere dasturi imkoniyatlari

1.6-rasm. Adobe Premiere Pro dasturi logotipi
Adobe kompaniyasining Premiere dasturi hozirgi kunda multimedia sohasida eng ko`p qo`llaniladigan dasturlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, televideniya sohasida salmoqli o`rin egallaydi. Dastur teleko`rsatuvlar, videolavhalar, ijtimoiy ro`liklarni montaj qilishda effektlar, instrumentlar borasida yetarlicha bazaga ega. Bundan tashqari Premiere dasturi Vizual effektlar,kompozitsiyalar yaratishga mo`ljallangan Adobe After Effects dasturi bilan bog`lanuvchi ko`prikka ega. Bu esa bevosita ish jarayonida montaj qilinayotgan videofaylni After Effects dasturida ochib, keraklicha effektlar bilan boyitish imkoniyani beradi. Hozirda bu imkoniyatdan unumli foydalanilmoqda. Dastur ishchi oynasi quyidagi rasmda keltirilgan.

1.7-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi ishchi oynasi.

1.8-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi ”Effects” bo`limi.


Dastur interfeysiga kelsak, u professional foydalanuvchilarga mo`ljallangan. Chunki montaj jarayonida ishlatiladigan maxsus effektlar, perexodlar – hammasi faqat nomga ega teg ko`rinishida interfeysdan joy olgan. Foydalanuvchi esa ushbu effektlar haqida ma’lum nazariy bilimga ega bo`lmasa foydalana olmaydi.
Misol qilib aytganda, Canopus Edius, Sony Vegas, Pinnacle ,Ulead Video Studio dasturlarida Effektlar grafik animatsiya ko`rinishida aks ettirilgan. Bu esa ilk marotaba foydalanayotgan foydalanuvchi uchun effektlarning qandayligini tushunib olishga imkon yaratadi.
Dasturning “Effects” bo`limidagi effektlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi

1.9-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” bo`limi tarkibi.
Presets bo`limida tayyor effektlar sozlamalari mavjud. Ya’ni foydalanuvchi tomonidan yaratilgan va qayta foydalanish uchun saqlab qo`yilgan effektlar.

1.10-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” paneli “Presets”bo`limi.
Audio Effects bo`limida audio fayllar uchun mo`ljallangan effektlar joylashgan. Ya’ni ovoz balnsini o`zgartirish, Ovoz kanallarini o`zgartirish va hokozo.

1.11-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” paneli “Audio Effects”bo`limi.
Audio Transitions bo`limida audio perexodlar joylashgan. Ko`pincha, vaqt yo`lakchasi (“timeline”) da audio fayllar bog`anishi sayqallashda ishlatiladi.



1.12-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” paneli “Audio Transitions”bo`limi.
Video Effects bo`limida esa video effektlar uchun maxsus effektlar jolashgan. Odatda, juda ko`p foydalaniladigan bo`limlardan biri.

1.13-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” paneli “Video Effects” bo`limi.
Video Transitions bo`limida maxsus video perexodlar mavjud.

1.14-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Effects” paneli “Video Transitions” bo`limi
Yuqorida dasturning o`ziga xos jihatiga e’tibor qaratdik. Endi uning qolgan bo`limlariga e’tibor qaratsak.
Premiere dasturi o`rnatilganidan so`ng asoiy oynada bir nechta kichik oynalar ochiladi. Bu oynalarning har biri filmlarni montaj qilish uchun o`z funksiyalariga ega. Bu oynalarning eng muhimlari uchta:

  1. Project (Proekt) — loyiha tarkibini boshqarish uchun (tahrirlanayotgan filmlarni va tashqi fayllardan import qilingan ma’lumotlarni);

1.15-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Project” paneli





  1. Timeline (Montaj yoki Montaj stoli) — kliplardan tashkil topgan vaqtinchalik shkalalarni sxematik joylashishi bo`yicha filmlarni montaj qilish uchun;


1.16-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi ”Timeline” paneli
3. Monitor (Monitor) — film va kliplarni dastlabki kadrlar rasmlarini ko`rish uchun, shuningdek, vizual montaj uchun ishlatiladi.

1.17-rasm. Adobe Premiere Pro CC dasturi”Program”(Monitor) paneli.
Project (Loyiha) oynasi filmlar va kliplar biblotekasi hisoblanadi. Boshqa ikkita oyna esa montaj jarayonini boshqarish uchun ishlatiladi. Barcha uchta oynaning yuqori qismida zakladkaga ega bo`lib ma’lum bir ob’ektlar bo`yicha kerakli ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Xususiy holda, Timeline (Montaj) va Monitor (Monitor) oynalari joriy vaqtda ochilgan filmni identifikatori hisoblanadi. Premierega yangi film qo`shilishi bilan avtomatik ravishda yangi loyiha ochiladi va Sequence 01 bilan nomlanadi. Bunday nomli satrlar Project (Proekt) oynasida joylashadi, ularning zakladkalari Monitor (Monitor) va Timeline (Montaj) shu aktiv oynada ochiladi. Agarda loyihaning Monitor (Monitor) va Timeline (Montaj) oynalarida yangisi yaratilgan yoki ochilgan bo`lsa aktiv filmni belgilangan zakladkadagi Sequence 2 filmi orqali aniqlash mumkin.
Filmni montaj qilishda foydalanuvchi uchta oynadan tashqari ekranda yana boshqa bir nechta ishni olib borishga ko`maklashuvchi oynalar palitrasi ham ochiladi. Ular qo`shimcha maqsadlarda ishlatilib montaj jarayonini osonlashtirishga va qo`shimcha ma’lumotlar chiqarishga yordam beradi.
4. History (Jurnal) —ko`rish uchun xizmat qiluvchi palitra va filmni eng oxirgi o`zgartirishlarni bekor qilishga yordam beradi;
5. Info (Ma’lumot) — qo`shicha kontekst menyularni chiqaruvchi palitra (odatda ko`pincha belgilangan ob’ekt bo`yicha ma’lumot olish imkonini beradi).
Premiere da montaj qilish joriy klipga aniq bir amallarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu ishlarni aniq bir instrumentlar orqali amalga oshiriladi. Vaqtning ma’lum bir vaqti uchun faqatgina bitta asbob bilan ishlash mumkin. Bu asboblar maxsus Tools palitrasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Premiere ning interfeysida keltirilgan kositalardan tashqari yana qo`shimcha palitra va oynalar mavjud. Ular filmni montaj qilish jarayonlarini osonlashtiradi (masalan, bir nechta asosiy oynalarni dubllash uchun), yoki qo`shimcha imkoniyatlarni boshqarishga imkon beradi (masaln, titrlarni yaratish yoki qo`shimcha maxsus effektlarni qo`llash).
Bunday qo`shimcha oynalarga quyidagilar kiradi:
6. Effects (Effektlar) — effektlarni o`tishini qo`shgan holda kliplarga har xil efektlarni qo`shish;
7. Effect Controls (Effektlarni boshqarish) — belgilangan effektlarni boshqarishva ularni parametrlarini o`rnatish;
8. Title Designer (Titrlar dizayneri) — titrlar bilan kliplarni tahrirlash va yaratish uchun ishlatiladi;
9. Audio Mixer (Audio miksher) — kliplarni tovushlarini an’anaviy miksherlarini sozlash uchun.
Har bir foydalanuvchi o`z ish stolidagi foydalaniladigan oynalarni o`lchamlarini o`zi xoxlagan ko`rinishga o`zgartirib olishi mumkin. Ushbu oynalardan bittasi, ya’ni yorqin rangga ega bo`lgani aktif hisoblanadi. Premiereda foydalanuvchining barcha harakatlari aktiv hisoblanadi. U yoki bu oynani aktiv qilish uchun ularni sichqoncha bilan chertishni o`zi kifoya.
Ixtiyoriy oynani standart Windows operatsion tizimidagi Close (Zakrit) boshqaruv tugmasi orqali yopish mumkin. Yopilgan oynani ekranga chiqarish uchun Window (Okno) komandalar menyusidan foydalaniladi.

1.18-rasm. Oynani boshqarish tugmalari
Premiere bir vaqtning o`zida bir neyata filmlarni tahrirlash imkoniga ega. Ular oynalar zakladkasi asosida amalga oshiriladi. Zakladkali oynalarni yopish maxsus ko`rib chiqilgan tugmalar orqali amalga oshiriladi.

1.19-rasm. Yopish tugmalari orqali oynalardan biri yopiladi
Boshqaruv elementlari. Adobe Premiere da filmlarni montaji va kliplarni boshqarish bo`yicha bu jarayonlarni amalga oshiruvchi uning interfeysida quyidagi elementlar mavjud:
1. Yuqori menyu (menu bar) — Adobe Premiere oynasi boshida turuvchi satrlar menyusi;
2. kontekst menyu (context menu, pop-up menu) —interfeysning ixtiyoriy joyida sichqonchani bosgan holda chiquvchi kontekst menyu. Bu tahrirlash uchun judayam qulay bo`lib, kerakli joyga uni ishga tushirgan holda hosil bo`lgan menyudan loyihaning keyingi ishlarini amalga oshirishda yordam beruvchi kerakli komandalarni olish mumkin.
3. oyna va palitralar menyusi (window menu) — spetsifik menyular bo`lib, Adobe kompaniyasi mahsulotlari uchun xos va Windows operatsion sitemasida iglshvchilar uchun judayam qulay bo`lgantugmalarga ega Bu menyular uchburchakli tugmalarni bosish orqali amalga oshiriladi. Bunday tugmalar deyarli barcha palitralarda va oynalardar mavjud. Hamda ular tugmalar komandasini ishga tushirish orqali amalga oshiriladi.

1.20-rasm. Kontekst menyuning ma’lumotlari uning chaqirilgan joyiga bog`liq

1.21-rasm. Project oynasi menyulari
4. asboblar paneli (toolbars) — ko`p sonli panellar ro`yxati va har xil boshqaruv elementlaridag tashkil topgan;
5. issiq tugmalar (shortcuts) — malkali foydalanuvchilar uchun julayam qulayliklar tug`diradi. Agarda siz ma’lum bir komandalarni tez-tez bajaradigan bo`lsangiz ularni issiq tugmalar orqali bajarish asboblar panelini chaqirib kraklisini tanlab olishga nisbatan judayam qulayliklar tug`diradi.
6. Har xil sonli parametrlarni regulirovka qilishda ishlatig uchun mo`ljallangan interfeysning xarakterli elementlari ya’ni regulyatorlar parametrlari va aktiv yozuvlar. Masalan, shunday yozuvlardan biri Timeline (Montaj) oynasidagi joriy kadrda aks etuvchi taym-kodni keltirish mumkin. Aktiv yozuvlarni parametrlarini sonli qiymatlarini klaviatura yordamida ularni belgilash bilan o`zgartirish mumkin. Buning uchun zvga sichqoncha ko`rsatkichi bisiladi va o`zgartiriladi. Sichqonchaning oshirish yoki kamaytirish parametrlarini o`zgartrish asosida mosravishda ularning qiymati oshiriladi yoki kamaytiriladi.

1.22-rasm. Aktiv yozuv

1.23-rasm. Klaviaturadan taym-kod qiymatini kiritish
7. Ro`yxatlar — interfeysning yana bir imkoniyatlaridan biri murakkab dasturlar uchun muhim sanalib u yoki bu ob’ekt parametrlari uchun kompakt formalar guruhini chiqarib beradi. Bu ro`yxatlar ierarxik ko`rinishda ishlab chiqilgan. Ro`yxatni ko`rinmaydigan qismini chiqarish uchun o`ng tarafdagi uchburchakli tugmani bosishni o`zi etarli. Ochilgan oynani ko`rinmaydigan holatga o`tkazish uchun ham shu tugmani bosish talab etiladi. Bu holatda uning yshnalishi pastga yo`nalgan bo`ladi.
I BOB BO’YICHA XULOSA
Bu bobda videolavha yaratish texnologiyasi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Foydalanilgan dasturiy ta’minotning keng imkoniyatlari haqida batafsil yoritib berilgan. Videolavha tayyorlanishda olingan nazariy bilmlarni mustahkamlash maqsadida ma’lumotlar o’rganib chiqilgan.
Download 4,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish