Tarix fanining predmeti
Har qanday fanning tadqiqot maydoni, organish manbai boladi. Jumladan, tarix fanining ham. Tarix fanining predmetini belgilash tarixiy bilim nazariyasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning echimini togri, ilmiy asoslangan, nazariy jihatdan pishiq-puxta, hayotiy va amaliy jihatdan asosli bolgan holatda yaratish bevosita fan taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa oz-ozidan tarixiy bilim tabiatini, uning oziga xosligini belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy mezon va meyor bevosita tarixiy malumotga erishish yollari va vositalarini qay darajada togri va aniq belgilashni taqozo etadi.
Bunday qaraganda tarix fani predmetini belgilash osonday tuyuladi. Biroq, mutaxassislarning fikricha, tarix tushunchasi haqida 30 ga yaqin yondashuv va tadqiq etish usullari mavjud ekan. Ana shu fikrlar xilma-xilligi, yondashuvlar turlichaligi, tarix faniga bolgan munosabatlarning har xilligi uning predmetini aniqlashni birmuncha murakkablashtiradi.
Tarixshunos N. Doroshenko tarix fani predmetini «Tarixiy ongda oz aksini topgan, turli tarixiy yonalishlarga asoslangan, turli tarixiy rolni bajaruvi odamlarning tarixiy turmushidan tarkib topgan real qonuniy, tarixiy jarayon muhim elementlardan biri deb hisoblangan tizim» sifatida tushunadi. V.Ivanov tarix fani predmeti haqida gapirar ekan, «Tarix ommaviy hayot qonuniyatlarining konkret shakllarini organishni predmet» deb hisoblaydi.
B. Mogilnitskiy esa «Tarix odamlar faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyat oqibatlari bilan bogliq bolgan konkret ommaviy taraqqiyot qonuniyatlarini tadqiq qiladi», deydi. Atoqli tarixchi I. Kovalchenko oziga xos fikr yuritadi va «Tarixiy taraqqiyot oz maqsadiga ega bolgan odam faoliyatini ozida aks ettiradi, bu esa ilgor qonuniy hamda ichki shartlarga ega bolgan jarayondir. Bu jarayonning konkret yonalishida organik ravishda moddiylik va manaviylik, obektivlik va individuallik uygunlashadi. Bu uygunlikning ozi esa tarkibiy shakl va sifat birligi holatida namoyon boladi», degan fikrni ilgari suradi.
Oz-ozidan korinib turibdiki, qarashlar turlicha, yondashuvlar xilma-xil. Biroq barchasining mohiyatida inson, uning otmishi, buguni va istiqboli yotadi. Tarixning muallifi, yaratuvchisi, ishtirokchisi inson va faqat inson degan goya ilgari suriladi. Demak, tarix fanining predmeti insonshunoslik, inson olami va hatti-harakati, qarashlari va manfaatlar toqnashuvidagi fel-atvorining tadqiqotidir.
Tarix fanining predmeti atrofidagi munozaralar faqat shugina emas. Ingliz tarixchisi R. Kollingvud «Qandaydir tarixiy jarayon va uni anglashning aniq yoli yoq. Tarixiy jarayon oz-ozidan ong jarayoni hisoblanadi», desa, M. Oukshot tarix fanining predmeti bu shunchaki «Tarixchining tadqiqot olami, uning konstruktsiyasi. Tarix bu tarixchi goyalarining spetsifik olami» deydi. Bu bilan u tarix fani predmetini birmuncha boshashtirganday korinadi. Uning bunday goyasida tarixchi tarixni qanday xohlasa shunday tadqiq qilaveradi. Har bir kishining oz olami bolganiday, tarixchining ham oz olami mavjud. U otmishni qanday tushunsa shunday ifodalayveradi, degan xulosa ham bor. Biroq tarix fani metodologiyasi fanga jiddiy yondashishni va asosli xulosalar chiqarishni taqozo etadi. U insoniyat tarixining butun mohiyatini, sevinchu iztiroblarini, shukuhli va sitamli dam-larini yaxlitligicha ifoda etmogi lozim.
Hozirgi zamon Amerika tarixchisi G. Kommadjer tarixiy bilim predmeti haqida fikr yuritar ekan, u tadqiqot obektiga idealistik nuqtai nazardan yondashadi va fan mohiyatini quyidagicha ifoda etadi: «Tarix amalda atom, kimyoviy vositalar singari ozini namoyon etolmaydi. Ushbu vositalar tabiatda mavjud. Ular inson yoq qilguniga qadar mavjud boladi. Tarix esa tabiatda yashamaydi. Balki inson tasavvurida, xotirasida yashaydi».
Demak tarix uzluksiz va yashovchan. Inson, insoniyat mavjud ekan, uning shajarasi davom etar ekan, tarix xotiralarda qaysidir darajada yashayveradi. Vorisiylik, avlodlar shajarasi tarixning tadrijiyligini, davomiyligini saqlab qoladi. Ana shu holatning ozi tarixiy bilim manbai, tarix fani predmeti masalasiga aniqlik kiritadi. Inson xotirasi va ajdodlar hayotini organish ehtiyoji orqali yaxlit insoniyat tarixini tadqiq etish, uni shakllangan fan qonuniyatlari asosida rivojlantirish muammosini kun tartibiga qoyadi.
Darhaqiqat, tarix buyum yoki boylik ham emas. Shuningdek, hayot uchun, yashash uchun kurashmaydi. U ozini himoya qilolmaydi, amaliy faoliyat korsatolmaydi. Bularning hammasi insonda mujassam. U beqiyos boylik va nematlar yaratadi, kurashadi, inkor etadi, qollab-quvvatlaydi, munosabat bildiradi. Natijada ozi ham iztirob chekadi, quvonadi. Amaliy faoliyat, hatti-harakatlar natijasini baholaydi. Asta-sekinlik bilan uning otayotgan har bir kuni tarixga aylanib boraveradi. Bu albatta, individual voqelik. Bitta shaxsga bogliq bolgan jarayon. Yakka- yakka shaxslarning birligidan tashkil topgan jamiyatda ushbu amaliy faoliyatlar yigindisi kollektiv mohiyat kasb etadi va shu tarzda jamiyat, xalq tarixi vujudga keladi. Demak, tarix fani kishilik jamiyatining otmishini organar ekan, u tom manoda insonshunoslikdir. Ana shu xulosadan kelib chiqib aytish mumkinki, tarix fanining predmeti insondir.
Umuman olganda yuqorida keltirilgan iqtiboslardan korinib turibdiki, ular asosida tarixni idealistik yoki materialistik nuqgai nazardan organish uchun turli metodologiyalar tavsiya etiladi. Biroq tavsiyalar, yondashuvlar, tadqiqot usullari qanchalik xilma-xil bolmasin, tarix fani predmeti insondir, insonshunoslikdir. Voqelik inson orqali yuzaga kelar ekan, har qanday tarixiy jarayon inson fel-atvorining, manaviy-marifiy darajasining, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarining hamda manfaatlarining inikosi ekan, otmishga inson orqali nazar tashlash, inson mohiyatini ochish orqali tarix mohiyatini ochish ilmiy haqiqatga yaqinroq, deb oylaymiz.
Tarixni yaxlitligicha, bir butunligicha anglash uchun tarix predmetining butun mohiyatini anglamoq zarur. Ana shu fikrdan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixchining vazifasi tarixiy jarayonning asosiy belgilovchi hukmron tendentsiyasini ifoda etishdir. Chunki malum bir davrda yuz bergan har qanday voqea-hodisa tagida turli-tuman bir-birini rad qiladigan, bir-birini inkor etadigan qarashlar ham yotadi. Yuz bergan voqeani tan olmaydigan, uni tushunishni xohlamaydigan yoki umuman tushunmaydigan odamlar guruhi hamma vaqg hamma davrda bolishi tabiiy. Tarixni togri belgilash, togri baholash va togri tushunishning murakkabligi ham ana shunda.
Nemis faylasufi Edmund Gusserlning fenomenologik falsafasida aqliy intuitsiya tushunchasi ustuvorlik qiladi. Jumladan, u har qanday his qilish qobiliyatini aql-idrok orqali amalga oshirishni, mohiyatga asoslangan jarayon ekanligini aytadi. Natijada, «intuitsiya bu ilohiy his-tuygu, qalb ovozi emas, balki aql ovozidir» degan xulosaga keladi. Bizningcha, bunday tarif va yondashuv kopincha ilmiy tadqiqot ishlarida, xususan, tarixni anglash, tushunish va ifoda etishda yana ham koproq qol keladi va aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi. Zotan, har qanday fan aql orqali namoyon boladigan fikr, mulohaza, mushohada natijasidir. Jumladan, otmish haqidagi tasavvurlar aql orqali quyuqlashib, yaxlit mohiyat kasb etadi. Yuzaki va siyqa qarashlardan farqli holda oz ilmiy asosi va nazariy isbotini topadi. Darhaqiqat, ong keng miqyosli, ziddiyatli va rang-barang olam, har qanday ong tushunchalar va tasavvurlar jamuljami. Uning tayanchi esa yolgiz aql, idrok. Aqlga tayangan, idrok ustuvor bolgan onggina ozining marifiy qudratini, fikriy salohiyatini tola namoyon eta oladi. Aqlga tayanmagan har qanday ong zararli va gayriinsoniydir. Ana shu holatdan kelib chiqib Gusserl masalaning tort jihatiga alohida etibor beradi:
fikrlar gozalligi va mukammalligi;
fikrlarning ozaro aloqadorligi, uzviyligi va ozaro hamkorligi;
fikrlarning mohiyati va ularning mantiqiy tushunchalar orqali aks ettirilishi;
mazkur fikrlar oqimini organuvchi fenomenolog olimning his-tuygulari. Bu his-tuygularning fikrlar oqimiga tasir qilishi.
Korinib turibdiki, Gusserl falsafasida har qanday intuitsiya, his -tuygu aqlga tayanadi va u asosli fikrlash, joyali xulosalar chiqarish imkonini beradi. Tarixni organish, insoniyat otmishini tadqiq etishga fenomenolog yondashuv har bir davr fenomenini, osha davr odamlarining oziga xosligini va yaxlit qiyofasini organishni taqozo etadi.
Hozirgi zamon tarixni anglash hodisasi falsafiy germenevtikaning ana shunday keng miqyosli, inson olami orqali u yashagan davrga baho berish, uni talqin etish va etarli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Falsafadagi tushunihdan oldingi anglash holati tarixni organishdan oldin osha organiladigan davr tarixi togrisida birmuncha tolaroq hayotiy, tarixiy, ilmiy tayyorgarlikka ega bolish, malum bir tushunchaga asoslanib, tadqiq etish orqali intuitiv talqin etish va tushuntirish imkoniyatlaridan keng foydalanishda ham alohida ahamiyatga ega. Bu bevosita tarixiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotining oziga xos oqimi sifatida ozining yangidan-yangi imkoniyatlarini korsatmoqtsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |