Klavixo va uning kundaligi
Mashhur sayoh va elchi Rui Gonsales de Klavixoning kitobi Temur va Temuriylar davri tarixidan baho yurgizuvchi muhim asarlardan biri hisoblanadi. Kitob 1404 yili Samarqandda Temur saroyida turgan Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1406) ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning yol xotiralaridan iborat. Yani uning 1403-1404 yillari Turkiya, Eron va Movarounnahrda xususan Amir Temur saroyida korgan bilganlarini oz ichiga olgan muhim asardir. Kundalik muallifi Rui Gonsales de Klavixo badavlat va nufuzli oqsuyak oiladan chiqqan. Klavixoning Amir Temur yurtiga ham elchilik sayohati 1403 yilning 22 mayda boshlanib, on besh oy deganda u Samarqandga etib keldi. Bu sayohatda Klavixoga ilohiyot ilmining nomzodi (magistri) Alfonso Paes de Santa Mariya, qirolning maxsus soqchisi Gomes de Salazar hamroh boldilar. kundalikda osha vaqtlarda Amir Temur qol ostidagi mamlakatlar va shaharlarning umumiy ahvoli, xalqning kun kechirishi, Temur va uning yaqinlari tashabbusi bilan barpo etilgan binolar: qasrlar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, savdo rastalari, dokonlar, ustahonalar: Temuriylar davlatining Xitoy, Hindiston, Oltin Orda (Klavixo uni Tatariston deb ataydi), Mogiliston va boshqa mamlakatlar bilan bolgan siyosiy va savdo aloqalari, Temur saroyida amalda bolgan tartib qoidalar va nihoyat, Sohibqironning xotinlari va ularning mamlakat ijtimoiy siyosiy hayotida tutgan orni haqida etiborga molik malumotlar keltirilgan. Bu malumotlar, shubhasiz, Turkiston zamining osha vaqtlardagi ijtimoiy siyosiy tarixini ota bobolarimizning turmush tarzini organishda muhim tarixiy manbalardan biri rolini otashi turgan gap, sozimning isboti uchun misol keltiraman. Saroymulkxonim tasviri: barcha xalq oyinlariga oltirib saranjomlik ornatilganidan keyin toyda podishoh huzurida bolishi lozim bolgan katta Kano chodirlar yonidagi sarpardalarning biridan chiqib keldi. Xonim mana bunday kiyingan edi: egnida zar bilan tikilgan, etagi ergacha sudralib turgan uzun va keng engsiz qizil shoyi koylak. Yoqa va ikki eng ornidan bolak ochiq joyi bolmagan bu koylak belidan to qaytarilgan etagiga qadar kengayib boradi...
Klavixoning Kundaligi da ayrim noaniqliklar, xato va kamchiliklar ham uchraydi. Masalan kishi va joy nomlarini yozilishidagi chalkashliklar mavjud. Albatta, boshqa millat kishilari uchun mahalliy atamalar va sozlarni togri talaffuz qilish juda qiyin. kundalikda tilga olingan Amirat Murod, Karil Sulton Xalil Sulton, Karamish Toxtamish, Orasan Xuroson, Baldat Bagdod ekanligini anglash mumkin. Asar birinchi marta 1582 yili, yani yozib tugallangandan 150 yil keyin Ispaniyaning Sevilya shahrida Buyuk Temurning hayoti va faoliyati nomi bilan chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |