Tarixni xolsona o‘rganish masalasi.
I. Karimov tarixga munosabatni tubdan o‘zgartirish hayot taqozosi ekanligini dolzarb masala qilib ko‘tardi. Yurtboshimiz o‘tmishimizni qayta ko‘rib chiqib, uni butunlay yangi nazar bilan g‘alvirdan o‘tkazishni kun tartibiga qo‘ymoqda, buning quyidagi asoslari bor.
Birinchidan, bugungi O‘zbekiston jahon xaritasida endigina paydo bo‘lgan tasodifiy mamlakat emasligini uning ildizlarini nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko‘rsatish va farzandlarimiz ongiga singdirish.
Ikkinchidan, sobiq sho‘ro siyosati va kommunistik mafkura taziyqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o‘z o‘rniga qo‘yish, tarix haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash. Unga munosib baho berish lozim.
Uchinchidan shu asosda halqimiz, ayniqsa yosh, navqiron avlodimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish. Buyuk o‘tmishga munosib buyuk millat bo‘lish ertangi kunga katta ishonch va istiqlol g‘oyalariga etiqod bilan yashashni turmush tarziga aylatirish.
Hammamizga ma’lumki, sho‘ro hukumati davrida xalqni ataylab savodsizlatirish o‘z o‘tmishidan ajratib qo‘yish ajdodlari, naslu-nasabi va butun tarixidan bexabar qilish siyosati darajasiga ko‘tarilgan kommunistik mafkuraning butun mazmun mohiyatini tashkil etgan edi. Shuning uchun ham yozilayotgan ilmiy kitoblar nuqul voqealar bayonidan iborat bo‘lib, ma’lumotnoma tusini olgan edi. Ijtimoiy – siyosiy jarayonlarga bunday yuzaki munosabat va tarixiy sanalargina sinab o‘tish kabi tarix fani metadologiyasi yaratildi. Bu metadologiyaning asosiy maqsadi odamlar ongini zaharlash ularni fikrini chalg‘itishdan iborat edi. Natijada millatlarni yo‘q qilib tasdiqlash, fuqarolar qalbidagi milliy g‘urur milliy iftixor tug‘ularini so‘ndirish ularni dunyoqarashini chegaralab qo‘yish uchun harakat qilindi. O‘ziga ham o‘tmishiyu kelajagiga ham befarqlik loqaydlilik bilan qaraydigan aholi qatlami “tarbiya” lab etishtirildi. Ana shunday noqobil va g‘ayriinsoniy siyosat barbod bo‘lgach, endi o‘z tariximizni qaytadan tiklash uni ilmiy, tarixiy va hayotiy haqiqat nuqtai-nazaridan turib yangitdan yaratishni davlatning o‘zi talab qilmoqda va bunga homiylik qilmoqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarix insitutining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tarqatib yuborilishi va uni qaytadan tashkil etish to‘g‘risidagi siyosiy qadriyatni manaviy va ijtimoiy ahamiyatini alohida takidlash joiz. Hukumat qarori va shaxsan I.Karimov tashabbusi bilan Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi” markazining ochilishi fikrimizning yorqin dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |