Тарихшунослик фанидан



Download 0,99 Mb.
bet87/109
Sana14.06.2022
Hajmi0,99 Mb.
#669831
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109
Bog'liq
ТАРИХ ФАЛСАФАСИ-МАЖМУА 2021

To‘rtinchidan, demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni ayni demokratik jarayonlarning faol ishtirokchisi, uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash. Bu o‘ta murakkab, vaqt talab etadigan hodisa. Chunki mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish azobini, fikrlab yashash, aql-idrok yo‘rig‘i bilan kun ko‘rish mashaqqatini engish uchun insonda ichki iroda, ma’naviy qudrat kerak. Ana shu iroda va qudratni uyg‘otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish oson ish emas.
O‘zbekiston fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lini tanlagan ekan, ana shu inson ongi va qalbi bilan bog‘liq bo‘lgan, uni isloh qilish, tirik, mavjud insonni «yangi»lash, ma’naviy-ruhiy «ta’mirlash» kabi sermashaqqat yo‘ldan bordi. Bu har qanday davlatdan juda katta siyosiy qudrat, siyosiy madaniyat va siyosiy iroda talab etadigan buyuk hodisadir.
Siyosiy madaniyat, siyosiy ong va tushunchalar darajasi jamiyat hayotida inson ishtirokining qandayligini belgilaydi. Zotan, siyosiy madaniyat va siyosiy ong yuksak bo‘lgan joyda odamlar hokimiyat ishida faolroq ishtirok etishadi. Qarorlar qanday qabul qilinishi, uning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini kuzatib borishadi, munosabat bildirishadi. O‘z hayotlariga daxldor bo‘lgan ma’muriy tadbirlarga befarq qarashmaydi. Aksincha, ularni tayyorlashda ishtirok etishadi, natijada qarorlar ijrosi uchun o‘zlari manfaatdor sifatida mas’uliyatni his qilishadi.
Islom Karimov aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor beradi. Bu mexanizm eng avvalo jamiyatni erkinlashtirish orqali odamlarning saylovlarga munosabatini o‘zgartirishni, yaqin o‘tmishimizda dunyoqarashimizda o‘rnashib qolgan soxta saylovbozlik va siyosiy o‘yinlardan voz kechishni taqozo etadi. Odamlar o‘z manfaatlarini va maqsadlarini amalga oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish uchun saylovlarda ishtirok etish zarurligini anglamog‘i lozim. Saylash va saylanish huquqi ayni har bir fuqaro siyosiy faolligini, jamiyat taraqqiyotiga daxldorligini belgilovchi omil sifatida o‘zini ko‘rsatmog‘i darkor.
O‘zbekistonda saylovlar o‘tkazishning demokratik tamoyillari mavjud. Bu tamoyillar jahon saylov o‘tkazish tajribalari asosvda dunyoga keldi va shakllanmoqda. Fuqarolar esa uni to‘la-to‘kis qo‘llab-quvvatlamoqda.
Inson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehtiyojlarini qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni erkinlashtirish alohida ahamiyatga ega. Bunday siyosat xalq taqdirini, turmushi va kelajagini kafolatlagan, uning yashash erki va butun ozodligini ta’minlagan bo‘ladi. Zotan, uning zamirida sof umuminsoniy qadriyatlar va shaxs barkamol turmush tarzining to‘la kafolati mavjuddir.
Taniqli davlat va siyosat arbobi Cherchill demokratiya «hokimiyat boshqaruvining eng yaroqsiz shakli, lekin insoniyat hozircha undan maqbulroq shaklini topa olganicha yo‘q», deb aytgan edi.
Siyosatshunoslarning ayrimlari buni paradoks sifatida tushunishadi. Biroq, demokratiyaning bunday – Cherchillcha talqinining ham mantig‘i bor.
Xalqimizda «qars ikki qo‘ldan chiqadi» degan naql bor. Yoki odatda ikki va undan ko‘p g‘oyalar mavjud joydagina o‘zaro kurash, fikrlar xilma-xilligi va qarama-qarshiligi yuz beradi. Deylik, er yuzidan sotsialazmning emirilishi bilan kapitalizm o‘z qiymatini yo‘qotdi. U umrini o‘tab bo‘lgan eski mafkuraga aylanib qoldi. Ikki qarama-qarshi tomonning biri yo‘qolsa, ikkinchi tomon o‘z muvozanatini yo‘qotishi tabiiy hodisa. Ana shu mantiqan kelib chiqib ham aytish mumkinki, hozir hech qanday «izm»larning qiymati qolmadi.
Xo‘sh, totalitarizm ham, diktatura ham butunlay barbod etilgach, inson ozodligi va yashash erki to‘la ta’min etilgach, u qonunlar bilan kafolatlangach, demokratiyaga ehtiyoj qoladimi? Demokratiya bunday sharoitda odamlarning ham, jamiyatning ham qon-qoniga singib ketgan bo‘ladiku. Ana shu xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratiya bu – umuminsoniy qadriyatlar tantanasining ostonasidir!
AQShda demokratiya milliy, an’anaviy ramzga aylangan. Bu haqdagi munozaralar tor ilmiy doiralardagina dunyoning boshqa mintaqalari bilan qiyosiy tarzda o‘rganiladi, xolos.
Shunday hayotiy haqiqat borki, faqat toza havoga muhtoj odamgina toza havo etishmasligini muammo qilib ko‘taradi. Olamga jar soladi. O‘ziga o‘xshagan odamlar orasidagina munozaralar, asabiy tortishuvlar avj oladi. Unga etishgach, kishini hayratga soluvchi osoyishtalik paydo bo‘ladi va u kundalik turmushning oddiy holatiga aylanib qoladi.
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hamma vaqg yangilikning yo‘lini to‘sadi, unga g‘ov bo‘ladi. Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bo‘lish dunyoqarashlar, psixologiyalar, turli da’volar o‘rtasidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. Hayotning o‘zi ana shu dunyoqarashlar, psixologiyalar, da’volar orasidan o‘tishga majbur qilmoqda», – deydi. Darhaqiqat, bugun O‘zbekiston ana shunday murakkab, ziddiyatli bir davrni kechirmoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo‘lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ayni paytda u millionlab kishilarni o‘ziga ergashtirib olmoqda. Kelajakka qatiy ishonch bilan qaralmoqda.
Jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazishdek tub islohotlar hech qachon oson kechmagan. Ana shunday tarixiy jarayonlarda O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish va jahon tajribasini boyitishda yangi «o‘zbek modeli» vujudga kelmoqda.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish