IV.Darsga yakun yasash:
Darslikda berilgan savollar yordamida o'tilgan mavzu takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi.O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.
Moychechak rasmini tugallamagan o’quvchilar uyda tugallab keladilar.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: Ro’mol uchun naqsh ishlash.
Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga amaliy san’at haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Kvadrat naqshlar aks ettirilgan ro'mol, belbog', gilam, so'zana va kiyim-kechaklar rasmlaridan namunalar.
Darsning borishi:
-
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni. O'quvchilarning avvalgi darslarda olgan naqsh haqidagi tushunchalari ularning yodiga tushiriladi. Naqshlar ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, gilam to'qish, yog'och o'ymakorligi va boshqa bezak san'ati turlarida qo'llanilishi aytib o'tiladi. Naqshlar o'simliksimon, geometrik, qush, hayvon va boshqa narsalar tasviridan tashkil topishi xususida ham so'z yuritiladi. O'simliksimon naqshlar barg, daraxt, gul va boshqa narsalar shaklini naqqosh tomonidan soddalashtirilib yoki murakkablashtirilib ma'lum qonuniyatlar asosida takrorlanishidan hosil qilinishi haqida gapiriladi. Mazkur darsda kvadrat shaklidagi naqshlarga urg'u beriladi. Kvadrat shaklidagi naqshlardan namunalar ko'rsatiladi. Bunda oqituvchi shu viloyatning o'ziga xos so'zana, do'ppi, belbog', gilamlari asosida suhbat uyushtirishi mumkin. Suhbat jarayonida o'quvchilar e'tibori so'zana, gilamlar, ro'mollar, do'ppilarda ishlatiladigan naqsh elementlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, naqsh ustalari va ular haqida ma'lumot berishga qaratiladi.Dastlab o'qituvchi tomonidan kvadrat shakldagi naqsh chizish bosqichlari tushuntiriladi va chizib ko'rsatiladi. Avval kvadrat, keyin uning diagonallari chiziqlari chizilishi va kvadrat teng sakkiz bo'lakka bo'linishi, keyingi bosqichda shakl chizib chiqilishi ko'rsatiladi. Uchinchi bosqichda yordamchi chiziqlar o'chirilishi va so'nggi bosqichda bo'yalishi tushuntiriladi.
III.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar darslikdagi namunalar asosida ro'mol uchun ijodiy naqsh ishlashga kirishadilar. O'qituvchi ularga naqsh gulini tanlashlarida yordam beradi.
IV.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darslikdagi savollar yorda mida takrorlanadi. O'quvchilardan kimlarning ishida naqshlar mazmunli va ifodali bo'lsa, ular qaysi jihozlarda foydalanilishi mumkinligi so'raladi.
Mazkur ishlarda qanday naqsh belgilaridan foydalanganliklariga e'tibor qaratiladi, ularning nomlari so'raladi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchi larning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi. Ulgurmagan o'quvchilarga ishlarini uyda yakunlab kelishlari
V.Uyga vazifa berish.Darsda boshlangan ishni yakunlash.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: «Oltin kuz» mavzusida rasm ishlash
Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga rassomlarning shu mavzudagi ishlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning badiiy va estetik didini o'stirish;
Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Kuz manzaralari aks ettirilgan rassomlarning asarlaridan namunalar.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni Yangi mavzuning bayoni kuz fasli o'zining jozibadorligi bilan ajralib turishi, daraxt barglari sariq, zarg'aldoq va qizil ranglarda tovlanishi haqidagi suhbat bilan boshlanadi. Tabiat manzaralari tasviriy san'at asarlarida juda ko'p tasvirlanishi, manzaralarning turlarga (tabiat, shahar, industrial) bo'linishi haqida gapiriladi. Suhbat davomida respublikamizda ijod qiladigan rassomlar ijodida manzara janri alohida o'rin tutganligi uqtirilib, manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, O'zbekiston xalq rassomi O'rol Tansiqboyevning manzara janrida asarlar yaratganligi haqida alohida ma'lumot beriladi. Uning «Moviy manzara», «Tungi sug'orish», «Jonajon o'lka», «lssiqko'lda oqshom», «0'zbekistonda bahor», «Tog'da kuz» kabi asarlari asosida (tog', dala, bog' va daryolar tasvirlangan rasmlar orqali) suhbat (darslikdagi rasm va savollardan foydalangan holda) tashkil qilinadi. «Kuz» mavzusidagi boshqa rassomlarning asarlari asosida ham zaminning rang-barangligi haqida suhbat uyushtirish mumkin. Darslikdagi rasmda qaysi ranglar ko'proq ishlatilganligi va kuzning nima sababdan oltinga qiyoslanishi o'quvchilardan so'raladi va ularning javoblari to'ldiriladi. Iliq ranglar (sariq, zarg'aldoq, qizil, jigarrang) haqida ham eslatib o'tiladi.
O'qituvchi o'quvchilarga yana bir bor rasm chizish va mo'yqalam bilan ishlash, bo'yoqlar yordamida rasmdagi kayfiyatni ifodalay olish mumkinligini tushuntiradi. O'qituvchi tomonidan tog', dala, bog' va daryolarni chizish bosqichlari tushuntiriladi va sinf doskasida chizib ko'rsatiladi.
III. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar «Oltin kuz» mavzusida xayolan manzarali rasm ishlaydilar.
IV. Darsga yakun yasash: O'quvchilar chizgan rasmlaridagi kuz tabiatining kayfiyati ranglar yordamida qanday tasvirlanganligiga, kompozitsiyaning asosiy belgilarining qay daraja mutanosibligiga e'tibor qaratiladi o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilaming ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V.Uyga vazifa.Rasmni chizish ishini yakunlab kelish.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: Mevalar rasmini ishlash
Maqsad :
Ta’limiy: O'quvchilarga rassomlarning shu mavzudagi ishlari haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:O'quvchilarda badiiy ijodkorlikni , tasviriy san’at asarlarini (natyurmort) asarlarini o’qiy olish ko’nikmasini rivojlantirish;
Darsning jihozlanishi: Olma, ko'za va tarvuz .
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni
Rassomlar ishlagan natyurmortlarni o'quvchilar tomonidan emotsional-estetik jihatdan idrok etilishi tashkil qilinadi. Shu maqsadda darslikda berilgan natyurmort tasviri tahlil etiladi. Shuningdek ular e'tiborini naturalarni qog'oz yuzasiga to'g'ri joylashtirishga ham qaratish lozim. Olma, tarvuz, ko'zaning tuzilishi, shakli, rangi, o'lchovlari va proporsiyalarini ham e'tiborga olish ta'kidlanadi.
O'qituvchi avval darslikda berilgan olma, ko'za va tarvuz rasmlarini xomaki chizish bosqichlari biian o'quvchilarni tanishtiradi. Ko'za tuzilishi jihatidan bir necha geometrik shakllarning birikmalariga o'xshaydi. Ko'zaning bo'yni silindrga, qorni sharga, pastki qismi konusga o'xshaydi. Ko'za rasmini chizish uchun :
Birinchi bosqichda.O'rtaga o'q chiziq chizib, ko'za balandligi belgilanadi. So'ngra og'zi va tagining diametri aniqlanadi, qornining eng keng yeri ham aniqlanib chiziq o'tkaziladi va ular birlashtiriladi.
Ikkinchi bosqichda ko'za shakliga xomaki ishlov beriladi.
Keyingi bosqichda yakuniy ishlov beriladi va bosqichlar bo'yicha bo'yaladi. So'ngra olma va tarvuz natyurmortlarini chizish yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
III.Amaliy mashg'ulot.
O'quvchilar mustaqil ravishda o'qituvchi tomonidan sinfda o'rnatilgan olma rsmini
ishlashga kirishadilar.
IV.Darsga yakun yasash.
Dars mavzusi darsdagi savollar yor-damida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V.Uyga vazifa berish.
Olma rasmini chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: «Sholg'om» ertagi asosida haykal ishlash
Maqsad :
Ta’limiy: Qo'l va stek bilan haykal ishlash haqida tushincha berish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Sholg'om» ertagi asosida ishlangan rasmlar, reproduksiyalar, haykaltaroshlar tomonidan ishlangan ertak qahramonlarining haykalchalari, o'tgan yilda o'quvchilar tomonidan ishlangan parallel sinf o'quvchilari ishlagan haykalchalar. Chol, kampir, kuchuk, mushuk, sichqon va sholg'om rasmlari.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni : «Sholg'om» ertagi, uning qahramonlari savol-javob orqali esga tushiriladi. Suhbat shu ertak asosida ishlangan rasmlar yordamida amalga oshiriladi. Ertak qahramonlari aniqiab olinadi. Haykaltaroshlik mashg'ulotlarida ikki xil ish uslubi mavjudligi, ular yaxlit va alohida-alohida loy (plastilin) bo'laklariga ishlov berish orqali ishlanishi takroran aytib o'tiladi. Haykalni yaxlit loy bo'lagidan ishlanish usuli o'rgatiladi. O'quvchilarning ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, hajmi, o'lchov-lari va o'lchov nisbatlariga e'tibor berishlari uqtiriladi.O'quvchilarga kompozitsiya haqida tushuncha beriladi. Kompozitsiya deb, tasvirlami bir-biriga nisbatan malum tartibda, maqsadga muvofiq ravishda joylashtirilishiga aytilishi uqtiriladi.
O'qituvchi «Sholg'om» ertagi kompozitsiyasini ishlash uchun sinfdagi o'quvchilarni bir hecha guruhga bo'ladi. Misol uchun, sinfda 36 ta o'quvchi bo'lsa, 6 ta o'quvchidan iborat 6 ta guruh tuziladi (chunki kompozitsiya uchun 6 ta ertak qahramonlari haykali yasaladi). Har bir guruh a'zosi aohida-alohida ertak qahramonlari haykalini yasaydi, so'ngra guruh a'zolari birgalashib kompozitsiya yaratadilar. O'qituvchi o'quvchilarga haykallarni yasash va ulardan kompozitsiya yaratish yuzasidan ko'rsatmalar beradi. O'qituvchi tomonidan ertak qahramonlaridan birining haykali yasab ko'rsatilishi ham mumkin.
III. Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar o'z guruhlarida o'zaro kelishgan holda ertak qahramonlarining haykalchalari va ularning kompozitsiyasini ishlashga kirishadilar. O'qituvchi guruhlar ishini kuzatib, ularga amaliy yordam ko'rsatadi.
IV. Darsga yakun yasash: Dars oxirida savollar yordamida bajarilgan ish mazmuni takrorlanadi. Har bir guruh bajargan ishlari barcha o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, uyga vazifa beriladi.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: Nazorat ishi-2. «Bo'ri va etti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash
Maqsad :
Ta’limiy: O’quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi aks ettirilgan rasmlar, echki bolalari, echki va bo'ri rasmlari, parallel sinf o'quvchilari tomonidan ishlangan illustratsiyalar, bo'ri va echki o'yinchoqlari.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars o'quvchlarni «Bo'ri va yetti uloqcha» haqidagi ertak mazmuni bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bolalar e'tibori ertakdagi eng qiziqarii voqealarga qaratiladi. Ertaklar asosida ishlangan rasmlar «illustratsiya» deb nomlanishi aytib o'tiladi. O'quvchilarning illustratsiya haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida
darslikda berilgan rasmlar tahlil qilinadi.
«Bo'ri va yetti uloqcha» haqida darslikda berilgan ertakdan parcha o'qish orqali illustratsiya ishlash tushuntiriladi. Bunda darslikda keltirilgan ertaklar uchun ishlangan illustratsiyalar, rassomlar ijodidan namunalar, fotosuratlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O'qituvchi rasm ishlash jarayonida o'quvchilar e'tiborini ertak qahramonlarining tuzilishi, shakli, rangiga qaratishi lozim. O'quvchilar ertakdagi qaysi holatni chizishni ma'qul ko'rishlari aniqlanadi.
O'qituvchi tomonidan bo'ri va echki rasmini chizish bosqichlari tushuntiriladi, «Bo'ri va yetti uloqcha» ertagi asosida rasm ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar ertak mavzusi bo'yicha rasm chizishga kirishadilar. O'qituvchi o'quvchilar ishlarini kuzatadi va ularga amaliy yordam beradi.
IV.Darsga yakun yasash:
Darslikdagi savollar yordamida o'tilgan materiallar takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V. Uyga vazifa berish.
Ertak asosida rasm chizish ishlarini darsda lgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_________
Sana.
Mavzu: «Yangi yil» mavzusida rasm ishlas
Maqsad :
Ta’limiy: O’quvchilarni yangi yil bayrami haqidagi yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: «Yangi yil bayrami» mavzusida parallel sinf o'quvchilari ishlagan rasmlar.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.Yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan mavzu yuzasidan darslikda berilgan va o'qituvchi tomonidan namoyish etiladigan fotolar, rasm va savollar asosida suhbat uyushtiriladi. Kompozitsiya uchun rangli va yaltiroq qog'ozlar, barglar, daraxt shoxlari, paxta kabilar tasviridan foydalanish mumkinligi aytiladi.
O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan archa, qorbobo,
qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parchalari rasmini chizish bosqichlari
tushuntiriladi. So'ngra «Yangi yil» mavzusida kompozitsiya ishlash
yuzasidan ko'rsatmalar beriladi.
III. Amaliy mashg'ulot:
o'quvchilar archa, Qorbobo, Qorqiz, archa o'yinchoqlari, qor parchalari rasmini chizishga kirishadilar;
ish oxirida rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.
IV.Darsga yakun yasash:
O'quvchilarning ishlarida yangi yil
bezaklari qog'ozda qanday tasvirlanganligiga, bayram kayfiyati ranglar
orqali qay darajada aks ettirilganligiga e'tibor qaratiladi. Yangi yil
bayrami haqida o'quvchilar ishlari tahlil qilinadi. Sinf o'quvchilarining
ishlari yuzasidan hikoyalar tinglanadi. O'quvchilarning ishlari baholanib,
darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish.
Yangi yil mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____
Sana. Mavzu: ”Qish ziynati ”mavzusida ram ishlah.
Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarni yil fasllaridan qish yangi ma’lumotlar bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy:O`quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Qish manzarasi aks ettirilgan san'at asar-larining reproduksiyasi, «Sovuq ranglar» plakati
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Qishning ajoyib fasl ekanligi, uning o'ziga xos xususiyatlari, sovuq kunlari va quyoshning kuchsiz nurlarida yaltirab ko'rinuvchi qorlari haqida suhbat uyushtiriladi. Qish manzarasi mavzusida rassomlarning asarlari, darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat davom ettiriladi. O'quvchilarning javoblari tinglanadi.
O'qituvchi tomonidan javoblar umumlashtirib boriladi. Qish faslini tasvirlashda ko'proq qaysi ranglar ishlatilishiga e'tibor qaratiladi. Sovuq ranglar (ko'k, zangori, binafsha, moviy, to'q yashil) haqida ma'lumot beriladi. Ular muz, suv, osmon ranglarini eslatishi va ulardan ko'proq qish faslini tasvirlashda foydalanilishi tushuntiriladi.
O'qituvchi tomonidan «Qish ziynati» mavzusidagi rasmni chizish va bo'yash bosqichlari tushuntiriladi. Ko'proq qaysi rangdan foydalanish kerakligi yuzasidan tavsiya beriladi. Sovuq ranglar haqidagi ma'lumotlar darslikda berilgan matn yordamida amalga oshiriladi. Ko'k rangning turli tuslarini topish o'rgatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
«Qish ziynati» deb nomlangan rangtasvir kompozitsiyasi ishlanadi.O’quvchilar mustaqil ram ishlash jarayonini o’qituvchi kuzatib boradi ,kerak joylarda o’z maslahatlarini berib turadi.
IV.Darsga yakun yasash:
O'quvchilar tomonidan ishlangan rasmlardagi qish manzarasini aks ettirish kimning ishida mazmunli chiqqanligi, kompozitsiyaning qaysi belgisi qishga alohida ko'rk va osoyishtalik baxsh etganligi aniqlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish. rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____
Sana.
Mavzu: «Qushlar bizning do’stimiz » mavzusida rasm ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarga qush turlari haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy:o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga estetik munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Tabiat va qushlar aks etgan san'at asarlari reproduksiyalari, rasmlar.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Dars mavzusiga kirish: O'quvchilar bilan bahor fasli, bahorgi ishlar, qushlarning uchib kelishi, ularning uya qurishlari haqida suhbat uyushtiriladi. Mavzuga doir rasm va rassomlarning asarlari reproduksiyalari tahlil etiladi.
Darslikda berilgan qush rasmini ishlash bosqichlari tushuntiriladi.
Qushlarning tuzilishini geometrik shakllarga taqqoslansa, tumshug'i konussimon, boshi sharga o'xshaydi. Gavdasi esa ovalga o'xshab ketadi. Ana shu shakllarga o'xshatib qushning boshi, bo'yni, tumshug'i, gavdasi va dumi chizib olinadi. Har bir qushning o'ziga xos tomonlari inobatga olinib, bu qismlar birlashtiriladi.
O'qituvchi tomonidan darslikda berilgan «Shoxga qo'ngan chum-chuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini ishlash yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi.
III.Amaliy mashg'ulot:
O'quvchilar darslikda ko'rsatilgan bosqichlar yordamida «Simga qo'ngan chumchuq», «Uchayotgan qaldirg'och» rasmlarini chizishga kirishadilar (1-darsda). «Qushlar bizning do’stimiz » mavzusida xayolan rasm ishlash 2- darsda amalga oshiriladi. O'qituvchi sinfda aylanib yurib, o'quvchilarga amaliy yordam ko'rsatadi.
III. Darsga yakun yasash: Dars mazmuniga doir materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga xulosa yasaladi.
V. Uyga vazifa berish.
Yangi yil mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’____
Sana. Mavzu: «To’rt fasl » mavzusida rasm ishlash . Maqsad:
Ta’limiy: O’quvchilarga yashab turgan uyimiz ham kichik vatan ekanligi haqida ma’lumot berish..
Tarbiyaviy: Vatanga, jonajon o'lkaga mehr-muhabbatni, o'quvchilarning badiiy va estetik didini,tabiatga munosabatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: badiiy ijodkorlikni o'stirish;badiiy-estetik didni , kuzatuvchanlik va xotirani rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi: Hovli tasviri aks etgan tasviriy san'at asar-larining reproduksiyalari, rasmlar, slaydlar.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Darslikda tasvirlangan to'rt faslning o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratiladi. Savol-javob orqali aynan bir bog'ning yoz, bahor kuz va qish faslidagi ko'rinishlari, daraxt barglarining ranglari, tabiat o'zgarishlari tahlil qilinadi.
III.Asosiy qism:
«Bizning hovli» mavzusida tengdoshlar chizgan rasm o’quvchilarga tushuntiriladi . O'quvchilardan imkoni boricha bu rasmni biror faslga bog'lab ishlashlari talab qilinadi.
Hovli tasviri aks etgan tasviriy san'at asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, slaydlar.
IV.Darsga yakun yasash:
O'tilgan materiallar darslikdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
V. Uyga vazifa berish. To’rt fasl mavzusida rasm chizish ishlarini darsda ulgurmagan o’quvchilar yakunlab kelishadi.
MRO’TIBO’_____________
Sana.
Mavzu: «Zumrad va Qimmat» ertagi asosida rasm ishlash
Maqsad:
Ta’limiy: qalam va mo'yqalam bilan rasm ishlash haqida bilim berish;
Tarbiyaviy: axloqiy jihatdan tarbiyani takomillashtirishga ko'maklashish;
Rivojlantiruvchi: tasviriy savodxonlikni o'stirish.
Darsning jihozlanishi: Multfilm qahramonlari aks ettirilgan lavhalarning rasmlari.
Darsning borishi:
-
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Davomiyligi
|
5
|
5
|
15
|
15
|
5
|
I.Tashkiliy qism: 1.Salomlashish
2.Davomatni aniqlash.
3.Uy vazifasini tekshirish va baholash.
II.yangi mavzu bayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |