Tarbiyaviy soat



Download 302.51 Kb.
bet5/5
Sana08.09.2017
Hajmi302.51 Kb.
1   2   3   4   5

Topshiriq: O`zbekistonning noyob tabiatini ranglar orqali ko`rsatish.
25-Mavzu: Navro`zi olam muborak! (21 mart Navro`z bayrami munosabati bilan)

Kun shiori: “Yurtga keldi yana ko`klamoy”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, milliy bayramimizga bo`lgan hurmatni yanada singdirish, milliy marosim, an’analarimizga bo`lgan qiziqishni rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Qutlug` kelgan bo`l Yil boshi-Navro`z O`zbekistonimga!”



O`qituvchi:

Respublikada Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish haqida

Respublikada insoniy qadriyatlarni yanada kamol toptirish, o`z-o`ziga ishonch ruhi va milliy g`ururni mustahkamlash, do`stlik, birodarlik, hamjihatlik, mehr-shavqatni ulug’lash, madaniy va tarixiy an’analarni davom ettirish hamda rivojlantirish, asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’zozlash maqsadida Navro`z bayramini keng nishonlash yuzasidan quyidagilar amalga oshirilsin:



  1. Dam olish kuni sifatida belgilangan 21 martda o’tkaziladigan Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilsin. Bu bayramni o`tkazishda 1990 yilda to`plangan ijobiy tajribalarni davom ettirgan holda, to`la foydalanilmagan imkoniyatlar ham ishga solinsin. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish tadbirlarida respublikaning har bir fuqarosi yakdillik va hamjihatlik bilan faoliyat ko`rsatsin.

  2. Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish respublika tashkiliy qo`mitasi tasdiqlansin.

  3. Har bir tashkilot, vazirlikdan tortib, sovetlar va mahalla qo`mitalarigacha- hamma joyda bayramni o`tkazish ishlariga javobgarlik aniq belgilab qo`yilsin. Respublika hududidagi korxonalar, muassasalar, jamoa va davlat xo`jaliklari, shirkatlar, jamoat tashkilotlari o`z imkoniyatlaridan kelib chiqib, bayram tadbirlarini tegishli transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat mollari, to`y-hasham ashyolari bilan ta’minlasinlar hamda sarf-xarajatlarni o`z zimmalariga olsinlar. Umumxalq xayriya harakatlarida faol ishtirok etsinlar. Fuqarolarning, jamoalarning Navro`z umumxalq bayramini o`tkazishdagi tashabbuskorligini qo`llab-quvvatlasinlar.

Bayram aholining barcha tabaqalari istak va xohishlariga, har bir joyning o`z sharoitlariga qarab o`tkazilsin.

  1. Navro`z umumxalq bayrami an’analariga binoan, har bir fuqaroga izzat-ikrom ko`rsatilsin. Qariyalar, bolalar, bemorlar, nogironlar holidan xabar olish, beva-bechora va boquvchisidan ajralganlarga mehr-shafqat ko`rsatishga alohida e’tibor berilsin.

O`zbekiston Televideniy va radioeshittirish davlat qo`mitasi bilan jamoat tashkilotlari, badiiy jamoalar o`tkazadigan xayriya uzluksiz ko`rsatuvi-telemarafon har tomonlama qo`llab-quvvatlansin.

  1. Navro`z bayramini o`tkazish borasida qo`shni respublikalar bilan do`stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar yanada kuchaytirilsin. O`zaro vakillar yuborish, mehmon qabul qilish tadbirlari ishlab chiqilsin.

  2. Ommaviy axborot vositalari bayramni o`tkazish jarayonlarini keng yoritsin. Bu ishda jurnalistlarning mas’uliyati oshirilsin.

Qaysi yo`nalishdagi axborot vositasida bo`lishidan qat’i nazar Navro`z umumxalq bayramini yoritish yagona g`oya-insonni ulug`lash, milliy g`ururni ko`tarish, hamjihatlik, birodarlik, mehr-shafqat, tinch-totuvlik maqsadlari va g`oyalari bilan yo`g`irilsin.

  1. Bayramga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish respublika tashkiliy qo`mitasiga bayram tadbirlarida tashabbuskor bo`lgan, faollik ko`rsatgan, fidokorona mehnat va ijod qilgan kishilarni aniqlash hamda rag`batlantirish va taqdirlashga tavsiya etish topshirilsin.

O`zbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri,

1991 yil 12 fevral

Mustaqillikka erishmasdan turib, milliy bayramimiz “Navro`z” ning nishonlanishi xalqimiz uchun kutilmagan voqea bo`ldi. Chunki bayram qilinishi taqiqlangan davrlar edi. Mana 22-23 yillardan beri milliy bayramimiz Yil boshi – Navro`z ko`tarinki kayfiyat bilan o`tkazilib kelinmoqda. Navro`z o`zbek xalqi uchun mehr-muruvvat bayrami. Muchal yillari ham Navro`z kirib kelishi bilan bog`lanadi. Masalan, 2013 yil “Ilon yili” muchal yili har o`n ikki yilda kirib keladi. Keksa avlod vakillaridan so`rasangiz qachon tug`ilgansiz deb, ular baliq yili, sichqon yilida deb aytadilar.

Baribir milliy bayramimiz – “Navro`z” tarovati o`zgacha. Navro`z bilan bog`liq marosimlar, an’analarni har birimiz juda yaxshi bilamiz.

Navro`z ayyomingiz yana birbora qutlug` bo`lsin.

Topshiriq: “Ziyraklik” mashqi. Uydagi oila a’zolaringiz muchalini bilasizmi?
26-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati ( 9- aprel Amir Temur tavalludining 678 yilligi munosabati bilan)

Kun shiori: “Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq”



Oqsaroy peshtoqidagi yozuv

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Amir Temur va temuriylar davri madaniyatiga qiziqishni uyg`otish va hurmatni rivojlantirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar

Doskada: “Amir Temur buyuk siymo, buyuk me’mor, buyuk madaniyatparvar, buyuk adolatparvar, buyuk yurtparvar va Buyuk Turon Amiri!”.

O`qituvchi:

Temuriylar davridagi madaniy hayot

Ilm-fan:


  • 1429-y.-Samarqand akademiyasi “Dorul ilmga” asos solinishi;

  • 1424-1428-y.-Ulug’bek rasadxonasining qurilishi;

  • Ulug`bek (1394-1449-y.)

  • Qozizoda Rumiy (Aflotuni zamon) (XIV – XV a)

  • G`iyosiddin Jamshid Koshiy (vafoti-1429)

  • Ali Qushchi (o`z davrining Ptolomeyi) (vafoti 1474)

  • Shamsuddin Muhammad Havofiy Taftazoniy (1322 -1392)

  • Jurjoniy (1339-1413)

  • Xo`ja Ahror (1404-1490)

  • Fasih Havofiy (1375-1442)

  • Nizomiddin Shomiy (XIV-XV)

  • Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti -1454)

  • Abdurazzoq Samarqandiy (1413 -1482)

  • Mirxond (1433-1498)

  • Xondamir (1475-1534)

  • Zahiriddin Bobur (1483-1530)

Adabiyot:



  • Sakkokiy (XIV-XV)

  • Lutfiy (1366-1465)

  • Abdurahmon Jomiy (1414-1492)

  • Alisher Navoiy (1441-1501)

  • Qosimi Anvar (1355-1433)

  • Davlatshoh Samarqandiy (1435-1495)

  • Husayn Boyqaro (1438-1506)

  • Husayn Void Koshifiy (1440-1505)

  • Atoiy

  • Durbek

  • Muhammad Solih

Kitob san’ati, tasviriy san’at:

  • Mir Ali Tabriziy (1330-1404)

- Nasta’liq xatini kashf etishi

  • Sultonali Mashhadiy (1432-1520)

- “Qiblat ul-quttob”, “Sulton ul-xatot”

  • Mir Ali Kitob (XIV-XV)

  • Kamoliddin Behzod (1455-1535)

  • Mirak Naqqosh

  • Qosim Ali

  • Mahmud Muzahhib

  • Shohmuzaffar

Musiqa:

  • Ulug`bek Buliniy, Shodiyona, Ahloqiy

  • Navoiy Isfahoniy kuy

  • Jomiy (musiqa nazariyasi)

  • Binoiy (musiqa nazariyasi)

  • Abuqodir Nayiy

  • Qulmuhammad Shayxiy

  • Husayn Udiy

  • Shohquli G`ijjakiy

  • Qosim Rabboniy

  • Ustod Shodiy

  • Najmiddin Kazkabiy

  • Xo`ja Yusuf Andijoniy

Me’morchilik:

  • Ulug`bek madrasasi (Buxoro, 1417-y)

  • Ulug`bek madrasasi (Samarqand, 1417-1420 y)

  • Ulug`bek madrasasi ( G`ijduvon, 1433-y)

  • Xonim, Firuzshoh, Shohmalik, Hojibek, Mirabduvali, Qutbuddin Sadr madrasalari (Samarqand)

  • Ulug`bek rasadxonasi (Samarqand, 1424- 1428 y)

  • Masjidi Muqatta’

  • Kokaldosh jome’ masjidi

  • Mirzayi hamomi va karvonsaroyi

  • Chilustun va Chinnixona saroylari

  • Xo`ja Ahror madrasasi (1456 y)

  • Ishratxona (1464)

  • Oqsaroy maqbarasi (1470)

  • Mir saroy (Astrobod)

  • Jome’i masjidi (Astrobod)

  • Husraviya (Marv)

  • Gavharshod masjidi (Mashhar, 1405-1418)

  • Ixlosiya madrasasi (Hirot)

  • Xalosiya xonaqosi

  • Shifoiya

  • Safoiya hammomi

Topshiriq: “Xotira” mashqi. Amir Temur bog`lari, Temuriylar davridagi me’morchilik.

Amir Temur bog`lari

Temuriylar davridagi me’morchilik




















27-Mavzu: Intilganga tole yor (Chizmachilik, mehnat fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Ilm yo`lida izlanishdan tolmang”.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oylikda faol ishtirok etishini, fanlarga qiziqishini rivojlantirish, mehnatsevarlikka o`rgatish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo`lur chiroylik”.

O`qituvchi:

Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, o`zingiz, kelgusi hayotingiz uchun iborat bo`ladigan ko`p narsalarga guvoh bo`lasiz. Oyog`ingiz ostiga qarang – yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotgani – uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini ko`rasiz. Biri qiynalsa, ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelayapti, birortasi chetga chiqib, “qo`l qovushtirib” turgani yo`q. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga o`tadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa qalqtirgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qo`llariga g`ayrat baxsh etgan. Holbuki bular – biz “ongsiz”, “aqlsiz” sanaganimiz qumursqalar, xolos. Holbuki, Siz bilan biz INSON degan nomni ardoqlamog`imiz lozim.

Bu o`rinda hazrat Navoiyga murojaat etamiz. Ul zot jamiki inson bolalariga xitob qilmoqdalar:

Tuxum yerga kirib chechak bo`ldi,

Qurt jondin kechib ipak bo`ldi.

Lola tuxmicha g`ayrating yo`qmu,

Pilla qurticha himmating yo`qmu?

Aksincha, mehnatni sevmaydigan inson borki, demak, u o`zini ham sevmaydi. Bunday kishilarning dangasaligi, ishqoymasligi oxir-oqibat beuquv va beburd bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Ayni shunday odamlar qorin to`yg`azish, kunni bir amallab o`tkazish ilinjida har qanday jinoyatga, tubanlikka qo`l uradilar.

Yalqovlik inson hayotining, kelajagining zavoli, kambag`allikka eltuvchi asosiy yo`ldir. Go`zal va boy hayot kechirmoq uchun esa bor kuch-imkoniyatni ishga solmoq, hunar o`rganmoq, g`ayrat-shijoat bilan mehnat qilmoq zarur. Zero, baxt, boylik, obro`-e’tibor, xotirjamlik o`z-o`zidan kelmaydi. Hayotdagi jamiki ro`shnoliklarga inson faqat o`z aql-u zakovati, mehnati tufayli erishadi.

Oilaning moddiy va ma’naviy ahvoli ham mehnat tufayli yuksaladi. Oila a’zolarining mavqeyi, mahalla-ko`ydagi obro`si, ularga nisbatan o`zgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosiga quriladi. Bir kun kelib inson olamdan o`tgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi so`zlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga o`rgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bo`lib qoladi.

Topshiriq: “Maqollar olamiga xush keldingiz” mashqi. Mehnat bilan, mehnatkashlik xislatiga oid o`zbek maqollaridan va ularning ahamitati haqida.

Masalan: Yurti boyning o`zi boy, Mehnat qilganning qo`li moy… davom ettiring.




28-Mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishi hamda hayvonlarni haydab o`tishga doir talablar (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz


29-Mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Vatan siylar Vatanini sevganlarni!”



Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`tganlar ruhini shod etmoqlikka, tinch kunlarga shukronalikka, tiriklar qadriga yetmoqlikka o`rgatish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Vatan tanlanmaydi, Vatan ardoqlanadi! Vatan saralanmaydi, Vatan siylanadi! Vatanning issiq-sovug`idan ozorlanmaydilar aksincha uning sarhadida ogoh turib, tinchligini saqlaydilar, dalayu dashtiga oro beradilar! Shundan cho`llarida bahorlar kuladi!” Zaminida duru gavharlar unadi!”.

O`qituvchi:

“Tarixdan saboq olib, zamon bilan hamqadam bo`lib yashash – bugungi hayotning o`tkir talabi” degan chiqishi bilan Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yil 9-may kuni Poytaxtimiz Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab o`tkazilgan marosimda ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob qaytarar ekan, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahonda va yon-atrofimizdagi mavjud vaziyat haqida o`ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi.

Davlatimiz rahbarining bu chiqishi, uning barcha nutq va ma’ruzalari kabi, o`zining dolzarbligi, keng qamrovi, teran mantiqiy asosi, amaliy xulosa va takliflar bilan xalqimiz, jamoatchiligimiz o`rtasida katta qiziqish uyg`otdi.

Mazkur suhbatda, avvalo, xalqimizning fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga munosib hissa qo`shgani alohida ta’kidlab o`tildi.

“Agarki ana shu dahshatli urushda 1,5 million yurtdoshimiz qatnashganini, shundan taxminan 500 ming vatandoshimiz halok bo`lganini inobatga oladigan bo`lsak, bu fojia O`zbekistondagi birorta xonadonni chetlab o`tmagani ayon bo`ladi”.

Darhaqiqat, bu raqamlarning mag`zini chaqadigan bo`lsak, ular xalqimiz boshiga tushgan cheksiz qayg`u-alam va iztiroblardan dalolat berishi o`z-o`zidan ravshan bo`ladi.

“Oradan yillar o`tadi, zamonlar o`tadi, lekin xalqimizning ko`ksidagi, qalbidagi mudhish urush azob-uqubatlari, ayriliq yarasi hech qachon unutilmaydi,- dedi davlatimiz rahbari. – Barchamizning ishonchimiz komil: fashizmga qarshi kurashda o`z ona yurtining tinch, osoyishta hayotini, beg`ubor osmonini asrash uchun mardlik, jasorat va qahramonlik ko`rsatgan, jon fido etgan yurtdoshlarimizning xotirasi abadiy yashaydi, xalqimiz o`z o`g`lonlarining aziz nomlarini minnatdorlik bilan eslaydi, ularning oxirati obod bo`lishini Yaratganimizdan so`raydi”.

O`tganlar xotirasini o`z yodida saqlab, e’zozlab yashash xalqimiz uchun eng muqaddas fazilat bo`lib kelgani va qon-qonimiz, suyak-suyagimizga singib ketgani ushbu chiqishda alohida qayd etildi.

Xotira maydonida jurnalistlar bilan bo`lib o`tgan suhbatda tarixiy xotira tushunchasiga har tomonlama ilmiy va hayotiy asosda ta’rif berildi.

“Tarixiy xotira – bu umr mazmuni, avlodlar o`rtasidagi vorislik tuyg`usini, ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog`lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to`g`ri yo`l tanlash, ota-bobolarimizning ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashga yo`l qo`ymaslik, ularni ko`z qorachig`idek asrash demakdir ”

(“Ma’rifat” gazetasi. 2012 yil.16 may soni )

Vatan – bizning qimmatimiz, nomusimiz, orimiz. Shu bois unga g`animlar tajovuz qilganida or-nomusli, g`ururli farzandlar oyoqqa turishgan.

Hammamizga ma’lumki, Vatanimizning janubiy sohasi – Surxondaryo hududlariga 2000 yil avgust oyida terrorli jangarilar suqulib kirdilar. Dushmandga qarshi kurashda jasorat va matonat ko`rsatganlar ancha. Ulardan bir nechtasi Vatan uchun, xalq osoyishtaligi uchun jonlarini qurbon qildilar.
Kim agar jon tikib vatan yo`lida

Millat orzusi deb yelsa – yugursa

Adolat yo`lida, iymon yo`lida,

Har doim bir tomon – xalqqa intilar,

Uni unutmagay ozod bo`lgan xalq

Olam-olam gullar atri boshimda,

Mangu uyqudaman yigit yoshimda,

Quyosh yarqiraydi marmar toshimda.

Netayki, shod kunlar bo`lmadi nasib,

Ko`z yumdim mardlarcha elga munosib.

Surxondaryo hududlaridagi jangda Alisher, Elomon, Abduhalim, Yunus, Doniyor, Qahramon, Ulug`bek, Mahmudjon, G`afurjon, Boburjon, Marufjonlar mardlarcha halok bo`ldilari.Bunday vatan fidoyilarining xotirasi hech qachon xalq yodidan ko`tarilmaydi.

Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni urug`lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli va iztirobli sana o`zimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida vatan va yurt uchun g`urur va iftixor tuyg`ularini uyg`otishga xizmat qiladi.

Islom Karimov

Topshiriq: “Qadrlash so`ziga ta’rif ” bering.
30-Mavzu: Qo`shimcha axborot belgilari (Yo`l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz
31-Mavzu: Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz ( Xorijiy tillar oyligi doirasida)

Kun shiori: “O`z ona tilimni hurmat qilgan holda, xorijiy tilni ham o`rganmoqchiman”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishlikka undash, xorijiy tillarni o`rganishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Yuzta tilni biladigan odam- Villi Melnikov”

O`qituvchi:

Xitoy aholisi- 1 milliard 200 million kishi bo`lib, bu yerda ingliz, hind, ispan, rus, fransuz tillarida, Angliya, Amerika, Kanada kabi rivojlangan davlatlarda asosan ingliz tilida, Meksika, Kuba, Chili kabi 20 dan ortiq Lotin mamlakatlarida ispan tilida so`zlashiladi. Sobiq Ittifoq tuzumi davlatlarida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydigan butun mamlakatda asosan rus tili millatlararo til hisoblangan.

Mamlakatimizning ko`pmillatliligi haqida fikr yuritganda, uning ijtimoiy-siyosiy omillar ta’sirida murakkablashib borganini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, chorizm istibdodi vas ho`ro imperiyasi davrida yurtimizga turli millat vakillari ko`chib kelishdi. Shuningdek, respublikamizning milliy tarkibi 1941-1945 yillardagi urush davrida yana o`zgardi. O`zbekiston frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1 milliondan ortiq kishini qabul qildi, ularga yordam, mehr-muruvvat ko`rsatdi. Bundan tashqari, butun bir xalqlarning qatag`on qilinishi natijasida koryeyslar, qrim-tatarlar, mesxeti turklari, nemislar kabi bir qator xalq vakillari ham yurtimizga majburiy tarzda ko`chirildi.

(Jamiyat va boshqaruv jurnali. 1/2010 yil)

1066 yilda qirol Vilgelmning farmoniga ko`ra, normann-fransuz tili saroyning rasmiy tili, deb qabul qilinadi. Dastlab bu til mamlakat zodagonlari, keyinchalik oddiy xalq orasida keng tarqala boshladi. Shunday qilib, asta-sekinlik bilan Angliyada ingliz-saksonchada o`zgacha, yangi til paydo bo`ldi. Aynan ana shu til asosida zamonaviy ingliz tili yuzaga kelgan.

(Hamma narsa haqida kitobidan)

“…Umuman, o`rtoqlar, agar rus millatiga mansub kishi o`zbek tilini bilsa, o`zbek esa rus tilini bilsa, buning ustiga hozirgi yoshlarimiz yana uchinchi tilni ham bilsalar, nur ustiga a’lo nur bo`lmasmidi”

(Islom Karimov. “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”)

Topshiriq: “Jonkuyarlik” mashqi. Bunda o`quvchilar o`zlarining sinflari ingliz tili fan oyligida qanday jonbozlik ko`rsatishni rejalashtirayapti? Ingliz tilida xabar beradi. (har bir maktab o`zlarida qaysi xorijiy tili o`tilsa shunga qarab)

32-Mavzu: Sog`lom avlod yurt kelajagi

Kun shiori: “Barkamol avlod yurt tayanchi”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ma’naviy va jismoniy sog`lom bo`lishga e’tiborlarini qaratishga o`rgatish, sog`lom avlod yurt kelajagi ekanligini singdirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:Sog`lom avlod deganda, shaxsan men eng avvalo sog`lom naslni nafaqat jismonan baquvvat , shu bilan birga ruhi ,fikri sog`lom, iymon –e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog`lom millat sog`lom avlodgina qura oladi ”.

O`qituvchi:

YOSH AVLODGA

Bilakda quvvating kuching bor ekan, Yashashga, kurashga kuching bor ekan.

Dilda orzu degan lochin bor ekan,

Yonib yasha toki joning bor ekan.

Maysaday shimirgan oftob o`tini Kuziday simirgan bahor sutini

Avaylab yurakni bu-Ruh kuchini

Uyg`oq yasha, g`aflat senga or ekan!

Yer ipak qadaming pardan-da

Murcha qanotiday musaffo ko’ngil

Yo hayqiriq, yo bir ohu bo’l –u, tin

Yonib yasha, dunyo bir bozor ekan.

Bir boshqa bir o’lim haridor ekan .

Darhaqiqat, hammamizga yaxshi ma’lumki hech bir mamlakatda qayd etilmagan, har bir yil qandaydir nom bilan atalishi faqat, bizning O`zbekisonda hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov g`oyasi tufayli har yili Konstitutsiya kuniga bag`ishlangan yig`ilishda kelayotgan yilning qanday atalishi aytiladi va joriy yil hisob –kitobi qanday ishlar amalga oshirilganligi haqida hisobot beradilar.

Har bir yil qanday nom bilan atalmasin, unda inson taqdiri, millati kelajagi, yurt istiqboli haqida qayg`uradi. 1997-yil “Inson manfaatlari”, 1998-yil “Oila yili” 1999-yil “Ayollar yili”, 2000-yil “Sog`lom avlod yili”, bizning davlatimiz va davlatimiz rahbarining orzusi va oldiga qo`ygan maqsadi O`zbekiston kelajagi bo`lgan yoshlar haqida buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur “Askarlari baquvvat yurt qudratli bo`lur” degan edilar, bu fikrni Prezidentimiz Islom Karimov quyidagicha davom ettiradilar, “Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`lur, qudratli yurtning farzandlari sog`lom bo`ladi”.

Albatta, jangu jadal urush vaqtlarida el har tomonlama kuchli, ayniqsa, jismoniy jihatdan baquvvat bo`lishi lozim bo`lgan, hozirgi tinchlik zamonida esa el ham jismoniy, ham ma’naviy tarafdan sog`lom bo`lishi kerak. Bizga fikri teran sog`lom fikrli, mukammal rivojlangan shaxs kerak. Hech kim onadan zukko, aqlli bo`lib tug`ilmaydi. Lekin, farzandni dunyoga keltiradigan ota –ona avvalambor har tomonlama komil shaxs bo`lishi kerak. Lekin, sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har birimizdan juda katta mehnat talab qiladi. Hozirgi ayniqsa mafkuraviy g`oyalar inson ongini zaharlaydigan yot mafkuralardan yoshlarimizni asrashimiz, ehtiyot bo`lishimiz kerak. Yoshlar uchun hozirgi vaqtda juda katta imkoniyatlar eshigi ochib berilmoqda shunday katta imkoniyatlardan yoshlarimiz foydalanib, o`zlarining iste’dodini, iqtidorini ko`rsatishi kerak. Hamma zamonlarda ham inson taqdiri, farzand taqdiri birinchi o`rinda bo`lgan. Quyidagi buyuk allomalarimizning sog`lomlik va komillik haqida aytgan fikrlari bilan o`rtoqlashamiz:



  • Har kimki ilm, hikmatini o`rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo`lsin, xush -ahloq va odobli bo`lsin, so`zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan, xiyonat va makr hiylasidan uzoq bo`lsin. Abu nasr Forobiy

  • To`g`ri va haq yo`ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishidan ham mahobatliroqdir.

Az -Zamahshariy

  • Bizning farzandlarimiz nihoyatda istedodli, aqluzakovat bobida hech kimdan qolishmaydi. Ularning iqtidorini qadrlash, imkoniyatlarini yuzaga chiqarish vatanning mard, va fidoiy farzandlari etib tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratib berish har birimizning sharafli burchimizdir . I.A.Karimov

  • Odamning kimligi bo`yi bilan belgilanmaganidek, xalqimizning ulug`igi ham soni bilan o`lchanmaydi, yagona mezon uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir”.

Viktor Gyugo

Eshitib ota onangni

So`zlarini qadrla ,

Мol-u mulking ko`paysa

Mag`rurlanib quturma.

O`g`lim senga qoldirdim o`git,

Unga amal qil :

Оlimlarga yaqinlash,

Bahra olgil, tutib dil.

Mahmud Koshg`ariy



Topshiriq: “Farzandlik burchim” mashqi. O`quvchilarga “Men Vatanim uchun nima qilmoqchiman” mavzusida davra suhbati yushtiriladi.
33-Mavzu: Mening ta’til uchun rejalarim.

Kun shiori: “Yaxshi dam, mehnatga hamdam”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ta’tilni maroqli o`tkazish uchun tavsiyalar berish, ta’til o`quvchilar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Ta’tilni kitoblar olamiga sayohat bilan boyitaman!”.

O`qituvchi:

Mana, hademay imtihonlar tugab, yozgi ta’tilga chiqasizlar. Lekin bu ta’tilda siz ko`proq, o`z maqsadlaringiz sari qadam tashlaysizlar. Yangi o`quv yilidan siz bitiruvchi hisoblanasiz va qanday kasb egasi bo`lasiz-u, qaysi akademik-litseyga yoki kasb-hunar kollejiga hujjatlaringizni topshirasiz. Shuning uchun ta’tilda imkon darajada mana shu masalalarga oydinlik kiritsangiz, ertaga qiynalmaysiz.

Ta’til asosan aqliy mehnat qiluvchilar uchun miyani dam oldirish.

Albatta, dam olish maskanlariga borasiz. Bundan tashqari kimlardir ota-onasiga yordam berish uchun ishlaydilar. Imkoni bo`lsa, qizlarimiz, o`g`il bolalarimiz ham ta’tilda birorta o`quv markazlarida til o`rgansa, hunar o`rgansa, bo`sh vaqtlarini foydali ish bilan o`tkazsa maqsadga muvofiq bo`lardi.

Aziz o`quvchilar, har bir kuningizni baddiy kitoblar, gazeta, jurnallar bilan o`tkazsangiz bu dunyoqarashingiz kengayshiga va mustaqil fikrlashingiz va nutqingizga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.

Hammangizga ta’tilni maroqli o`tkazishingizga omadlar tilab, quyidagi topshiriqni bajarishni boshlang.

O`qituvchi tomonidan har bir o`quvchiga oq qog`oz tarqatiladi.



O`quvchilar “Mening ta’til uchun rejalarim” mavzusida o`z rejalarini yozib beradilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa