Tarbiyaviy soat



Download 4,12 Mb.
bet4/5
Sana08.09.2017
Hajmi4,12 Mb.
#20563
1   2   3   4   5

Tarjimai hol.

Islom Karimov 1938-yili Samarqandda anchayin kambag`al oilada tug`ildi. Bolaligi urush vaqtiga, yoshligi urushdan keyingi og`ir vaqtlarga to`g`ri keldi. Maktabni Samarqandda tugatdi. Oddiy maktab, uncha katta bo`lmagan ikki qavatli bino. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, maktabning qarshisida-yo`lning u tomonida, o`rta asrning buyuk me’moriy yodgorligi, o`zbek milliy qadamjolaridan biri-Bibixonim masjidi joylashgan. Maktab I. Karimovga bag`ishlab muzey tashkil qilishmoqchi bo`lishda, lekin u taqiqlab qo`ydi. Xayriyatki,bu maktabda bo`lajak akademik V. A. Koptyug ham o`qigan. Shu bahona maktab “ Shon-shuhrat muzeyi” tashkil bo`ldi.

Muzeydagi Karimov haqidagi bor-yo`q eksponat uning uchta surati: bittasida u ikkinchi sinfda o`qigan vaqti ,yupun kiyingan bola, xuddi o`zi qatori yupun kiyingan bolalar orasida. Og`ir damlar edi. Keyingi surat to`qqizinchi sinfdaligida olingan. Bo`lajak Prezident o`rtoqlari bilan aviamodel yasamoqda.Va maktabni bitiruv kechasi surati-hamma qatori yigit .Mening Prezidentning yoshligi haqida gapirib berishni so`ragan iltimosimga muzey uchun ma’sul o`qituvchi ayol shunday dedi: ‘‘Prezident u to`g`risida qo`shib-chatib gapirmaslikni iltimos qilgan, unga ham, maktabga ham, uyat bo`ladi, degan. “Bu so`zlarni Prezident suratiga birinchi chizgilar” deb qabul qilamiz.

Axloqiy prinsiplarim to`g`risida. Bu haqiqatgo`ylik, halollik, o`z ishiga va so`ziga sodiqlik’’

‘‘Eng muhimi o`zingga ishon. Shunda sen hech kimni sotmaysan’’. Bu Shekspirona hikmatga hayotning olatasir so`qmoqlarida ayrim kishilargina amal qilishning uddasidan chiqishadi. Menda Islom Karimov ana shunday insonlar sirasiga kirishiga to`la asos bor.

“ Eng muhimi, o`zingga ishon”. Bu aqidaga u yoshligidan amal qiladi. Bu uning hayot yo`lida Yo`lchi yulduzday hamisha hamroh.

(Leonid Levitin)

Butun sayyoramiz ekstremizm portlashlariga to`lib-toshgan ,dunyo hamjamiyatining say-harakatiga qaramay ,odamlar bir-birini qoni va e’tiqodi boshqa ekani uchun o`ldirayotgan bugungi kunda sobiq ,kommunistik mamlakat –O`zbekiston tajribasi ,uning rahbari Islom Karimovning siyosiy portreti G`arb mamlakatlarida qiziqish uyg`otishi bejiz emas. Binobarin, O`zbekiston dunyo mamlakatlari orasida millatlararo va dinlararo qonli to`qnashuvlar olovini o`chirishga erishgan,buzg`unchilik mantiqi o`rnini yaratuvchilikka intilish egallagan juda kamyob yurtlardan biridir.

Hokimiyat mamlakatni vayron qiladimi yoki aksincha ,ko`klarga kotaradimi? Bu savol sobiq SSSR o`rnida paydo bo`lgan har bir davlatning millionlab fuqarolari oldida ko`ndalang turibdi.Unga javob topish oson ish emas.Kelgusi iqtisodiy va umuman olganda ,ijtimoiy taraqqiyot uchun odamlar zimmasiga tushadigan yuk juda o`g`irdir.

O`zbekiston sobiq kommunistik davlatlar orasida iqtisodiyotni siyosatdan ustun qo`yayotgan ,oddiy inson sari yuz burgan juda kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi.

O`zbekistonning tarixi juda qiziqarli va noyobdir.Turli madaniy va siyosiy oqimlar chorrahasida joylashgan va qad rostlagan bu mamlakat goho bir-biriga mutlaqo zid ta’sirlarni boshidan kechirdi. O`zbek xalqi o`zining ko`hna, ham yangi siyosiy qiyofasini dunyoga ko`rsatishi kerak.

(Islom Karimov- Yangi O`zbekiston Prezidenti Leonid Levitin Donal’d S. Karlayl )



Yuragida jo`shar g`ayrat, shijoati,

Bobolardan meros jur’at, jasorati,

Еrk bayrog`in baland tutar matonati,

Yurtboshimiz omon bo`lsin baxtimizga.
Kundan-kunga yashnar ozod, obod Vatan,

Baxt, saodat, farog`atga robot Vatan,

Buncha shirin qandu asal, nabot Vatan,

O`zbekiston omon bo`lsin baxtimizga.

Komil Sindarov - huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori.
Topshiriq: “Davra suhbati”. Prezidentimiz Islom Karimovning asarlari haqida.

19-Mavzu: Aholi yashaydigan dahalarda harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz



20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib. (Hazrat Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan)

Kun shiori: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Alisher Navoiyga uning asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada:

Bir olamni istaymanki, unda bu olam odamlari bo`lmasa,

Va bu olam kishilari jafosidan unda g`am bo`lmasa.



Alisher Navoiy

O`qituvchi:

Mustaqillikning ilk sanalaridan boshlab, buyuk shoirga bo`lgan hurmatni Islom Karimov tashabbusi bilan yo`lga qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining

Qarori

O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Adabiyot Ilmgohiga Alisher Navoiy nomini berish to`g`risida



O`zbek adabiyotining asoschisi, buyuk olim, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan, respublika jamoatchiligi xohish-istaklarini inobatga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Adabiyot Ilmgohiga Alisher Navoiy nomi berilsin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov

1991 yil 19 sentabr

(Islom Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T. “O`zbekiston” 2011 yil 409-bet)


  • Bu qaror o`zbek xalqining ilm ziyosi va ahliga bo`lgan juda katta ehtiromidir.

  • Shu nuqtai nazardan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.

  • O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat.



  • Navoiy ruhi madadkor bo`lg`ay!

O`zbekiston Milliy bog`ida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan barpo etilgan haykalning tantanali ochilish marosimida Yurtboshimiz so`zlagan nutqidan:

Mana, salkam bir yildirki, O`zbekistonimizda, O`rta Osiyoda, barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to`ylari- qutlug` ma’raka davom etmoqda. Bu to`y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug`laydigan bayramdir.

Bu to`y xalqimiz, O`zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi.

Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlug` keldi, unutilmas sana bo`lib qoldi.

Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshdi. O`zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o`z taqdirini endi o`zi hal qiladigan bo`lib qoldi.


  • Biz bugun unutilmas, tarixiy voqeaning guvohi bo`lib turibmiz.

  • Mustaqil O`zbekistonning poytaxti-aziz va jonajon Toshkentimiz bag`rida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va ulkan xalq milliy bog`ining ochilishida qatnashmoqdamiz.

  • Mana shu fursatdan foydalanib, Alisher Navoiy haykalini yaratgan haykaltarosh, me’mor va quruvchilarimizni, bog`ni bezatuvchi qo`li oltin mehnatchilarimizni sizlarning, aziz do`stlar, nomingizdan qutlashga va minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz.

  • Chindan ham, quruvchilar samarali mehnat qildilar, to`rt-besh oy mobaynida to`rt-besh yillik olijanob ishni ado etdilar.

  • Bunda men xalqimizning o`z ulug` farzandiga bo`lgan ulkan mehr-oqibatini ko`raman.

  • Alisher Navoiy yurtni, diyorni ko`rkam, hosildor bog`lar og`ushida ko`rishni orzu qilar edi:

Kim bu bog` ichra xiromon erur,

Barchasi bir-biriga mehmon erur,-deb

Odamlarni bir-biriga mehribonu shafiq bo`lishga, umr, hayot qadrini bilishga, do`st-birodarlikka chaqirgan edi..

Navoiy haykali, Navoiy bog`i shahrimizning, diyorimizning eng go`zal va asosiy ziyoratgohi bo`lib qoladi-deb ishonch bildirdilar davlatimiz rahbari Islom Karimov.

(Islom Karimov. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.T. “O`zbekiston” 2011 yil 410-411-412-betlar)


  • Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi, degan Yurtboshimizning katta umidi bugungi kunda to`la-to`kis amalga oshgan va oshib bormoqda.

  • Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, bugun bu bog` ijod ahli uchun ilhom va kamolot maskaniga aylanib ketgan.

Alisher Navoiy bobomizga atab asarlar, she’rlar, kinolar, spektakllar va videofilmlar xalqimizga taqdim etilib bormoqda

Topshiriq: “G`azal mulki”. Hazrat Navoiy bobomiz g`azallaridan bahramand bo`lamiz.


20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib (Z.M. Bobur tavalludi munosabati bilan)
Kun shiori: “14 fevral shoh va shoir Bobur tavallud topgan kun”.


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Z.M. Boburga uning asarlariga bo`lgan hurmatni singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:Zahiriddin Muhammad Bobur – jahon tarixida teran iz qoldirgan buyuk temuriyzoda

O`qituvchi:

Yurtboshimiz Islom Karimov o`zining “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan

“Boburnoma” ning 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlar qabul qilingani to`g`risida axborot:

Respublika Prezidenti, O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi kotibi I.A.Karimov Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari yaratilganligining 460 yilligi bayramiga tashrif buyurgan mehmonlarni qabul qildi.

- Avvalo, ulug` vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning shoh asari bo`lmish “Boburnoma” yozilganligining 460 yilligini keng ishonlayotganimizdan xursandmiz, -dedi Prezident. – Bu bayram ayni paytda Sharq xalqlari tarixi va adabiyotiga beqiyos hurmat va muhabbatni ifoda etadi.

Buyuk olim, shoir va davlat arbobi Bobur o`z ijodi bilan ko`plab xalqlarni birlashtirib turadi. Shunday ekan, mana shunday adabiyot bayramlarini tez-tez o`tkazib turishni yo`lga qo`yish kerak. Shu ma’noda olganda, Boburning 500 yilligi respublikamizda nishonlanmagani g`oyat afsuslanarlidir. Tarixda shunday insonlar bo`ladiki, ularning qadr-qimmati umuminsoniy qadriyatlar bilan o`lchanadi. Buyuk ajdodimiz Bobur aynan shunday zotlar sirasiga kiradi. Shu bois biz Bobur ijodini ko`pgina mamlakatlar olimlari, adiblari bilan hamkorlikda o`rganishimiz kerak.

“Sovet O`zbekistoni” gazetasi, 1990 yil 26 oktabr

Mustaqillikka erishgach, butun respublikamiz bo`ylab, Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni keng nishonlanib kelmoqda. Bobur bobomiz haqida O`zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov “Yulduzli tunlar” romanini, ko`plab she’rlar, asarlar, spektal, videofilmlar olinmoqda.

Topshiriq: “She’riyat soati”. Z.M.Bobur bobomiz she’r va g`azallaridan bahramand bo`lamiz.
21-Mavzu: Maktab va kelajak (Matematika, informatika fan oyligi doirasida)
Kun shiori: “Maktabdagi bilimimiz kelajakka zamin tayyorlaydi”.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, maktabga bo`lgan hurmatini oshirish, kelajakka ishonch tuyg`ularini singdirish, fan oyligida faol ishtirok etishligini uqtirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ba’zi ishlarimizda qulaylik yaratayotgan-Kompyuter”.



O`qituvchi:

Darhaqiqat, bugun biz maktablarni kompyutersiz tasavvur eta olmaymiz. Deyarli har bir vazifani tezlik bilan bajarib beradi. Chekka qishloq maktablarida ham zamonaviy kompyuterlar kirib bordi. Ya’nikim, kompyuter bizning yaqin o`rtog`imizga aylandi.

Hozirgi kunda kompyuter kirib bormagan xonadon ham yo`q. Rivojlanib borayotgan yurtimizda ta’limga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta`limi, ayniqsa, umumta`lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e`tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Maktablarga, ayniqsa, kelajakka umid bilan qarash kerakligini Yurtboshimiz doimo ta’kidlaydilar. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, rivojlanib borayotgan yurtimizga o`s hissamizni qo`shishimiz darkor. Kompyuterdan biz faqat kerakli ishlarda foydalanishimiz zarur. Endi siz bilan qisqacha, kompyuter tarixiga nazar tashlaymiz.

Kompyuter— inglizcha so'z bo'Iib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi -kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko'pchilikning tushunchasida go'yoki biz kundalik foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko'p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo'lsa, ikkinchi tomondan, ko'p masalalarni echish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasa-da, shu bilan birga kompyuter (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud; raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun ulardan ko'proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlaming besh guruhi keng qo'llanilmoqda.

Kompyuterlarni sinflash

Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma'lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo'lish mumkin:

— super kompyuterlar (Super Computer);

— katta kompyuterlar (Manframe Computer);

— mini kompyuterlar (Minicomputer);

— shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

— bloknot(Notebook ) kompyuterlar.

Topshiriq: “Matematika soati”.

Savol:


Yuz sonini nollarsiz yozing.

O`nni beshta to`qqizlik bilan ifodalang.

Kim ko`p sanadi?


    • Ikki kishi bir soat davomida yo`lkada yonlaridan o`tgan o`tkinchilarni sanashdi. Ulardan biri uy darvozasi oldida, ikkinchisi yo`lkada nari-beri borib-kelib turdi. O`tkinchilarni kim ko`p sanagan?

    • Yurganda kishi ko`proq sanaydi, bu ma’lum narsa, -degan ovoz stolning narigi boshidan eshitildi.

    • Javobini kechki ovqatdan keyin bilamiz,-dedi rais.-So`z navbatdagi kishiga.

22- Mavzu: Tashqi yoritish va tovush berish asboblaridan foydalanish haqida (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz



23-Mavzu: Sizga talpinaman onajon! (8 mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)

Kun shiori: “Ayol bilan olam munavvar!”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ayollarga, onalarga bo`lgan hurmatini oshirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Ayol, ona hammamizga hayot ato etgan zot”

Abdulla Oripov

O`qituvchi:

Bugun O`zbekistonda xotin-qizlarga ehtirom ko`rsatish, ularning huquqlarini muhofaza qilish, salomatliklari uchun qayg`urish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ayollarimiz mohir uy bekasi, jonkuyar ona bo`lishi bilan birga yurtimizdagi ijtimoiy, madaniy va siyosiy jabhalarda erkaklar bilan birdek faol ishtirok etayotirlar.

Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarimiz salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijodiy-aqliy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo`lmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o`z ifodasini topgan. Insonning, shu jumladan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimiz me’yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga hamohangdir.

Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar”, degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo`lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o`z mavqeiga ega bo`lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan birga, ayollik iffatini saqlab, o`z sha’niga dog` tushirmaslikka harakat qilishi lozim. Ularni turli yomonlik, xavf-xatar va illatlardan himoyalash, hurmatini joyiga qo`yib, chiroyli munosabatda bo`lish esa erkaklarning zimmasidadir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga yaxshi munosabatli bo`lishga buyurib, bunday marhamat qiladilar: “Mo`minlarning imon jihatidan komilrog`i xulqi yaxshi bo`lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o`z ahlu ayoliga yaxshi bo`lganlaringizdir”.



Topshiriq: “Qalb izhori”. Sizga talpinaman onajon!
24-Mavzu: O`zbekistonning noyob tabiati ( Kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida)

Kun shiori: “O'zbekiston tabiati betakror”.



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, ona tabiatga bo`lgan hurmatini oshirish, fan oylikda faol bo`lishga, fanlarga qiziqishni uyg`otish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Olam tabiati bilan go`zal”

Abdulla Oripov

O`qituvchi:

O'zbekiston tabiati betakror. Bu erda o'simlik va hayvonotning juda ko'p noyob turlarini uchratish mumkin. Respublikada yirik tabiatni qo'riqlash proektlari amalga oshirilmoqda. Davlat qo'riqxonalari va mavsumiy himoya rejalari ishga tushirilgan.

O'zbek landshafti:

O'zbekiston Respublikasi yer maydonining katta qismini pasttekisliklar egallaydi. Bularning eng kattasi Turon pasttekisligi (Turon tekisligi). Dengiz sathidan eng baland joy: Hisor tizmasi - balandligi 4643 m, dengiz sathidan eng past joy esa: Mingbuloq cho'kmasi - -12,8 m (Qizilqum cho'lida). O'zbekiston Respublikasi territoriyasida joylashgan Qizilqum - dunyodagi katta cho'llarning biri hisoblanadi.

Davlat shimoliy-sharqida - umumiy maydoni 4000 km

2 li Haydar-Arnasoy ko'llari tizmasida - chuchuk suvli Haydarko'l (3000km2) joylashgan.

O'zbekistonning noyob hayvonot va o'simlik dunyosi saqlangan landshaftlarida davlat qo'riqxonalari tashkil etilgan.

O'zbekiston yovvoyi tabiati:

Tabiati qo'riqlanayotgan maydonlar zanjiri O'zbekiston Respublikasidagi biologik xilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasidagi tabiati saqlanayotgan joylar:

-umumiy maydoni 2164 km2 bo'lgan to'qqiz Davlat qo'riqxonalari;

-maydoni 6061 km2 bo'lgan ikki milliy park;

-maydoni 12186,5 km2 li to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar;

-hayvonlar nodir turlarini o'rganuvchi Respublika "Jayron" ekologik markazi.

Tabiati qo'riqlanayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km 2 bo'lib, respublika territoriyasining 5,2% iga teng.

O'zbekiston tekisliklaridagi o'simliklarning ko'pi cho'l giyohlari hisoblanadi. Tog'li rayonlardagi o'simliklar - dasht, o'rmon, tog' o'tloqlariga xos. O'zbekistonda o'simliklarning 3700 xili o'sayotgan bo'lib, ularning 20% i mahalliy o'simliklar dunyosiga xos.

Hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Tog'larda bug'uning turlari, arxar, ayiq, ilvirs hamda tog' echkilarining noyob turlari; cho'llarida jayron, sayg'oq, kemiruvchilar, kaltakesaklar, toshbaqalar, ilonlar; to'qay o'rmonlarda qamishzor mushugi, to'ng'iz, ohu, kiyik, turli qushlar yashashadi.

Daryo va ko'llari:

Eng katta daryolari - Sirdaryo va Amudaryo.

Davlat qo'riqxonalari va tabiatni muhofaza etish

O'zbekiston tabiati hayvonot va o'simlik dunyosiga boy. Biologik turlarni saqlab qolishlikda tabiati muhofaza etilayotgan maydonlar muhim ahamiyatga ega. Bu yo'l bilan dasht va cho'llarni, tog' tizmalarini, o'rmonli joylarni inson etkazishi mumkin bo'lgan talofatdan saqlab qolinadi. Qo'riqxonalar mavjudligi evaziga yovvoyi o'simlik va hayvonlar o'zlariga xos tabiat qonunlari ostida bemalol tirikligini saqlab qolishadi.

O'zbekiston Respublikasida muhofaza etilayotgan maydonning umumiy hajmi 20520 km2 yoki butun mamlakat territoriyasining 5,2% i. Bulardan 2164 km2 i to'qqiz Davlat qo'riqxonasidir, 6061 km2 i - ikki milliy park, 12186,5 km2 i - to'qqizta mavsumiy qo'riqxonalar hamda bitta "Jayron" noyob hayvonot dunyosini tekshiruvchi Respublika ekologik markazi.

1. Chotqol biomaydon qo'riqxonasi;

2. Hisor Davlar qo'riqxonasi;

3. Nurota Davlat qo'riqxonasi;

4. Surxon Davlat qo'riqxonasi;

5. Baday-to'qoy Davlat qo'riqxonasi;

6. Zarafshon Davlat qo'riqxonasi;

7. Qizilqum davlat qo'riqxonasi;

8. Zomin davlat qo'riqxonasi;

9. Kitob Davlat qo'riqxonasi.

O'zbekiston cho'llari:

Cho'l - tekislikda joylashgan, bo'linib qolgan yoki osimlik dunyosi yo'q, o'ziga xos hayvonot dunyosi mavjud tabiiy maydondan iborat.

O'zbekiston territoriyasida ikkita cho'l mavjud. Ularning kattasi - Qizilqum va kichigi - Qoraqum.


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish