Tarbiyaviy soat


Topshiriq: “Kuzatish” mashqi



Download 4,12 Mb.
bet2/5
Sana08.09.2017
Hajmi4,12 Mb.
#20563
1   2   3   4   5

Topshiriq: “Kuzatish” mashqi. O`quvchilardan tevarak-atrofga bir nazar tashlash tavsiya etiladi. Nimalarni his qildingiz? O`quvchilar o`z qarashlarini izohlaydilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



4-Mavzu: Transport vositalarining yo`lning qatnov qismida joylashuvi (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz



5-Mavzu: Faxrli kasb egalari (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir



Islom Karimov

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doim ustozlarni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Yurtboshimning orzusi

Yoshlar bo`lsin bilimli,

Biz ustozlar bu yo`lda

Yurtboshimga madadkor!

O`qituvchi:

“Ey, Turkiston maorif ishlarida bo`lg`on o`rtoq va o`g`lonlarim!” Men o`zim garchand bandi bo`lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o`taman. Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo`lida ishlaydurg`on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O`rtadan nifoqni ko`taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo`ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo`lini ko`rsatingizlar! Bizning otimizda maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz”.

O`zbekistonimiz mustaqillikka erishgach, Behbudiy bobomizning vasiyatlarini o`zbekning mard o`g`loni, mustaqillik asoschisi, yurt otasi Islom Karimov amalga oshirmoqda.

Adib qalbini o`rtagan dard–erk va ma’rifat edi. Biz bugun Ollohga shukronalar qilishimiz kerakki, ajdodlarimiz orzu qilgan kun erk, ozodlik, mustaqillik kunlariga yetdik, burchimiz esa shu kunlar qadriga yetish. O`qituvchilar esa shu kunlarga shukur qilib, xalqqa ma’rifat ziyolarini sochishda o`zlarining bor kuchlarini vijdonan va halolab bajaradilar. Bu bilan jadid bobolarimizning ruhlari shod bo`lib, bizlardan rozi bo`ladilar. Yurtboshimizning ishonchini hozirda ustozlarimiz oqlamoqda.

Abdulla Avloniy fikricha, olamning yaratilishidan maqsad insondir. Inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mahluqlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak: inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli dunyoni boshqaradi.



Muqaddas Xolbayevna Ogay mana shunday aqlli insonlardan hisoblanib, ilmi tufayli Germaniya davlatiga borib, bilimlarini yanada yuksaltirib keldi. Muqaddas Ogay 300-maktabda rusiy zabonlarga ingliz tilidan saboq berish bilan birgalikda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib, juda ko`plab sinfdan tashqari tadbirlar tashkilotchisi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

Abdulla Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur: fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur”.

Dilorom Haydarova o`quvchilarda fikrlashni rivojlantirishda adabiyot fanini o`quvchilar ongiga singdirishda o`zining bor mahoratini ishga soladi.Ustoz darsdan tashqari matbuot bilan hamkorlikda o`zining maqolalari bilan ham chiqish qilib turadi. Dilorom Haydarova maktabimizda “Yosh muxbirlar” to`garagini ham tashkillashtirgan, bu to`garak a’zolari o`zlarining maqolalari bilan “Tong yulduzi” bolalar gazetasida tez-tez chiqib turadi.

Abdulla Avloniy shunday deydi:

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo`lsak, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun o`qimak, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay, vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakg`a jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur.

Topshiriq: “Mening birinchi o`qituvchim”. O`quvchilar birinchi o`qituvchilarini esga oladilar. (Bayromona holat)

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
6-Mavzu: To`xtash va to`xtab turish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)

Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz


7-mavzu: Chiqindilarning zarari.

Kun shiori: “Har qanday zararli unsurlardan ehtiyot bo`ling!



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, chiqindilarning zararli ekanligini tushuntirish, tabiatni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Inson qadri-qimmati eng muhim ustuvor yo`nalishlardan biri”

O`qituvchi:

Endi boshqa real ekologik salbiy oqibatlar haqida to'xtalib o'tamiz. Tabiiy muhitning ifloslanishi muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Chunki u fantexnika taraqqiyotining ta'siri ostida ishlab chiqarishining sifat jihatdan o'zgarishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hajmi borgan sari ortib bormoqda. Gap shundaki, foydalaniladigan tabiiy resurslarning atigi 12 foizi ishlab chiqarishning oxirgi mahsuloti tarzida qoladi, boshqa qismi esa chiqitga aylanadi. Chiqitlar esa tabiat tomonidan qayta o'zlashtirilmaydi.

Inson foydalanadigan ko'plab metall va qotishmalar tabiatda sof holda uchramaydi. Ular tog' jinslarini qayta ishlash asosida olinadi. Metall va yoqilg'ilarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayonida ham ulardan foydalanilgandan keyin ancha-muncha chiqindilar hosil bo'ladi. Ma'lum ma'noda, ularning birortasi tabiatda izsiz yo'qolib ketmaydi. Ularni tashkil etgan atomlar qayta guruhlanib, oxir oqibatda foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan holda kichik-kichik konsentratsiyalarda havoga, tuproqqa va suv havzalariga singib ketadi.

Tabiiy ekologik tizim insonning amaliy faoliyati oqibatida yuzaga kelgan chiqindilarning ko'plab turini yutish va ularni hayotning boshqa shakllari uchun yaroqli yoki hech bo`lmaganda, zararsiz moddalar tarzida qayta ishlashga qodirdir. Biroq chiqindilarning biror turi juda ko'payib ketsa, ekotizimning tabiiy yutish mexanizmi to'yingan rejim darajasiga chiqishi mumkin. Bunday holda inson sivilizatsiyasi chiqindilari atrof muhitda juda ko'p miqdorda to'planib qoladi. Bu — xavf xatar demakdir.

Rudalardan foydali bitikmalarni kompleks ajratib olish borasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ammo bu masala hamma joyda bir xil hal etilmaydi. Tog' kon sanoati korxonalari zich joylashgan joylarda mahsulot tannarxi arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo'lishi mumkin. Shaxta usuliga qaraganda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Ammo ekspertlarining xulosasiga ko'ra, surunkali bronxitlar, yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi, pnevmoniya, emfizema tarqalishining bosh sababidir. Shuningdek, u o'pka rakini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biridir.

Kasalliklar va atrof - muhitning ifloslanishi o'rtasidagi sabab oqibat bog'lanishini aniqlash oson ish emas, chunki sabab hamisha xilma-xil bo'ladi. Shunday bo`lsada, atrof - muhit ifloslanishi ta'sirini bevosita aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, chang - to'zonlar orasida va zararli ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko'rsatadiganlar tez-tez kasalga chalinadilar. Ekologiyaga bog'liq holda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlash va ularning hisobini olish bo'yicha muhim ishlar qilinmoqda.



Topshiriq: “Muammoli vaziyat”

Vaziyat turi


Sababi


Vaziyatdan chiqib ketish sabablari

Chiqindilar







Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
8-mavzu: O`zbek tili – do`stlik tili, so`zlashish va nutq madaniyati (O`zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilingan kun munosabati bilan, filologiya fan oyligi doirasida)

Kun shiori: Og`ziga kelganni demoq nodonning ishi,



Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi.

Alisher Navoiy

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z onatiliga bo`lgan muhabbatni rivojlantirish, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Nutqda uch sabab katta ahamiyat kasb etadi,- degan edi bir kuni lord Morli quvnoq beadablik bilan, - kim gapirayapti, qanday gapirayapti, nimani gapirayapti? Ana shu uch omildan uchinchisi katta ahamiyatga ega ”

O`qituvchi:

O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, o`zbek tili davlat tili maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yer yuzida esa bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz millionni tashkil etadigan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Bularning orasida faqat ikki yuzdan ortig`i o`zlarining mustaqil davlatlariga ega. Ushbu davlatlar orasida O`zbekiston Respublikasining ham borligi muhim siyosiy ahamiyatga egadir.

Etnik guruhlarning davlat tuzilmalari sonidan ko`pligi aksariyat mamlakatlarga ko`pmillatlilik xosligini ko`rsatadi, jumladan, bu O`zbekiston uchun ham xos holat.

Ko`pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo`shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko`pmillatlilik, ya’ni O`zbekiston Respublikasida qo`shni (o`z mustaqil davlatlariga ega bo`lgan) qirg`iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko`pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko`p tarqalgan bo`lib, uni “tabiiy-tarixiy ko`pmillatlilik” deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.

Ikkinchi turdagi ko`pmillatlilikni shartli ravishda “ijtimoiy-siyosiy ko`pmillatlilik” deb nomlash mumkin. U bir-biridan tili, madaniyati, turmush tarzi bilan farqlanadigan xalqlarning turli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar ta’sirida muayyan hududda birgalikda yashay boshlashi tufayli yuzaga kelgan. Turli urushlar, bosqinlar ham bunga sabab bo`lgan. Bunday hol dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi.

So`zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko`plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko`p kitob o`qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o`gitlariga quloq solsa, u qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so`zlariga e’tibor qaratamiz.


  • “Tiling omadingdir, Qizim!”;

  • Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko`radilar, shundaymi? Sen ham so`zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir;

  • Sen odam tanlamagin, so`z tanla. Topib aytilgan so`z dushmanni ham do`stga aylantira oladi;

  • Oy qizim, ovozingni ko`targan zahoting uyingdan fayz ko`tariladi. Yuzingdan husn ko`tariladi;

  • Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi.

Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.

  1. Nima uchun ba’zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar-

  2. Yana ba’zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi-

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

9-Mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)
Ushbu mavzu “7-8 sinflarda “Yo`l harakati qoidalari”ni o`rgatish yuzasidan mashg`ulot ishlanmalari to`plami (M.Omonova, R.Dimetov)”dan foydalangan holda o`tiladi. Elektron manba: www.rtm.uz

10-Mavzu: Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi. (rus fani oyligi doirasida)
Kun shiori: “YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI.

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, iste’dodli bolalarga havas ruhida tarbiyalash, fan oylikda faol ishtirok etish kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Aziz o`quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo`shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o`tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”

O`qituvchi:

Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo`lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida”.

Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo`lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo`ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so`zlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o`zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".

Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi.

Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan.

Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to`qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o`qitish, qornini to`q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag`allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo`l cho`zib, xayriya so`rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko`ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo`yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o`qish imkoniyatidan mahrum.

Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o`z iste'dodlarini ro`yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. O`tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o`quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar yo`naltirildi.

Bularning barchasi o`z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug`irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo`y ko`rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o`tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko`rik-tanlovlari, «O`zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo`lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o`zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.

(Internet materiallaridan foydalanildi)



Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi.

(O`qituvchi o`quvchilar orasidan she’r yozadigan, sportga qiziqadigan, musiqaga qiziqdaigan, mohir qo`llarni, til o`rrganishga qiziqdaigan, umuman qaysi fan yuzasidan iqtidori kuchlarni kuzatadi va rag`batlantiradi, bu rag`batlantirish bolaning o`ziga ishonchini rivojlantirsin)

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
11-Mavzu: Hilpirayver bayrog`im! (O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)

Kun shiori: “Dunyoga chiqqan O`zbekistonim bayrog`i, g`alabalar sari tinmay hilpirayver!”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan hurmatni singdirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “1991 yil 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i” qabul qilingan kun”.

O`qituvchi:


  • 5-modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi. Shu jumladan tarixga nazar tashlasak, bizning qadimgi turkiy davlatlarimizning ham o`z bayrog`i bo`lganligining guvohi bo`lamiz.

Sizning hukmingizga bir daqiqa tarixga nigoh tashlashingizni istardim va nima uchun har bir davlat o`z bayrog`ini ta’sis qilganligi, bayroq nima uchun muqaddas hisoblanganligini har birimiz o`zimizda his etib ko`rishimiz kerak.





Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`I - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i-mamlakat davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. U bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy an’analarini o`zida mujassamlashtiradi.

Respublikamizda davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi; O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yilning aprelidan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga alohida “Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat bayrog`i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum etish jazosi belgilangan.

Davlat ramzi- bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarida o`z ifodasini topadi.

Prezidentimiz Islom Karimov o`zining “O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura” asarida: “Davlatimiz ramzlari- bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni e’zozlash o`zining qadr-qimmatiga, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”,

deb aniq ta’rif bergan.



Topshiriq: O`quvchilardan yana qaysi davlat bayroqlarini biladilar va ularga Markaziy Osiyodagi Davlatlar bayrog`ini tasvirlab berish.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish