Tarbiyaviy ishlar metodikasi


O’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning nazariy jihatlari



Download 97,96 Kb.
bet4/7
Sana28.01.2022
Hajmi97,96 Kb.
#414743
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida manaviy axloqiy tarbiya

O’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning nazariy jihatlari.

“O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asaridayoq mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlaridan biri-umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatlilik ekanligini tahkidlash bilan birga, uning shaxs kamolotidagi ahamiyatini ham ko’rsatib o’tgan edilar. Keyinchalik bu masala I. A. Karimovning “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tuzish” haqidagi Farmonlarida, Yurtboshimizning “Istiqlol va ma’naviyat”, “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz”, “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”, “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” kabi asarlarida to’la to’kis o’z aksini to’di. Prezident I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasidagi mahruzasida ma’naviyat sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalarni ko’rsatish bilan birga “... O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini rivojlantirishga va sharoitlarni yanada kengaytirishdan iborat. SHu orqali yurtimizda qaror to’gan millatlararo totuvlik va barqarorlikni saqlash, uni ko’z qorachig’iday asrash-har birimizning muqaddas burchimizdir”,-deb tahkidlagan edilar. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda xalqimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatliligi jamiyat va inson oldida turgan maqsad va vazifalar bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu uyg’unlik xalqlar o’rtasidagi milliy urf- 5 odatlarni, an’analarni mustahkamlashda asos bo’lib xizmat qilmoqda. Natijada inson ongi va tafakkurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ehtiqod kundan-kunga o’sib, xalqlar, millatlar o’rtasidagi do’stlik, hamkorlik rivojlanmoqda. Buning natijasida O’zbekiston dunyoga yuz tutmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar faqatgina bizning Respublikamizdagina emas, balki butun jahonda bir butun, yaxlit holatda har bir inson qalbidan chuqur joy olmoqda. AQSH, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Koreya, Pokiston kabi 50 dan ortiq mamlakat rahbarlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovga yo’llagan hamdardliklarida butun dunyo xalqlarining O’zbekiston bilan birga ekanligi ehtirof etilgan. Bunday hurmat va ehtibor negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda di’lomatiya, o’ta madaniyat, katta bilim, donishmandlik, kishilarni ishontira olish qobiliyatlari bilan kelajagi buyuk davlatni barpo etishdagi samarali ishlariga bo’lgan ishonch va e’tiqod ifodalangan.
Ikkinchidan I. A. Karimov ta’limoti tufayli ulug’ bobomiz Amir Temur dovrug’ini qaytadan tiklash, butun dunyoga taratish, Buxoro, Xiva, Termiz, SHahrisabz, Qarshi, Samarqand, Toshkent, Marg’ilon shaharlari to’ylarining dunyo miqyosida nishonlanishi, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg’oniy hazratlarining jahon madaniyatiga qo’shgan hissalarini ehzozlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatining yorqin timsoliga aylandi. Darhaqiqat, qadim-qadimdan o’zbek millati jahon tsivilizatsiyasida o’zining munosib o’rnini egallashida umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat bilan munosabatda bo’lgan. Har bir xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy merosini chuqur o’rgangan. SHu bilan birga boshqa millatlar, davlatlar, dinlar va tsivilizatsiyalarning o’ziga xos qadriyatlari va ijobiy tajribalaridan foydalanish natijasida jahon taraqqiyotida munosib o’rin egallab kelgan. Jahon ma’naviy madaniyatining xilma-xil jihatlari uyg’onish davrida juda rivojlangan bo’lib bu davrda yashab ijod qilgan sharq mutafakkirlari Abu Nasr Farobiy, al-Xorazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy kabi allomalar, Alisher Navoiy, Xusayn Bayqaro, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi donishmand mutafakkirlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning chuqur ildizlari sifatida xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlashda va rivojlantirishda muhim o’rin tutgan va tutib kelmoqda. SHunday ekan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar qadimiy va tarixiy bo’lib, uning mazmunida jinsidan qathiy nazar, o’zga millat xalqlariga hurmat bilan qarash dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, insoniyatning tinchligi va totuvligini tahminlash, har bir millat halqlarining o’z huquqlarini o’zi belgilash, o’ziga mustaqil bo’lib, o’ziga xos davlat tuzib yashash, o’z tili, dini, urf-odatlari o’zitga xos milliy qadriyatlari bilan bo’lish natijasida inson kamolotiga erishish, shaxsni ahloqiy shakllantirish kabi yo’nalishlar muhim o’rin egallagan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 2012 yilni “Mustahkam oila yili” deb ehlon qilishi yana bir bor milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan sadoqatning ifodasi bo’ldi. CHunki, sog’lom va mustahkam oila tushunchasi har bir millatga xos bo’lib, unda sog’lom naslni, jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog’lom, iymon ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur vatan’arvar, oila’arvar, farzand’arvar, bola tarbiyasiga katta ehtibor beradigan avlodning shaxsini ahloqiy shakllantirishni nazarda tutiladi. Shu nuqtai nazardan biz hozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarni milliy qadriyatlar asosida shakllantirish uchun xalq pedagogikasiga va ulug’ mutafakkirlarimiz ishlab chiqqan ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar tizimiga tayandik.
1. O’quvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning nazariy jihatlari Respublikamiz demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatining rivojlanish yo’liga o’tgach, milliy qadriyatlarning hayotdagi roli va o’rniga to’liq tushundik. Milliy qadriyatlarga sodiq bo’lgan xalqni qul qilish, abadiy istibdodda saqlash mumkin emas. SHu munosabat bilan I. A. Karimov Andijon voqealari haqida bergan intervg’yusida shunday degan edi: “Men oldin ham aytgan va hozir qalbimda his qilayotgan tuyg’ularni xalqimning oldida, yurtdoshlarimning yuziga qarab, ochiq aytishim lozim: men xalqimning ozodligi, yurtimning mustaqilligi uchun, kerak bo’lsa, jonimni beraman, lekin o’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi”. Shunday ekan, milliy qadriyatlar asosida yoshni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda, kelajagi buyuk davlat qurishda, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda milliy qadriyatlar muhim o’rin egallaydi. Chunki, mamlakatimizda yashayotgan har bir yoshning va butun aholining ma’naviyahloqiy kamoloti orqali insonparvar, demokratik, huquqiy fuqarolik jamiyati, kelajagi buyuk O’zbekiston bar’o etiladi. Davlatimiz rahbari I. A. Karimov shu boisdan ham milliy qadriyatlarga doimiy ehtibor berib kelmoqdalar. SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligini tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda. Bu holat milliy qadriyatlar boy merosimizni o’zlashtirish asosida rivojlanib bormoqda. Prezidentimiz o’zining har bir mahruza va nutqlarida, suhbatlarida milliy qadriyatlarning ahamiyatiga alohida ehtibor bermoqdalar. Yoshlarda milliy qadriyatlarning rivojlanish negizlari, qudrati va ahamiyati, ma’naviy-ahloqiy kamolot yo’llari, bu sohadagi vazifa va tadbirlar belgilangan. I. A. Karimov asarlarida pedagogika fanining rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladigan milliy qadriyatlarning tamoyillari bayon etilgan.2
Chunonchi, “O’zbekiston buyuk kelajak sari”, “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”, “Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining „oydevori”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “Vatan-sajdagoh kabi muqaddasdir” kabi asarlarida milliy qadriyatlar asosida yoshlarni, xususan, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning metodologik asoslari yaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ahloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash kabi masalalarga katta ehtibor berishi bilan birga “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy-ahloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog’lom bo’lishi uchun doimo qayg’urishimiz, kurashmog’imiz zarur” deb tahkidlagan edi. Darhaqiqat, bugungi kunda faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning inson hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. SHunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama ma’naviy-ahloqiy shakllantirish, uning qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish hamda ijtimoiy turmush uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish muhim ahamiyatga ega. Demak, yosh xulq-atvoriga milliy qadriyatlarni singdirish nafaqat ijtimoiyfalsafiy muammodir. Garchi qadriyatlar nazariyasi falsafiy muammo sifatida 1960 yillardan boshlab sobiq ittifoq tadqiq etila boshlangan bo’lsa-da, bu qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga faqat mustaqillikka erishilgandan keyin ehtibor berila boshlandi. Falsafiy talqinga ko’ra, qadriyatlar inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, hayotda va tabiatda bo’ladigan yaxshiligu-ezgulik kabi jamiki hislatu-fazilatlar yig’indisidir. Ilmiy-’edagogik nuqtai-nazardan esa qadriyatlar insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida „aydo bo’lgan. Amaliy faoliyatida davr sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan, o’z shakli va mazmunida u yoki bu xalqning ma’naviy-ahloqiy olamini ifoda 9 etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madaniyatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan jamiki ma’naviy ruhiy jihatlar majmui sifatida izohlanadi. SHunga ko’ra, umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar manfaatiga mos keladigan ma’naviy xazinadan iborat bo’lib, milliy qadriyatlar bilan yagona tarbiyaviy asosga egadir. Lekin, shuni aytish kerakki, bugungi kunda tez-tez tilga olinayotgan qadriyatlar muammosiga ilgarilari juda ham kam ehtibor qilinar edi.
Qadriyatlar to’g’risida gap ketganda ushbu muammo esdan chiqarilayotganligini ta’kidlash uchungina aytib o’tilardi, xolos. Yaqin o’tmishda nashr etilgan maqolalar, kitoblar, qarorlar va hakozolarda qadriyatlar g’oyasi tilga olingan bo’lsa ham ularga munosabatning qamrovli, serqirra va chuqur tahlilni talab qilar edi. Chunki, tarbiya oldida turgan maqsadlar qadriyatlarga nisbatan ikkinchi, hatto uchinchi darajali bo’lib, maktab, oliy ta’lim hayotida uning mintaletida paydo bo’lgan umumiy me’yor sifatida qabul qilingan voqeylikni belgilay olmasdi. Qadriyatlar o’zgarsa, umumiy mehyorlar ham tarbiya oldida turgan maqsadlar ham o’zgarardi. Lekin, shuni aytish kerakki, kommunistik mafkura yillarida qadriyatlar asosi omma, jamiyat tomonidan qabul qilinsa ham siyosatchilar o’z obro’lari va qiyofalarini saqlab qolish uchun tan olinmagan, ro’yobga chiqmagan maqsadlarni targ’ib qilishda davom etardilar. Targ’ib qilinayotgan qadriyatlar, maqsadlar bunday olib qaralganda umuman yomon emas edi, hozirda biz umuminsoniy qadriyatlar deb atayotgan tushunchalarning ko’pini o’z ichiga olar edi, ammo bu siyosatning yomon tomoni shunda ediki, aytilayotgan narsalar haqiqat bilan uyg’un emas edi. Ahloqning istalgan bir namunaviy shakli targ’ib qilinib, haqiqatda esa boshqa ahloqiy namunalar rag’batlantirilar edi. Tarbiya masalalarida ham aniq maqsadga qaratilgan jarayonni ko’rish amri mahol edi. CHunki, tarbiya nazariyasi hayotdan orqada qolib, tarbiya maqsadlari aniq ifodalanmas va natijada yana ta’lim muassasalari zarur texnologiyalarni bilolmay qolardi. Ushbu muammo Rossiyaga taalluqli bo’lib qolmay, balki “kommunistik 10 davrdan qolgan davlatlar”ga tegishli ekanligini tahkidlash lozim. Lekin, milliy istiqlolning dastlabki yillaridanoq umuminsoniy va milliy qadriyatlarga keng yo’l ochilib, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha talablar qo’yildi. Oliy o’quv yurtining jamiyat oldidagi mashuliyati, jamiyatning ta’lim muassasa oldidagi mashuliyati, uning talab va ehtiyojlari kundan-kunga rivojlanib bordi. Ayniqsa, 1999 yil 16-avgustda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy va o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” qabul qilgan Qarori, shuningdek, oliy ta’lim bo’yicha ham shunnday Qarorning qabul qilinishi ta’lim mazmunini isloh qilishning yuqori bosqichga ko’tarilishini tahminlashga qaratildi. Qarorda “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti o’zining tuzilishi va mazmuniga ko’ra davlat, huquq, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi” deb tahkidlanadi. Bu g’oya oliy ta’lim davlat standartlari haqidagi Qarorida ham alohida o’ziga xos tahkidlanadi. Demak, qarorlarda ko’rsatilishicha, o’quvchi, yosh kamolotida fan, maktab, jamiyat uzviyligini davlat nazorat qiladi va unga g’amxo’rlik ko’rsatadi. SHu o’rinda shuni aytish kerakki, ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o’quvchi va yoshlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan majburiy minimal talablarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shartligi ijtimoiy fanlarda, ayniqsa, falsafa, milliy g’oya, milliy mafkura, tarix, davlat va huquq asoslari, ma’naviy va sanhat madaniyati, ma’naviyat asoslari kabilarda ifodalangan. Davlat ta’lim standartlarida qadriyatlar haqidagi bilimlar bugun ta’lim muddati mobaynida va uning hamma shakllarida berilishiga alohida ahamiyat berilgan. SHunday ekan, har bir yoshni ma’naviy-ahloqiy fazilatlarini shakllantirishda badiiy adabiyotni o’qishga ishtiyoq uyg’otish, qo’shiq aytish, raqs tushish, rasm chizish malakalarini tarkib to’tirish, rangtasvirlar, ma’naviy asari, mehmorchilik, teatr to’g’risida tushunchalar hosil qilish, tarixga qiziqtirish muhim ahamiyatga ega. Go’zallik olamiga oshno bo’lgan inson hech qachon undan ajralmaydi. Darhaqiqat, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashda adabiyot darsi davr bilan hamnafas bo’lishi zarur. Buning uchun adabiyot o’qitish dasturi davr bilan birga takomillashib, yangilanib borishi kerak. Adabiyot darsi o’z fani asoslarini o’rgatish bilan birga yoshlar uchun hayot darsiga aylanashi, ularni hayotga tayyorlashi lozim. Shunday ekan, har bir professor-o’qituvchi oliy maktabda adabiyot o’qitishning maqsadini belgilashda, faqatgina yozuvchining tarjimai holi haqida mahlumot berish, har bir asarni tahlil qilganda, ijtimoiy kelib chiqishini ko’pirtirish bilan chegeralanib qolmay, balki, birinchi navbatda yoshni hayot haqidagi sonsanoqsiz muammolar to’g’risida mustaqil fikrlashga o’rgatish muhimdir.
Hayotni o’rganishda adabiyot yoshga eng yaqin yordamchi bo’lishiga erishish lozim. Yosh adabiyot fanida adabiy asarlarni o’rganish orqali milliy qadriyatlarni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shunday ekan, o’qituvchi o’z yoshsiga haqgo’ylik, adolat, vijdon, to’g’rilik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni aqlangina emas, qalban ham his qilishga o’rgatish lozim. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi qaror ilovasida yoshlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan majburiy minimal talablarida “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi” darslarida “insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo’lganligini anglash; jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olish, milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrog’i, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti tashqi aloqalarga doir tushunchalarga ega bo’lish; Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan g’oyalar asosida mushohada yurita olish; dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O’zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida mahlumotga ega bo’lish kabilar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart”, deb ko’rsatilgan. Huddi shuningdek, “Davlat va huquq asoslari”, “Huquqshunoslik”, “Konstitutsiya asoslari” fanlaridan ham davlatning tuzilishi, ahloq va huquqning o’zaro bog’liqligi va tafovutlarini bilish; O’zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish; o’zbek milliy davlatchiligi va uning taraqqiyoti haqida tasavvurga ega bo’lish; O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tasvirlay olish kabilar haqidagi bilim ko’nikma va malakalarni egallashlari shartligiga ehtibor qaratilgan. Demak, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlar dasturlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ularning mazmunida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashga keng o’rin berilgan.
Shunday ekan, ta’lim va tarbiyani milliy qadriyatlardan ajralgan holda yo’lga qo’yish yoshlarni ajdodlar merosidan nasl-nasabidan uzoqlashtirishga olib keladi. Ayniqsa, milliy o’z-o’zini anglash hissining shakllanmasligi ayrim hollarda millatlararo munosabatlarning buzilishiga, milliy hudbinlikni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Ayonki, bu milliy vatanparvarlik bilimlarining mazmunini yoritishda hato qilmaslik va tarixni, adabiyotni, falsafiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy fanlarni faqat bitta millat nuqtai nazaridan tahlil qilib, boshqa xalqlarni tarixiy jarayonidan hatto hozirgi kun hayotidan “chiqarib” tashlash kerak degan mahnoni anglatmaydi. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xattiharakatini sekin-asta ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi, mushohada qilish aqlni peshlaydi, aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Inson tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab jarayon. U tarbiyachi (ota-ona, ustoz-murabbiy, pedagog)lardan doimo xushyorlik, sergaklik, mahorat, bilim talab qiladi. Shu tarzda insonning asta-sekin aqliy salohiyati takomillashib, u komillikka intilib boradi. Bularni amalga oshirish uchun esa tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mashuliyatli munosabat, sharafli mehnat, qunt, iroda va shu kabi axloqiy xislatlar talab etiladi. Insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, ko’cha, bog’cha, maktab, oliy o’quv yurti), ijtimoiy muhit va tarbiyalanuvchiga bo’lgan munosabat muhim rol o’ynaydi. Ushbu sohada olib borilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlarimiz natijalarining ko’rsatishicha, axloqiy tarbiyaning uzluksizligini quyidagi ko’rinishda olib borish maqsadga muvofiq ekan: ona qornida → oilada → maktabgacha ta’lim muassasasida → boshlang’ich maktabda → o’rta maktabda → O’MKHTda → oliy o’quv yurtida → oliy o’quv yurtidan keyingi faoliyatda.
Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko’rib chiqamiz.
1. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni bir qator SHarq mutafakkirlari ham tahkidlab o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog’lom otaonadan sog’lom farzand dunyoga keladi. Prezidentimiz I.A.Karimov sog’lom avlod to’g’risida fikr yuritib: «Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman» , deb ta’kidlaganlar. Ushbu fikrni har bir ota-ona, pedagog, tarbiyachilar tushunib yetmog’i va o’ziga shior qilib olmog’i lozim. Farzand tug’ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni ko’rganda xursand bo’ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko’radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Bu vaqtdan boshlab bolalarga do’stlik, inoqlik, o’zaro hurmat, bir-biriga yordam tushunchalarini sodda qilib tushuntirib borish ahamiyatlidir.3
Bolalar bu davrda eshitgan narsasini takrorlashga urinadilar, shu sababli bu davrda kattalarning mahnili so’zlashuvi, yurish-turishi, odobi, o’zaro ahilligi, mehribonligi bola ruhiyatiga tahsir etadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo’lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib keladi. Bolani lozim bo’lganda maqtash, diqqatini ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot bo’lishini uqtirish, axloqsiz so’z va ga’lardan uzoqroqda bo’lishini tahminlash, o’rtoqlari bilan urishmaslik yo’llarini o’rgatish – ularga axloqiy tarbiya berishda ijobiy tahsir hisoblanadi.
2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo’lgan ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. CHunki, bu davrda paydo bo’lgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrof-muhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. Ota-ona va tarbiyachilar esa bolalarni to’g’ri o’sishlari, aqliy va axloqiy, ma’naviy, estetik jihatdan tarbiyalashga jiddiy ehtibor berishlari lozim. Buning uchun asosan o’yinlar va ertaklar asosida axloqiy tarbiya berish mumkin, chunki bu yoshdagi bolalar asosan o’yin faoliyatida bo’ladi, o’yinlarning rangbarang bo’lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etish juda muhim.
3. Boshlang’ich ta’limda axloqiy tarbiya. Boshlang’ich ta’limda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o’yin faoliyatini to’liq tark etmaganligini inobatga olib, o’tiladigan dars mashg’ulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo’llari bir muncha aniq va tizimli ravishda bo’lib qoladi. Chunki endi,xususan, odobnoma darslari o’tila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi. Endi bolalar asta-sekin nima yaxshi-yu, nima yomon ekanligini, bunyodkorlik nima-yu, vayronkorlik nima, ijobiy va salbiy xislatlar qanday ekanligini, qanday fazilatlarga ega bo’lish lozim-u, qanday qusurlardan xoli bo’lish lozimligini anglay boshlaydilar. Bu davrda turli to’garaklarni uyushtirish ham o’zining ijobiy natijalarini beradi. Bunda o’qituvchining pedagogik mahorati, bilimi, umuman pedagogik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
4. O’rta umumiy ta’limda axloqiy tarbiya. O’rta maktab davriga kelib o’quvchi o’rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko’ra o’quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu davrda o’quvchilarga o’zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan ko’proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o’zlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o’quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning mahnisini tushunib yetadilar. Ularga ota-ona va Vatan oldidagi burchlarini tushuntirib borish, turli musobaqalar va ommaviy mehnat tadbirlari orqali jamoa nomusini saqlash, bunga esa adolat yo’li bilan vijdonli baho berish orqali erishishni tarbiyalash muhim hisoblanadi.
5. O’MKHTda axloqiy tarbiya. O’MKHTda o’quvchilar qiziqishi va intilishi hisobiga akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim ola boshlaydilar. Bu davr o’quvchilar tarbiyasida juda murakkab davr hisoblanadi. Chunki, bu yoshdagi o’quvchilarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan keskin o’zgarish sodir bo’ladi. Bu davr o’smirlik davri bo’lib, o’tish davri deb ham ataladi. Ko’pchilik o’quvchilar bu davrda o’zlariga ideal tanlaydilar, o’qituvchi esa bunda o’quvchilarga munosib ideal tanlashda yordam berishi va shu idealning ijobiy xislatlarini egallashga intilishini ko’chaytirishi lozim. Bu davrda o’quvchilarda halollik, rostgo’ylik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik, bosiqlik, xushfehllilik, kamsuqumlik, shirinsuxanlik kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalash muhim hisoblanadi.
6. Oliy o’quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda yoshlar endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, o’zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, intellektual qiziqishiga ega bo’ladilar. Yoshlar o’zlarining hozirgi faoliyatiga kelajakdagi 16 hayotida o’z o’rnini to’ish, belgilash nuqtai nazaridan qaraydilar. Shu sababli bu davrda bo’lajak mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh o’zining madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga intiladi, o’z ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televidenie, Internet va barcha informatsion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi. Bu davrda yoshlarda insonparvarlik, erk’arvarlik, vatan’arvarlik, millat’arvarlik, tinchliksevarlik, shirinsuxanlik, xushfehllilik, kamtarlik, bosiqlik kabi fazilatlarni rivojlantirish shart.
7. Oliy ta’limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya. Yosh uzoq muddatli va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo’llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning o’zi boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi ko’zga tashlanadi. Bola shaxsining kamol to’ishida doimiy ravishda muhitning tahsiri sezilib turadi. Muhit–bu insonga tahsir etuvchi tashqi voqea-hodisalar yig’indisi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqoridagi uzluksiz tarbiya jarayonida muntazam ravishda tarbiyalanuvchida tashqi voqea-hodisalar o’zining ijobiy yoki salbiy tahsirini o’tkazib turadi. Buning uchun esa tarbiyalanuvchidagi o’zgarishlarga otaonalar va tarbiyachi, o’qituvchilar doimiy ravishda ehtiborli bo’lib, tashqi muhitning salbiy tahsirini oldini olib, ijobiy tahsirlarni rivojlantirishga harakat qilishi va erishishi lozim. Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni yo'q, iymoni butun, sofdil, vatan’arvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sog’lom, intellektual salohiyatli, bir so’z bilan aytganda sog’lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni amalga oshirish esa barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. SHunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo ehtiborli bo’laylik. Yuqoridagi fikrlardan shuni aytish mumkinki, ta’lim tarbiya nazariyasida hal qilinishi zarur bo’lgan juda ko’plab muammolar mavjud. Bu muammolarni hal qilish o’zining va yoshlarning mehnati natijalarini baholaydigan „rofessoro’qituvchini tayyorlashdan boshlanishi kerak. CHunki, oliy ta’lim muassasalarida yetuk mutaxassislarning bo’lishi yoshlarning ma’naviy-ahloqiy dunyoqarashni tarbiyalashga katta yordam beradi.


Download 97,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish