bundan 1000 yil buran, 6 yil mobaynida Turkistondan Termizgacha,
Xazar va Orol sohillaridan Tangritog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududda
yashagan turkman, o‘g‘iz, chigil, yag‘mo, qiig‘iz va boshqa
turkiyzabon xalqlaming tarixi, o‘lkalar jug‘rofiyasi, urug‘, qabila,
elatlarning
til
xususiyatlari,
yozma
va
og‘zaki
adabiyoti,
ko‘chmanchi tuyakashlar, yilqichilar, cho‘ponlar, o'troq
dehqonlar,
bog'bon va kosiblaming tirikchilik usullari, so‘z talafihizlari va turh
so‘z atamalarini teran o‘rganib, „Devon-u-lug‘atit turk“ , ya’ni
„Turkiy so‘zlar devoni“ni tuzib chiqdi. 0 ‘z xalqi, vatanini sevgan,
uning tih va madaniy-ma’naviy boyUklarini qadrlagan Mahmud
Qoshg‘ariy turU qabila-umg‘larning bayramlari, tantanalari, urf-
odatlari, rasm-msumlari, kundalik mashg‘ulotlari, qo‘shiq va
o‘yinlari, diniy e'tiqodlari
bilan astoydil qiziqib, bu benazir
qadriyatlaming barchasini kelajak avlodlarga qimmatU meros sifatida
yozib qoldirdi.
Devonda 150 ga yaqin xalq o‘yinlari tilga olinib, shulardan 20
taga yaqin o‘yin turiga batafsil ta ’rif berilgan. Olim kattalar va
bolalarning yosh jihatlariga nisbatan mos bo‘]gan o'yin turlariga
alohida to‘xtaUb, musobaqa turlarini bayon qiladi. U o‘yinlami
diqqat bilan o'rganib, ham jismoniy, ham aqUy mashg‘ulotlarga
ajratgan.
Shundan bilsa bo‘ladiki, hozirgi zamonaviy sport
o‘yinlarining juda ko‘pchiUgi o‘sha
davrlardayoq, ya'ni XI asrda
ham mavjud bo‘lgan ekan.
Hozirgi paytda biz „Sport musobaqalari“ deb ishlatib yurgan
ibora Mahmud Qoshg‘ariy devonida „bahs“ atamasi bilan berilgan.
Bunday „bahs“laming turlari ko‘p bo‘lganligi ham bayon qilingan.
Masalan, merganlikda bahs qilmoq, o‘q-yoy otib, qush va
hayvonlami ovlamoq, shuningdek, arqon, taxtaU sopqonlarda tosh
otmoq, balandga ШЬ qo‘yilgan qovoqni mo‘ljalga oUb otmoq bahsi.
Bu „Oltin qovoq“ o‘yini deb atalgan. Devonda bunday bahslaming
qoida
va shartlari, usullari, g‘oUblaiga beriladigan sovrinlar, zamriy
asbob-anjomlar, maxsus atamalar batafsil bayon etilgan.
M alum ki, chavgon — 0 ‘rta Osiyo xalqlarining juda qadimgi
hamda sevimU ot sporti o‘yinlaridan biri hisoblanadi.
Chim ustida xokkey o‘yini qadimda yigitlar ot ustida uzun, uchi
egri,
yapaloq „klushka“
bilan o‘ynalgan
o‘yinning hozirgi
ko‘rinishidir. Mahmud Qoshg‘ariy chavgon o‘yinining o‘ziga xos
qoidalari, maydonning o‘lchami va chegarasi ta'rifi, darvozalar.
koptokning oTchami, katta-kichikligi, nimadan tayyorlanishi va
boshqa xususiyatlarini to‘Uq bayon qiUb beradi. Shuning o‘zi ham,
chavgon o‘yini yigitlarning balog‘at
yoshiga yetib, otda yurganda
25
o‘zini bemalol his qilib, tuta bilish, uning ustida chaqqoniik va bilak
kuchi bilan xihna-xil haiakatlar qilishga tayyorlaydigan milUy sport
turi ekanligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, chavgon o‘yini el-yurt
mudofaasida zaruriy jismoniy mashqlardan biri bo‘lganligi uchun
ham, o‘yin g'olibiga beriladigan sovrinlaming darajasiga alohida
to‘xtalib o'tadi. Shuningdek, devonda o'sha
davrda otda poyga
chopish, quvlashish, tez yo‘rtib yurish, toqqa chiqish, pastlikka
tushish kabi „bahs“lar bayoni ham keltirilgan.
Suvda o ‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga
sazovordir. Suv mashqlaridan biri bo‘lgan g‘owoslik juda qadimiy
kasblardan biri bo‘lib, devonda suv bahslarining ikki turi uchraydi:
birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish, suvdan suzib o‘tish, suv
kechish, suvda quvlashmoq, suvga biron narsani, masalan,
suvda
cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi -
ermak, ko‘ngil ochish mashg‘ulotlari m a’nosidagi o‘yinlardir. Bular:
suv yoki sut simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq,
ya’ni bahslashmoq. Hozirgi paytda bolalar buni „qaymoq“ o‘yini
deb o‘ynashadi. 0 ‘yinda toshning suvga necha marta tegib sakrab
„qaymoq“ hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko‘p „qaymoq“
hosil qilsa, o‘sha g‘olib sanaladi.
Devonda bolalar o'yinlarining turi ko‘p uchraydi. Ulaming
ba'zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o‘tilgan bo‘lsa, ba’zi-bir o'yinlar
tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kehb
,Jcuigon“ olishlari - „Ko‘ragumi“ deyilsa, bir to‘daning ikkinchi
to‘dani chaqqonlik bilan asir olishlari „Bandol“ deb atalgan.
Shtmingdek, ,JangU-mangU“ degan o‘yin turi ham bor. Oshiq
o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o‘yinlari, chillak o‘yinlari,
qizlaming arg‘imchoq o'yinlari ham biima-bir sanab o‘tilgan.
0 ‘sha davrdagi ko‘pgina o'yinlar
bolalaming hozirgi davrdagi
o‘yinlarini eslatadi. Masalan, „ 0 ‘tish-o‘tish“ deb atalgan o‘yin „Kesak
kuydi“, „Darra soldi”, „Musht ketdi“ o‘yinlariga o'xshab ketadi
Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek,
yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida
bolalaming „Muguzmuguz“ nomU qadimiy o'yini o‘ynalgan.
Devonda „Oqsuyak" o‘yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher
Navoiy ham o'zining „Mahbub ul-qulub“ asarida „Oqsuyak“
o‘yinining ta’rifini beradi. Mahmud Qoshg‘ariy devoni XI asrda
bitilgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“
asari XV
asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar „Oqsuyak“ o‘yinini
xuddi o‘sha qoida asosida o'ynaydilar.
26
,,Oqsuyak“ o'yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki yer kuirasining
ko‘p joylarida keng tarqalgan. Bu o'yinni Yevropaning Skandinaviya
mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o‘qish
mumkin. Hattoki, ushbu o‘yin Avstrahyada ham uchraydi. Aslida,
xalq o‘yinlari hech qachon chegara bihnaydi. Aksincha, o'yinlar
xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini
mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: