Asming bir go ‘shasin bot, yo ‘qki, kech,
Tortibon buzgoch, bu majmu uldi hech.
Ne qolur ul ramz ila kindin asar,
Ne xamul tartib-u oyidin asar.
Navoiyning o‘zi ham shatranj o‘yiniga juda qiziqqan va yaxshi
o‘ynagan.
Ulug‘ shoiming teran fikrlari, umumbashariy g‘oyalarini o‘rganish
va ulami hayotga tatbiq qilish hamisha zarurat bo‘lib kelgan. Shu
ma’noda uning qalb durdonalari xalq jismoniy madaniyati sohasini
boyitish uchun ham to‘la-to‘kis xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, daho mutafakkir Ahsher Navoiy xalq jismoniy
madaniyati turlarining benazir bilimdoni ekanligining guvohi bo‘lamiz.
Ayniqsa, uning badantafbiyani ,41mi badan“ yoki „badan ilmi“ , yoxud
,Jco‘ngil tarbiyasi“, miUiy sport turlarini ifodalash uchun „zo‘ri“,
„dilovarlig‘“ , ,guy“, ,jsilaxshurlik“ atamalarini qo‘llashi jismoniy
taibiya fani uchun ochilgan yorqin bir sahifadir. Jumladan, u
,jshatranj“, „tiyrandozlik", „chavandozlik“, „nayzabozlik“, „chav-
gon“, „qovoq“, ,Jcurash“, „qflichbozlik“ kabi qadimiy xalq o‘yinlarini
o‘zining lirik va epik asarlarida yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.
36
HUSAYN YOIZ KOSHIFIY
Husayn Voiz Koshifiy XV asrda Hirotda yashagan Sharqning
mashhur allomalaridan biridir. U axloq, tarix, tasawuf, nujum,
riyoziyot, fiqh sohalariga doir qirqdan ortiq asar yaratgan. Shular
qatorida xalq o ‘ymlarining o‘n beshga yaqin xili haqida mukammal
m a’lumotlar qoldirgan.
Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy yoxud javonmardlik
tariqati“ risolasi axloq va odob dasturi sifatida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib,
katta qiziqish ila o‘qib kelinmoqda. Bu nodir risola bag'oyat muhim
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, fiituwat haqida mashhur
pandnomalar, javonmardlarning rasm-u rusumi, odobi xususidagi
fikrlardan iborat. XV asrda Hirotda yashagan atoqli tojik yozuvchisi
Husayn Voiz Koshifiyning „Futuwatnomayi sultoniy“ nomli
risolasi, ilmning ko‘p qoida-nizomlarini qamrab olgani, sodda va
ravon tilda yozilgani bilan ajralib turadi
U o‘z zamonidagi tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlar, kurash
tushuvchilar, toshotarlar, nova tortuvchilar, hammollar, dorbozlar,
kuchini namoyish quluvchilar (zttrgarlar), tomosha ko‘rsatuvchi
o‘yin ahli (kosa o‘ynovchilar, qo‘g‘irchoqbozlar va soqqabozlar),
kabza ma’nosida va kabza turlari (qilich, qalqon, gurzi, urushi
kamoni (yoyi), to ‘qmoq (yog‘och bolg‘a), pichoq, boltacha
(qassoblik pichog‘i) va bolta haqida batafsil to‘xtaladi.
Husayn Koshifiy tomosha ko'rsatuvchi pahlavonlami sakkiz
toifaga ajratadi, ya’ni: kurash tushuvchilar, tosh o‘ynovchilar, loy
tashuvchilar (,,novandozlar“), zambil ko‘taruvchiiar, dorbozlar,
gurzi ko‘taruvchilar va zo‘rlar. U kurash ommabop milliy sport turi
bo‘lib, barcha uchun manzurligini, bu ish bilan shug‘ullanuvchi
kishilar har qanday vaziyatda to‘g‘rilik va poklik, adolat qonuniyati
bilan yashash kerakligini uqtiradi.
Uchinchi faslning birinchi qismida kurashning ma’nosi,
kurashda asl mohiyat, ilm bilan qo‘shilgan kuch qanaqa narsa,
kurash tushish ilmmi yoki amalmi, kurash ustalarining odobi,
shogirdlar odobi, komil ustoz qaysi, kimni pahlavon deyish
mumkin, kurashning qanday turlari bor, kurashchilaming tili nima,
kurashchilaming oxirgi maqsadi, kurashning onasi qaysi, yiqilishga
sabab nima va shu kabi qator masalalar yechimi o‘z ifodasini
topgan.
Koshifiy toshotarlar pok va taqvodor kishilardirlar, ulaming
vazifasi tosh bilan dushmanga aniq zarba yetkazishdir, deydi.
Ularning odobi oltita, deb aytadi:
37
1)
butun choralami ishga solib, kuch va malaka to‘plash va buui
dushmanga qarshi sarflay bilish;
2)
toshga qo‘l tekkizishdan oldin o‘tgan azizlar va pirlami esga
olish;
3)
qo‘lni toshga urgandan keyin jasorat va mardlik ko'rsatishga
intilish;
4) majlis ahhdan madad va himmat tilash;
5)
ko‘z bilan tilni va qo‘l bilan ko‘ngilni noshoista ishlar va
narsalardan saqlash;
6)
m a’raka hunardan forig‘ bo'lgandan keyin takbir va salovat
aytish.
Asarda dorbozlar tashqi ko'rinishidan o‘yin-tomosha ahlidan
bo‘lsalar-da, ammo ishlarining asosi ju r’at va quwat bo‘lganidan,
ular ahli zo‘r (pahlavonlar) jumlasiga kiritiladi. Dorbozlik ulug‘ bir
kasbdir va bu ishning ustalari pokiza axloqli va rostgo'y bo‘lishlari
kerak.
Kuchini namoyish qiluvchilar (zurgarlar)
toifasi quyidagi
hunarlami ko‘rsatadilar, ya’n r 1) mardgirlik (odam ko‘tarish); 2) tosh
sindirish; 3) suyak sindirish; 4) dorbozlik; 5) tosh otish; 6) tegirmon
toshini ko‘tarish; 7) Ш bilan olishish; 8) kamondan o‘qni uzoqqa
otish; 9) sakrash. Qayd qilingan bareha hunarlaming mohiyati
nimadan iborat ekanligi ochib berilgan, jumladan, odam ko‘tarishning
ma’nosi haqiqatda nima, desalar, ko‘taigan kishini yiqitmaslik, ya’ni
mardlik obro‘yini yeiga tushurmaslik, past ketmaslik.
Tosh sindirish bu — qattiqlik va tosh yuraklik sifatlarini
sindirmoq va ushbu sifatlami barham etmoq demak. Suyak
sindirishning ma’nosi, suyak haqiqatning mag‘zi va ham pardasidir,
ya’ni mardlik bilagi bilan xudparastlik pardasini ko‘z oldidan
ko‘tarib, haqiqat mag‘ziga ko‘z tiksin demakdir.
Tegirmon toshini ko‘tarishning ikki ma’nosi bor, binobarin,
tegirmonning ustki toshi - doimo harakatda, bu esa tariqat talabida
muttasil jadd-u jahd qilmoqni ifodalaydi. Ostki tosh qimirlamay
turadi, bu esa chidam va sabot timsolidir. Demak, tegirmon toshini
ko‘targan odam shu sifatlami o‘zida muvofiqlashtiruvchi kishidir.
Fil ko‘tarishning ma’nosi shundan iborat, Ш ulug‘vorlik
belgisidir, Ш ko‘tarish esa dunyo ishlari falak azimati oldida
arzimasdir, degan m a’noga ishoradir.
Sakrashning ma'nosi shuki, nafs uy dushmanidir, undan sakrab,
qutulib chiqish kerak, osoyishtalik, muvaffaqiyatga erishish nafs
bilan jang qilish orqali qo‘lga kiritiladi. Shuni e'tiqod bilan anglab
yetish kerakki, zurgarlik (kuch-quwatni namoyish etish)ning
38
haqiqati nafs dushmanini poymol etishdir, bo‘lmasa ko‘p hayvonlar
va parrandalaming quw ati odamzodnikidan ortiq. Shuning uchun
kuch-quwatga uchmaslik va nafe havosidan voz kechish kerak,
shunda m a’rakalaming pahlavoni ayni vaqtda futuwat pahlavoniga
ham aylanadi. Shayx Sa’diy aytganlaridek:
Do'stlaringiz bilan baham: |