Tarbiyainstituti m illiy va harakatli


 .3 .  Xalq  o ‘yinlarini jism oniy  tarbiya  va  sport



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/412
Sana22.01.2022
Hajmi12,36 Mb.
#400766
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   412
Bog'liq
ba7c95d59efc4dcdac132dba18d21dd0 MILLIY VA HARAKATLI 0 4YINLAR

2 .3 .  Xalq  o ‘yinlarini jism oniy  tarbiya  va  sport
 
am aliyotida  q o ila sh   imkoniyatlari
M aium ki,  yosh  bolalami  sport  bilan  muntazam  shug‘ullanti- 
rishga  jalb  qilish  tanlov  asosida  olib  boriladi.  Tanlov  dasturining 
talablari  bolani  bo‘yi,  og‘irligi,  gavdasining  tuzilishi  —  qomati  kabi 
belgilami  aniqlash  va  ularga  baho  berishdan  iborat.  Bundan 
tashqari,  tanlov,  psixologik  va  jismoniy  qobiliyatlami  baholovchi 
sinov  vositalari  yordamida  qilinadi.  Mazkur  sinov  natijalari  u  yoki 
bu  sport  turiga  mos  kelsa,  bola  shu  sport  turi  bilan  shug‘ullanishga 
qabul  qilinishi  maqsadga  muvofiq  deb  topiladi.  Bu  masalaga  to ‘g‘ri 
yondashish demakdir.
Sport  to‘garaklariga  tanlov  o‘tkazish  va  qabul  qilishda  xalq 
o‘yinlari  yoki  ulami  mazmunan  shakllangan  tarkibiy  elementlaridan 
foydalanish mumkinmi?  degan savol tug‘iladi.
-  Ha,  — deb javob  bersak yanglishmagan bo'lamiz.  Buni  quyidagi 
misolda ko‘rish  mumkin.  Bolani sport  malakasiga  o‘rgatishda,  mazkur 
malakani  texnik  nuqtai  nazardan  klassik  namunasi,  ya’ni  nusxasi
74


namoyish  etiladi  Bolalardan  ana  shu  nusxani  o‘xshatib  bajarish  talab 
qilinadi.  Lekin  bunday  talab  texnik  mahoratni  ko'chirma  shaklida 
takomillashishiga  ohb  kelishi  mumkin,  jumladan  o‘ziga  xos  shaxsiy 
texnik  mahorat  shakllanmasligi  ehtimoldan  holi  emas.  Shu  o‘rinda: 
“Texnika”  o‘zi  nima,  u  qanday  ma’noni  bildiradi?  degan  savol 
tug‘iladi.  Bu  savolning  javobi  talqin  qilinayotgan  masalaga  to‘g‘ri 
yondoshishga yordam beradi deb  o'ylaymiz.
“Texnika”  atamasi  aslida  yunoncha  (texnus)  so‘zidan  olingan 
bo‘Ub,  o'zbek  tiUda  “san’at”  ma’nosini  anglatadi.  Miloddan  aw al 
776-yildan  boshlab  har  4  yilda  Olimp  tog‘ida  yunonlar  xudosi  Zevs 
sharafiga  o‘tkazilgan  umumyunon  bayrami  musobaqalarida  ishtirok- 
chilar  2  g'ildirakU aravada  tez  yurish,  mushtlashish,  beshkurash  sport 
turlari  bo‘yicha  o‘z  san'atlarini  namoyish  etishgan.  Demak,  sport 
ham o‘ziga  xos qoidalari asosida bajariladigan san’atdir.
Sport  malakalalari faqat  muntazam ravishda,  maqsadga  muvofiq 
takomillashtiriUb  borilsagina  san’atga  aylanadi.  Mashg‘ulotlarda 
harakat  malakalariga  yangi  texnik  uslublami  kashf  etish  shaxsiy 
texnik  mahoratni  oshishiga  oUb  keladi,  g‘alaba  sari  yetaklaydi. 
Texnik  tomondan  yangi  harakat  uslublari  ko'proq  vaziyatU 
o‘yinlarda  sportchi yoki o‘qituvchi-ustozlar tomonidan  kashf etiladi. 
Masalan:  voleybolda  yaponcha  usulda  to‘pni  o‘yinga  kiritish  yoki 
yapon  voleybolchisi  Morita  kashf  etgan,  hujumda  qo‘llaniladigan 
harakat  finti;  yengil  atletikada:  “Fosberi-llop”  o‘zining  balandlikka 
sakrash  usulini  kashf  etib,  uni  butun  jahonga  tanitdi.  Demak, 
mashg‘ulotlarda  bo‘lajak  sportchilardan  bajariladigan  bir  yoki  bir 
necha  harakat  texnikasi  nusxasini  ijro  etishni  talab  qilmasdan 
m a’lum  darajada  ijodiy  harakat  erkinligini  yaratadigan  imkoniyat, 
vaziyat tug'dirish kerak.
Shuni  aytish joizki,  ijodiy  harakat  erkinligi,  ayniqsa,  xalq o‘yin- 
larida,  jumladan,  milUy  sport  turlarida,  harakatfi  o'yinlar jarayonida 
o‘z  aksini  topadi.  Bunday  o‘yinlar  o‘z  mazmuni  va  o‘yin  hara- 
katlarini  bajarish  shartiga  qarab  bo‘lajak  sportchiga  zarur  bo‘lgan, 
ya’ni  vaziyatga  munosib  malakalami  rivojlantirishga  yoki  harakatni 
yangi  uslublarini  kashf  etishga  imkon  tug‘dirib  beradi.  Jismoniy 
sifatlami,  maxsus  texnik  malakalami  takomillashtirishda  qo'llanila- 
digan  jismoniy  mashqlar,  ko‘pincha,  bolalar  organizmiga  keskinroq 
va  “chuqurroq”  ta’sir  qilishi  mumkin,  natijada  charchash  holati 
tezroq vujudga  keladi.
Bu borada  xalq o‘yinlari va  umuman harakatU o‘yinlar bolalami 
charchashdan  chalg‘ituvchi  tarbiyaviy  va  ijtimoiy  mazmunga  ega 
bo‘lgani  uchun  organizmga  ancha  yengilroq  ta'sir  etadi.  Shunday
75


ekan,  bu  o‘yinIar  tanlab  olgan  sport  tnriga  xos  maxsns  malakalami 
takomillashtirishda juda  qo‘l keladi.
Jismoniy  sifatlami  rivojlantirishda  esa,  ayniqsa,  yosh  bolalarda 
o‘zbek  xalq  o ‘yinlarini  ahamiyati  cheksizdir.  Chunki  standart  maz- 
munli  jismoniy  mashqlami  qayta-qayta  bajarish  bola  organizmida 
tezda  toliqish  holatlarini  vujudga  keltiradi.  Bu  holat  bolani 
ruhiyatiga ta’sir etishi natijasida ro‘yobga keladi.
Milliy  harakatli  o‘yinlami  mashg'ulotlar  davomida  qo‘llash 
bolalarda  katta  qiziqish uyg‘otadi,  ulaming kayfiyati va boshqa mhiy 
sifatlariga  ijobiy  ta ’sir  ko‘rsatadi.  Ushbu  holatlar  esa  organizmda 
charchash  asoratlarini  ertaroq  vujudga  kelishiga  yo‘l  qo‘ymaydi, 
zo‘riqish holatlarini  oldini oladi.

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish