Tarbiyainstituti m illiy va harakatli



Download 12,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/412
Sana22.01.2022
Hajmi12,36 Mb.
#400766
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   412
Bog'liq
ba7c95d59efc4dcdac132dba18d21dd0 MILLIY VA HARAKATLI 0 4YINLAR

“Bolalik” qissasidan
).
Turoni  zamin  ikki  daryo  (Amudaryo  va  Sirdaryo)  oralig‘ida 
joylashganligi  uchun  suv  o‘yinlari  azaldan  bolalar  o‘rtasida  katta 
qiziqish  bilan  o'ynalib  kelingan. 
Payg‘ambarimiz  Muhammad 
sollalloxu  alayhi  vasallam  “0 ‘g‘illaringizni  suzishga  o'rgating”,  deb 
bejiz  aytmaganlar.  Mashhur  “Devon-u  lug'otit  turk”  asarida  suv 
haqidagi  “suv  yuziga  chiqish”,  “qalqish”,  “suv  chuqurlashdi, 
ko‘paydi”,  “kechdi,  o‘tdi”,  “suv”,  “dengiz,  ariq,  qirg‘oq”,  “sakradi”, 
“u  suvda  suzmoq  istadi”,  “sakrashdi,  irg'ishdi”,  “sho‘ng‘ishdi”, 
“cho‘mildi,  sho‘ng‘idi”,  “toTqillandi,  mavjlandi”,  “qumdi”,  “suzdi”, 
“suv  yo‘li”  kabi  suv  bilan  bog‘liq  iboralar  uchraydi.  Amudaryo, 
Sirdaryo, 
Zarafshon, 
Qashqadaryo, 
Surxondaryo 
bo‘ylarida 
yashaganlaming  “Chumurdi qpchdi”,  “Olma menda”,  “Topag‘on”  va 
boshqa o‘yinlar sevimh mashg‘uloti hisoblangan.
0 ‘zbek  xalq o ‘yinlari  ichida  milliy  sport  turlari  yetakchi  o'rinda 
turadi.  Milliy  sport  turlariga  —  kurash,  yurish,  poyga,  sakrash, 
suzish,  chavgon,  nard  va  shatranj,  suyak  yoki  tosh  sindirish,  tosh 
yoki  og'irlik  ko'tarish;  harbiy-amaliy  sport  turlariga—  chavandozlik, 
tirandozlik,  qilichbozlik,  tayoqbozlik,  mushtlashish,  sapqon  yoki 
palaxmondan  otish  kabilar  kiradi.  Binobarin,  bolalar  o‘rtasida 
harbiy-amaliy  tavsiyaga  ega  bo‘lgan  harakath  o'yinlar  ham  ko‘plab 
o‘ynalgan.  Chavandozlik  eng  qadimiy  sport  turi  hisoblanadi.  U 
bilan bog‘liq bo'lgan  “Ko'pkari”,  “Poyga”,  “Ag‘darish”,  “Ot  ustida 
qilichbozlik” ,  “Chavgon”,  “Qovoq” ,  “Qiz  quvmoq”  kabi  sport 
turlari  ham  xalqimiz  orasida  mavjud.  Sportning  qilichbozlik  turida
6 6


ham  ajdodlarimiz juda  mashhur  bo‘lishgan.  Ibtidoiy jamiyatda  ham 
asosiy  ov  qurollaridan  biri  tayoq  hisoblangan.  Hozirgi  paytda  tayoq 
ishlatish san’ati faqatgina sharq yakkakurashi o ‘yinIarida  qolgan.
Qadimdan  xalqimiz  to‘g‘ri,  chiroyli  odim  tashlashga  e’tibor 
bilan  qaragan  hamda  yurish  qoidalarini ham  yaratganlar:  “Yurganda 
kibr-havolik  qilib  yurmaslik.  Atrofga  alanglamaslik.  Boshqalar 
ortidan kuzatmaslik.  Keksalami quvib o‘tmaslik.  Sheriklarini kuttirib 
qo‘ymaslik”  va  boshqalar  yurishning  asosiy  mezoni  hisoblangan. 
Amir  Muhammad  dedilarki  “...Yurishi  va  raftori  shu  qadarliki, 
Mashhaddan  Xurosongacha,  ya’ni  Hirotgacha  bo‘lgan  60-65 
farzanlik  mashaqqatli  yo'lni  ikki  kunda  piyoda  bosib  o‘tgan”. 
Qadimda  o‘tkazilgan  yurish  musobaqalari  asosida  hozirgi  sportdagi 
yurish  turi  paydo  bo‘lgan.  Xalq  afsonalari,  eposlari  va  rivoyatlarida 
aytilishicha,  balandlikdan  balandlikka,  uzunlikdan  uzunlikka  sakrash 
yoshlardagi  chaqqonlik,  epchillik,  sakrovchanlik  kabi  jismoniy 
sifatlami  rivojlantirish  vositasi  bo‘lgan.  Jaloliddin  Rumiy  yoshlik- 
dagi  bir  voqeani  shunday  eslaydi:  “  ...  Ey  faqixbachcha,  kel, 
bellashamiz,  mard  bo‘lsang,  anovi tomga  sakra...  Bolalar  tom  labiga 
kehb,  pastga qarashdi:  o‘rtada  quyuq butalar  o‘sib  yotar,  ikki uyning 
orasidagi  masofa,  chamasi  besh  gazdan  kam  emasdi...”  “Boysun 
nohiyasidagi 
Sayrob 
qishlog‘ida 
istiqomat 
qiluvchi 
Turob 
polvonning  aytishicha,  qadim-qadimda  Boysunda  Nasimqul  degan 
nomdor  egaming  tepasiga  o‘tkii  pichoq  bog‘langan  otning  ustidan 
bemalol  sakrab  o‘ta  olgan.  Xalq  orasidagi  rivoyatlardan  yana  birida 
aytilishicha,  Nazarbek  degan  chapdast  yigit  qatorlashtirib  qo‘yilgan 
yetti  eshakning  ustidan  sakrab  o‘tgan”.  Abu  Ali  ibn  Sinoning 
badantarbiya  tizimida  ham  “balanddagi  biror buyumga  sakrab  osilib 
olish” ,  “bir oyoqda sakrash”  kabi mashqlar berilgan.
Suzish  xalqimizning  milliy  sport  turi  sanaladi.  Devon-u  lug‘otit 
turk”  asarida bolalar va  kattalar  o‘rtasida  o‘tkazilgan  bahslar  haqida 
misollar  kelti-rilgan. 
Binobarin, 
“suv  kechishda”, 
“sakradi”, 
“sho‘ng‘idi”,  “suzdi”,  “chopmshdi”,  deyilgan. 
Surxondaryoda 
jismoniy tarbiya  va  sport bilan  o'tkazilgan  musobaqalar tasvirlangan. 
Suvdan  kechish,  suvdan kechib  o‘tish  musobaqasi,  suzib  o‘tish  bahsi 
ham  berilgan!  Balanddan  sakrab  uzoqqa  tushish,  suv  tagida  uzoq 
vaqt  sho‘ng‘ib  yurish,  sho‘ng‘ib  uzoqdan  chiqish  musobaqasi. 
0 ‘tmishda  ajdodlarimiz  o‘ta  chidamli,  chiniqqan,  baquwat  va 
serharakat  bo‘lishgan.  Bobur  Mirzo  o‘zi  haqida  shunday  hikoya 
qiladi:  “...Menga  g‘ulsga  ehtiyoj  edi.  Bir  ariq  suvidakim,  yoqalari 
qalin  muz  tungub  edi,  o‘rtasi  suvning  tezligi  jihatdan  yah 
bogTamaydur  edi,  bu  suvga  kirib  g'uls  qildim.  0 ‘n  olti  qatla  suvga
67


chumdum.  Suvning  sovuqligi  heyli  ta'sir  qildi”.  Zayniddin  Vosifiy 
xurosonlik  suzuvchining  mahorati  haqida  gapiradi:  "...  Suzishdagi 
qobiliyati  shu  darajadaki,  bir  kim  Faridun  Xusayn  Mirzo  Bog‘i 
Zogonda  uning  ikki  qo‘lini  ikki  oyog‘iga  bog‘lab  qo‘yishni 
buyuigan.  U ni  chupchak  qilib  hovuzga  otganlar.  Peshin  nomozdan 
to  nomozshomgacha u  o‘sha hovuzda shu  ahvolda suzib  yurgan”.
Qadimda qurolsiz jang  qilish usullaridan biri  mushtlashish,  ya'ni 
qo‘llar  bilan  mushtlashish  musobaqasi  o'tkazilib  turilgan.  Bobur  o‘z 
xotiralarida,  mushtlashish  musobaqalarini  ham  tilga  oladi  va  bir 
joyda  ushlik  “urishqoqlar”  birinchilikni  olganlar.  Uning  yozishicha: 
uning  zamondoshlari  orasida  bir  zarb  bilan  otni  qulata  oladigan 
odamlar  ham  bo‘lgan:  “...Umarshayx  Mirzoning bisyor  zarb  mushti 
bor  edi,  uning  mushtidin  yigit  yiqilmog‘on  yo‘qtur...  Yana  Sayfiy 
Buxoriy  edi,  mahkam  zarb  mushti  bor  ekan”.  R.Abdumalikov 
(1996)  milliy  sport  turlari  haqida  shunday  fikrni  bildirgan: 
“...ko‘pkari  (uloq),  poyga,  ba’zi-bir  qiziqarli  harakatli  o'yinlar 
“milliy  sportimiz”  deb  baralla  aytilmoqda.  To‘g‘ri,  o‘yinlarniig 
mazmuni,  qoidasi  va  tarbiyaviy  jihatlari  har  qanday  sport  turidan 
ustun 
turadi 
Lekin 
ularga 
sport 
maqomi 
berilmaganku. 
Respublikamizda  faqat  “0 ‘zbekcha  kurash”  (Farg‘ona  va  Buxoro 
usufiari)ni  milliy  sportimiz  deymiz”.18  U   oltmishinchi  yillarda 
shunday  deb  atalish  maqomiga  ega  bo'lgan  edi.  Ya’ni  u  yagona 
sport  tasnifiga kiritilgan.  Muallif fikrini  davom  etib:  “Sport  tasnifiga 
kirmagan  turlami sport  deb  atash  mumkin  emas” ,  deb  qat’iy e'tiroz 
bildiradi.  Sport  tasnifi,  asosan,  keyingi  yuz  yilliklarda  ishlab 
chiqildiki,  ungacha har bir  milliy sport  turining yo'nalishi,  mazmuni 
va  xalq  tomonidan  ishlab  chiqilgan  umumiy  qoidalari  bor,  sayl- 
tomoshalardagi  bahslar,  kurashlar  xalq  tomonidan  ishlab  chiqilgan 
qoidalar  asosida  qadimdan  o‘tkazib  kelingan.  Demak,  biz  haqli 
ravishda  yuqorida  qayd  qilingan  xalq  o'yinlarini  faxr  va  g‘urur  ila 
“milliy sport turlarimiz”  deb  ayta olamiz.
Xalq o‘yinlarining to‘rtinchi bo‘limini musiqaviy va raqsli o‘yinlar 
tashkil  qiladi,  ya’ni:  musiqaviy,  raqsli,  qo'shiqfi,  she’riy,  sanoq 
termalari,  kosa  yoki  tovoq  o‘ynatish,  qoshiq  o‘ynatish,  qo‘g‘irchoq 
o‘ynatish, 
dorbozlik, 
masharabozlik  va  qiziqchilik, 
askiyachi- 
qofiyachi.  Jonivorlar  bilan  bog‘liq  o‘yinlami  xalq  o'yinlarining 
beshinchi bo‘limiga  kiritildi:  ayiq,  bedana,  ilon,  kaklik,  xo‘roz,  kaptar, 
ho‘kiz,  qo‘chqor.  0 ‘zbek  xalq  o‘yinlarining  oltinchi  bo‘limi  qilib 
sayohatni  kiritdik,  chunki  sayyohlik  va  sayohat  haqida  gap  ketganda

Download 12,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish