Bosh maqsad - fuqarolik va vatanparvarlik tarbiyasi mohiyatini pedagogik faoliyatda foydalanish va komil inson tarbiyalash uchun o’rganish.
Oraliq maqsad (Ta’lim natijalari) - milliy istiqlol g’oyasi mohiyati, uning bosh va asosiy g’oyalari; milliy ong tushunchasi; mafkura tushunchasi mohiyati; milliy istiqlol mafkurasini singdirish; Vatan va vatanparvarlik tushunchalari mohiyati; Qur’oni Karim va hadislarda huquqiy tarbiya masalalari; huquqiy tarbiya maqsadi va mazmuni, uni amalga oshirish yo’llari.
Harakatga teng maqsad ( Natijaga erishish sharti) - milliy ong, mafkura tushunchalari haqidagi bilimlarini esga olish va ularning ma’nosini tushuntirib berish; milliy istiqlol mafkurasini va unga qo’yilgan talablar haqida qarashlarini bayon etish; Vatan, vatanpavrarlik, fuqarolik tushunchalari yuzasidan o’z qarashlarini bayon etish; musulmon huquqi asoslari Qur’on va hadislarning huquqiy tarbiya borasidagi ahamiyati haqida fikr yuritish; huquqiy tarbiyaning hozirgi kundagi muhim ahamiyatini keng tushuntirib bera olish; fuqarolik tarbiyasini berishda davlat ramzlaridan foydalanishning ahamiyatini ko’rastish.
Do'stlaringiz bilan baham: |