Tarbiya psixologiyasi
Reja:
Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik aspektlari.
Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari.
Shaxs shakllanishiga oilaning ta’siri.
Shaxs tarbiyasida madaniyat.
“Siz farzandlaringizni tarbiyalamang, ularga o’rnak bo’ling”
Ingliz xalq maqoli
Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik aspektlari
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida zamon talabiga munosib bo’lgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bo’lib kelgan.
(Yorqin isboti sifatida: “Hozirgi yoshlar aynib ketishmoqda. Ular dangasa va tanbaldirlar. O’zlaridan kattalarni hurmat ham qilmaydilar…….” Bunday tanqidiy qarashlar kecha yoki bugun shakllangan emas, balki bu kabi fikrlar milodan avvalgi V-IV asrlarda yashagan yunon faylasuflari asarlarida keltirib o’tilgan)
Tarbiya maslasi sharqda azaldan eng dolzarb masala sifatida keltirladi. Xususan Axloq, yaxshi xulqli bo’lish Islom dinida, Muqaddas Quroni Karimda, payg’ambarimiz Muhammad s.a.v hadislarida, buyuk mutafakkir olimlar asarlarida, sharq mumtoz she’riyatida ham asosiy e’tibor berilgan jihatlardan hisoblanadi.
“Axloq” – “xulq” so’zining ko’pligi bo’lib, insonda shakllanadigan xulq-atvorni bildiradi. (Abdulloh ibn Amr r.a. dan rivoyat qilinadi: “Nabiy s.a.v.: “Yaxshilaringiz chiroyli xulqligingizdir”, degandilar”. (Buxoriyning lavzida: “Albatta, sizning eng yaxshingiz husni xulqligingizdir” deyilgan. Yoki Oisha r.a.dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh s.a.v.ning “Albatta, mo’min o’zining chiroyli xulqi ila ro’za tutuvchi va bedor bo’uvchining darajasini topadi” deganlarini eshitdim”. Demak bu hadisga ko’ra yaxshi xulq – ibodat darajasiga tenglashtirilyabdi).
Agar tarbiyat ko‘rmasa odam,
Eshak bo‘lib qolur yuzga kirsa ham.
Sadiy Sheroziy
Bugungi kunda jamiyatimizning yuzini qora qiluvchipastkashlar, yomonlar, beboshlar, o‘g‘rilar, giyohvandlar va nashavandlar... kecha tarbiyalariga e’tibor berilmagan bolalardir.
Abdulla Avloniy
Aql-idrokdan mahrum bo‘lgan bosh - suvsiz chashmaga, adabsiz, tarbiyasizyigit - egar-jabduqsiz otga, sharm-hayosiz xotin - tuzsiz taomga, ilmiga amal qilmaganolim - xushbo‘y, ammo guli yo‘q bo‘stonga o‘xshaydi.
Abul Mu’in
Agar noming xalq orasida hurmat bilan yod etilishini istasang, oilangning doimiy rohatini ko‘zlasang, bolalaringga go‘zal tarbiya ber, biror hunar egasi qilib yetishtir. Ularning yurish-turishlarini tekshirib tur. Yomon odamlardan uzoq bo‘lsinlar, yaxshilar bilan suhbatdosh bo‘lib, bahra olsinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |