Xalq maqoli har bir kishi amal qilishi lozim bo’lgan o’ziga xos axloqiy hodisalar kodeksidir



Download 40,5 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi40,5 Kb.
#509043
Bog'liq
Xalq maqoli har bir kishi amal qilishi lozim bo


Xalq maqoli har bir kishi amal qilishi lozim bo’lgan o’ziga xos axloqiy hodisalar kodeksidir. Har bir maqol ham ma’no, ham shakl, ham stilistik funksiyasi jihatidan o’ziga xos xususiyatga ega. Hamma maqollarda ham umumiylik bor. Maqol zamirida xalq hikmati yotadi.
Badiiy matnlarda maqollar va matallarni o’girish jarayoni alohida o’rin egallaydi. Bu erdan tarjimondan o’tkir ziyraklik va katta matonat talab qilinadi.
Masalan ф Qohhorning “Anor” qissa va hikoyalar to’plami Ostonov tomonidan nemis tiliga qilingan tarjimalarning kuzatish orqali umumiy ahvoli va bu sohadagi yutuq va nuqsonlar bilan tanishishga imkon beradi.
Maqol chuqur ijtimoiy, axloqiy, falsafiy-hikmatona mazmunga ega. Shu sababli ba’zi maqollar butun bir asarning mazmunini o’zida ifodalashi mumkin.
Chunonchi, Abdulla Qohhorning “Anor” nomli qissa va hikoyalar toplamidan o’rin egallagan “Bemor” hikoyasida epigraf qilib olingan “Osmon yiroq, yer qattiq1 maqolining asarning boshdan oxirigacha jaranglab turadi.
Maqol va matallar tarjimasida birikmalar tarkibidagi objektlar ayirboshlovi masalasiga befarq qarab bo’lmaydi. Tarjimada mumkin qadar birikmaning aniqroq, asl nusha ma’nosiga yaqinroq-kontekstga yaqinroq variantini qidirib topishga harakat qilish lozim. Mabodo, galiz chiqmaydigan bo’lsa, uni so’zma-so’z tarjima qilish ham mumkin.
Shu hikoyani Oybek Ostonov tomonidan qilingan nemischa tarjimasi bilan qiyoslab ko’rsak. Tarjimon bu maqolni nemis tiliga so'zma –so'z tarjima qiladi:
Der Himmel ist weit und der Boden hart.2
Chunki aynan maqol va matallarning tarjimasini to’liq yoritib berolmaslik badiiy asar mazmuniga putur etkazishi mumkin. To’g’ri, har bir maqol va matal ham ma`no, ham shakl, ham xususiyatga ega. Lekin bularda umumiylik masalasi ham ahamiyatlidir. Shuni aytib o’tish kerakki, ko’plab maqollarning har xil tillardagi shaklllarida ham shaklan, ham ma`no jihatidan yoki umumiy bajarayotgan funktsiyalaridan o’hshashlik topsa bo’ladi.
Masalan:
Bularning hammasi, abatta, pul bilan bo’ladi. Bunday vaqtlarda yo’g’on cho’ziladi, ingichka uziladi. (80)
Alles kostete natürlich etwas. Es ist doch immer so: Man zerreißt den Strick dort, wo er am dünnsten ist.(12)
Yuqoridagi bu maqolning nemis tilida aynan ekvaleti mavjud bolmasada, tarjimon hikoyani mazmunini saqlab qolish maqsadida mos tarizda muqobil tanlay olgan.
Maqol va matallarning ma’nosi kontekst ichida ochiladi. Binobarin, muayyan iboraning manosini ochish uchun uni kontekst ichida olib qarash lozim. To’g’ri, ikki yoki bir nechta tilda ham shaklan, ham mazmunan, ham manaviy tarafdan aynan muvofiq keladigan mutloq ekvivalentlar ham topiladi.
Masalan “O’g’ri” hikoyasidagi epigrfni olsak:
Otning o’limi, itning bayrami” (76)
Bu maqolni tarjimon nemis tilidagi objekt jihatdan boshqa bo’lsada, ma’no jihatdan bir - xil bo’lgan ekvalentini beradi.
Wenn die Katze fort ist, tanzen die Mäuse” (13)
Biroq bunday ekvivalentlar soni juda kam. Aksariyat hollarda tarjimon har bir maqol va matallar asarda tasvirlanayotgan voqealar mazmuni, objekti, milliy muhit va uslub hususiyatlariga ko’ra o’girilayotgan tilidan muqobil yoki ma’nand birikmalar topib qo’yadi yoki ularni so’zma-so’z tarjima qiladi. Shunga ko’ra ayni bir xil maqol, matal yoki ideomani ham bir qancha o’rinlarda ma’noga qarab xilma-xil o’girish mumkin. Turli tillarda ayni bir xil ma’noni ifodalovchi maqol, matal yoki ideomalar aynan bir xil asosga ayni bir narsaning bir qancha jihatlariga yo bo’lmasa tamomila boshqa objektlarga suyangan holda yaratilgan bo’lishi mumkin.

Maqollarlar eng avvolo xalqning urf odati, qadiryatlari, etnik madaniyati, turmush tarzi, zamon va davr birliklarini o’z ichiga olgan holda paydo bo’ladi.


Abdulla Qahhor “O’g’ri” hikoyasida zamonni naqadar shavqatsizligini, zo’ravon, mansabdor tabaqa vakillari ezilgan oddiy, go’l va soda xalqni yanada ko’piroq ezishini o’zbek xalq maqol va matallar orqali chiroyli yoritib bergan.
Masalan:
… Elikboshi ho’kizni juda naqt qilib qo’ydi – go’yo u ko’chaga chiqsa bas – ho’kiz topiladi. Bu “xudo yarlaqagur” shunchalik qilgandan keyin biron nima berish lozim-da. Tekinga mushuk oftobga chiqadimi.(77)
Tarjimon Oybek Ostonov esa bu matalni
… Der Dorfschulze war sich sicher mit dem Stier. Als er dann nach draußen geht, noch einmal ein: „Basta! Der Stier wird gefunden!“ Diesem „von Gottes Gnaden“ soll man für seine Bemühungen etwas geben. „Wo nichts ist, hat der Kaiser sein Recht verloren“.(14)
Yoki
Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo’ldi. Quruq qoshiq og;iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa bo’ladi? Berganga bita ham ko’p olganga o’nta ham kam. (77)
Der Onkel beschließt am Abend, am nächsten Tag zum Steuereinnehmer zu gehen. Wie man sagt „Umsonst ist der Tod“, wie viel Geld muss man dem Steuereinnehmer mitbringen? Jemandem etwas geben ist immer schwieriger als zu nehmen.(14)
Cholning butun bo’g’inlari bo’shashib ketdi, keyin tutaqishdi, ammo go’rda bir narsa deya olmadimi! „O’ynashmag’il arbob bilan – arbob urar har bob b ilan“.(79)
Der Alte fühlt sich schwach und die Beine versagen ihm, dann gerät er in Aufregung, aber was kann er auch sonst tun! „Wer mit der Regierung spielt, der spielt mit dem Feuer“.(16)
Shunday qilib, keng ma’noda maqol va matallarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilganda har qanday hollarda ham ularning obrazli tamsiliy asoslari aynan muvofiq keladigan variantlar bilangina o’girish ma’noning o’zgarishiga, ma’noviy siljish hodisasi sodir bo’lishiga olib keldi. Shu bilan birga, bunday birikmalarni muqarrar ravishda asar tarjima qilinayotgan tildagi boshqa uzoq muqobil variantlar bilan almashtirishga ortiqcha ruju qo’yish ham uslubni siyqalashtirishga, tarjimatilidagi leksik-frazeologik va obrazli-uslubiy jihatdan kambag’allashuviga olib keladi.
Ko’plab maqol va matallar boshqa tildagi, ayniqsa qardosh bo’lmagan tillardan tarjima qilish, murakkab ish va shu bilan birgalikda hammani ham birday rozi qilib bo’lmaydigan soha.

1 Abdulla Qahhor “Anor”.”Bemor”,T., “Gofur G’ulom”, 2012, S.80

2 “Granadapfel”, Oybek Ostonov, “Die Kranke”, T., „Adib“, 2012, S. 12

Download 40,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish