II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
138
davomida, turli xildagi vaziyatlarda namoyon qilinadigan kompetentliklarning to‘liq to‘plamini
nazarda tutish kerak bo‘ladi. Bunda inson duch kelib qolgan muayyan vaziyat uning rivojlanishiga,
qadriyatlarining shakllanishiga va yangi kompetentliklarni egallashiga bevosita ta’sir etadi.
Kasbiy faoliyati samarador bo‘lishi uchun egallanishi muhim bo‘lgan kompetensiyalar
sohasining turlitumanligini anglash aynan ushbu kompetensiyalar doirasini aniqlash, shuningdek,
ular orasidan o‘z xarakteriga ko‘ra eng universal bo‘lgan tayanch, bazaviy kompetensiyalarni
ajratib olish muammosini keltirib chiqardi.
Kompetentlikni aniqlash bo‘yicha barcha yondoshuvlardagi umumiylik tomoni shundaki,
kompetentlik amaliy faoliyat jarayonida shakllanadi va namoyon bo‘ladi. “Tayanch
kompetensiyalar” tasniflarining ko‘pchiligi inson faoliyatining har xil turlari: ijtimoiy
kompetensiyalar, axborot kompetensiyalari, kommunikativ kompetensiyalar va hokazolar bilan
bog‘lanishi tasodif emas.
Ta’lim jarayonini kompetentlik yondoshuviga yo‘naltirish ta’limda metodik
shartsharoitlarni, yangi pedagogik texnologiyalarning mazmuni va qo‘llanishini qaytadan ko‘rib
chiqish va ishlab chiqishni talab etadi, chunki kompetentliklar hech bir fan bo‘yicha na bilimlarga
va ko‘nikmalarga taaluqli emas. An’anaviy ta’limda asosiy e’tibor ta’lim oluvchining ma’lum bir
bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plamini egallashiga qaratilgan bo‘lganligi sababli, bugungi kunda
chuqur bilimlarga ega bo‘la turib, ularni zarurat yoki imkoniyat paydo bo‘lganda, kerakli vaqtda
va kerakli joyda o‘z o‘rnida qo‘llay olmaydigan odamlarni uchratish mumkin.
Shu bilan birga, kompetentlikni bilimlarga yoki ko‘nikma va malakalarga qaramaqarshi
qo‘yish ham mumkin emas. Kompetentlik tushunchasi bilim, ko‘nikma yoki malaka
tushunchalariga nisbatan kengroq, kompetentlik ularni ta’lim natijasi sifatida o‘z ichiga oladi
(lekin bunda kompetentlik bilim, ko‘nikma va malakalarning oddiy yig‘indisi emas, bir muncha
boshqacharoq mazmundagi tushunchadir). Kompetentlik tushunchasi nafaqat kognitiv va
operatsiyalitexnologik, balki, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy tarkibiy qismlarni ham o‘z ichiga
oladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ta’lim jarayonining ham mazmunini, ham shakllarini
baravariga o‘zgartirish zarur. Bunda o‘zgartirilgan shakllar ta’lim oluvchilarga ma’lum bir
kompetensiyalar bo‘yicha bilim bermasdan, balki, butun ta’lim jarayoni davomida ular asosida
faoliyat olib borishlarini ta’minlashi kerak. Ya’ni, ta’lim oluvchi navbatdagi ko‘nikmalar
to‘plamini shakllantirish yo‘li bilan bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorlanishi emas, balki,
kompetensiyalarni shu yerda va hozir singdirib borishi kerak. Shuning uchun kompetentlik ta’limi
natijasida quyidagilar ta’minlanishi kerak:
o‘zo‘zini harakatga keltirish manbai sifatida ta’lim olishga ichki motivatsiyaning
mavjud bo‘lishi;
yaxlit faoliyatni egalash sharti sifatida o‘quv faoliyati jarayonida o‘zo‘zini
tashkillashtirish qobiliyati;
har bir odamga o‘zining u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtira olish darajasini
aniqlash imkonini beruvchi o‘zo‘zini differensiatsiyalash (o‘z darajasini aniqlay bilish) qobiliyati;
ta’lim oluvchi tomonidan shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga erishishlik;
ta’lim jarayonining barcha sub’ektlari orasidagi o‘zaro bog‘langan samarali
faoliyatning mavjudligi.
Shu bilan birga, kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’limning metod va texnologiyalari ma’lum
bir sharoitlarda shakllantirilgan qobiliyatlarni boshqa bir sharoitlarga oson ko‘chishi va
moslashuvchanligini ta’minlashi kerak, ya’ni “noadaptiv faollik” xususiyatini hosil qilishi kerak.
Kompetentlik yondoshuvi ta’lim sifatini baholash uchun ham juda muhim hisoblanadi,
chunki, ta’lim oluvchi tomonidan erishiladigan asosiy ta’limiy natija – kompetentlik hisoblanadi,
uning asosiy ko‘rsatkichlari esa, bir tomondan ta’lim standartlarining me’yoriy talablariga
muvofiqligi, ikkinchi tomondan, shaxsning va turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlariga mosligidir.
Shunday qilib, kompetentlikning birinchi tarkibiy qismi me’yoriy xujjatlarda (O‘R qonunlari, DTS
va b.) belgilab qo‘yilgan ta’lim natijalaridan iborat. Ikkinchi tarkibiy qismini ijtimoiy talablar va
Do'stlaringiz bilan baham: |