II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
61
Integratsiya so’zi turlicha talqin qilinib, integratsiya (
lotincha integratsio
–
jamlash
,
umumlashtirish, integer
–
yaxlit) tushunchasi, birinchidan, alohida
differension bo’limlarning
o’zaro muvofiqligi, organizm funksiyalari tizimining yaxlitligi va bu holatga olib boruvchi
jarayon; ikkinchidan, fanlarning o’zaro bog’liqligi va yaqinlashuv jarayoni, ularning
differensiallashish uchun kechadigan qator omillarda namoyon bo’ladi.
Boshlang’ich maktablarda integratsiyani qo’llash uchun eng avvalo maktab fanlarining
mavzulari yuzasidan bir-biriga bog’lanishiga, o’quvchilar ijodkorligiga, imkoniyati va amalga
oshirish shakli, shartlariga e`tibor berish kerak. Integratsion
texnologiyadan faoliyatimizda foydalanish uchun fanlarning o’zaro o’xshashliklaridan,
ularning o’zaro ichki mohiyatlarini bir-biriga bog’liqligidan (masalan, o’qish, tabiat, tasviriy
san`at, musiqa, mehnat) va ularning ijodiy shakllaridan, bir-birini hisobidan emas, balki o’zaro
manfaati uchun, o’shanda ham har birining o’ziga xosligini buzmagan holatda foydalanish
mumkin.
“Sehrli sonlar”
Ushbu didaktik o`yin o`quvchilarni bilish jarayonlari, og’zaki nutqi va tafakkurini
yanada yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Didaktik o’yindan dars mavzusiga bog’lab misol
uchun ona tili darslarida so`z turkumlarini o`tishda matematika fanidagi yuzliklar mavzusini
bog`lab olib borish mumkin. Didaktik o`yin tashkil etishdan oldin o’qituvchi yozuv taxtasiga
quyidagi jadval asosida harf kassasini joylashtirib qo’yadi. Tanlangan o’quvchi (introvert
ya’ni og’zaki nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchi bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi) harf
kassasidagi sonlarni o’sish tartibida joylashtirish topshirig’i beriladi. O’quvchi faqat sonlarga
e’tibor berishi aytib o’tiladi, chunki harflarga qarab joylashtiradigan bo’lsa xatoga yo’l
qo’yishi mumkin.
Quyidagi topshiriqni ya’ni sonlarni kamayish tartibida joylashtiring.
Integratsion darslar orqali o’quvchining o’qish anglashga bo’lgan qiziqishlari ortadi,
bilimlari chuqurlashadi va kengayadi. Ularda ijodiy xissiyotlarini uyg’otib, yangi shakldagi
ishlarni bajarishga, xotirjam ish olib borishga yetaklaydi. Natijada maktab o’quvchilarida
maqsad yo’nalishini rivojlantirib, o’z oldilariga alohida maqsadlar qo’yishdan qo’rqmaslikka
da`vat etadi. Shu bois ham boshlang’ich ta`lim jarayoniga integratsion usullarni olib kirish
samarali natija beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxat.
Karimova V.M.Psixologiya.T.: 2002.
Qosimova K va boshqalar. Ona tili o’qitish metodikasi. T.: Noshir, 2009.
Sharipov M, Fayzixo’jayev D.Mantiq.T.: 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |