Tarbiya: muammo, yechim


FITOMORF METAFORALARNING LINGVOKULTRUROLOGIK



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

FITOMORF METAFORALARNING LINGVOKULTRUROLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
Muqimova Gulnora Rashidovna 
Buxoro Viloyat XTXQTMOHM "Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta'lim 
kafedrasi" o'qituvchisi 
Odamzod paydo bo’libdiki, o’zining o’zi kabilarning va tashqi dunyoning sinoatlarini 
o’rganish bilan mashg’ul. Azaldan murakkab va muntazam bu bilish jarayonida sezgi, idrok va 
aql degan quvvatlar harakatda bo’ladi, bu quvvatlarning joni esa tildir. Antroposentrik 
yondashuvning qonuniy natijalaridan biri sifatida yuzaga kelgan kognitiv tilshunoslikning bosh 
maqsadi tilning bilish jarayonidagi mislsiz o’rnini, “til-odam-bilish” uchligini birgalikda tadbiq 
etishdan iborat. Biz o’rganayotgan mavzumiz metaforalar antik davrlardayoq o’rganilib 
kelingan. Ingliz olimlari nutqni fikrni ifodalash va bilimlarni uzatish uchun xizmat qiladi va bu 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
56 
vazifani bajarish uchun to’g’ri ma’noda qo’llangan so’zlargina yaroqlidir deydilar. Hatto, 
T.Gobbs metaforalarni “adashgan olovlar” deb ataydi va ulardan foydalanish “sanoqsiz 
be’maniliklar orasida tentiramoq” bilan teng ekanligini ta’kidlaydi.
XX asrga kelib, kongnitiv tilshunoslikning shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay 
o’zgardi. Bugun barcha tadqiqotchilar tomonidan to’la e’tirof etilgan metaforaning til voitasi 
va poetik figura sifatida ikki yoqlama mohiyati dastlab Seseron tomonidan obraz sifatida qayt 
etilgani meni e’tiborimni tortdi. Unda aytilishicha “Xuddi kiyim dastlab sovuqdan 
himoyalanish uchun kashf qilinib, kiyinchalik tananing bezagi va shaxsning farqlovchi belgisi 
sifatida ham ishlatiladigan bo’lib qolgani kabi metaforik iboralar ham tilda so’zlarni 
yetishmasligi uchun yaratilib, keyin ko’proq huzurlanish uchun qo’llanilgan”. Bu fikr qanchalik 
jozibali va mantiqli bo’lmasin biz bu bilan lisoniy metafora birinchi paydo bo’lgan 
deyolmaymiz, Badiiy metafora undan oldin paydo bo’lgan bo’lishi ham mumkin. Biz 
aytmoqchi bo’lgan fikr metaforani qachon va qanday paydo bo’lgani emas balki uning 
madaniyat bilan bog’liqligidir. Chunki inson paydo bo’lgan davrdanoq bir-biri bilan muloqot 
qilar ekan bir-biriga yoqish uchun chiroyli so’zlardan foydalangan. Chiroyli va ma’noli so’zlar 
madaniyatli kishilar nutqida aks etgan. Bu so’zlar metaforasiz joziba aks ettirmaganligi kunday 
ravshan. Lingvokulturologiya esa antroposentrik tilshunoslikning yetakchi yo’nalishlaridan biri 
bo’lib, u tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari bilan 
hamkorlikda yuzaga kelgan. Lingvokulturologiyaning asosiy maqsadi muayyan xalq 
madaniyati, tafakkur tarzi, olamni idrok etish qobiliyatini tilda aks etishishini o’rganishdir. 
Lingvokulturologiyada metafora, ramz, mifologema, etalon, paremiologik birliklar, nutqiy 
etiked kabilar eng asosiy lingvomadaniy birliklardir. Qadimda ham bugungi kunda ham oq 
leksemasi juda muhim o’rin egallagan. Bu so’zning asl ma’nosi rangni ifodalasa ko’chma 
ma’noda aniqroq qilib aytganda metaforik ma’noda ko’p qo’llaniladi. Masalan: oq ko’ngil, oq 
qilmoq, oq yuvib, oq taramoq, oqpadar, oq-qorani tanigan, ko’zining oqu qorasi, manglayi oq 
bo’lsin, oq sutini oqqa, ko’k sutini ko’kka sog’moq, kosasi oqarmagan, oq-qorani tanimoq kabi. 
Bizning maqsadimiz – kishilarga ong, tushuncha bermoq, toki har bir kishi yaxshilik va 
yomonlikni, oqu qorani o’zi ajrata oladigan bo’lsin! – dedi Elmurod. (P.Tursun)
Ko’zining oqu-qorasi birikmasida ko’chma ma’noda farzand oq-qora sifati ma’nosida 
kelgan juft sifat bo’lib, yakka-yu yagona degan ma’noni bildiradi. Manglayi oq bo’lsin 
iborasiagi oq so’zining semantik xususiyati yaxshilik niyatida qilingan olqish, duo ma’nosini 
ifodalagan.
Toleng toabad bo‘lmasin qora, 
Manglaying oq bo’lsin, yarqiroq bo’lsin. (A.Oripov)
Oq sutini oqqa, ko’k sutini ko’kka sog’moq iborasi bergan sutiga, boqqaniga norozi 
bo’lib, undan yuz o’girmoq ma’nosini bildiradi. O’zbek oyim: –Endi menga mundoq o’g’il 
kerak emas.. Oq sutimni oqqa, ko’k sutini ko’kka sog’dim. Endi Toshkentga kelmasin. 
(A.Qodiriy) Yana shunday iboralardan biri “kosasi oqarmagan” iborasi bo’lib, bu iborani 
topganiga baraka kirmagan, biri ikki bo’lmagan kishilarga nisbatan qo’llanadi. Ikromjon 
bundoq o’ylab qarasa, bu artist mijoz sherigi bilan ishlaydigan bo’lsa, sira kosasi 
oqarmaydigan. (S.Ahmad)
O’zbek tilshunosligida oq rangi asosida shakllangan so’zlar talaygina. Oq yo’l, oq 
ko’ngil, oq manglay kabi so’zlarda oq so’zi asl ma’nosidan cheklanib, metaforik ma’noda 
kelgan. Oq rangi asosida shakllangan so’zlar lug’at boyligimizni yanada boyitib, semantik 
xususiyatini oshiradi. O’zbek xalqining madaniy hayotida oq leksemasi muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, xalqimiz tafakkurining muhim qismi – 
metaforalarni madaniyatimiz taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq hodisa, lingvomadaniy birlik 
sifatida o’rganish fanimiz uchun hamisha dolzarb va ahamiyatlidir. 
Adabiyotlar: 
Mirtojiyev M. O’zbek tili semasologiyasi.– T.:Mumtoz so’z. 2010. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish