II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
33
Aniq o’quvchichilarga eslash yoki esga tushirishda nimalarga e`tiborni qaratish,qanday
fakt ma`lumotlardan foydalanishlari uchun ko’rsatmalar berib borishi;
O’quv maqsadini ajratish va unga aniqlik kiritish, tartibga solishni, birinchi bo’lib xal
etiladigan asosiy vazifani, belgilashni hamda istiqbolli kelajakda xal etiladigan maqsadlarni
tartibga solishni;
O’quvchilarning egallagan ko’nikma va malakalarini xajmi, miqdorini tekshirish uchun
zarur bo’lgan etalonlarni ishlab chiqishni taqozo etadi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki bilish va o’zlashtirishda xotiraning tutgan o’rni juda
katta ahamiyatga ega. Taniqli amerikalik psixolog Karl Sishorning aytishicha esda
qoldirishning tabiy qoidalarini buzganligi uchun ham odamlarning ko’pchiligi o’zlarining
tug’ma tabiiy xotiralaridan 10% gina hayotlari davomida foydalanadilar.
Maxsus fanlarni oqitishning xarakterli tomoni shuki, u maxsus, tayyorgarlikka ega
bo’lgan mutaxassis tomonidan , ruhiy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin
kontingent bilan bir necha yilga mo’ljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga olingan
jadval asosida tashkil etiladi.
Maxsus fanlarni oqitishda o’quv maqsadlarini belgilash bilan shug’ullanish
mashg’ulotlarning boshqa tipik shakllaridan o’zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir
marotabaligi, individualligi bilan tubdan farqlanadi. Ko’pgina mashg’ulotlarning shakllari
darsni to’ldiradi va uni xususiy va umumiy maqsad hamda vazifalarni to’ldirishga qo’shimcha
ro’l o’ynaydi.
Maxsus fanlarni oqitishda o’quv maqsadlarini belgilash darsini samarasi ko’pincha
o’qituvchining tuzgan rejasini hayotiyligi, belgilagan maqsad va vazifalarining aniqligi,
shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish uchun tanlangan metod va usullarini mavjud texnik
vositalaridan unumli foydalana olishi, o’quvchilarning tayyorgarligi, ularning yoshi inlividual
xususiyatlarini hisobga olib darslarni tashkil eta olishi bilan bog’liqdir.
Maxsus fanlarni oqitishda o’quv maqsadlar bilan bog’liq masalalarning eng muhimi
uning maqsad va vazifalarini ishdab chiqish masalasidir. Darsning tuzilish qonuniyatlari haqida
gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va
aniqlash kerak bo’ladi, dastlab dars haqida fikr bildira turib, uni tarkibiga kiritilgan ketma-
ketligi va davomiyligiga qarab “dars sxemasi” degan atama qo’llana boshlandi. Keyinchalik
darsga qo’yilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan mashqlar ular meyyoriga qarab
“dars rejasi” degan atamalar qo’llandi.
Maxsus fanlarni oqitishning mazmuni dars mashg’ulotlarini sifatini belgilovchi to’rtta
asosiy komponentning umumiyligida ifohalanadi. Bu elemenlar o’zaro uzviy bog’langan va
darsning xarakterli komponentlari deb ataladi, ular:
a)
darsning tarkibiga kiritilgan mashqlar. Darsning mazmunining eng yirik
xarakterli komponentidir. Lekin bunday tushuncha bir tomonlama bo’lib, tarbiyalash, bilim
berish vazifalarini xal qilishda shug’ullanuvchilar uchun faoliyat predmeti bo’lib xizmat qiladi.
Mashqlar jarayonining umumlashtirilgan predmetining mazmuni, boshqa ma`noda dars
mazmunining bir qirrasi xolos.
Dars, tuzilishining qoidasi alohida, darslar tuzishda foyhalaniladigan dars konspekti
orqali ifohalanadi. Darsni tuzilishi o’qituvchini darslarga mashqlarni odilona tanlashga,
materiallarni turli joylashtirish va darsdagi yuklamani me`yorini ham belgilashga yordam
beradi.
Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil o’rganishni
yo’lga qo’yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda qo’llaniladigan ta`limning
uslubyotiga aniqlik kiritish va uni qo’llash uchun darsning qismlari yoki ularni ayrim
bo’laklaridan qanday foyhalanish lozimligini belgilaydi.
Mutaxasislik fanlarni o’rgatishda sahna darslaridan foydalanish – dolzarb pedagogik
muammo ekani isbotlandi.