Tarbiya: muammo, yechim


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet229/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

Foydalanilgan adabiyotlar 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: «O`zbekiston», 2015 yil. 
Islom Karimov. «Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. Sharq, 
1997. 
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O`zbekiston», 
2000 yil. 
DIKTANT TAHLILI YOKI XATOLAR USTIDA ISHLASH 
Nuriddinova Mehriniso Fathiddinovna,
Bafoyeva Nigora Azimovna
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi, Ona tili va adabiyot fani 
o'qituvchilari 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada ona tili darslarida diktant tahlilini o‘tkazish, imloviy xatolar
 
ustida ishlash vosita va usullari, shuningdek, o‘quvchilarning yozma savodxonlik darajalarini 
o‘stirish yo‘llar ko‘rsatib berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
diktant, “harf kassalari”, imlo, xatosiz yozish usullari 
Diktantda xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e‘tibor bilan 
qaraydi. Biroq bu “ko‘zdan kechirish” keying gal o‘quvchining shu so‘zni xatosiz yozishiga asos 
bo‘la olmaydi. Xo‘sh, shunday ekan, “Xatolar ustida ishlash” soatlari qanday tashkil qilinsa, bola 
shu xatoni keying gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish 
mumkin? O‘quvchilarimdagi savodxonlikni oshirish maqsadida bir qator usullardan foydalanib 


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
220 
kelmoqdaman. Bu usullardan muntazam foydalanib kelish albatta o‘z samarasini ko‘rsatmay 
qolamaydi. Fikrimni boshlang‘ich hamda yuqori sinflar misolida isbotlashga harakat qilaman. 
Odatda “harf kassalari” dan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1-sinfda ko‘proq foydalanishadi. 
Bolaning savodi chiqqach, ko‘pchilik “harf kassasi”ga ehtiyoj sezmay qo‘yadi. Lekin bu usulni 4-
sinfgacha, hatto 5-6-sinf davrigacha qo‘llashni tavsiya etgan bo‘lardim. Ona tili darslarida 5-7 
daqiqa ichida “ Keling, xatosiz yozaylik!”, “Kim ko‘p so‘z yasay oladi?” kabi mashqlarni 
bajartirish asnosida ham o‘quvchining boyligi ortadi, ham yozma savodxonlik darajasi o‘sadi. 
O‘quvchilar so‘zlarni yozayotganida o‘qituvchi partalar oralab yuradi va har bir o‘quvchining ish 
jarayonini, qanday xatoga yo‘l qo‘yayotganini kuzatadi. Agar bo‘g‘inlar dizayniga ham alohida 
e‘tibor qaratsak, bu o‘quvchilarda o‘zgacha kayfiyat uyg‘ota oladi. Bu usul so‘zning yozilish 
tartibini xotirada yaxshi saqlab qolishga yordam beradi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida sinfdagi 
barcha o‘quvchilar bilan ishlashga sharoit yaratadi. 
Diktantda yo‘l qo‘yilgan xato o‘quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb 
qaralgan biror mavzuni yaxshi o‘zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, 
o‘quvchi yo‘l qo‘yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari 
haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni alamashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, 
diktantda ham o‘sha so‘zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo‘lib, kimdandir yoki nimadandir 
muntazam qo‘rqib yurgan o‘quvchi ham so‘zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi yoki kuchli 
hayajon ta‘sirida bo‘lsa, yonma-yon turgan tovushlar o‘rnini almashtirib yozadi. Xullas, imlo 
masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo‘lib kelgan. Shu bois, u ta‘limda hal etilishi shart bo‘lgan 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ma‘lumki, diktant bir necha turlarga bo‘linadi. 
O‘quvchilardagi yozma nutq savodxonligini oshirish maqsadida “Rasm asosida matn tuzish” 
usulidan ona tili darslarida keng foydalanishni tavsiya etgan bo‘lardim. Bu usulni turli ko‘rinish 
va shakllarda amalga oshirish mumkin. “Rasmlar tilga kirsin” usuli ham yozma savodxonlikni 
o‘stirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu usulni nazorat ishi tahlili uchun ajratilgan soatlarda 
foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda o‘qituvchi monitorda yozilishi va aytilishi murakkab 
bo‘lgan narsa-buyumlarning rasmini ko‘rsatadi. O‘quvchilar esa ularning nomini daftariga to‘g‘ri 
yozishga harakat qilishadi. Rasmlarning barchasi ko‘rsatib va yozib bo‘lingach, so‘zlarning to‘g‘ri 
yozilgan shakli monitorda navbat bilan namoyish etiladi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘z xatolarini 
to‘g‘irlashadi. Mazkur usulni barcha so‘z turkumlariga moslashtirgan holda o‘tkazish mumkin. 
Xatolar ustida ishlash borasida imlo lug‘atlardan foydalanish, analitik va sintaktik mashqlarni 
qaytadan tashkil etish maqsadga muvofiq. “Sherigingni top” ta‘limiy o‘yinidan foydalanish 
o‘quvchining ham og‘zaki, ham yozma nutqini o‘stiradi. Bu o‘yinni tashkil etish uchun 
o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Guruhlardan 3-4 nafar ishtirokchi o‘rtaga chiqadi. 
O‘quvchilarga bo‘g‘inlar yozilgan tarqatmalar beriladi. O‘quvchilar shu bo‘g‘inlardan 
so‘zlar tuzishadi. Qaysi guruh a‘zolari birinchi bo‘lib so‘z tuzsa, so‘zlarni doskaga husnixat bilan 
yozish huquqini qo‘lga kiritadi. Tuzilgan so‘zlarning ma‘nolari izohlanadi. So‘zlardan 2 yoki 3 ta 
gap hosil bo‘ladi. O‘quvchilar gap ichidagi so‘zlar sherigini topib ko‘rsatadilar. 
Xatolar ustida ishlash borasida aytilgan yuqoridagi barcha usul va tajribalar zamirida faqat 
bir asosiy masala yotadi, ya‘ni ularni muntazam va izchil qo‘llash. Onda-sonda yoki mavzu to‘g‘ri 
kelganidagina ularga murojaat qilish kutilgan natijani bermaydi. Shu bois, o‘quvchilarimizning 
imlo savodxonligini oshirishni istar ekanmiz, umrboqiy haqiqat – ularni badiiy kitob o‘qishga 
undashdan charchamasligimiz va yuqoridagi kabi rang-barang va zamonaviy pedagogik usullarni 
tegishli darslarda muntazam izchillik asosida olib borishimiz kerak. Shundagina har birimiz uning 
samarasini o‘quvchilarning ravon nutqi va xatosiz yozuvlarida ko‘rish baxtiga erisha olamiz deb 
o‘ylayman. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
M.Ochilov “Metodika” Toshkent “O‘qituvchi”nashriyoti 1991 
N.Mahmudov “Ona tili o‘qitish metodikasi” – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyoti 2010 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish