Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet230/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
221 
JISMONIY TARBIYA VA SPORT, SOG‘LOMLASHTIRISH 
MASHG‘ULOTLARINING NAZARIYASI VA METODIKASINING MOHIYATI 
Nurimbetov Muzaffar Artikbayevich
Urganch shaxar 7 son maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 
Odam necha yoshda bo‘lsa ham jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib turishi mumkin. Inson 
juda yosh chog‘idan boshlab, to juda keksayib qolgunga qadar organizmidagi har qanday organ va 
sistemalarga xilma-xil ta’sir ko‘rsata oluvchi mashqlarni bajarishga qodirdir. 
Bizning gavdamiz yoshligimizdan to keksayib qolgunimizga qadar organ va 
to‘qimalarimizni mustahkam, tetik va bardam qiluvchi harakatlarni; jismoniy rohat, tetiklik hamda 
sportning biron turi bilan muntazam shug‘ullanuvchi har bir kishiga ma’lum bo‘lgan alohida 
quvnoqlik tuyg‘ularini keltirib chiqaruvchi mashqlarni bajara oladi. 
Jismoniy mashqlar odam organizmiga har taraflama ta’sir ko‘rsatadi va bironta ham 
hujayrani mashq maqsadida qilinadigan harakatlar ta’siridan chetda qoldirmaydi. Bu, har bir 
xujayraga, har bir to‘qimaga, shu jumladan suyak to‘qimasiga ham bir xilda taaluqlidir. Jismoniy 
mashqlar muskul to‘qimasi singari, suyak to‘qimasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Shakllana xilma-xil bo‘lib organizmga har tomonlama ta’sir etuvchi jismoniy mashqlar har 
qanday yoshdagi kishi uchun qulay va undan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Salomatlik 
holatini, yosh va jismoniy xususiyatlarni hisobga olgan holda tanlangan jismoniy mashqlar 
organizmdagi hamma organ va sistemalarni mustahkamlaydigan, faollashtiradigan va 
chiniqtiradigan bo‘lgani uchun, jismoniy birdamlik, muskul sog‘lomligi, kuch-g‘ayrat va umumiy 
tetiklik tuyg‘ulari manbai hamdir. 
Maqsadga muvofiq ravishda tanlangan har qanday mashq va harakatlar, shuningdek 
sportning har xil turlari aqliy mehnat kishilarining organizmiga ham, jismoniy mehnat 
kishilarining organizmiga ham bir xilda ta’sir ko‘rsatadi. 
Sistemali suratda trenirovka qilib turilgan taqdirda, har qanday gimnastika mashqlari va 
sport turlari umumiy ishchanlik qobiliyatini oshirib, xorg‘inlikni kamaytirishga, nerv jarayonlarini 
muvozanatlashga qodirdir. 
Mana shuning uchun ham fan, san’at va adabiyotning ko‘pgina namoyondalari o‘zlari 
sevgan harakat turlari bilan tez-tez shug‘ulanib kelganlar va shug‘ullanmoqdalar, shu bilan birga 
ular gimnastika turlarini boshqa turlardan afzal ko‘radilar yoki gimnastika bilan bir vaqtda yengil 
atletika va sportning ayrim elementlari bilan ham shug‘ullanadilar. 
Muskullarga mumkin qadar ta’sir etadigan har qanday harakatlarning, masalan yurishning, 
nafas olish mashqlari, bog‘da ishlash va turli xil o‘yinlarning aqliy mehnat kishilarida ham, 
jismoniy mehnat kishilarida ham organizmning hamma funksiyalariga ta’sir ko‘rsatishini 
isbotlaydigan ko‘plab misollarni keltirish mumkin. 
Umumxalq sporti jismoniy o‘sish va sog‘lomlashtirish sohasida ommaning ijodkorligiga 
keng imkoniyatlar yaratadi. Yoshlar doimo bu ijodkorlikning tashabbuskorlari bo‘lgan. Kelajak 
yoshlarnikidir. Shuning uchun ular har tomonlama rivojlangan, jismoniy yetuk bo‘lishi hamda 
ijodiy mehnat va Vatan mudofaasi, katta sportdagi chiqishlarga tayyorlanish borasida ma’naviy va 
jismoniy kamolotga erishishning to‘g‘ri yo‘llarini topa bilmog‘i kerak. 
Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
1990 yil 31 avgustdagi 183-buyrug‘iga asosan umumiy majbur mashg‘ulot fatida 1 kursdan 
boshlab, butun o‘quv jarayonida kamida 4 soatdan qilib belgilangan. Bunday yillik sinovlari 
o‘tkaziladi, oxirida test bilan yakunlanadi. Oliy o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya quyidagi 
shakllarda amalga oshiriladi: 
-o‘quv mashg‘ulotlarini oliy o‘quv yurtining o‘quv rejasida asoslangan holda o‘tkazish, 
budan tashqari talabalarining xohishiga ko‘ra sportning har xil turlari bilan shug‘ullanish; 
-ommaviy sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport anjumanlari va tadbirlarida 
qatnashish. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish