II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
169
bog`liq bo`lgan kasalliklarda foydalaniladi. Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og`iz
chayiladigan bo`lsa, og`iz bo`shlig`i va tomoqning shamollashiga barham beriladi.
Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich
asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab
og`riganida, og`riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan. U isiriqdan kuchli siydik
haydovchi omil sifatida foydalangan. Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir
tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og`rigan bemorlarga surtilsa,
ular anchagina taskin
topishi haqidagi ma‘lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana
fit-tibb» asarida keltirilgan. Isiriq va zig`ir urug`ining qaynatmasi nafas olishining qiyinlashishida,
qalampir urug`i qaynatmasi bilan birga zahm, bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ilmiy
medesinada isiriqning dorivor preparatlari qo`l, oyoq va boshqa yerlarning doim titrab turishi
hamda tutqanoq kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Isiriqning dorivor
preparatlari uxlatuvchi
ta‘sirga ham ega. Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari orasida odat tusiga kirgan. Bu
esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona havosini tozalaydi.
O‘tgan yilda yetshtirilgan 20 tonna isiriq bugun asqotmoqda.
Buxoro viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasiga qarashli choʻllarda yetishtirilayotgan isiriq
oʻsimligiga karantin kunlarida talab oshdi. Bu isiriqning dorivorlik xususiyatlari bilan bogʻliq,
albatta.
Yaqinda boshqarma jamoasi homiylik mablagʻlarini muvofiqlashtirish viloyat markaziga
inson immunitetini oshiruvchi 1,5 tonna asal hamda 1 tonna isiriqni begʻaraz yordam sifatida
yetkazib berdi. Bu mahsulotlar ehtiyojmand, yordamga muhtoj oilalarga bepul tarqatildi.Bunga
qadar viloyat oʻrmonchilari Toshkent shahriga besh tonna isiriq joʻnatgan edilar.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-maydagi Buxoro viloyati choʻl
hududlarida «Yashil qalqon» himoya oʻrmonzorlari, dorivor shumgʻiya va isiriq oʻsimliklari
plantatsiyalarini
barpo etish, xom ashyoni dastlabki qayta ishlashni amalga oshirish chora –
tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoyishiga muvofiq, oʻrmon xoʻjaliklarimiz tomonidan hozirga qadar
2973 gektar maydonga isiriq ekildi, deydi boshqarma yetakchi mutaxassisi Murod Sohibov.
Oʻtgan yilda plantatsiyalardan 20 tonna isiriq yigʻishtirib olindi. Ikki yilda hosilga kiradigan bu
dorivor oʻsimlik koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda juda asqotayapti.
Bu fikrda jon bor. Boʻyi 20 – 60 santimetr boʻladigan isiriqning foydali xususiyatlari azaldan
maʼlum. Miloddan avval yozib qoldirilgan «Avesto»da ajdodlarimiz
undan havoni tozalovchi
unsur sifatida foydalanishgani aytilgan. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham koʻplab
oʻsimliklar qatorida isiriqning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, undan bemorlarni davolashda
foydalangan. Mutaxassislar isiriq qaynatmasi nafas qisishi va nafas olish qiyinlashganida naf
berishini taʼkidlashadi. Tutqanoq, qaltiroq tutganda ham foydasi bor. U tutatilganida havodagi
zararli infeksiyalarning barham topishi ham fanda allaqachon oʻz isbotini topgan. Koʻrinadiki,
qushdek yengil isiriq ogʻir dardlar yoʻliga gʻov boʻlishi mumkin. Sirasini aytganda, oʻz uyida bu
oʻsimlikni
saqlamagan,uni tutatmagan oilani deyarli uchratmaysiz. Hukumatning tegishli
farmoyishi asosida choʻl hududlarida isiriq plantatsiyalari barpo etilayotgani esa davlatimizningel
salomatligiga ustivor vazifa sifatida qarayotganidan kichik bir nishonadir.
Do'stlaringiz bilan baham: