Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
13

qo‘yilgan. Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasining bosh yo‘nalishi pedagogika fani bilan 
boshlang‘ich ta’limning aloqadorligini mustahkamlash va uning samaradorligini oshirishga 
qaratilgan Boshlang‘ich sinf davlat ta’lim standartlarida ona tili, matematika, tabiat, inson va 
jamiyat ta’lim sohalari bo‘yicha ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda «o‘quvchilarning umummadaniy 
va axloqiy ko‘nikmalari, savodxonlik malakalarini shakllantirish bilan birga bolaning mantiqiy 
tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kammunikativ 
savodxonligini oshirishga, jismonan sog‘lom bo‘lishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his 
etishga, go‘zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf - odatlarni o‘ziga singdirishga va 
ardoqlashga, ularga rioya qilishga» alohida ahamiyat berilgan Shunday ekan xalqimizning urf 
- odatlaridan chuqur o‘rin olgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalash milliy istiqlol g‘oyasining asosiy negizini tashkil etadi. Chunki, xalqimizning 
qadim-qadimdan avloddan avlodga o‘tib kelayotgan insonparvarligi bugungi kunda 
jamiyatimiz ma’naviyatini yuksaltirishda, mustaqil o‘zbekistonda demokratik, insonparvar 
davlatni barpo etishda muhim o‘rin tutadi. 
Birinchi sinf o‘quvchilarining vatanparvarlik haqidagi bilimlari, malakalari dastlab 
darslarda namoyon bo‘ladi. Ularning ba’zilari o‘qish, so‘zlab berish, qo‘shish va ayrishdan 
tashqari o‘z sinfdoshlariga yordam beradilar. O‘qituvchi ko‘pincha ta’lim jarayonida yozish va 
sanash malakalariga ega bo‘lgan bolani o‘z sinfdoshiga yordam berish uchun ma’lum 
tayyorgarligi bo‘lmagan bolalarga biriktirib qo‘yadi. o‘qituvchining pedagogik mahorati 
natijasida bolalarda o‘qishdagi dastlabki qadamlari muvaffaqiyatli bo‘ladi. O‘qishga bo‘lgan 
qiziqishi, uning vijdoniyligi, tirishqoqlik, o‘z kuchi bilan muvaffaqiyatga erishishga intilish 
kabi ajoyib xususiyatlari shakllanib boradi. Xususan, o‘qishga tayyorgarlik jarayonida bilim, 
ko‘nikmalar bilan birga ko‘pgina psixologik sifatlar ham tarkib topadi. Bu sifatlar esa bolaning 
hatti - harakatida, sinfdoshlariga bo‘lgan munosabatida aks etadi. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabati o‘qituvchi tomonidan 
doimo baholanib boriladi. Bu baho bola uchun alohida ma’no kasb etadi. Aynan mana shu narsa 
uning sinfdagi, oila va tevarak - atrofdagi muhitda egallaydigan mavqeini aniqlab beradi. Endi 
kattalar bola bilan uchrashganlarida, u bilan tanishganlarida undan eng oldin: «Sen qanaqa 
o‘quvchisan?», «qanday o‘qiyapsan, qanday baholar olayapsan?» deb so‘raydilar. U bu savolga 
o‘qituvchining bergan bahosini ko‘zda tutib, shunga mo‘ljallab javob beradi. Lekin bolaning 
bahosi o‘quv faoliyati natijalariga berilgan bahoga nisbatan ortiqroq bo‘lsa-da, o‘qituvchining 
bergan bahosi endi bola shaxsining bahosi sifatida ham namoyon bo‘la boshlaydi. Chunki bola 
o‘rganib oladigan bilimlar zamirida shunga xos sifatlarning murakkab yig‘indisi yashiringan 
bo‘lib, bularsiz ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Umuman, 
boshlang‘ich sinf davrida bolalar qalbida insonpar-varlik poydevori qo‘yiladi. Bular: 
rostgo‘ylik, halollik, to‘g‘rilik, do‘stlik, o‘rtoqlik, saxiylik, hamjihatlik, mehnatsevarlik, 
vatanparvarlik, xushmuomilalik, boshqalarga hurmat-izzat, katta-kichikga munosabat kabilar. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida vatanparvarlikni shakllantirishda birinchi sinfdan 
to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan davr mobaynida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu yoshning 
oxirgi davrlariga kelib vatanparvarlik haqidagi bilimlar, tasavvurlar va mulohazalar sezilarli 
darajada boyiydi, ongliroq tus oladi, umumiylashadi. Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari o‘z 
hatti-harakatlari tajribasiga, o‘qituvchilari hamda ota-onalarning bergan ko‘rsatmalariga va 
tushuntirishlariga asoslangan holda vatanparvarlik haqida mulohazalar yuritadilar. Uchinchi, 
to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining vatanparvarlik haqidagi mulohazalarida o‘z hatti-harakatlari 
tajribasiga asoslanish bilan ular boshqa kishilarning odamlarga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligini tahlil 
qilishga intilish ko‘zga tashlanadi. 



Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish