II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
13
2
BOSHLANG`ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHGA
INTEGRATIV YONDASHUV
Murodova Guliston Nutfilloyevna
Peshku tuman 13-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Har tomonlama barkamol, o`z fikrini erkin bayon qila oladigan, jamiyatning boshqa
a’zolari bilan erkin fikr almasha oladigan shaxsni tarbiyalash bugungi kun pedagoglarining
oldida turgan eng oliy vazifalardan biridir. Bu vazifani amalga oshirishda uzluksiz ta’limning
asosiy bo`g`ini bo`lmish boshlang`ich ta’limning alohida o`rni bor.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko`nikmalari,
dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Bolaning mantiqiy tafakkur qila olish
salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, komunikativ savodxonligi va o`z-o`zini anglash
salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog`lom bo`lishga, moddiy borliq go`zalliklarini his eta
olishga, go`zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o`ziga singdirish va
ardoqlash, ularga rioya qilishga o`rgatadi.
Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta’lim
o`quvchilarning yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan
maqsadni ishlab chiqishni talab qiladi.
Bu borada ta’limga integrativ yondashuv ayni muddaodir. Integratsiyalashgan ta’lim-
tarbiya, fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning ishlarida ko`rib
chiqilgan. Avvalo, integratsiya atama va uslubiy nuqtayi nazardan nima ekanligini ko`rib
chiqaylik.
Integratsiya lotincha integration – tiklash, to`ldirish, integer – butun so`zidan kelib
chiqqan.
Ta’lim mazmunini integratsiyalash – dunyo an’anasi. Integratsiyalash jarayonida
fanlarning bir-biriga bog`liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi. Ta’limda integratsiya o`quv
fanlari mazmunining tuzilishiga tizimli yondashish orqali ko`rib chiqiladi. Ta’limni
integratsiyalashning asosiy maqsadi – boshlang`ich sinfdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi
tasavvur asoslarini qo`yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o`z munosabatini
shakllantirishdir.
Hozirgi kunda boshlang`ich maktab ta’lim-tarbiyasini integratsiya qilish haqida ko`p
gapirilyapti. Kichik maktab o`quvchisi atirofidagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning
uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o`quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam
obyektlarining, tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi qiziqarlidir.
Fanlar bir-biri bilan o`zaro bog`liqdir. Ona tili va tabiatshunoslik darslarini fanlararo
integratsiya asosida tashkil etish orqali tabiatshunoslikka oid yangi bilim va tushunchalar
o`quvchilarga berib boriladi. Integratsiyalash jarayonida ona tili darslarida tabiatshunoslikka
oid tushunchalar grammatik mavzudan chetga chiqmagan holda berib boriladi. Tabiatshunoslik
darsida esa bu tushunchalar takrorlanib, o’quvchilarga kengroq tushuntiriladi. Buni 3-sinf ona
tili darslarida tabiatshunoslikka oid bilimlardan foydalanish orqali ko`rib chiqaylik.
3-sinf Ona tili. Nutq. Gap. So`z.
5-mashq.
O`lkamizda yalpiz, isiriq, kiyiko`ti va boshqa o`simliklar o`sadi. Bu o`simliklarni dorivor
o`simliklar deyishadi. Dorivor o`simliklar inson hayotida kata ahamiyatga ega. Ular yig`ilib,
dori-darmon tayyarlash korxonasiga topshiriladi.
5-mashq matniga qo’shimcha qilib, uyimiz va maktabimiz atrofidagi o’simliklarning
nomlarini yozdirish. Tabiatshunoslik darsligidagi “Dorivor o’simliklar” mavzusida berilgan
yalpiz, isiriq, jag’-jag’, kashnich, maymunjon, na’matak o’simliklari haqida berilgan
ma’lumotlami o’qitish va har bir o’simlikka berilgan ta’riflar necha gapdan iborat ekanligini
Do'stlaringiz bilan baham: |