II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
11
0
albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘pgina tarixchilar qatag‘on qilinganligiga qaramay, 40—60y.
lar Tarix fanida ma’lum yutuklar yuzaga keldi.
1943 y. da SSSR FAning O‘zbekiston filiali Til, adabiyot va tarix inti negizida Tarix
institutining tashkil etilishi Tarix fani rivojida muayyan bosqich bo‘ldi, tadqiqotlarni ma’lum
ilmiy yo‘nalishlar va reja asosida amalga oshirish yo‘lga ko‘yildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar
tayyorlash muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya inti tarixiy
tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazga aylandi. Bu intning tashkil topishi, O‘zbekiston
arxeologiyasi va Tarix fani rivojida 1o‘zbek mutaxassisarxeologi Ya. G‘ulomovnint o‘rni
alohidadir. Ya. G‘ulomov eng qad. davrlardan O‘zbekistonda sug‘orma deqqonchilik
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning
vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti Tarixi, o‘rta asrlarda
O‘zbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qo‘shni mamlakatlar bilan
aloqalari Tarix ini tadqiq qildi (mas., «Xorazmning sug‘orish tarixi qadimgi zamonlardan
hozirgacha», T., 1957, 1959). Ya. G‘ulomov ko‘pgina ilmiy nashrlarga mas’ul muharrirlik xam
qildi, u shogirdlar tayyorlab, o‘z ilmiy maktabini yaratdi.
Tarix inti tashkil etilgan dastlabki yillardanoq O‘zbekiston Tarix ini yaxlit bir tarzda
mujassamlashtirgan ko‘p jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947 y.
yakunlanib, 2 jildli «O‘zbekiston xalklari tarixi» kitobi nashr etildi.
20-a. ning 50—80y. larida O‘zbekistonning o‘rta asrlardagi siyosiy hayoti,
ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sun’iy sug‘orish
tizimi Tarixi haqida qo‘lyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. ma’lumotlar
asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. Tarix fanining bu yo‘nalishini
o‘rganishga A. A. Semyonov, Ya. G‘ulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R.
G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qo‘shdilar.
Bu davrda Rossiyaning O‘rta Osiyodagi mustamlakachiligi Tarix ini o‘rganishda Sovet
mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yo‘l berilmadi, Tarix fani nihoyatda
siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida bo‘lganligi tufayli
juda ko‘p masalalarning asl mohiyatini ko‘rsatib berish imkoni bo‘lmadi, natijada Tarixni
soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958 y. da bo‘lib o‘tgan «O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib
olishning progressiv ahamiyati». mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada O‘rta Osiyoning
Rossiya imperiyasiga «ixtiyoriy qo‘shilish»i haqidagi uydirma fanga zo‘rlik bilan kiritildi. Bu
mavzu tarixi bilan shug‘ullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish
imkoniyatlari cheklab qo‘yildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi
mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi
hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir ko‘pgina arxiv
materiallari o‘rganildi va ilmiy iste’molga kiritildi.
Tarix fanida Sovet davri tarixini o‘rganish ham hukmron mafkura manfaatlariga
moslashtirilganligi sababli, O‘zbekistonda 1917 y. da Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning
o‘lkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi
kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari,
madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy
yoritilmadi. «Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli»ni ko‘rsatish Tarix fanining eng
muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet
hokimiyati siyosatini ulug‘lash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr
ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda ko‘plab arxiv manbalarining ilmiy talqinini
mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli «O‘zbekiston tarixi» (1967—70 y. lar), 1 jildli
«O‘zbekiston tarixi» monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qo‘qon, Andijon, Xiva va
Buxoro sh. larining eng qad. davrlaridan to 20-a. o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixiga bagishlangan
ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular O‘zbekistonning qad. shaharlari tarixini
umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |