II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
10
9
sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun O‘rta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga
oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895 y. da Toshkentda Turkiston arxeologiya
havaskorlari to‘garagi tashkil etildi, u Oktabr to‘ntarishigacha faoliyat ko‘rsatdi, tarix,
arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shdi. Mahalliy
millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qo‘lyozmalarini to‘plovchilar, qad.
yodgorliklarni o‘rganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom
polvon Asqarov va b. Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), o‘lkashunoslar
va olimlar faoliyatida muhim turtki bo‘ldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V. I. Mejov
tomonidan tuzilgan O‘rta Osiyo va Turkiston T. iga oid maqolalar, asarlar, gaz. va jurnali
materiallari to‘plangan «Turkiston to‘plami» (594 jilddan iborat) muhim joy oldi.
O‘zbekistonni tarixiymadaniy jihatdan o‘rganishga Peterburg untining sharq fakulteti ma’lum
hissa qo‘shdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. V. L. Vyatkin
Samarqand yodgorliklarini o‘rganish jarayonida Ulug‘bek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold
qad. qo‘lyozmalar ma’lumotlaridan foydalanib, O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixi haqida
asarlar yaratdi («Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya», 1898—1900; «Svedeniya ob
Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka», 1902; «K istorii
orosheniya Turkestana» va b.).
20-a. ning boshida milliy davriy matbuot «Sadoi Fartna», «Sadoi Turkiston», «Oyna»,
«Najot», «Hurriyat» sahifalarida O‘zbekiston Tarixi muammolariga oid ilk makrlalar e’lon
qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari bo‘lib, ular
mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, o‘zlikni anglashda Tarix fanining roliga alohida e’tibor
qaratdilar. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatida Tarix muammolarini o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson bo‘lib yetishishda va jamiyatni boshqarishda Tarix
fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. U «Tarix va jug‘rofiya», «Turkiston tarixi», «Sart so‘zi
majhuldir» kabi asarlarida faqatgina Vatan T. ini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari Tarix
ini bilish zarurligi haqida so‘z yuritadi. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», degan xitobi
Tarix tajribasida o‘zining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari O‘zbekiston
Tarix ini va uni yaratish yo‘lida o‘ziga xos ilmiy dasturdir.
Oktabr to‘ntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan
holda, unga xos bo‘lgan i. t. ning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini,
metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy e’tiborni
partiya Tarixi yo‘nalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yo‘q qilib tashlandi, Tarix fanini
jadallik bilan siyosatlashtirish va g‘oyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda «sinfiylik» «bir
xillik» tamoyili yuzaga kelib «tarixni sinfning o‘zi yaratadi» degan qoida qaror topdi.
Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy ta’lim
tizimida Tarix ta’limotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana
boshlandi. Tarix fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. O‘rta Osiyo davlat unti,
Samarqanddagi oliy ped. intida ko‘lyozma kitoblar, vaqfnomalar va vasiqalar yig‘ilib, ilmiy
talqin qilindi.
Tarix fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. O‘zbekistonda agrar sug‘orish
T. iga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k, ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu
v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumento‘ XVI veka, Tarix, 1937).
O‘zbekistonda Tarix fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning o‘rni alohida. Bulat
Soliyev milliy Tarix bo‘yicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad.,
o‘rta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va ko‘plab asarlarini, sharq qo‘lyozmalari
ma’lumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, «O‘zbekiston tarixi. XV — XIX ayerning
birinchi yarmi», «Buxoro mang‘itlar sulolasi davrida» (1926), «O‘rta Osiyo tarixi», «O‘rta
Osiyoda savdo kapitali» kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD
tomonidan yoqib yuborilgan, uning o‘zi ham O‘zbekiston ilg‘or milliy ziyolilarining katta
qismi qatorida stalincha qatag‘on siyosati qurboni bo‘ldi. Bu siyosat T. fanining rivojlanishiga,
Do'stlaringiz bilan baham: |