Tanbeh berish - eng yengil jazo chorasidir. O`qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo'yish mumkin.
Uyaltirish - odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda odamda izzat - nafs, odamiylik qancha kuchli bo'lsa, avvalo o'zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo'ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o`stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi.
Jamoada muhokama qilish – o`quvchiga jamoa tomonidan qo'llab- quvvatlangan jazo berilsa uning ta`sir kuchi yana oshadi.
Ogohlantirish – noma`qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo'llaniladi.
Hayfsan berish - agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o'quvchi belgilangan intizomni buzaversa o'quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini etboriga olib unga hayfsan elon qilish mumkin.
Rag`batlantirish va jazolash metodlariga qo`yiladigan talablar:
1. O`quvchiga tan jazosi berish mumkin emas.
2. Rag'batlantirish va jazolash metodlari navbatlantirib turilishi va haqiqiy hizmatga muvofiq bo`lishi kerak.
3. Rag'batlantirish va jazolash faqat bir o'quvchiga yo'naltirilishi va ketma-ket qo`llanilishi mumkin emas.
4. Metodlar oddiy, sodda shakldan yuksaltirib, chuqurlashtirib borilishi va yaxshi o`ylab, haqqoniy qo`llanilishi lozim.
O'z-o`zini tarbiyalash metodlari.
O`quvchida o'z-o'zini tarbiyalashga, ya'ni o'z ustida ongli, batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo`lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo'ladi. O`quvchlarni, ayniqsa, o'rta va katta yoshdagilarni o`zi bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga yo`llash kerak.
O`quvchilar o'qishda, tarbiyada, dam olishda o'z-o'zini tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o'z-o'zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqilikka undaydi.
O'z-o'zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo'lganda, u o'zini shaxs deb aniglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko'rsata boshlagan vaqtda paydo bo'ladi. O`z-o`zini tarbiyalashda maslahat va ko'rsatmalar berilishi lozim, bunda o'quvchilarni o'zlariga, xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo'lishga o'rgatish juda muhimdir. O'quvchilar muayyan vaqtga belgilangan vazifalarni bajarish uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo'yadilar.
O`z-o`zini tarbiyalash metodlari quyidagilardir:
l. Shaxsiy majburiyatlar olish.
2. O`zini nazorat qilish.
3. O`z-o`ziga hisob berish.
4. O`z-o`zini tahlil qilish.
5. O`z-o`zini baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |