Tushuntirish va uqtirish. Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma'naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to’g’risida axborot berish asosida o’quvchilar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o’z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iboratdir. Ko’pincha, o’quvchilarning o’z burchlari to’g’risidagi bilimlari tasodifiy, yuzaki bo’ladi. Tushuntirishdan maqsad - biron-bir voqea, xatti-harakat, hodisaning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini ochishda, xulq-atvor va insoniy munosabatlarni to’g’ri baholay olishda o’quvchilarga yordam berishdir.
Uqtirish biror axloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga singdirish va ular tomonidan u’qib olinishini ta'minlashga asoslanadi. Shuning uchun o’qituvchilar va tarbiyachilar o’quvchilarni tarbiyalaganda va ularga axloqiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko’rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim. "O’qigandan uqqan yaxshi" degan xalq maqoli bor. Uqib olingan axloqiy fazilat bolada mahkam singib qoladi. Uqtirishning natijali chiqishi, hammadan burun, tarbiyachining obro’siga bog’liqdir. Agar tarbiyalanuvchi o’z tarbiyachisini izzat-hurmat qilsa, unga ishonsa, uning o’git-nasihatlariga quloq solsa, uqtirish natijasi samarali bo’ladi.
Ibrat-namuna metodi. Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. O’qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalaning o’zlari, hammadan burun, bolaga namuna bo’lmoqlari, o’zlarida eng yaxshi fazilatlarni aks ettirmoqlari kerak. O`quvchilar o`z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko`rishlari va ulardan ijobiy namuna olishlari nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, o’quvchilar ibrat uchun namunalarni ilg`or kishilarning hayoti va faoliyatidan, fan, adabiyot va san`at arboblari hayoti va faoliyatidan, xalq og’zaki ijodi, bolalar adabiyoti, maktab, sinf hayoti, ota-onalar faoliyatidan olmoqlari kerak.
O`quvchilar quyidagilardan namuna oladilar:
1. Ota-ona namunasi.
2. O`qituvchi xatti - harakati.
3. O`rtoqlari namunasi.
4. Ilg'or kishilar namunasi.
5. Adabiy asarlar, filmlar qahramonlari xatti-harakati.
6. Nasihat, pandnoma.
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota - bobolarimiz o`z farzandlarini hamisha yaxshilardan, dono-lardan, ulug` kishilardan ibrat olishga da`vat qilib kelganlar.
Bolalar faqat yaxshi hislatlarga emas, ba`zan yomon sifatlarga ham taqlid qiladilar. Shuning uchun kattalar har qanday holatda ham o`zlarini tuta bilishlari kerak. Xalqimiz ‘‘Qush uyasida ko`rganini qiladi’’ deb bejiz aytmagan.
O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar.
Bola rivojlanishini, o`zligini belgilashning asosiy omili-bu faoliyatdir. Faoliyat oquvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi ihtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat munosabatlarini o`zlashtirishlariga yordam beradi.
O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlar quyidagilar:
1. O`yin.
2. O`rgatish.
3. Mashq qildirish.
4. Topshiriqlar berish.
5. Talablar qo`yish.
O`yin. Bolalarning hayoti asosan o`yin orqali namoyon bo`ladi. Bolalar o`yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laydilar, tasavvur, fikrlash qobiliyatlari shakllanadi, takomillashadi. Bola hayotida o`yinlarning rang - barang bo`lishi va jamiyatimiz maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etilishi muhimdir.
O`rgatish - Ijtimoiy xulq - atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan turli harakatlar amaliy ishlardir. O`rgatish bir necha izchil harakatlar yig'indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |