Bog'liq 5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi. Sayohat industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha to‘rtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib olingandi. Jumladan, Buyukbritaniyada «British Eyrveyz», Fransiyada «Er Frans», Sobiq SSSRda «Aeroflot» va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi.
Shunday bitimlar masalan, «British Eyrveyz» va «Er Frans» o‘rtasida tuzilgan bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida bo‘lib olingan.
Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun ikkinchi darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga zarurati chetga surib qo‘yiladi.
Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan.
AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada jozibador qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta muvofiqlashtirish jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir tus olishi aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini o‘zgartirishga majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda istiqbolli yo‘l hisoblanmoqda.
Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda aviatariflarga katta chegirmalar kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladi. AQShda havo transportini liberallashtirish natijasida ichki va tashqi havo aloqalarida narxlarni arzonlashtirish mumkin bo‘ldi. Bu esa aviasayohatlarga talablarni ko‘paytirish imkonini berdi. Amerika aviakompaniyalarida yo‘lovchi oboroti aholi o‘sish soniga taqqoslanganda ikki martadan ziyodroqqa ko‘paydi.
Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi bilan bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda.
Aviayo‘nalishlar yuklanishining sezilarli ko‘payishi va bekor turishlarni qisqarishiga marshrut tizimini o‘zgartirish tufayli erishilayapti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarga asoslangan eski tashish tizimi, «Gupchak va kegay» modeli bilan almashinadi. Aeroport hududiy transport tuguni (XAB) ga aylandi. 1980-yillar o‘rtalarida AQSH aviatransporti ana shu taraqqiyot modeliga o‘tdi.
Bugungi kunda har bir yirik Amerika aviakompaniyasi o‘zining XABiga – ayni shunday tuguniga ega. Misol uchun, Chikago va Denverda «Yunayted Eyrlaynz» qo‘nib o‘tish manzillari joylashgan. Aviakompaniya «Ti-Vi-Ey»niki esa Sent Luisda, «Ameriken Eyrlaynz» esa Dallasda joylashgan. Bu joylarda ushbu aviakompaniyalar amalga oshiradigan juda ko‘p reyslar boshlanadi va yakunlanadi. Uzoq uchishlarda esa samolyotlar almashtiriladi. «Delta» Eyrlaynz aviakompaniyasi foydalanadigan tranzit transport tuguni Atlantada joylashgan.
Yo‘nalishlarning Markaziy-radial tizimi albatta yo‘lovchilarga ham, yuk tashuvchilarga ham qulaylik tug‘diradi. Uchishlar soni ko‘payadi, mashina parkidan samaraliroq foydalaniladi: bekor turishlar qisqaradi, yuklanish o‘sadi. Bu qulayliklarning barchasi aeroportda tranzit yo‘lovchilarni kutish davomiyligi minimumga tushirilgandagina samara beradi.
Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh yil ichida «Pan Ameriken» va «Istern» kabi aviakompaniyalar bozordan siqib chiqarildi. Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab turishgandi. Moliviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar bankrotligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va samolyotlarini sotishga majbur edi. Ularni «Ameriken Eyr-laynz», «Yunayted Eyrlaynz» va «Delta Eyrlaynz» kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya bugungi kunda AQSH ichki bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu ulush 30 % dan oshmasdi.
Monopollashtirish jarayonlari aviatariflarning oshirilishi bilan kechdi. Havo transportini liberallashtirish ketidan narxlar kamayishi ro‘y berganda uchishga va sayohat qilishga otlangan shaxslar yutishgandi, lekin keyinchalik aviatariflar yana o‘sa boshladi.
Monopollashtirishning kuchayishdan tashqari, marshrutlar markaziy-radial sxemasi yana shunga olib keldiki, ko‘pgina yirik shaharlar qo‘nib o‘tilmasligi sababli avia aloqasiz qoldi. Qo‘nib o‘tilmaslik esa ko‘pgina yo‘lovchilarni boshqa samaholyotlarda uchish uchun odamlar gavjum markaziy aeroportlarga kelishga majbur etdi. Ana shunday sharoitda aviakompaniya bozorga mutloqa yangi «ortiqchasiz uchish» konsepsiyasi bilan chiqdi. HABlardan voz kechib, u past narxlarda hududiy reyslarni bajara boshladi. Bu strategiya birinchi bo‘lib, «Sautvestern Eyrlaynz» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. U Texas shtatini yaqin atrofdagi rayonlar bilan bog‘lovchi uzoq davom etmaydigan to‘g‘ridanto‘g‘ri marshrut ochdi. Ko‘p o‘tmay aviakompaniya o‘z faoliyatini butun mamlakat miqyosida keng yoydi. Mayda hududiy korxonadan qiymati 4 mlrd. Amerika dollari bo‘lgan konsernga aylandi. Bu Shimoliy-Amerika firmalari o‘rtasida daromad rasman qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
«Sautvester Eyrlaynz», uning izidan boshqa avia kompaniyalar ham nafaqat marshrutlar sxemasini, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning butun tizimini qayta ko‘rib chiqdilar. Ular biletlarni o‘tkazish taloniga almashtirdilar. Yo‘lovchilarni tinkani quritadigan registratsiya tashvishlaridan xolos etdilar. Harajatlarni qisqartirish maqsadida parvoz davomida ovqatlantirish va salqin ichimliklar taklif etishdan voz kechildi. Komission agentlarni tejash uchun biletlarni bevosita telefon orqali sotishga
o‘tildi. Ular past narxlarda kamtarona xizmatlarni taqdim etadi. Chunki ularni ko‘p hollarda «Firmali emas» deb ataydilar. Bugungi kunda bunday tipdagi aviakompaniyalar AQSH ichki marshrutlarning yarimigacha xizmat ko‘rsatmoqda.
Bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi tariflar dinamikasida o‘z aksini topdi. Nofirma aviakompaniyalar AQShda ichki kiruvchilarni tashishda narxni tushirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu shubhasiz dam olish va ko‘ngil ochish maqsadida turizmni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kategoriyadagi turistlar ishbilarmonlardan farqli ravishda avia tariflar o‘zgarishga juda sezgir. Ular uchun hashamdan ko‘ra, narx darajasi muhimroq.
Nofirma aviakompaniyalar tomonidan kiritilgan innovatsiyalar, balki jahondagi boshqa mamlakatlardan o‘zlashtirib olingandi. «Yunayted Eyrlaynz» va «Lyuftganza» yo‘lovchi tashishning biletsiz tizimiga o‘tdi. «Singapur Eyrlaynz»
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur va Pinang yo‘lovchilarni qayd qilish
(registratsiya) qilishni soddalashtirdi.
Bu ish maxsus bo‘limga olib kelinadigan kredit kartochkalarini ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qayta tartiblanish natijasida mustahkamlangan Shimoliy Amerika aviakompaniyalari jahonda havoda tashish bozori sarhadlaridan oshishiga intildi. 1990 - yillar boshida ular uchish mashinalari eng yirik parklari bilan jihozlangan va xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilgandi.
Tashqi bozorda o‘z aviakompaniyalari harakatiga hamkorlik qilgan AQSH «ochiq osmon» tashabbusi siyosati bilan chiqdi. Shimoliy Amerikani jahonning boshqa hududlari, eng avvalo Yevropa bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarida havoda tashishda qayta tartib o‘rnatish va aviaxizmatlarning Yevropa bozorini liberallashtirish ko‘zda tutilgandi.
Yevropa aviakompaniyalari ta’sir doirasi cheklanib qolish xavfi ostida qoldi. Hatto AQSH aviakompaniyalarining kuhna dunyoda yo‘lovchi tashishda 10% ishtiroki ham Yevropa osmonlarini Amerika tomonidan monopollashtirib olish uchun yetarli edi. Shu bilan birga aviatransportni liberallashtirish ustunliklari yaqqol edi.
1992 yilda 12 ta Yevropa davlatlari transport vazirlari «Osmon ochishga», Birlashgan Yevropa ichki havoda tashishlarga yangi qoidalar joriy etishga va uning chegaralarida proteksionist to‘siqlarni saqlab qolishga qaror qildilar.
EIda havo transportini qayta tartiblashdan maqsad quyidagilarga erishish edi: