Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Jahon mehmonxona bazalarining hozirgi davrdagi holati



Download 0,71 Mb.
bet106/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Jahon mehmonxona bazalarining hozirgi davrdagi holati. BTTning ma’lumotlari bo‘yicha. Jahonda 30 mln. ga yaqin turli xil mehmonxona o‘rinlari mavjuddir. 1980 yildan 2005 yilgacha ularning soni 90 % ga o‘sdi. Jahonning turistik mintaqalari bo‘yicha mehmonxonalar fondining taqsimlanishi xalqaro turizm tarkibi miqyoslari bilan mos keladi.
Keyingi o‘n yillikda mintaqalar bo‘yicha mehmonxonalar taraqqiyoti bir tekisda kechmaydi. Butun jahon miqyosida mehmonxonalar o‘rinlari yillik o‘rtacha o‘sishi sur’atlari 1980 yildan 2005 yilgacha 3,5-4,5 % ni tashkil etdi. Umumjahon sur’atlariga yaqinroq ravishda mehmonxona bazasi Yevropa va Shimoliy Amerikada kengaydi. O‘sha yillarda mehmonxona fondi Sharqiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Okeaniyada yiliga o‘rtacha 13,7 % ga ko‘paydi. 18 yilda qo‘shimcha 6 mln. dan ortiq o‘rinlar foydalanishga topshirildi.
Hozirgi kunda jahonning 44 mamlakati har birida 100 mingdan oshadigan o‘rinli mehmonxona fondiga ega. Ular qatoriga AQSH, Italiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya va boshqalarni kiritish mumkin. An’anaviy turistik mamlakatlarda o‘rtacha hajmdagi otellar yaqinginada bozorga chiqqan va o‘zi to‘g‘risida yangi turistik yo‘nalishni namoyon etgan mamlakatlarga qaraganda ancha kam. Bu avvalgi yillardagidek yirik bo‘lmagan qurilishlar, eski turistik markazlarda mijozlarni qabul qilishda yaratilgan moddiy bazaning ulardagi uncha katta bo‘lmagan otellardagi ulushi yuqoriligi bilan izohlanadi.
Joylashtirish ob’ektlarining qandaydir o‘rinlar bilan ifodalangan sig‘imiga qaramay, BTTning joylashtirish sektorini baholash uchun boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: otellar soni va ulardagi nomerlar, daromad hajmi, xodimlar soni kabilar. Jahon mehmonxona industriyasi daromadlari 1995 yilda 253 mlrd. amerika dollarini tashkil qildi, uning 70 % dan ziyodrog‘i Yevropaga va Amerikaga to‘g‘ri keladi. Ana shular otellar soni bo‘yicha ham yetakchilik qilishayapti. Ammo bu ko‘rsatkich bo‘yicha ular o‘rtasida farq katta. Yevropada jahondagi jamiki otellar umumiy sonining 55 % va Amerikada esa 22 % ruyxatga olingan. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi otellar soni bo‘yicha kamtarona o‘rinni egallaydi (14 % dan yuqoriroq).
Hozirgi kunda jahon mehmonxona industriyasi 15 mln. kishini ish joyi bilan ta’minlaydi. Xodimlarning chorak qismi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi shunga o‘xshash otellar va muassasalarda band bo‘ldi. Yevropa ulushi 24 % dan oshmadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida turistlarni joylashtirish bozori alohida e’tiborga molik. Ularda xalqaro turistik almashish va jalb etish imkoni darajasida mehmonxonalar bazasi kengaytirilmoqda. Agar ular o‘z sig‘imi jihatidan YEIdagi mamlakatlarning shunga o‘xshash bazalari bilan tenglasha olmasada, o‘sish sur’atlari bo‘yicha ulardan o‘zayapti.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish