Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor



Download 0,71 Mb.
bet103/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan ma’noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‘i klubli joylashtirish vositalarini ulardan ma’lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish (misol uchun, 30-50 va ko‘proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga mulk egasi ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta’minlash va boshqa vositalar sifatida foydalanishi mumkin.
«Dam olishni egallash» tizimi birinchi marta Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lib, Shimoliy Amerika (AQSH)da takomillashtirildi. Klassik ko‘chmas mulk va otellarda joylashtirish bo‘yicha xizmatlar sotuv ob’ekti bo‘lib o‘rtaga chiqdi. Kurotlarda apartamentlar sotila boshladi. Yil davomida ulardan foydalanish bir yoki bir necha hafta bilan cheklangan edi. Taymsher bozorining o‘zi esa ancha keyin shakllanadi va 15 -20 yildan buyon – bu haftalar bilan almashinish imkoniyati paydo bo‘lgandan beri amal qilib kelayapti.
Bugungi kunda taymsherda biznesning maxsus kompaniyalari – A – SI-AY Resort Sopdminium International) va Ay-Ay (Interval international) va boshqalar orqali almashtirish operatsiyalarini o‘tkazish va appartamentlarni muddatga sotishdan hosil bo‘layapti. Ularning yordami bilan qo‘shimcha to‘lov evaziga dam olish sharoitini yaxshilash, didga mos apartament topish, ta’tilni o‘tkazish muddati va joyini tanlash mumkin. Bunda ancha mashhur region bo‘lish davomiyligi uzoqroq va sharoiti yana ham yaxshiroq kurortga almashtirilishi mumkin. Masalan, Kanar orollarida bir hafta, Kanadada ikki hafta, yoki Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrikaning uch haftasiga teng.
Dam olish xaftalarini almashtirish bo‘yicha taymsher va kompaniya egalaridan tashqari, joylashtirish vositalari (apartamen) egalari ham taymsher biznesi ishtirokchilari hisoblanishadi. Klub dam olishini tashkil etishga mo‘ljallanganlar, taymsher - loyiha ishlab chiquvchilar, marketing kompaniyalar, bozorda taymshermahsulotlar harakatiga javob beruvchilar va ularni iste’molchilarga sotuvchilar, klublarni boshqaruvchi kompaniyalar va ularning xizmat ko‘rsatishlari shular jumlasidandir. Ixtisoslashgan turistik birjalar ilgari sotib olingan va egalari tomonidan sotishga topshirilgan tegishli dam olish haftalariga egalik sertifikatlarini komission savdosi bilan shug‘ullanadi. Taymsher – mahsulotlar yaratish va sotish jarayonlariga professional konsultantlar (kredit tashkilotlaridan moliyaviy maslahatchilar huquqshunos konsultantlar va advakatlar, analitiklar va boshq.) jalb etiladilar. Taymsher bozorining so‘zsiz ishtirokchilari savdo assotsiatsiyalari – notijoriy tashkilot professional operatorlari, loyihachilar va marketing kompaniyalar hisoblanadilar. Ular qonunchilik doirasida bozorda qabul qilingan ish standartlarini ishlab chiqadilar va qo‘llab-quvvatlaydilar, hukumat organlarida soha manfaatlarini himoya qiladilar.
Dam olish klubi ko‘p sonli a’zolari ham assotsiatsiyalarga birlashadilar. Bundan tashqari ularning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus kompaniyalar yoki qo‘llovchi kengashlar tuziladi. Ular klublarning o‘z majburiyatlarini bajarishda kafolat bo‘ladilar. «Klubdan olishiga egalik» industriyasi klassik turistik biznesga qaraganda murakkab strukturaga ega. Bu taymsher hafta (haftalik) sini oldi-sotdisi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish shartlariga rioya etish zarurati bilan bog‘liq. G‘arbda taymsherni ko‘pincha jamg‘arma dam olish deb ataydilar. Haqiqatdan ham, u o‘z egasiga yuqori soliq to‘lovchi, ko‘chmas mulkini saqlash katta harajatlarni talab qiluvchi va shuning uchun eng badavlat kishilargagina nasib etadigan uy egalariga nisbatan ko‘p qulayliklar yaratadi. O‘rta hol shaxs oddiy otellarning arzonroq usullaridan foydalaniladi. Ammo bu tur joylashtirish kelajakda «Bo‘lingan vaqt» tizimi erishadigan darajada vositalarni tejashni ta’minlay olmaydi. Yana mehmonxonada yashash uchun sarflangan harajat qaytmaydi, mulkni esa sotish, ijaraga berish garovga qo‘yish mumkin. Kelajakda katta qulaylik yaratishiga umid qilinayotgan taymsherni sotib olish oldi-sotdi momentida sezilarli pul harajatlari talab qilinadi. Albatta «Ta’tilga mulk» uning egasiga 10 dan 30 minggacha Amerika dollariga tushadi. Bu albatta apartamentlar sifati, ular joylashgan joy, foydalanish muddatiga bog‘liq. Avstriyada qizg‘in pallada haftalik dam olish masalan, 22 ming amerika dollari turadi. Xuddi shunday Shveysariyadagi klublar ham qimmat. Buyukbritaniyada haftaning o‘rtacha bahosi pastroq va 5-6 amerika dollarini tashkil etadi.
Taymsherni uning yuqori qiymati ko‘rinishida sotish g‘oyat nazokatli ish hisoblanadi. Asosiy axborot mijozga shaxsan ma’lum qilinadi va uchinchi shaxs orqali yetkazilishi mumkin emas. Barcha muzokaralar va erishilgan bitimlar qat’iy konfidensial harakterdadir. Bozorda taymsherlarni harajatlashtirish maqsadida kompaniya mijozlar bilan ishlashda sinalgan usullarini qo‘llaydi, ya’ni individual taqdimotdan foydalanadi. Bular nozik psixologik o‘yinlardir. Bunda firmalar xodimi ehtiyot bo‘lib taklif qilinayotgan tovar afzalliklarini namoyish qiladi. Ortiqcha xiralik qilmasdan haridorni o‘ziga rom etadi, uni uzil-kesil xulosa – oldi-sotdiga rozi bo‘lishga olib keladi.
«Dam olishni egallash» tizimi turistik biznesning eng tez o‘sayotgan sohasi hisoblanadi. Taymsher biznesi harakteri ham o‘zgarmoqda. Yangi soha boshlang‘ich faoliyati asosan mayda tadbirkorlarni jalb etdi. Ammo taymsher nufuzi o‘sa boshlashi bilan unga yirik kompaniyalar ham intila boshlashadi.
Bugungi kunda ta’tillarga mulk «Bozori mashhur, eng avvalo «Xilton Xoutelz
Korporeyshn», «Marriot Interneshnl», «Disney», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Bar-rat», «Uimpey», «Xolidey Inn Uorlduaayd» kabi Amerika korporatsiyalari tomonidan taqsimlab olingan.
Taymsher industriyasi geografiyasi to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Ko‘pgina qabul qiluvchi regionlar uning bilan mavsumiy tebranishlarni tekislashni, davomiy iqtisodiy yuksalish va investitsiyalash istiqbollarini, yaxshilashni bog‘lamoqda, turistik bandlik, moliyaviy va xo‘jalik boshqa sektorlarida undan foydalanayapti.
Bugun klub kurortlari tarmog‘i 89 mamlakatni qamrab olgan, «Ta’tilga mulk» egalari esa 191 davlatda faoliyat ko‘rsatishadi.
Taymsher biznesi AQShda juda keng tarqalgan bo‘lib, birgina Koliforniya shtatida 80 tadan ortiq klub kurortlari mavjuddir. Bu yerda dam olishning o‘rtacha bir haftalik narxi 9 ming amerika dollarini tashkil qiladi. Har yili Koliforniya shtati xazinasiga 300 mln. dollardan ortiq dam oluvchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun turli xil to‘lovlar kelib tushadi.
«Ta’tilga mulk» bozori bo‘yicha ikkinchi ahamiyatga egalari Yevropada joylashgan. Ko‘hna qit’ada barcha taymsher kurortlarining uch qismi to‘plangan. Ularda bo‘lish o‘rtacha davomiyligi 1,7 haftaga baholanadi. Jamg‘arma dam olishining uzluksiz nufuzi oshishi inglizlarda ayniqsa keng foydalaniladi. Taymsherga egalik qiluvchi jahondagi 4 mln. oiladan 400 mingi Buyukbritaniya aholisidir.
AQSH, Buyukbritaniya, Meksika, Karib havzasi, Avstriya va Kanadada o‘tkazilayotgan doimiy sotsiologik so‘rovlar natijalari ko‘pchilik taymsher egalari o‘z haridorlaridan mamnun ekanligini ko‘rsatmoqda. 85 % so‘raluvchilar jamg‘arma dam olishidan qoniqishadi. 75 % so‘ralganlarning yarimidan ko‘prog‘i qo‘shimcha klub haftalarini sotib olishga xohish bildirishgan.
Afsuski, bu jozibador istiqbollar Rossiya va MDH davlatlariga taaluqli emas.
Taymsher g‘oyasi paydo bo‘lmasidan u inkor etilgan. Taymsher kompaniyalari «Ta’tilga mulk»ni yuqori narxda sotdilar. Eng muhimi mijozlarga keyingi xizmat ko‘rsatish kompleksini ta’minlamaydilar (bazaviy qo‘llab – quvvatlash, klub haftalarini almashlash va boshq.). Oqibatda ularning ko‘pchilik egalari o‘zlarini aldangan his etdilar va sotib olingan appartamentlarni sotishga muvoffaqiyatsiz o‘rinishmoqda.
Taymsher biznesi qayerda unga qulay sharoit yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda gurkirayapti va eng avvalo iste’molchilar huquqiy himoyasi kafolatlangan. Yevropada taymsherlar egalari huquqlari Yevroparlament direktivalarida, milliy qonunchiliklarda, Angliya qirolichasi Yelizaveta II aktlari va boshqalarda mustahkamlab quyilgan. Yaqindan buyon Rossiyada taymsher bozori huquqiy doirasini belgilovchi standartga zarurat anglab yetildi. Uni ishlab chiqish uchun bir qator kompaniyalar Rossiya kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzdilar. Ular klub dam olish bozorida (taymsher) harakatlanuvchi kompanilardir. Ammo vujudga kelgan vaziyatni sindirish va yana potensial haridorlar ishonchini qozonmoq uchun taymsher firmalarga yillar kerak bo‘ladi.
Hozirgacha gap «Mehmonxonalar» umumiy nomi ostida joylashtirish vositalari guruhlari haqida borgandi. Uning bilan bir qatorda BTT mehmonxonalarga o‘xshash muassasalar guruhini ajratadi. Ular otellar singari nomer prinsipida tashkil etilgan va zarur xizmatlar ruyxatini taqdim etadi. Bular pansionatlar, mebelli xonalar, turistik yotoqxonalar va boshqalardir.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish