7.4. Turistik xizmatlar tizimida ovqatlanish sektori
Turistning ovqatga bo‘lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar, kafelar, barlar, oshxonalar, tamadixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‘rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish shakllari bilan tasniflanadi.
Dunyo bo‘yicha ovqatlanish korxonalarining yagona tasniflari mavjud emas. Lekin, shunga qaramasdan ham, ko‘p mamlakatlarda ommaviy tarqalgan ma’lum bir ko‘rinishdagi (tipdagi) ovqatlanish korxonalari ajratilib ko‘rsatiladi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.
Restoran – hammabop (uchun qulay) ovqatlanish korxonasi bo‘lib, juda ko‘p assortimentli taomlar bilan, gazaklari bilan, har xil pishiriqlari va spirtli-spirtsiz ichimliklarlari bilan ajralib turadi. Restoranlarda yana individual buyurtmalar asosida ham juda ko‘p salat va taomlar tayyorlashi bilan birga yevorpacha hamda milliy ovatlar ham tortiq qilinadi. Xizmatlar ko‘rsatiladigan mehmonlarning soni bo‘yicha restoranlar kichkina (10-15 kishigacha) va katta (500 kishi va undan ortiq) restoranlarga bo‘linadi.
Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud. Dunyoda italyancha, xitoycha, grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar juda mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi.
Jadval 14 AQSH umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari va tavsifi
Korxona turi va uning ixtisoslashuvi
|
Kattaligi (o‘rinlar soni)
|
Joylashishi
|
Xizmat ko‘rsatish shakli
|
Narxi
|
Haridorlar
|
Menyu (taomnoma)
|
Boshqarish
|
Restoran to‘liq xizmati bilan
|
75-200
|
Shahar yoki shahar atrofida transport
tarmoqlarining kesishgan joyida
|
Stol atrofida
|
Yuqori va to‘liq
xizmatni kiritadi
|
Maxsus
tantanali kechki
ovqatga taklif etilishi
|
Menyu «Alya kart» porsion
ovqat va uning
har biriga ta’luqli
narx to‘liq taom
va ichimliklar to‘plami
|
Mustaqil yoki assotsiilashgan restoranlar
zanjirining a’zosi
|
Tematik xizmatlar bilan
|
100-400
|
Katta bo‘lmagan savdo va transport markazida
|
Stol atrofida, ichimliklar qo‘shilgan holda
|
O‘rtacha va yuqori narxda
|
Tur gruppalar va yakka shaxslar
|
Qovurilgan go‘sht, dengiz mahsulotlari
hamda milliy taomlar
|
Restoran zanjiri tarkibida
to‘lahaqli yoki franshiz a’zosi
|
Banket xizmat bilan
|
10-200
|
Mehmonxonada,
motelda, kurortda
|
Har xil
|
O‘rtacha darajada
|
Maxsus tadbirga taklif qilinganlar
|
Oldindan tanlangan
ovqatlarning xilma – xil turlari
|
Mehmonxona korxonasi
ovqatlanish direktori
|
«Shved stoli» bilan
|
100-400
|
Transport magistrali
yaqinidagi alohida turgan korxonalar
|
O‘z-o‘ziga xizmat
|
Yagona narx
|
Uncha yuqori bo‘lmagan narxga
intiluvchi iste’molchi
|
Kafeteriyadagiga nisbatan ancha
cheklangan taomlar
|
Xususiy shaxslar yoki o‘rtoqlik
|
Kafeteriy
|
100-400
|
Savdo markazi yaqinida
|
Har xil
|
O‘rta darajada
|
Yuqori darajadagi
narxga
intiluvchi oilalar va yakka kishilar
|
«Alya kart» menyusi; taomlar keng ruyxati, ammo biroq
chegaralangan ichimliklar
|
Zanjir tarkibida
|
Kofeynya
|
100-300
|
Mehmonxonada,
|
Stol
|
O‘rta
|
Mehmonxonada
|
Vaqt yetishmagan
|
Mehmonxona
|
193
|
|
otelda va kurortda
|
atrofidagilarga
neformal xizmat ko‘rsatish
|
darajada
|
yashash,
motelda
|
sharoitda tatil va tushlik
ovqatlarning chegaralanishi
|
korxonasining umumiy
ovqatlanish direktori
|
Kofeshop
|
35-300
|
Uncha ko‘p transport harakati bo‘lmagan rayonda
|
Baland stol atrofida tik holda
|
O‘rtacha joylashgan joyi va
menyuga bog‘liq holda
|
Ko‘p kishilar davrasi
|
Nonushta, tushlik va kechki ovqatga
taomlarning keng to‘plami
|
Restoran zanjiri to‘la huquqli
yoki franshizm a’zosi
|
Keytering
|
Chegaralangma gan
|
Ommaviy
tadbirlar o‘tadigan joyda
|
Har xil xizmatlar binodan tashqarida
|
Xizmat ko‘rsatish
va menyuga bog‘liq
|
Ommaviy tadbirlar ishtirokchilari
|
Buyurtma berilgan
taomlarning to‘liq to‘plami (zakuska va ichimliklar)
|
Ayrim kishilar yoki
kompaniyani
boshqaruvchi
lar
|
Oshxonalar tashkilotlarda va korxonalarda
|
10-500
|
Yirik korxonalar va tashkilotlarning ajralmas qismi
|
Har xil
|
O‘rtacha
kompleks narx;
to‘lovning
taxminiy shakli
|
Korxonalar va tashkilotlar-
ning ishchilari va kelib ketuvchilar
|
Kompleks
tushliklar, siklli menyu
|
Shartnoma bo‘yicha kasbiy boshqaruvi
|
Manba: A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004.
194
Odatda sayyohlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda shular o‘zlari shaharlarning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib o‘tishadilar. Milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazardan ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada sayyohlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa sayyohlarni albatta
«Xofbrayxaus»ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa hech qaysi tushligi pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi.
AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda.
Oxirgi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bulla boshlayapdi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlar ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Yuqoridagilardan tashqari restoranlar ixtisoslashuvi bo‘yicha ham ajratiladi. Masalan, faqatgina baliq yoki go‘shtli taomlar taklif qiladigan restoranlar.
Restoranlar faqatgina bitta taomni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ham mumkin.
Aytaylik, pitssa tayyorlash.
Amerikaliklar restoranlarni ikkita kategoriyalarga klassifikatsiya qiladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |