Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Transport tashish sektori



Download 0,71 Mb.
bet97/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

7.2. Transport tashish sektori


Turizm industriyasi doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda turli ko‘rinishdagi korxonalar roli bir xil emas. Tashish sayohatning o‘ziga xos harakterli xususiyatlaridan bo‘lib, unda transport eng muhim katta ahamiyatga ega.
Turizm transport taraqqiyoti tarixi. XIX asrda transportda tub o‘zgarishlar zamonaviy turizm boshlanishiga asos soldi. G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada sanoat inqilobi mexanizatsiyalashgan temir yo‘llar va suv transporti paydo bo‘lishi bilan nishonlanadi.
1807 yilda Gudzon daryosi bo‘ylab birinchi g‘ildirakli paroxod «Klermont» suza boshladi, oradan 30 yil o‘tib London va Nyu-york o‘rtasida muntazam dengiz qatnovi ochildi. 1838 yilda «Greyt Vestern» paroxodi bortida 68 yo‘lovchi bilan
Atlantika okeanini kesib o‘tdi.
Transatlantik transport aloqasining muntazam kengayishi bilan sayohat qiluvchi shaxslar oqimi ko‘paydi. XIX asr oxirida AQSH da yiliga 80 ming kishigacha to‘nab ketishdi. Xuddi shu davrda birinchi qit’alararo guruh safarlari paydo bo‘ldi. 1866 yilda ikki guruh Angliyalik sayyohlarningAQShga safari tashkil etildi. Kelgusi yilda esa «Kveyker Siti» paroxodi bortiga 60 kishini olib besh oylik sayohatiga yo‘l oldi. Ular orasida sayohat taasurotlarini «Xorijdagi ovsarlar» kitobida yozib qoldirgan Mark Tven ham bor edi.
Ammo ishlab chiqarishdagi barcha o‘zgarishlarning cho‘qqisi bug‘ bilan ishlaydigan parovozli temir yo‘l transporti bo‘ldi. 1814 yilda Buyukbritaniyada J.Stefenson parovozni ixtiro qildi, 1825 yilda esa birinchi temir yo‘l qurildi. Gurkirab rivojlangan sanoat yuksalishi aloqa yo‘llari tarmoqlari qurilishini tezlashtirdi. Agar
1835 yilda dunyo bo‘yicha umumiy temir yo‘l uzunligi 2,5 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 1900 yilga kelib u 250 martaga ko‘paydi va 617 ming km.ga yetdi. Lekin transport bo‘yicha texnik yangiliklar joriy etilishi jamoatchilik tomonidan bir xilda qabul qilinmadi. Temir yo‘lga qarshi kompaniya ularni quruvchilarni jismoniy yo‘q qilish tahdidlari bilan kechdi. Bunda Angliya matbuoti ayniqsa faollik ko‘rsatdi. O‘sha paytdagi Rossiya moliya vaziri Ye.F. Kankrin aqlli odam bo‘lishiga qaramay «Temir yo‘l zaruratsiz sayyohlarga chiqishga yo‘l ochadi, bu bilan davrimizning beqaror ruhini ko‘paytiradi» degan bayonat bilan chiqdi.
Transport tizimining mustahkamlanishi turizmni kelajakda yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga imkon berdi. Harakatlanish tezligining o‘sishi bilan turistik faoliyat kuchaydi. Transport mexanizatsiyasi insonning zamon va makon ustidan qozongan buyuk g‘alabasi bo‘ldi. Harakatlanish tezligining oshishi, dam olish joylari olislik omili ta’sirini kamaytirdi va ularga transportda borish imkoniyatlarini yaratdi. Yo‘lda toliqish kamaydi, safar esa qulay va yoqimli tomoshaga aylandi.
Turizmni o‘sishi uchun mexanizatsiyalashgan transportning ixcham va shinamligi muhim ahamiyat kasb etdi. Temir yo‘lning tuproq yo‘llarga nisbatan afzalligi ayniqsa yo‘lsizligi bilan tanilgan Rossiya bo‘ylab sayohatda yaqqol namoyon bo‘ldi. Hatto xorijiy elchilar Moskvadan Peterburggacha borish uchun tuproq loy yo‘llarda, buzuq ko‘priklarda ikki oylab ushlanib qolishar, otlarni almashtirish bekatlarida haftalab kutishardi.
Tuproq yo‘llardan farqli ravishda temir yo‘llar birinchi yo‘lovchilar guvohlik berishicha, ravon harakatlanishni ta’minlar, ortiqcha silkinishlar bo‘lmas, bemalol o‘qish va yozib ketish imkonini berar edi. Yo‘lda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati ham sezilarli yaxshilandi. Avval boshda tomsiz usti ochiq bo‘lgan vagonlarda uzoq safarga otlangan amerikalik didi baland yo‘lovchilar talabi bilan AQShda usti yopilgan, ichi shinam va qulay o‘tirgichlarga ega vagonlarga aylantirilgan xalqaro temir yo‘l kompaniyalari o‘rtasida mijoz uchun raqobatning kuchayishi XIX asrning
70-yillariga kelib, uxlab ketadigan shinam kupelar, yo‘lda ovqatlanishni tashkil qilingan hashamatli birinchi klass vagonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Endilikda uzoq safarga otlangan sayyoh uchun yo‘lni charchamasdan, hech narsaga muhtoj bo‘lmasdan bosib o‘tishda qiyinchiliklar ortda qolmoqda. Turizmni rivojlantirishda ko‘ndalang bo‘lib turgan masalalaridan biri –bu harakatlanish xavfsizligidir. Relsli yo‘ldan xavfsiz harakatlanish uchun kurash birinchi paravoz sinovidan oldin boshlangandan harakatlanish o‘ydim-chuqur ot-arava yo‘llarida harakatlanishdan ancha xavfsizroq edi. Statistik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, temir yo‘l aloqalarining rivojlanishi bilan sayohat xavsizligi 15 martaga ko‘paydi. Boshqacha aytganda, bir marta temir yo‘l falokatga yo‘liqish uchun yo‘lovchi kurer poyezdida vagondan chiqmasdan 100 yul yurishi kerak. Ammo texnik tizim xavfsizligiga eng ishonchli dalil yo‘lovchi tashish hajmining tez sur’atlarda o‘sayotganidir. Agar 1825 yilda Angliyada Stokton-Darlington yo‘li ochilishi bilan jahonda birinchi temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilib yukdan tashqari paravoz 450 yo‘lovchini ham manzilga eltgan bo‘lsa, asr oxirida 1881 yilning o‘zida temiryo‘l transporti xizmatidan 623 mln. kishi foydalangan.
Transprort inqilobi o‘zidan keyin sayyohlar soni o‘sishida istiqbollar ochishi bilan bir qatorda muammolarni ham tug‘diradi. Ularni bartaraf etish turizmni rivojlantirish yo‘lida muhim vazifa bo‘lib turibdi. Temir yo‘l transportiga daromad keltiruvchi soha sifatida sarmoya qo‘yish ko‘p o‘tmay ko‘pchilik kompaniyalar o‘rtasida taqsimlab olindi. Bu esa yo‘lovchilarning harakatlanishiga, ayniqsa olis aloqalarning murakkablashishiga olib keldi. Ular bir necha kompaniyalarning yo‘llari bo‘ylab sayohatga chiqishlari uchun har bir uchastkaga alohida bilet olishga majbur edilar. Yagona transport tizimiga ehtiyoj, shuningdek dam olish va ko‘ngil xushliklar uchun qulay sharoitlarga talab oshishi o‘ziga bir qator xizmatlarni qamrab olgan safarlarni uyushtirishga ixtisoslashgan korxonalar ochishni taqozo etdi. 1851 yilda Angiliyada birinchi sayohat byurosi «Tomas Kuk va o‘g‘illari» ochildi, XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab jahonning juda ko‘p mamlakatlarida (Rossiyada-1885 yilda) turistik firmalar paydo bo‘ldi.
XX asr dam olish va hordiq chiqarish sohasida tub burilish yasadi. Ommaviy kommunikatsiyalar va texnika vositalarning rivojlanishi yangi jadal taraqqiyotga yo‘l ochdi. Birinchi jahon urushidan keyin turizmga katolizator roli temiryo‘ldan avtomobil transportiga o‘tdi. Bu vaqtga kelib temiryo‘l rag‘batlantiruvchi omil ahamiyatini yo‘qotdi va xalqaro turizmni boshda tutib turuvchi sohaga aylandi. Turistik kengliklar temiryo‘l magistrallariga qat’iy bog‘langan uncha katta bo‘lmagan alohida uchastkalar bilan chegaralanib qoldi. Kelgusida uni kengaytirish hudud ichkarisiga chuqurroq kirib boradigan harakatlanishning mobel vositalarini topishni talab qiladi. Avtomobil ana shunday vositaga aylandi.
Birinchi avtomobillar yuqori tezligi bilan ajralib turmasdi. Lekin o‘zining mobelligi bilan aholi yashaydigan har qanday manzilga yetib borish imkonini beradi.
Bu esa turistik oqimlarni ma’lum manzilga yo‘naltirishga yo‘l ochdi.
Avtomobillar temir yo‘lga qaraganda boshqa ustunliklarga ham ega edi. Ular erkin joylashtirishnigina ta’minlab qolmasdan, balki turistik safarlarni talabga qarab tashkil etishga ham yordam berardi. Sayohatga otlangan shaxs marshrutni, to‘xtash joyini va yo‘lda bo‘lish vaqtini o‘zi belgilardi. Asta-sekin avtomobil bosh harakatlanish vositasi sifatida uzoq va yaqin masofalarda temiryo‘l transportini siqib chiqara boshladi. Avtomobillar sonining ko‘payishi, ravon yo‘llar qurilishi bilan AQSH va Buyukbritaniyada temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashish hajmi yarmiga kamaydi. Tobora ko‘proq odamlar shaxsiy avtomashinalarida shahar tashqarisida uikendlarga otlana boshlashdi.
Avtomobil bilan bir qatorda boshqa yangi transport turi aviatsiya rivojlana boshladi. Uning sharofati bilan uzoq -500 km. dan ziyod masofaga turistik tashish mustahkam o‘rin egallaydi. 1930-yillar oxiriga kelib jahon avia kompaniyalari umumiy uzunligi 56,0 ming km.dan ko‘proq masofada xizmat ko‘rsata boshladilar.
Yo‘lovchilar soni esa 23 mln. kishidan ortdi.
Ikkinchi jahon urushi xalqaro turistik aloqalarni uzib qo‘ydi. Turizm moddiytexnik bazasiga sezilarli ziyon yetkazdi. Urushdan keyin turistik almashinishlarni undan oldingi darajasiga ko‘tarish va undan o‘zish, uzilib qolgan, izdan chiqqan tarmoqni tiklash uchun ko‘p yillar talab qilindi. Bu jarayonlarni tezlashtirish uchun bir qator omillar imkon berdi, ular orasida transprtdagi ilmiy-texnik o‘sish yutuqlarini amalga joriy etish katta ahamiyat kasb etdi.
1950 – yillar o‘rtalarida fuqaro aviatsiyasi reaktiv texnika davriga qadam qo‘ydi. Sovet Ittifoqi yangi konstruksiyadagi uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilishda yetakchi bo‘ldi. 1956 yilda 70 dan 100 o‘ringacha bo‘lgan, tezligi soatiga 900 km. birinchi reaktiv yo‘lovchi samolyot Tu-104 havo yo‘llarida muntazam parvoz qila boshladi. Ko‘p o‘tmay reaktiv aviatsiya havo kengliklarini egallaydi. 1964 yilda jahondagi aviaparkning 3/4 reaktiv dvigatelli laynerlar tashkil etdi.
Ko‘p o‘rinli, yuqori tezlikka ega bo‘lgan mashinalardan foydalanish ekspluatatsion solishtirma harajatlarni (bir yo‘lovchi-kilometrga) sezilarli qisqartirishga olib keldi. Ta’riflar keskin kamaydi. Agar 50-yillar o‘rtalarida, Amerikadan Yevropaga uchish va orqaga qaytish qiymati 1 ming Amerika dollaridan ziyod bo‘lgan bo‘lsa, 60-yillar boshida bu 3,4 barobarga arzonlashdi.
Havo transportidagi tub o‘zgarishlar, odamlarni tashishda pul va vaqtning tejalishini ta’minlanishi xalqaro turizmni gurkirab o‘sishiga sabab bo‘ldi. Olis manzillar sayohat qiluvchi keng doiradagi shaxslar uchun yaqin bo‘lib qoldi.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, avia sayohat tez sura’tlar bilan o‘sib borayapti . Uning yiliga o‘rtacha o‘sish darajasi 6% ni tashkil etayapti.
Harakatdagi tarkibni, statsionar texnik-transport inshootlarini tinimsiz takomillashtirilib borilishi va oqilona ta’rif siyosati yuritilishi tufayli aviatsiya transport xizmati bozorida yetakchi o‘rinlarni egallaydi.
U temir yo‘lni ikkinchi o‘ringa siqib chiqardi, ayni paytda avtomobil transporti taraqqiyotini susaytirdi va dengiz yo‘lovchi tashishiga katta zarar yetkazdi. Dengiz bo‘ylab sayohat qiluvchi shaxslar soni 21 dan 2% ga qisqardi.
Havo transporti bilan o‘tkir raqobatda bo‘lgan temir yo‘l transporti 1000 km.dan oshmagan masofaga safarlarni saqlab qoladi. Bo‘shab qolgan vagonlarning bekor turmasligi uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi shakllarini qidirib topish faolashdi. Turistik poyezdlar g‘oyasi shunday paydo bo‘ldi. Bu bir vaqtning o‘zida ham harakatlanish, ham joylashtirish, ovqatlanish, ko‘ngil ochish va h.k. lar vositasiga aylandi. Temir yo‘ldagi o‘xshash usullar suv transportida ham dengiz va daryo kemalarda sayohat qilish orqali keng tarqaldi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish