Taqrizchilar: Geografiya fanlari doktori, professor


Iqlim-qimiz bilan davolash 4.2%



Download 0,71 Mb.
bet92/178
Sana19.02.2022
Hajmi0,71 Mb.
#460084
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Tog‘ 24.2%

Iqlim-qimiz bilan davolash 4.2%


Manba: A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004.
Iqlim kurortlarining ko‘proq tarqalgan tipi – dengiz bo‘ylaridir. Tobora ko‘proq turistlar dam olishni davolanish bilan dengizda o‘tkazishni ma’qul ko‘rishayapti. Dengiz iqlimi juda ko‘p xastaliklardan xolos bo‘lishga imkon beradi. U qon, limfa bezlari, suyak xo‘jayralari kabi xastaliklarga chalingan kishilarga shifo baxsh etadi. Davolash kursi yakunlangach, ular o‘zlarini birday his qiladilar, uzoq vaqt dori-darmonlarga ehtiyoj sezmaydilar. Iqlim kurortlarining yana bir xil ko‘rinishi – kurort – qimiz – davolash. Bunday kurortlarda davolash biya suti, quruq cho‘l iqlimi bilan qo‘shib olib boriladi. Ular cho‘l zonalarida joylashgan, quruq cho‘l havosi, o‘t – giyohlar muattar bo‘ylari, shifobaxsh qimiz – bularning barchasi qo‘shilib tanga shifo beradi.
Dunyoda iqlim-qimiz-davolash kurortlar soni uncha ko‘p emas. Ularning umumiy soni hammasi bo‘lib, 40 taga yaqin. Iqlim – qimiz davolash kurortlar sonining yarmidan ko‘p qismi Rossiyada, shuningdek Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda mavjud. Kurortlarning bu asosiy uch tipi – balneologik, balchiqli, iqlim-qimiz davolash bilan bir qatorda ular o‘rtasida biridan biriga o‘tuvchi oraliq kurortlar ham bor. Ular bir yo‘la bir nechta tabiiy davolash omillari – masalan, ma’danli suvlar, balchiq, qimiz singari uch tipga mansub usullarini birga qo‘shib davolaydilar. Bunday o‘tuvchi kurortlar nisbati Yevropada keng tarqalgan va o‘sib borayotgan turistlar sonini tobora ko‘proq jalb etayapti.
Yevropada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Ko‘hna dunyoda asosiy davolash – sog‘lomlashtirish turizmi Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek G‘arbiy Yevropada joylashgan sobiq sotsialistik mamlakatlar kurort ishlarida boy an’analarga va tajribaga egadirlar. Mijozlarni davolash, dam olishi, sog‘ligini tiklashi uchun tabiiy iqlim sharoitlari, xastaliklar oldini olishning zamonaviy usullari va boshqa keng xizmat sohalari mavjud.Ular kurort xizmatlarini arzon baholab, lekin yaxshi samarali davolashni yo‘lga qo‘yib yevropa davolash sog‘lomlashtirish turizmi bozorida ustunlikni egallab turishibdi. Ular bu bozorda katta ulushni nazorat qiladilar.
Sanatoriya – kurort davolanishiga turistik kelishlar bo‘yicha Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yetakchilikni Chexiya egallab kelayapti. Eng katta va mashhur chex salomatlik maskani Karlova Vari. Chexiya milliy turistik ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jahonning 70 mamlakatidan 50 mln. dan ko‘proq kishi davolansh uchun, 2 mln. ekskursantlar tashrif buyurishdi. Chexiya hududida Karlova Varidan tashqari yevropada eng qadimiy kurortlardan biri Teplitse, dunyoda birinchi radonli sanatoriy – kurort Yaximov, Marian-Lazni va Frantishkavi – Lazni, Lugachovitse, shuningdek Yevropada birinchi ochilgan Yanske – Lazni bolalar falajini davolashga ixtisoslashgan kurortlari bor.
Mamlakatda keyingi yillarda Yevropa davolash – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida chex sog‘lomlashtirish maskanlarining mavqiyeni oshirish uchun faol chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Kurortlarda kamer teatri sahnalari, galereya va ko‘rgazma zallari, raqs kafelari, o‘yin muassasalari, tungi klublar ochilmoqda. Ular faol dam olish uchun golf va tennis o‘ynash, surish, yaxtada sayr, otda yurish, karate, piyoda va velosipeda sayr singari sharoitlarga keng imkoniyat yaratmoqda. Davolash
– sog‘lomlashtirish dasturi madaniy ko‘ngilochar va bilimni boyitish tadbirlari bilan qo‘shib olib borilayapti. Chexiya kurortlarida musiqiy festivallar, qo‘shiq tanlovlari, kurort ballari, aerobik marafonlar, savdo ko‘rgazmalari, folklor festivallari o‘tkaziladi. Karlova Varida an’anaga aylangan xalqaro to‘liq metrajli filmlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirlar turistlarni jalb etish va ular sonini ko‘paytirishga, chex salomatlik maskanlari shuhratini tiklash va yoyishga qaratilgan.
Yevropa davolash – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida Chexiyaning bosh raqobatchisi Vengriya hisoblanadi. Uni haqli ravishda termal hammomlar (yer osti issiq suvi) yurti deb atashadi. Bir sutkada quduqlar va tabiiy issiq suv manbalaridan yarim million kubgacha termal suvlar otilib oqadi. Ularning bir qismi tibbiyotda foydalaniladi. XXI asrda Vengriya Yevropada cho‘milish va suv bilan davolanishning markaziga aylanadi. Bugungi kunda 22 ta Vengriya shahri va 62 posyolkasi davolanish maskanlari sifatida rasman tan olingan.
Balneologik kurortlarga tashrif buyurish Vengriyaga sayohatlarning bosh motivatsiyalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatga kelgan turistlarning har uchinchisi suvlarga borgan. Vengriya kurortlarida dam olish va davolanish ayniqsa Germaniya, AQSH, Avstriya, shuningdek Vengriyaning o‘zini aholisi o‘rtasida juda mashhur. Turistik oqimlar ikki yo‘nalish bo‘yicha Budapesht va Balaton ko‘liga qarab intiladi. XIX asrdayoq Vengriya poytaxti Budapesht shifobaxsh suvlar shahri maqomini olgan edi. Uning diqqatga sazovar joylaridan bir sharq hammomlari hisoblanadi. U XVI-
XVII asrlar – turk hukmronligi davridan buyon saqlanib kelmoqda va ishlab kelayapti. Davolanishni suvda dam olish bilan qo‘shib olib borishni istovchi turistlar Yevropadagi issiq eng katta ko‘llardan biri Balaton ko‘liga qarab yo‘l oladilar. Bu joy baliq ovlash, suzish, yelkanli sport, eshkakli qayiqda suzish, suv chang‘isi bilan shug‘allanish uchun eng qulay hisoblanadi. Har yili ko‘lga turli mamlakatlardan 100 minggacha turistlar kelishadi.
Polsha – davolanish – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida balneologik va balchiq bilan davolash kurortlari – Svinouysse, Kamen-Pomorski, Kolobjeg Boltiq dengizi qirg‘oqlarida joylashgan. Ular chex va venger kurortlariga nisbatan kam tanilgan va hozircha ular bilan raqobatalasha olmaydi, albatta. Zarur reklama yo‘qligi tibbiy xizmat darajasining uncha yuqori emasligi, shuningdek sovuq dengiz polyak kurortlari imkoniyatlarini cheklab qo‘yayapti. Polshada davolanish – sog‘lomlashtirishning dengiz bo‘yi turizmini rivojlantirishga huddi uch Boltiqbo‘yi davlatlari Estoniya, Latviya, Litva singari hududdagi noqulay ekologik vaziyat ham salbiy ta’sir qilayapti. Dengiz qirg‘oq bo‘yi rayonlari sanoat chiqindilari va oqovalar bilan ifloslanmoqda. Ko‘pchilik korxonalar texnik jihatdan eskirgan va tevarak – atrof muhofazasi talablariga ko‘ra yangi texnologiyalar bilan jihozlanishga muhtoj. Asosiy zararli moddalar dengiz akvatoriyasi va sharqiy va janubi-sharqiy qirg‘oqlar bo‘ylab joylashgan shaharlar va sanoat ob’ektlaridan tushayapti. Bakterial ifloslanish darajasining oshishi munosabati bilan ayrim Boltiq bo‘yi plyajlari yopilayapti, cho‘milish taqiqlanmoqda. Shuning uchun Polshaning dengiz bo‘yi rayonlariga turistlar kelishi keskin qisqarib ketayapti.
Nisbatan umidbaxsh uyg‘otuvchi vaziyat tog‘li joylarda joylashgan iqlimiy kurortlarda hukm surmoqda. Ko‘p sonli tog‘ iqlimi turizmi Polshani davolanish – sog‘lomlashtirish turizmiga ixtisolashishida keng istiqbollar ochadi. Mamlakat tog‘ iqlim kurortlari Sudet va Karpat tog‘larida to‘plangan. Sondeskix Beskid sharqiy tog‘ yon bag‘irlarida polyak kurortlari marvaridi Krinitsa shahri joylashgan. Yuz yillar davomida u o‘zining shifobaxsh mineral suvlari va balchiqlari bilan mashhur bo‘lib kelayapti. So‘nggi davrlarda esa tog‘ iqlim kurorti va sport markazi sifatida dong taratgan.
Chexiya, Vengriya va Polshadan tashqari, davolanish – sog‘lomlashtirish turizmi Bolgariya, Ruminiya, sobiq Yugoslaviya respublikalarida ham rivojlanmoqda. Bu mamlakatlar issiq dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishib, davolanish-sog‘lomlashtirish dasturida asosan dengiz bo‘yi iqlimi tipidagi kurortlarga taklif qiladi. Bundan tashqari Xorvatiyada Yevropada yagona naftalan – turli xildagi neft konlari ochilgan va ular tibbiyotda foydalaniladi. Uning bazasida barpo etilgan Ivanich – Grad kurorti tayanch harakat apparatlari, teri kasalliklariga duchor bo‘lgan mijozlarni qabul qiladi. Slovakiyada kurort ishlari qayta shakllanapti va asta –sekin mamlakat tog‘ chang‘isi turizmi shuhratini tiklayapti. Termal sog‘lomlashtirish maskanlarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar bilan ta’minlash, davolashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga joriy etish yaqin kelajakda turistik oqimlarni shu kurortlarga eng avvalo qo‘shni Chexiyaga yo‘nalishini ko‘paytiradi va davolanish – sog‘lomlashtirish turizmi bozorida munosabat o‘rin oladi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari kurortlari uzoq an’analari bilan ajralib turadi.
Bu yerda dunyo ahamiyatiga molik kurortlar joylashgan: Baden – Baden va Visbaden-Germaniyada, Fransiyada Vishi, Belgiyada Spa va boshqalar. Ular ayniqsa XIX asr ikkinchi yarmida – nafaqat dam olish, balki shifobaxsh joy sifatida rivojlana boshlagandan keyin mashhur bo‘lib ketdi. Ranglar va me’yoriy qiyofa uyg‘unligi, ohangrabo musiqa taralib turgan pavilonlar, konsertlar, spektakllar va ballar, yangi modadagi kiyimlar va birinchi avtomobil namoyishi, o‘yin biznesi, quvnoq sayr va boshqa ko‘plab betakror tadbirlar turistlarga maroqli dam olish va salomatliklarini tiklashga yordam beradi. G‘arbda kurort ishlarini tashkil etish muhim tamoillarga XIX asrda asos solingandi va hozirgacha deyarli o‘zgarmay kelapti. Bugun kurortlarga tashrif buyurayotganlarga qat’iy kun tartibi belgilanmaydi. Ular o‘zlarining xohishiga qarab, vrach qabuli va dori-darmon, muollaja vaqtini belgilashadi.
G‘arbiy Yevropa kurortlarining ko‘pchilik qismi Germaniya, Avstriya va

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish