Taqriz “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultet 2-kurs 20 guruh talabasi


II BOB Davlat budjet daromadlari va xarajatlar



Download 57,28 Kb.
bet6/10
Sana21.07.2022
Hajmi57,28 Kb.
#834072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati11

II BOB Davlat budjet daromadlari va xarajatlar.
2.1 Iqtisodiyotni rivojlantirishda yirik davlat investitsiyalariga ehtiyoj.
Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bos- qichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalar – budjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet daro- madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluv- chi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos vazifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umum- jamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning markazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘- laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tash- kilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon- dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muno- sabatlarni anglatadi. Yuqorida keltirilgan rasmda (6.3-rasm) biz YAIMning taqsim- lanishi va budjet fondining shakllanish jarayonini kuzatgan edik, unga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini maj buriy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taq simlash mahsulidir. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir. Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish ob-yekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, bud-jetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomonlama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi. Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyi nazarda tutiladi. Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarashli maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007-yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq munosabatlarining qonuniy-huquqiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qiingan edi. O‘zbekiston Respublikasi soliqlar tizimi tarkibidagi soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Shu bilan birga, soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lana digan quyidagi soliqlar qo‘llaniladi:
– yagona soliq to‘lovi;
– yagona yer solig‘i;
– tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Soliqli daromadlar bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lsa-da, ya’ni davlat tomonidan o‘rnatiladigan, davlat budjeti daromadlarini tashkil qila digan majburiy pullik to‘lovni bildirsa-da, bir qancha belgilariga (iqtisodiy mazmuniga, soliqqa tortish obyektiga, soliq to‘lovchilariga, budjet tizimi bo‘g‘inlari daromadlarini shakl lantirishiga) ko‘ra guruhlanadi. Umuman olganda, soliqli daromadlar davlat budjeti daromadlarining qariyb 93-96 foizini tashkil qiladi. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga davlatga tegishli mulklarni sotishdan va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan kelgan daromadlar, xorijiy davlatlardan olingan moliyaviy yordamlar va davlatning maxsus maq sadli fondlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga muvofiq, davlat budjetining soliqsiz daromadlariga: davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan budjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar kiritilgan Soliqsiz daromadlarning ko‘pchiligi doimiy, qat’iy belgilangan stavkada undiriladigan xazina (budjet) daromadlari ko‘rinishiga ega bo‘lmaydi. Budjetning soliqsiz daromadlari qat’iy rejalashtirilmasligi kerak, lekin amaliyotda ko‘p hollarda ular, odatda, o‘tgan yildagi tushumlar darajasida rejalashtiriladi. Soliqsiz daromadlar soliq daromadlari kabi O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun joriy qilinadi. Soliqsiz daromadlar ham majburiy, ham ixtiyoriy shakllarda bo‘lishi mumkin.
Soliqsiz daromadlar ro‘yxati hamma darajadagi budjetlar uchun yago na bo‘lib, budjet tasnifi bilan belgilanadi va o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligidagi mulkni foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
– davlatga tegishli aksiyalar bo‘yicha dividendlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni ijara ga berishdan, shu jumladanб qishloq xo‘jaligi va noqishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi yerlar uchun ijara to‘lovidan olingan
daromadlar;
– vaqtinchalik bo‘sh turgan budjet mablag‘larini bank va kredit tashkilotlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
– xizmat ko‘rsatish va davlat xarajatlarini qoplashdan olingan daromadlar;
– davlat va mahalliy tashkilotlardan to‘lovlar;
– davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan olinadigan boshqa tushumlar.
2. Davlat yoki mahalliy hokimiyat egaligida bo‘lgan mulkni sotishdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat mulki bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan olingan tushumlar;
– kvartiralarni sotishdan tushumlar;
– davlatning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini,
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, IV-bo‘lim, 9-bob, 50-modda. Transport vositalari va boshqa uskuna-jihozlarni sotishdan olingan daromadlar;
– musodara qilinib, davlat va mahalliy hokimiyat egaligiga o‘tgan egasiz mol-mulkni sotishdan olingan daromadlar.
3. Davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar.
4. Yer va nomoddiy aktivlarni sotishdan olingan daromadlar.
5. Davlatga qarashli bo‘lmagan manbalardan kapital transfertlar ti zimlari.
6. Jarima-jazolarni qo‘llash, yetkazilgan zararni qoplash, shu jumladan:
– standartlar va texnik shartlardan chetlashgan holda tayyorlangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun tushumlar summasi;
– narxlarni qo‘llash tartibini buzganlik uchun jazolar;
– jinoyatlar qilish va moddiy boyliklar kamomadida aybdor bo‘lgan shaxslardan undiriladigan summalar.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar, shu jumladan:
– davlat kreditlari bo‘yicha foizlar;
– davlat zaxiralarini sotishdan olingan daromadlar;
– markazlashtirilgan eksportdan tushumlar summasi;
– tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.
8. Boshqa turli soliqsiz tushumlar.
Budjetning soliqsiz daromadlari hududiy belgiga ko‘ra (muayyan darajadagi budjetga kiritish), jalb qilish va shakllanti rish usu liga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy) va soliqsiz tushum lar ni undirishning konkret asoslariga ko‘ra (davlat mulkini sotish dan olin gan daromadlar) tas niflanadi. Budjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘la ridir. Iqtisodiy maz muniga ko‘ra davlat budjeti xarajatlari davlatning markaz lashgan pul fondini taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq iqtisodiy muno sabatlardir. Budjet xarajatlarining turlari xilma-xil bo‘lib, bir qator omillarga bog‘liq:
– davlatning tabiati va funksiyalariga;
– mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga;
– budjetning iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish soha-tarmoqlari bilan aloqalarining ko‘lamiga;
– davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga;
– budjet mablag‘larini taqdim etish shakllariga va b.
Bu omillar ta’siri ostida har qanday davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichidagi budjet xarajatlari tarkibi va tuzilishi shakllanadi. Masalan, agar davlatning asosiy e’tibori iqtisodiyot tarmoq larini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa, unda budjet xarajatlari tarkibida yirik investitsiya larni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xa rajatlari ustun bo‘ladi. Davlatning asosiy e’tibori jamiyatdagi ij timoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy himoya lash ga, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ortib boradi. Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar, ya’ni budjet mablag‘ larini oluvchilar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjetdan mablag‘ oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari, budjet dota tsiyalari, subven siyalari va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi. Budjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan xarakterga ega. Faqat budjet kreditlari va budjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi budjet yili uchun tasdiqlanadigan budjetda bevosita ko‘rsatiladi va budjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog‘liq bo‘ladi. O‘z iqtisodiy mazmuniga qarab budjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo‘linadi. Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisobla-nadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mirlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat. Davlat budjeti xarajatlari o‘zining funksional tayinlanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga birlashtirilgan
1. Ijtimoiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, omma viy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot muassasalari va tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash) va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlari) xarajatlari;
2. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3. Iqtisodiyot xarajatlari;
4. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
5. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlab turish xarajatlari;
6. Sudlarni, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
8. Zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;
9. Boshqa xarajatlar.
Sanab o‘tilgan har bir guruh xarajatlar, o‘z navbatida, mahkamaviy va maqsadli belgisiga ko‘ra guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‘ra budjet mablag‘larini oluvchi vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki boshqa davlat boshqaruv organining xarajatlariga bo‘linadi. Bu belgiga ko‘ra xarajatlarni tahlil qilishda budjet xarajatlarining qaysi tarmoq va sohalarga yo‘naltirilayotgani haqida xulosa qilish mumkin bo‘ladi. Masalan, davlat budjetidan funksional tasnifga ko‘ra ta’lim sohasiga ajratilgan pul mablag‘lari.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, V-bo‘lim, 139-bob, 69-mod-da. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi kabi mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat qo‘mitasi, idorasi yoki alohida budjet tashkilotiga ajratilgan budjet mablag‘lari xarajatlar ning aniq turlari bo‘yicha ajratiladi (maqsadli belgisiga ko‘ra). Masalan, kasb-hunar kolle-jiga ajratilgan jami mablag‘ ish haqi, kommunal to‘lovlar, joriy ta’mirlash, asbob-uskunalar va o‘quv jihozlari sotib olish kabi xarajat turlari bo‘yicha (muassa saning xarajatlar smetasiga kiri-tilgan xarajatlar) rejalashtiriladi va moliya lashtiriladi.Hududiy belgisiga ko‘ra budjet xarajatlari umumdavlat xa-rajatlariga va mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‘ linadi. Umumdavlat xarajatlari, odatda, respublika bud-jetidan amalga oshiriladi va davlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalash tirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyat, shahar, tuman budjetlari mablag‘laridan xarajat larni amalga oshiradilar.

Download 57,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish