Vazirlar kengashi ijro etuvchi hokimiyat bo‘lib qoldi. Afg‘oniston tarixida ilk bor 1923 yili hukumat e'lon qilgan "Davlat tizimi to‘g‘risida"gi qonunga binoan mahalliy boshqaruv saylov organlari - viloyatlar, tumanlar ko‘lamida maslahat majlislari tuzila boshlandi.
Shu tariqa, "Asosiy qonun"ning qabul qilinishi rasman mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilishini anglatar edi.
Yangi tizimning bosh tayanchilari zamindorlar va yirik savdo burjuaziyasi namoyandalari endilikda davlat hokimiyatiga yo‘l ochib, amir hukumati siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok eta boshladilar.
Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014. (120 bet)
Sud tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Ruhoniylarning sud va ta'lim tizimidagi mavqyei ma'lum darajada cheklab qo‘yildi. Sud tizimi endilikda davlat nazorati ostiga olindi.
«Yosh afg‘onlar» hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berdi. Chet el mollariga boj ko‘paytirildi.
Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014. (121 bet)
«Yosh afg‘onlar» asosiy diqqat-e'tibor qaratgan masala - bu maorif tizimi bo‘ldi.
1921 yilda uch bosqichli davlat maktablari tuziladi
besh sinfli boshlang‘ich, o‘rta va o‘qituvchilar seminariyalari
Dunyoviy o‘quv yurtlari kengaytirildi.
Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi
Nikoh haqida qonun qabul qilindi. Ko‘p xotinlilik cheklandi.
Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014. (121 bet)
Ikkinchi jahon urushi arafasida Germaniya va Italiya Afg‘onistonga qiziqish bilan qaray boshladi. Chunki Afg‘oniston geografik jihatdan Sovet davlati hamda Germaniya va Italiyaning siyosiy raqiblaridan biri bo‘lmish Buyuk Britaniya mustamlakasi Hindistonga yaqin edi.
Ular Afg‘onistonni betaraflik yo‘lidan qaytarishga urindilar. Lekin bunga muvaffaq bo‘lolmadilar. Ikkinchi jahon urushi boshlangach, Afg‘oniston betarafligi e'lon qilindi. 1941 yilda esa,
Buyuk Britaniya va Sovet davlati murojaati bilan Afg‘oniston hududidan elchixonalar xodimlaridan tashqari barcha Germaniya va Italiya fuqarolari chiqarib yuborildi. Urush davomida Afg‘oniston o‘z betarafligini saqlab qoldi.
Dоniyorоv А.Х. Mаrkаziy Оsiyo хаlqlаri tаriхi. O‘quv qo‘llаnmа. −T., TDSHI, 2014. (122 bet)
Xulosa
Xulosa qiladigan bo’lsak, Sharqiy Turkiston Avg’oniston va Tibetda XX asr boshlarida siyosiy vaziyat og’ir bo’lib , ularda ham o’zaro ichki kurashlar hokimiyat uchun talashlar bo’lgan va oxir oqibat o’z mustaqilliklariga erishganlar.