Reja:
|
1.
|
Taqdimot tayyorlash va uning tarkibiy qismlari.
|
2.
|
Taqdimot jarayonida ko'rgazmali vositalardan foydalanish.
|
3.
|
Tashqi qiyofa va ko'rinish.
|
4.
|
Taqdimot uchun tayyorgarlik.
|
5.
|
Press-relizlar.
|
1-reja ►
Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma ’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o'z nuqtai nazarini taqdim etishdir.
Taqdimot tayyorlash va uning tarkibiy qismlari.
Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig'ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san ’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim.
Taqdimot qilinishi kerak bo'lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.
Matnni va ko'rgazmali qurollarni tayyorlash.
O'zining ko'rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari
O'tkazilish joyi
Ч-
Tashkilotchi
Mavjud vaqt
Boshqa notiqlar
6. Tinglovchilar
O tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o 'zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo'lsa, siz xona, o'rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko'rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko'p bilishga harakat qiling.
Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
Mavjud vaqt: sizga mo'ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog'liq bo'ladi.
Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir bo'ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi
qanday? Raqiblar bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo'ling.
Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo'lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog'liq bo'ladi. Taqdimotda foydalangan so'zlaringizga e’tibor qarating, mos bo 'lmagan hech narsaga murojaat qilmang.1
Tinglovchilarning yosh guruhi e’tiborga olinishi kerak bo'lgan omillardan biridir. Quyidagilar kalavaning uchini ta ’minlashi mumkin:
Bolalar hikoyalarni yoqtirishadi va dramatik taqdimotga qiziqishadi.
Yuqori sinf va kollej o'quvchilariga katta odamlardek munosabatda bo'lish
kerak. Ular yangi fikrlarga hozirjavob bo'ladilar, samimiy to‘g'ri
yondashuvga minnatdor bo 'lishadi, shu bilan birga, ular tanqidga ham moyil bo'lib, yaxshi tayyorlangan va mazmunli taqdimot kutishadi.
Yoshlar keng ko'lamli qiziqishlar va ijobiy munosabatli eng nozik tabiatli tinglovchilar bo'lib, yangi loyihalar va g'oyalarni yoqtirishadi, lekin ular tanqidchi hamdirlar.
3.O 'rta yoshdagi tinglovchilar konservator bo'lishadi va yangi g'oyalarni osonlik bilan qabul qilishmaydi, hayot to‘g'risida ko'proq bilim va tajribaga ega bo'lishadi, lekin o'zgarishlar va yangi g'oyalar haqida judayam zavqlanishmaydi, qiziqishlari mumkinku, ammo osonlik bilan qabul qilmaydilar.
Katta yoshdagilar yangi rivojlanish va dunyoda nima sodir bo 'layotganligi haqidagi ma ’lumotga qiziqadilar. Ular o ‘tmishdagi yaxshi vaqtlarini eslashni ham yoqtiradilar.
Xizmatingiz yoki mahsulotingiz haqidagi ma’lumotlarni kerakli odamlarga yetkazishda taqdimot tayyorlash uchun e ’tiboringizni qaratishingiz kerak bo 'lgan jihatlarga quyidagilar kiradi:
Soddalik. Odatda ko'pchilikda prezentatsiya va taqdimotlar qancha
murakkab tilda, atamalar va maxsus iboralarga boy qilib tayyorlansa, shuncha
professional darajada tayyorlangan degan taassurot qo 'ldiradi degan fikr
shakllangan. Lekin agar tayyorlangan ma ’lumotlarni eshitayotgan yoki o ‘qiyotgan
odam nima deyayotganingizni tushunmasa, bunday taqdimotdan ko 'zlangan
maqsadga erishish qiyin bo'ladi. Shunday ekan fikringizni tinglovchi yoki
o'quvchiga yetkazayotganda iloji boricha qisqa va sodda jumlalar qurishga,
murakkab atama va iboralardan kamroq foydalanishga harakat qiling. Albatta siz o'z ishingizning ustasi ekanligingizni ko'rsatgingiz keladi, lekin bunga odamlarni zeriktirmasdan yo qiynamsdan ham erishsa bo 'ladi.
Faktlaringizni yaxshi biling. Ma’lumotni sodda qilib yetkazish deganda albatta gapirayotgan narsangiz haqida yaxshi bilimga ega bo'lishingiz shartmas degani emas. Taqdimotingizyoki o'zingizni tanishtirishingiz qisqa bolsa-da, undan keyin beriladigan savollarga javob bera olmasangiz ham yaxshi taassurot qoldirmagan bo 'lasiz. Gapirayotgan narsangiz haqida har tomonlama ma ’lumotga ega bo'ling va so'ralishi mumkim bo'lgan savollarga oldindan tayyor bo'ling. Shu bilan birga kim bilan gaplashayotganingizni yoki kimga taqdimot qilayotganingizni yaxshi biling. Shunda ma’lumotlarni ularga qiziq bo'ladigan tarzdayetkazishingiz osonroq bo'ladi.
Nima uchun aynan siz? Kundalik hayotimizda biz nimalarnidir tanlashimiz, katta yoki kichik bo'lsin qandaydir qarorlar olishimizga to‘g'ri keladi. Bu tanlov va qarorlarni qilayotganimizda esa doim ba’zi sabablar asos bo'ladi. Masalan, bozorga chiqqanimizda o‘nlab xil mevala rorasidan aynan bittasini tanlaymiz va u tanlagan mevamiz boshqalardan ma’lum jihati bilan ajralib turishi tanlashimizga sabab bo'ladi.Bunga sabab uning ko'rinishi, mazasi yoki narxi bo'lishi mumkin. Agar sotayotgan odam shu mevaning aynan qaysi jihati bizni qiziqtirayotganini bilsa, uni bizga sotishi osonroq bo'ladi. Xuddi shunday siz sotayotgan mahsulot yoki xizmatlarning o'ziga xos jihatiga urg'u berishga harakat qiling. Yoki ishga kirmoqchi bo 'lsangiz nimaga boshqa o ‘nlab talabgorlarni emas, aynan sizni ishga olishlari kerakligini, boshqalardan nima xislatlaringiz bilan ajralib turishingizni ta ’kidlashingiz kerak bo 'ladi.
Taqdimot jarayonida ko'rgazmali vositalardan foydalanish.
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona
va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma ’lumotlar, rasmlar, slayd-shou,
diktor jo ‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o'lchamli
grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot
taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya ’ni belgilangan shaklda o 'zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali
Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi.
So ‘nggi o ‘n
taqdimotni ko ‘rib kompaniya saytidan eng yangi ma ’lumotni olish mumkin.
Bu maqsadda diaproektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o'zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo ‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o'zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tibornni tortish, qiziqtirish uchun ma ’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g’risida savol tug’iladi.
Ma'lumki, inson ma ’lumotning ko ‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish (-15%) organlari orqali qabul qiladi.
Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o ‘lchamlarini tanlash;
Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo ‘shish;
4.Slayd hajmi yo‘lchamlarin itanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo ‘lgan o'zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko ‘rsatishda tovushl ianimatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko ‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo ‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 -10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o ‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma ’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obro', mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko 'rinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va o'zini tutishida, xarakterida, do'stlari va o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Imidjning quyidagi turlari farqlanadi:
r
|
|
|
|
f ^ J
|
r
Xarizmatik
|
\
|
|
s
|
Yopiq
|
\
|
r \ Faoliyat jabhasidagi
|
I
|
—j
|
|
\
|
|
/
|
ч j
|
Korporativ
Indviduall
Talab etiluvchi
Har bir inson bir necha imidjga ega bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |