oilada
4.
shaxsiy
Rahbar imidji uchun zarur bo'lgan xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:
l.Ishchanlik qobiliyati;
O'zini ko'rsatishga moyillik va qo ‘rqmaslik;
Konflikt vaziyatlarni yechimga olib kela
olish;
Hamma bilan hamkorlik o'rnata olish;
Aloqaga kirishuvchanlik, ya’ni keng ma ’noda muomala qila olish qobiliyati;
Boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‘g'ri, teng, mulozamatli muomala qila olish;
Birovlarni ishontira olish, o'zining ortidan ergashtira olish, o'zgalarga ta ’sir o'tkaza olish;
Turli sharoitlarga tez moslasha olish,
odamlarga va sharoitlarga nisbatan
moslashuvchanlik;
Optimizm, o ‘z maqsadlarining to ‘g'riligiga komil ishonch.
Yuqorida tilga olingan asosiy vazifalar qatorida o 'qituvchi imidjini yaratish ham bugungi kunning dolzarb vazifasi sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Imidj o‘zi nima? Imidj so'zining ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi "ko'rinish”, "qiyofa”, "siymo”, "timsol” ma’nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat ko'rinish, balki nutq, muomala orqali namoyon bo'ladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og'dira olish va e’tiborni qarata olish pedagog faoliyatida muhim sanaladi. Bu jarayonda faqatgina iste’dodning, bilimning o‘zi yetarli emas, balki o'quvchilar ko‘ngliga yoqa olishni ham bilish kerak. Aksariyat o'quvchilardan nima uchun aynan shu fanga qiziqasiz, deb so'ralganda, "Ustozimni yaxshi ko'rardim” yoki "Dars juda qiziqarli o‘tardi” degan javoblarni olamiz. Demak, o'qituvchi o ‘zini, fanini taqdimot qila olgan, ya’ni u o‘zini namoyon qila olgan sanaladi. E’tiborimizni qaratishimiz lozim bo'lgan jihat bu -pedagoglardagi muomala odobi, xulqi va notiqliksan ’atidir. Bu ham o'qituvchi va tarbiyachilarimizda ta’lim-tarbiya berish bosqichida muhim rol o ‘ynaydigan sifatlardan biridir.
Tashqi qiyofa yoki imidj (inglizcha image) - siymo, timsol, qiyofa, tasvir, obraz ma’nolarini anglatadi.
Jamoatoldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma’nosini ochib berishlari kerak.Birinchi o‘rinda ma’ruzachi jamoat oldiga chiqib so'zlashidan asosiy maqsad nimaligini aniqlab olish kerak, chunki jamoat ma’ruzachini emas, ma’ruzani tinglashga kelgan bo'ladi. Agar hamkoringiz ma ’ruzachi bo ‘lsa, uni tanishtirib, so‘ng o‘rningizga o'trishingiz va so'zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |