- Bu xususiyat shoiranig “Kechir qoldim g’aflatda”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Ne baloga etding mubtalo”, “Sen qaydasan, yuragim” , ”Yulduz”, “Hijron kunlarida” kabi she’rlara ochiq ko‘rinadi. Zulfiyaning turmush o‘rtog’i Hamid Olimjonning fojiali halok bo‘lishi (1944) munosabati bilan yozgan bu she’rlarida hayot va o‘lim, muhabbat va hijron, sevgiga sodiqliq va bevaqt ayriliq haqida teran poetik fikrlar yuritilgan. “To‘qima aslida yo‘q narsa. Biz nimaiki yozsak, ularning hammasini boshimizdan kechirgan voqealardan olamiz yoxud ularni boshalar boshida kechirganda kuzatgan bo‘lamiz” (Xeminguey) Darhaqiqat, har bir ijodkor hayotdagi xarakterli voqea hodisalar ta’sirida qalb-u shuuriga o‘rnashib qolgan ruhiy holat, lirik kechinma ta’sirida kutilmagan badiiy kashfiyotlar, obrazli fikrlar yaratadi. Ko‘rinadiki, biografik metod o‘zining manbaviy va xronologik ko‘lami, ta’sir doirasi jihatidan, muayyan salmoqqa ega. Jahon tan olgan yirik olimlar bu metodga e’tibor bilan qaraganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbiq etganlar. Ammo, shunga qaramasdan, biografik metodning markaziy kontseptsiyalari, ilmiy-nazariy printsiplari, metod sifatidagi o‘ziga xos jihatlari, boshqa tadqiq metodlari, fan sohalari bilan aloqadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik tadqiqotlar mavjud emas.
- Shuning uchun bo‘lsa kerak, ilmiy-biografik tadqiqotlarda, tadqiqotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik lug’atlarda bu metodning aniq ilmiy ta’rifi, spetsifik jihatlari o‘z aksini topmagan. Barcha ilmiy tadqiqot metodlari kabi beografik metod ham doimiy rivojlanish, o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda bir qadar tarqoq holatda mavjud bo‘lgan kontseptual fikrlarni umumlashtirish, biografik tadqiq usulining metodologik printsiplarini belgilash, maqsadga muofiqdir. Biografik metodning o‘ziga xosligi ijodkor individualligi muommosini tadqiqot markaziga qo‘yishida ekani bois, ularda genetik faktor yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Garchi sho‘ro davri olimlari ijodkor shaxsiyatini genetik-biologik talqin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga olib kelgan»ligini qayta-qayta ta’kidlashgan bo‘lsa-da, biografik tadqiq ushbu foktorni chetlab o‘tishi mumkin emas. Qolaversa, adabiyotni o‘rganishda «irq», «muhit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan yaqin do‘st bo‘lgan va tabiiy ravishda, unga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Genetik nuqtai nazardan o‘rganilgan individuum ijodiy jarayonga xos o‘ta nozik holatlarni tushunishga qo‘l kelganiga shubha yo‘q. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muhit ta’siri ostida o‘zlashitirishi ehtimoldan uzoq bo‘lgan, bir qarashda g’ayrioddiy tuyuluvchi ba’zi xususiyatlar ildizi uning qadim ajdodlari ongi va ruhiyatida yashagan «genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday holat talqini uchun albatta genetika tajribalariga suyanish lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |