TAQDIMOT MAVZU: Reja: - Biografik metod haqida
- Biografik metod asoschilari
- O'zbek adabiyotshunosligida biografik metod
Biografik metod haqida - Biografik metod mohiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jihati bilan mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod mahsulini sintezda o‘rganish yo‘lidagi harakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadqiq metodlarini istifoda etishni taqazo qiladi. Qolaversa, bugungacha mavjud har qanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod ob’ekt tanlanmaydi. Uni ijodning har qanday turi (amaliy, nazariy) va har qanday shakli (fan-texnika, san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan qo‘llash mumkin. Ushbu metod ijodkor biografiyasidan faqat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor biografiyasi bir butun tizim o‘laroq ijod mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Bu shunday tizimki, ichki strukturasi jihatidan ko‘plab mukammal tizimchalarni o‘zida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor hayoti va faoliyatini atroflicha qamrab olishga qaratiladi. Badiiy ijod namunasini biografik o‘rganish yo‘lidagi ilk qadamlar XIX asrning birinchi yarmi fransuz ilmiy-adabiy muhitida ko‘zga tashlanadi.
- Evropa ijtimoiy muhitiga Uyg’onish davridan meros o‘laroq shakllangan gumanizm kontseptsiyasi inson shaxsiyatining ekstsentrik tadqiq ob’ekti maqomini egallashiga olib keldi. Borliq va mavjudlik, voqelik va harakat, makon va zamon kabi global hodisalar inson va uning shaxsiyati negizida talqin etila boshladiki, mohiyatan ularning barchasini qamrab olish qudratiga ega bo‘lgan badiiy ijod muammosi ayni jarayondan chetda qolishi mumkin emas edi. Jahon adabiyotshunoslari tomonidan biografik metodning asoschisi deb e’tirof etilgan Sharl Sent-Byov (1804-1869) 1821 yili Burbon nomidagi kollejda ta’lim olar ekan, falsafa o‘qituvchisi Damiron o‘z shogirdlariga har qanday ijod namunasi muallif shaxsiyati bilan bir butunlikda o‘rganilishi lozim, degan fikrni uqtirar edi. Damiron ma’ruzalariga asos bo‘lgan «Fransuz falsafasi tarixi» talaba Sharlning eng sevimli kitobiga aylanadi. Uning dastlabki ilmiy tadqiqoti ham aynan falsafiy mavzuda bo‘lib, «Barhayot ruh haqida» deb nomlanadi. Kollejda va keyingi ta’lim jarayonlarida tabiat, fiziologiya, ximiya, meditsina, mantiq, til va adabiyot ilmlarini mukammal o‘rgangan Sent-Byov uchun Damiron fikrlari tayanch kontseptsiya bo‘lib qoladi. 1825 yilda Parijda nashr etila boshlagan, Pushkin, Karamzin, Stendal kabi mashhur yozuvchilar asarlari chop qilingan «Glob» gazetasi nafaqat u davr fransuz ziyolilarining, balki umumevropa ziyoli qatlamining ilg’or qarashlarini aks ettirar edi.
- Gazeta chop etgan qator maqolalarda badiiy ijod namunasiga yangicha yondashuv masalasida bahs-munozaralar kuzatiladi. Xususan, badiiy asarni uning muallifi tabiati, iste’dodi, psixologik holatlari bilan sintez etaroq tadqiq qilish, ijod jarayoniga individual yondashish, o‘sha davr fransuz ilmiy-adabiy muhitining dolzarb muammosiga aylangan edi. Sent-Byovning dastlabki taqrizlari, adabiy-tanqidiy maqolalari ham aynan «Glob» gazetasida nashr etilgan. Keyinchalik uning fransuz klassiklari Rasin, Bualo, Lofantenlar ijodiy merosiga, zamondoshi V.Gyugoning «Oda va balladalar» to‘plamiga doir jiddiy tadqiqotlari chop qilindi. Shuningdek, Sent-Byov XVI-XIX-asrlar fransuz she’riyati va dramaturgiyasi tarixiy taraqqiyoti ustida ham tadqiqotlar yozdi. Biroq bu kabi sof tarixiy-badiiy muammolar talqinida ham Sent-Byovga xos individual tahlil tamoyili yetakchilik qiladi. Bu jihat olimning har qanday tarixiy davr silsilasida muayyan ijodkorning o‘rniga urg’u berganida ko‘rinadi. Uning ilk adabiy portretlari Kornel, Bualo, Lofanten va, ayniqsa romantizm adabiyotining qator vakillari haqida bo‘lib, 1829-yildan boshlab «Revyu Parij» jurnalida nashr etilgan. XIX asrning 30-yillarida Sent-Byov Por-Royal adabiy-diniy maktabi faoliyatini o‘rgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |