Ikkinchidan, mamlakatimiz halqaro normalarning bajarilishini kafolotlaydigan hamma majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi. Tashqi aloqalarni ta`minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi: Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki. 1992 yilda Toshkentda «Jаhоn iqtisodi va diplomatiya universiteti» ochildi. I.Кarimov o`zining asarlari, ma`ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy amaliy jihаtdan puhta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo`lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, halqimiz hususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo`li asos qilib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |