Taqdimot ishi mavzu: O`zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shilishi


XXI asr bo`sаg`аsida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi



Download 1,97 Mb.
bet2/16
Sana20.08.2021
Hajmi1,97 Mb.
#152138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O`zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shilishi

XXI asr bo`sаg`аsida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatga kirish, integrasiyalashish tomon uz tutdi.
  • Jahon amaliyotidan ma`lumki, har bir mustaqil davlat, ayniqsa mustaqil taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatlar, hech qachon o`z qobig`iga o`ralib rivojlanmagan. Aksincha, mustaqil rivojlanish yo`lini tanlashi bilanoq jahon hamjamiyatga qo`shilish orqali o`z taqdirini belgilagan (Usmonov Q. va boshqalar. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.-Toshkent: O`qituvchi, 1996.-B.92).
  • O`zbekistonning jahon hamjamiyatga qo`shilish davri g`oyat bir murakkab va qaltis davrga to`g`ri keldi. Sobiq ittifoq tarqalib ketgach dunyo asosan ikki qutbli (SSSR va AQSh) bo`lgan bo`lsa, endi ko`p qutbli bo`lib qolgan edi. XX asr o`z g`avg`olari, to`palonlarini, qirg`inlarini biz yashayotgan XXI asrga meros qilib qoldirib hayr ma`zur qilayotgan bir davrga to`g`ri keldi.
  • O`zbekiston geosiyosiy jihatdan qulaylik tug`diruvchi imkoniyatlar bilan birga, bu borada kiyinchiliklar tug`diruvchi bir qancha omillar ham mavjud edi. Garchi, tashqi siyosat sohasidagi an`analarimizning ildizlari uzoq moziyga borib taqalsa-da, mustamlaka davridagi yo`qotishlar natijasida, dastlabki paytlarda respublikamiz tashqi siyosat uritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini biladigan kadrlarga ham ega emas edi.
  • Tashqi siyosiy diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalarni o`zi mustaqil boshlashga to`g`ri kelsada, respublika rahbariyati bu boradagi muammolarni echishga dadil kirishdi, uqorida ta`kidlab o`tilgan kiyinchiliklarni engib o`tib, qisqa davr mobaynida o`z o`rni va mavqeiga ega bo`ldi.
  • Prezident I.Karimov o`zining «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat uritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik haqidagi Bayonot»da O`zbekistonning tashqi siyosatdagi yo`li aniq qilib belgilangan edi. Jumladan, unda: «Xalqaro hamjamiyatning to`la huquqli a`zosi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, halqaro huquq sub`ekti sifatida qatnashadi, uning mаqsаdlari mustаhкаm tinchlik, qurolsizlanish, o`z hududini qurol-yarоg`lardan holi qilish, yadroviy qurolni va bоshqа ommaviy qirg`in qurollarini yo`qotish, suveren davlatlar o`rtаsidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo`l qo`ymaslikdan iborat».
  • O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosat qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko`plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafoloti bo`lib hizmat qilmoqda. O`zbekistonni halqaro huquq sub`ekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi.
  • «O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari tug`risida»gi, «Chet el investisiyalari», «Xorijiy investorlar faoliyatining kafolotlari to`g`risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida» va bоshqа qonunlar hamda normativ hujjatlar аna shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko`lamli hamkorlik uchun mustаhкаm huquqiy kafolot yaratib beradi.
  • Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o`z ifodasini topmoqda. Birinchidan, respublika qonunlari halqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmоqda va yaqinlashtirilmоqda.

  • Download 1,97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish