7-mavzu. O‘ZR PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOЕVNING “TANQIDIY TAHLIL, QAT’IY TARTIB-INTIZOM VA SHAXSIY JAVOBGARLIK HAR BIR RAHBAR FAOLIYATINING KUNDALIK QOIDASI BO‘LISHI KERAK” ASARI
1. Mamlakatni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.
2. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi - o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlash.
3. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakat stra-tegiyasi loyixasini keng muxokama kilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olish. 2017 yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning un bitta eng muxim ustuvor vazifasini belgilash.
2016 yil yakuniga еtdi. Bu yil Uzbekistan va uning xalqi uchun ko‘p jihatdan murakkab yil bo‘ldi. Oxirgi besh oyda yuz bergan voqealar buniyaqqoltasdiqlabturibdi.
Yurtimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi va O‘zbekiston Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davlatimiz tizimi mustahkamligini, hokimiyatning barcha bo‘g‘inlari, jamiyatimiz va xalqi-mizning jiisligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etdi.
Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘a-niеvich Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq Birinchi Pre-zidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizdadoimosuyanamiz.
Bu tamoyillar Uzbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkamioydevorihisoblanadi.
2017 yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfa-atlari yili, deb e’lon qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Shu munosabat bilan еizlar-ning e’tiboringizni quyidagi eng muhim masalalarga qaratishni zarur, deb hisoblayman.
Birinchidan. nima sababdan o‘tgan yilda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning ayrim ko‘rsatkichlariga erishilmadi? Buning uchun kim shaxsan javobberadi?
Ikkinchidan. 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy das-turning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilabolishimizzarur.
Uchinchidan. kelgusi besh yil davomida qanday strategik vazifalarni amalga oshirishimiz kerak?
Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doyr hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchi-liklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida еchiladigan aniq takliflar va muam-moli masalalarga e’tibor berish shart.
Majlisni asosan muloqot tarzida o‘tkazishni taklif etaman. Qo‘yilgan savollarga beriladigan javoblar aniq-ravshan va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu nafakat Bosh va-zir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari va shu zalda o‘tirgan majlis ishtirokchilariga, balki barcha shahar va tuman rahbarlariga ham birdek tegishlidir.
Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asos-larimizbor.
Bu islohotlarning asosiy maqsadi - aholi uchun muno-sib xayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.
Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi.
Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kunda-lik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.
Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organ-lari rahbarlarining vazifasi - o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosi-da zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi.
Ana shu talabni, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakat stra-tegiyasi loyixasini keng muxokama kilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan xolda. 2017 yil UChUN mo‘ljallangan iktisodiy va ijtimoiy dasturning un bitta eng MUXIm ustuvor vazifasini belgilashni taklif etaman.
Ushbu ustuvor vazifalar bugungi majlisimiz bayonno-masi loyihasida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan Bosh vazir A. Aripovga ana shu yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro bogliq chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda taqdim etish topshiriladi.
Eng asosiy ustuvor vazifa - «Xalk bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshi¬rish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob goyani izchillik bilan hayotga tatbik etishdan iborat.
Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalish-lari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak.
Buning uchun kuyidagi vazifalarni bajarishimiz lo-zim.
Birinchi - fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq kilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratu¬ra va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O‘ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari faol ishtirok etadi.
Joriy yilning 1 fevralidan boshlab Qonunchilik pa-latasi Spikeri - Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi - Nig‘matilla To‘lqinovich Io‘ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yor-dam ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning Qoraqaliog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlashdarkor.
Ana shu ishlarning bosh maqsadi - fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir. Bu bo-rada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerakemas.
Bundan buyon agar arizachi olgan javob xatidagi o‘z qonuniy muammosi еchimidan qanoat hosil qilmasa, bunday murojaat nazoratdan olinmaydi.
Uchinchi - Bosh vazir boshchiligida tuzilgan maxsus ko¬missiya bir hafta muddatda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasini yana bir bor qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlash uchun kiritishi kerak.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustah-kamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeta barcha da-rajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir.
Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, iqtisodiyot va-ziri G. Saidova, moliya vaziri B. Xo‘jaеv, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. Parpiеv va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. Tohiriyni 2017 yil uchun belgilangan aso-siy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish borasi-da shaxsan javobgar ekanliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiraman.
Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R. Azimov, iqtisodiyot vaziri G. Saidova va moliya vaziri B. Xo‘jaеvniig joriy yil yakuii bo‘yicha Davlat budjetv defitsitb prognoziga doir takliflariga qo‘shilib bo‘lmaslikni alohida ta’kidlamoqchiman.
Bu borada faqat budjet profitsita haqida so‘z bori-shi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir.
Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliya-lashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish - butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga aylanishi kerak.
Faqat shundagina natijaga erisha olamiz. Shu munosa-bat bilan hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari o‘z ish uslubi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishi shart.
Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga mo-lik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy cho-ra-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak.
Bu yil boshqa hokimliklar va tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi. Buning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi tarkibidagi vazirlik va idoralar har kuni, har haftada samarali va tinimsiz ish olib borishi kerak. Busiz natijaga erishib bo‘lmaydi.
Shuning uchun Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R. Azimov iqtisodiyotni boshqarish bo‘yicha hozirgi za-monaviy yangi tizimlar samaradorligiga quyi bo‘g‘indagi rahbarlarni ishontirishi, ularni shu asosda ishlashga o‘rgatishi, bu boradagi natija uchun javob berishi va uni kafolatlashi kerak.
Hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning ol-dimizga amaliy еchimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda.
Bu o‘rinda asosiy muammo, mening nazarimda, quyidagilardan iborat:
Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rax-barlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajadauzilibqolmoqda.
Ikkinchidan, tarmoq va xududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuza-kiyondashuvgayo‘lqo‘yilmoqda.
Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik - ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonada-gi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylar-dagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog‘liq.
Shuning uchun bugun Bosh vazir o‘rinbosarlaridan o‘zlariga qarashli vazirlik va idoralarning advokati bo‘lib emas, balki, eng avvalo, davlat manfaatlaridan ke-lib chiqqan holda ana shu savollarga g‘oyat aniq va ravshan javob berishni talab qilaman. Shuningdek, kompleks tarkibidagi har bir boshqaruv organi rahbariga jid-diy va aniq baho berishni so‘rayman.
Barqaror iqtisodiy rivojlanish poydevori bo‘lgan tayanch tarmoqlardagi ishlarimiz qay ahvolda?
Davlat tomonidan bu tarmoqlar doimo qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa-da, nima sababdan izchil va barqaror o‘sish ta’minlanmayapti? Va nihoyat, nima sababdan tajri-bali kompleks rahbari G‘. Ibragimov tomonidan samarali boshqaruv jilovi qo‘ldan chiqarib yuborilgan?
Aniq dalillarga murojaat qilaylik.
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida - A. Sultonov -2010-2016 yillarda qariyb 20 milliard dollarlik katta kapital qo‘yilmalar kiritilganiga qaramasdan, suyuq ugle¬vodorod va tabiiy gaz qazib olish kamaygan.
Shu bilan birga, bu borada xomashyo import qilish 1,3 barobar ko‘paygan. Yirik va hayotiy muhim loyihalarni amalga oshirish muddatlari doimo barbod qilinmokda. 40 ming kishi ishlaydigan «Uztransgaz» kompaniyasi tizimi¬da muddati o‘tgan debitor kdrzdorlik 14 foizga oshgan.
Nima sababdan, Gulom Inomovich, siz ilgari o‘zingiz rahbarlik qilgan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi ishlar ahvoliga sustkashlik bilan yondashyap-siz? Nima sababdan ushbu tarmokdagi ishlar doimiy ra-vishda izdan chiqmoqtsa? Qishloq xo‘jaligiga fosforli o‘gitlarni to‘liq еtkazib bermaslik va ularning tanqisligi uchun shaxsan kim javob beradi? Oxirgi 10 yilda mineral o‘g‘itlarning narxi necha barobar o‘sgan?
Tabiiy savol tugiladi: o‘gitning tannarxi necha marta kamaygan? Afsuski, bunday xakli savollarga javob yo‘q. Bundan kim zarar ko‘ryapti? Albatta, dexdon va fermerla-rimiz.
«O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyatida 67 ming kishi, jumladan, qo‘shtirnoq ichidagi «pul yiguvchi»lar mavjud bo‘lsa-da, nima sababdan ulkan debitor qarzdorlikning tagiga еtib bo‘lmaydi? Ko‘mir qazib olish tarmog‘i, ta’bir joiz bo‘lsa, «yonboshlaganicha yotibdi».
Sizga uch yil oldin xodimlar shtati haddan tashqari kengayib ketgan, jumladan, qarindoshchilik asosida ishga olish va juda yuqori ish haqi belgilash avj olgan o‘nlab loyiha guruhlari faoliyatini puxta o‘rganib chiqib, tar-tibga solish topshirilgan edi. Nima uchun topshiriqni oxi-rigachabajarmadingiz?
Siz va sizga bo‘ysunuvchi rahbarlardan bugun ana shu sa-vollarga javob berishingizni talab kilaman. Shu bilan birga, birinchi yarim yilda asosiy e’tiborni quyidagi va-zifalarni amalga oshirishga qaratish zarur:
birinchi - Navoiy va Olmalik kon-metallurgiya kombi-natlarida maxsulot ishlab chikarish xajmini kupaytirish bo‘yicha yaqinda tasdiklangan dasturni so‘zsiz amalga oshi-rish uchun K. Sanaqulov va A. Farmonovning shaxsiy ja-vobgarligini ta’minlash shart. Bir-ikki foiz mikdordagi usish sur’atlari bilan chegaralanib kolish mumkin emas.
Shu munosabat bilan G‘. Ibragimov qimmatbaho me-tallar ishlab chiqarishni kupaytirish va yangi fabrika-lar kurishga doyr topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishni tezlashtirishi zarur;
ikkinchi - nafakat joriy yilda, balki yaqin 3-5 yil¬da foydalanishga topshiriladigan barcha strategik muhim ob’ektlarni o‘z vaqtida ishga tushirish darkor;
uchinchi - neft-gaz mahsulotlari eksportini ko‘pay¬tirish, importni keskin kamaytirish va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hajmini oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan aniq chora-tadbirlar kompleksini takdim etish zarur.
Keyingi 10 yilda Vazirlar Mahkamasi kompleksla-riga qarashli vazirlik va idoralar tomonidan olib ki-rilgan asbob-uskunalar importi tahlil qilinmagan. Ularni mahalliylashtirishdan hech kim manfaatdor emas, bu masala bilan hech kim astoydil shugullanmayapti. Bun-day yondashuv zamirida nima yotibdi, degan haqli savol tugiladi.
Shuning uchun bundan buyon Vazirlar Mahkamasining har chorak yakuni bo‘yicha majlislaridan oldin alohida yig‘ilishlar o‘tkazilib, ularda har qaysi Bosh vazir o‘rinbosarining importnы va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish borasidagi ishlar-ning ahvoli to‘g‘risidagi hisoboti eshitiladi. Ularning faoliyatiga xolisona baho beriladi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tizimi, shuningdek, uning rahbari I. To‘ramuratov faoliyati samaradorligi alohida e’tiborni talab qiladi. Yaqin vakt ichida 2017-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va tiklashdasturi loyihasini taqdim etish zarur.
Bosh vazir o‘rinbosari U. Rozuqulov rahbarlik qilayot-gan Mashinasozlik kompleksida yuzaga kelgan ahvol bizni jiddiytashvishlantirmoqda.
Eng avvalo, siz rahbarlik kilayotgan avtomobilsozlik sa-noatida ishlab chiqarish hajmi keyingi uch yilda 2,8 barobar kamaygan. Bu nafaqat sanoat mahsuloti o‘sish sur’atiga, bal¬ki mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga ham jidsiy ta’sir ko‘rsatmoqtsa. Bu sohada import hajmi eksportdan bir necha barobar yuqori bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi esa importga nisbatan 20 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda.
Butun qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimini tub-dan qayta qurish ta’minlanmagan. Bu tizim o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va fermer xo‘jaliklari mehnatini еngillashtirishning mustahkam poydevori, ayni vaqtda mamlakatimiz valyuta balansini to‘ldirish bo‘yicha kafolatlangan manba bo‘lishi kerakedi.
Oxirgi yillarda shaxsan siz kadrlar bilan ishlashni bo‘shashtirib yubordingiz. Sizning taklifingizga ko‘ra «O‘zeltexsanoat» kompaniyasi rahbari etib E. Iminov tayinlangan edi. Birok uning ish natijalari va butun tarmokdagi ahvol qanday?
Ko‘pgina investitsiya loyihalarini ishlab chiqish cho‘zib yuborilmokda. Ichki bozorimizning ko‘plab tovarlarga bo‘lgan ehtiyoji 50 foiz darajasida ham qondirilmayapti. Eksport bo‘yicha topshiriqlar barbod qilingan.
Siz va kompaniya raisi xorijiy investitsiya va zamo-naviy uskuna olib kelib, zamonaviy raqobatdosh ishlab chiqarish korxonalari tashkil etganingizni men eslay ol-maymanham.
Siz xususiy tadbirkorlarning o‘zi tashabbus ko‘rsa-tayotganidan qanoatlanib yuribsiz. Tarmoqda esa haligacha zarursiljishyo‘q.
Siz tomoningizdan «Uzstandart» agentligi rahbar-ligiga tavsiya qilingan A. Qurbonov nomzodi va unga nis-batan talabchanlik ko‘rsatilmagani tufayli sohada aniq ish va yakuniy natija bo‘lmadi. Xalqaro standartlashtirish tashkilotining 21 ming standartidan atigi 13 foizi mam-lakatimizda joriy etilgan, xolos.
Shuning uchun ham sizdan va tarmoq rahbarlaridan bu-gun quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kom¬pleks chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berishingizni ta-labqilaman:
birinchi - avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, uning mahsulotlari raqobatdoshligini, eng avvalo, yaqin va uzok xorijiy mamlakatlar bozorlarida oshirish bo‘yicha prinsipial jihatdan yangi tizim zarur.
Bu borada men «otvertka bilan mashina yigish» emas, balki asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivoj¬lantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importni qisqartirishni nazarda tutyapman;
ikkinchi - aholi uchun maqbul narxda turli maishiy elektr texnika buyumlarini ishlab chiqarishni ta’minla-shimiz kerak;
uchinchi - o‘tgan yili biz «O‘zagrotexsanoatxolding» ak-tsiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bo‘yicha muhim hujjatlar qabul qildik. Savol: ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish va bu o‘ta muhim tarmoqning barqaror ish yuritishini ta’minlash bo‘yicha siz tomoningizdan qanday aniqchora-tadbirlarko‘riladi?
to‘rtinchi - butun standartlashtirish tizimini tubdan qayta qurish kerak. Buidan ko‘zlangan maqsad - mamlakati-mizda ishlab chiqarilgai mahsulotlar zamonaviy xalqaro standartlarga javob berishi lozim.
Siz va Bosh vazirning boshqa o‘rinbosarlari uchun mam-lakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariing eks¬port salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 2017 yilda so‘zsiz hal qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga aylanishi zarur.
Bu o‘rinda ran faqat eksport hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari haqida borayotgani yo‘q. Kun tartibida o‘ta jiddiy masalalar turibdi. Bular - mamlakatimizda yara-tilgan texnologiyalarning raqobatdoshligini ta’minlash, «nou-xau» namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kom-munikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori si-fatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha ti-zimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
Bizda ulkan rezervlar bor. Lekin shunga qaramasdan, o‘tgan yili jami 1 milliard 540 million dollarlik prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmay qoldi. Shundan 570 million dollari Vazirlar Mahkamasi komplekslari-ga qarashli korxonalarga to‘g‘ri keladi. 970 million dol-lar mikdoridagi ko‘rsatkichlar esa hududlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilmagan. Bizning mahsulotimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 2010 yilga nisbatan 176 tadan 138 taga kamaygan.
Ayni vaqtda mashinasozlik kompleksi, «O‘zfarmsanoat» konserni va «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarda import hajmi eksport hajmidan o‘nlab marta ko‘p.
«O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati va «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi tizimida maxdlliylash-tirilgan mahsulotlar hajmi import miqdoriga nisbatan 25-30 foizdanoshmaydi.
Nima sababdan siz ushbu muhim vazifadan o‘zini chet-ga olayotgan va prognoz ko‘rsatkichi atigi 42 foizni tash-kil etgan Toshkent shahri hokimi R. Usmonov va tumanlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini belgilash bo‘yicha aniqtakliflarkiritmayapsiz?
Yoki Sh. Abdurahmonov, 3. Ro‘ziеv, Sh. G‘aniеv kabi tajri-bali hokimlar rahbarlik qilayotgan Andijon, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida prognoz ko‘rsatkichlari atigi 65-85 foiz bajarilganini qanday tushunish mumkin?
Endi, ruxsatingiz bilan, 2017 yilda oldimizda tur-gan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalsak. Biz 10 milliard 800 million dollar hajmidagi mahsulot eksportini ta’min-lashimiz kerak. Bu borada qanday kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal etishimiz zarur?
Birinchi - 15 kunlik muddatda komplekslar bo‘yicha emas, chunki bu o‘zini okdamayapti, balki eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalar bo‘yicha harakat dasturini puxta ishlab chiqish va U Rozuqulov rahbarligidagi maxsus komissiya majlisida tasdiqlash kerak.
Ikkinchivazifa - 2016 yilda Toshkent shahri va xorij-da o‘tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 mil¬liard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha tuzil-gan shartnomalarni amalga oshirish zarur.
Rossiya, Qozogiston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo‘yicha boshlangan ish-larni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan topshiriq, afsuski, natijasiz qoldi.
Bu ishlarga bizning xorijdagi diplomatik vakolatxo-nalarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Buni Senat raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoеv va tashqi ishlar vaziri A. Komilov nazoratga olsin.
Uchinchi vazifa - «O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoat-eksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Mil-liy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbir-korlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu bo¬rada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlashkerak.
To‘rtinchi vazifa - meva-sabzavot mahsulotlarini eks¬port qilish. Bosh vazir o‘rinbosari 3. Mirzaеvga 15 kun muddatda o‘tgan yili 650 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilinmay qolgani sabablarini atroflicha tahlil qilib, aniq takliflar kiritish topshiriladi.
Bu borada mamlakatimizdagi meva-sabzavot еtishti-rishga ixtisoslashgan 66 ta tumanning salohiyati va im-koniyatlarini ham so‘zsiz hisobga olish zarur. Endi ushbu tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari va tumanda-gi barcha rahbarlar prognoz ko‘rsatkichlariga erishish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘rijavobgardir.
Bosh vazir o‘rinbosari, maxsus komissiya raisi U. Rozuqulov va yangi departament bu amaliy vazifalarni hal etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosar-lari faoliyatini muvofiqlashtirishi shart.
Mazkur ikkita kompleksdagi ishlarning holatini, shuningdek, G‘. Ibragimov va U. Rozuqulovning shaxsiy javobgarligini tanqidiy tahlil qilishga e’tiborin-gizni alohida qaratdim. Buning sababi - bu sohalarga nafaqat sanoat, balki butun iqtisodiyot rivojida hal qiluvchi o‘rin tutadi, deb g‘oyat katta ishonch bilan qarayapmiz. Ularni va komplekslar tarkibidagi tash-kilotlar rahbarlarini shaxsan ogohlantiraman: agar joriy yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha real natijalar ta’minlanmasa, sizlarga nisbatan qattik chora ko‘riladi.
Ma’lumki, biz ijtimoiy sohada onalik va bolalikni muxofaza kilish. dori vositalari bi¬lan ishonchli ta’minlash. jismoniy bakuvvat va ma’naviy jixatdan soglom avlodni kamol toptirish masalalariga aloxida ustuvor axamiyat bermokdamiz.
Ana shu muhim sohalarda qanday muammolar bor? Bun-dan ilgari ham sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishla-gan Bosh vazir o‘rinbosari A. Ikromovga murojaat qilib so‘ramoqchiman:
birinchidan. nima sababdan o‘tgan shuncha yil mobaynida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini, eng avvalo, qishloq vrachlik punktlarini isloh qilish samaradorligi ta’minlanmadi? Bugungi kunda ularda 2 ming 500 nafar vrach еtishmaydi, bu maskanlarni zamonaviy uskunalar bi¬lan jihozlash va dori vositalari bilan ta’minlash dara-jasijudapast;
ikkinchidan. diagnostika darajasi pastligi va vrach-larning malakasi еtarli emasligi natijasida yiliga 30 mingdan ziyod yurtdoshimiz davolanish uchun xorijiy mam-lakatlarga borishga va oila budjetidan katta mablag‘ sarf-lashga majbur bo‘layotganidan sizning xabaringiz yo‘qmi?
uchinchidan. siz qachon tez tibbiy yordamning barcha tu-zilmalarida tartib o‘rnatib, ularning barqaror ishlashini ta’minlaysiz? Nima sababdan ular aksariyat holatlarda bemorlarga haqiqiy tez yordam ko‘rsata olmaydi?
turtinchidan. tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi salbiy holatlarga qachon barham beriladi? Bu borada faqatgina o‘tgan yilning o‘zida 174 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sog‘liqni saqlash xodimlari bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tug‘uruqxonalardagi tamagirlik bilan bog‘liq salbiy holatlar to‘g‘risida sizga va tizim rahbarlariga alohida aytgan edim;
beshinchidan. siz nima sababdan ekologiyaning jiddiy muammolari bilan еtarlicha shug‘ullanmayapsiz? Axir, bu soha odamlarning sog‘lig‘iga va mamlakatimizdagi epidemiologik holatga ta’sir qilmaydimi?
oltinchidan. shaxsan siz va «Dori-darmon» kompaniyasi rahbari A.Komilov nima sababdan dorixonalar tarmogi-dagi jiddiy kamchiliklarga panja orasidan qarab, ular-ni bartaraf etish uchun ta’sirchan choralarni ko‘rmayapsiz? Axir, bu sohada qimmat dorilarning 45 foizini import dorilar, buning ustiga, narxi haddan tashqari oshirib yuborilgan dorilar tashkil etadi.
Adham Ilhomovich, siz rahbarlik qilayotgan kompleks-ning yana bir muhim tarmog‘i - jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bilan bog‘liq. Albatta, bu sohada, ayniqsa, oliy mahorat sporti borasida keyingi yillarda muayyan yutuqlarimiz bor. Biz ular bilan haqli ravishda faxrlana-miz. Lekin oxirgi Olimpiadada faqatgina og‘ir atletika, boks, kurash va dzyudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlar egallandi. Buning sababinimada?
So‘nggi besh yilda jismoniy tarbiya va sportni ri¬vojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasi-ni mustahkamlash uchun budjetdan 1 trillion 230 mil¬liard so‘m ajratilgan. Bu - Milliy Olimpiya qo‘mitasi mablaglaridantashqari.
Bizda bolalar sporti, oliy sport mahorati va olimpiya rezervlarini rivojlantirish bo‘yicha qudratli baza yara-tilgan. Yana qanday baza, qo‘shimcha shart-sharoit va vosita-larkerak?
Ana shu muammolarning ichiga chuqur kirib borish za-rur. Shu munosabat bilan kuyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
birinchi - qishloq vrachlik punktlari, yuqori texnolo-giyalar asosidagi ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularga doyr topshiriqlarni amalga oshirish yuza-sidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlashnitezlashtirishzarur;
ikkinchi - vrachlar va tibbiyot xodimlari malakasini ham mamlakatimizda, xam еtakchi xorijiy klinikalarda oshirish bo‘yicha ta’sirchan tizim yaratishga qaratilgan kom¬pleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish darkor. Zarur bo‘lsa, ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiri-tishkerak;
uchinchi - 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot bu-yumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qat’iy tartibga solish za-rur. Har bir fukaro kabul kilayotgan karorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak.
Shu bilan birga, o‘tgan yili sentabr oyida tas-diqlangan 2016-2020 yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarili-shinita’minlash darkor;
to‘rtinchi - kariyalar va nogironlarni davlat tomonidan qullab-kuvvatlash bo‘yicha tasdiklangan dasturni amalga oshirish alohida nazoratga olinishi kerak. Har bir imtiyoz va ijtimoiy himoya chorasi o‘z egasiga еtib borishi darkor;
beshinchi - Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O. Rama-tov bilan birgalikda ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash, eng avvalo, joylarda chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha taklif-larni yaqin vaqt ichida taqtsim etish zarur;
oltinchi - siz va shaxsan Madaniyat va sport ishlari vaziri B. Ahmedovning e’tiborini jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foy-dalanishzarurligigakarataman.
«Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universia¬da musobaqalari bilan chegaralanib qolish kerak emas. Iqtidorli o‘smir va qizlarni tanlab olish va tarbiyalash bo‘yicha jiddiy seleksiya ishlarini amalga oshirish zarur.
Ta’kidlash kerakki, vazir B. Ahmedovning bugungi maj-lisimizga tayyorlab kelgan jonsiz hisoboti hech qanday tanqidga chidamaydi. Bu hisobotda na tahlil, na aniq taklif bor. Aftidan, aynan shuning uchun ham sizning ma-daniyatni rivojlantirish sohasidagi ishlaringiz asosan yubiley tadbirlarini o‘tkazish bilan cheklanib qolyapti. Siz ham, o‘rinbosarlaringiz ham bu sohaga yangicha mazmun kiritib, vaziyatni tubdan yaxshilashga harakat kilmayap-sizlar.
Qadrli do‘stlar!
Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi xududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyati-ni tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchi-liklarni bartaraf etishni talab qilmokda. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladigan yangi kompleks va depar¬tament tashkil etildi. Ularning bosh vazifasi quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha barqaror ishlaydigan tizimni tash¬kil etishdir:
birinchi - tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Qora-qalpog‘iston Respublikasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hokimlik va tarmoqlarni boshqarish organlarining kuch va harakatini aniq muvofiqlashtirish. Maqsad - iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot dara-jasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir;
ikkinchi - yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va moderni¬zatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlari-ni ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ulargaerishish.
Yakuniy maqsad - iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonch-li infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir.
O. Ramatovning e’tiborini shaxsan undan va ikkita departamentdan talab etiladigan quyidagi vazifalarga qarataman:
birinchidan. kompleks tarkibiga kiradigan barcha idora-larning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash. Pala-partish takliflarni berish va shoshma-shosharlik bi-lan qarorlar qabul qilish kerak emas. Yaqinda shu sabab-larga ko‘ra Orolbo‘yi muammolarini hal etish bo‘yicha kompleks dasturni kaytarishga majbur bo‘ldim. Bu kabi xatoliklar takrorlanmasligi shart;
ikkinchidan. 14 ta hududda saylovchilar bilan uchrashuv-da ko‘tarilgan yirik muammoli masalalarni hal etishga doir qarorlar loyihalarini ishlab chiqishni yakin vaqt ichida yakunlash va takdim etish zarur;
uchinchidan. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan 12 ta ijtimoiy va infratuzilma dasturini amalda bajarish. Shundan 8 ta dastur tasdiqlangan. Yaqin vaqt ichida trans¬port va savdo xizmatini yaxshilash, avtomobil yo‘llarini va ichimlik suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plamini qayta ishlab chiqib, takdim etishkerak.
Kun tartibida Uy-joy va kommunal xizmat vazirligini tashkil etish masalasi ham turibdi. Ana shu loyihalarni tasdiqlash jarayoni siz tomoningizdan asossiz ravishda cho‘zib yuborildi;
to‘rtinchidan. mamlakatimiz hududlariga salmoqli in-vestitsiyalarni kiritishga doir muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shu sababli tajriba loyihasi tariqasida Milliy bank misolida quyidagi tizimni jo-riy etish bo‘yicha taklif kiritaman.
Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan bir-ga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak. Bank rahbari S Rahimov bugun o‘z takliflarini berishi lozim.
Bundan tashqari, kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar bor. Ular orasida Davlat arxitektura va kurilish ko‘mitasi tizimini tubdan kayta tashkil etish. shaxarsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari. kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish. shuningdek. loyixa institutlarining sa-marasiz faoliyatini kayta kurib chikish masalalari bor.
Ayrim faktlarni keltirmoqchiman. Shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgan. 2012-2015 yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyol-kaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmagan.
Qo‘mita rahbariyati bundan 3 yil avval tuman arxi-tektorlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ken-gashlar tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularga «Damas» avtomobillari ajratish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni ta’minlamadi.
Litsenziyaga ega bo‘lgan 850 ta loyiha tashkilotlarining atigi 147 tasi yoki 17 foizi mamlakatimiz miqyosidagi in¬vestitsiya dasturlarini amalga oshirishga jalb etilgan.
Ochiq tan olishimiz kerak, bizning eng jiddiy kamchi-liklarimizdan biri - zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligidir. Ularning mod-diy-texnik bazasi o‘tgan asrning 80-yillari darajasida qolib ketgan. Ular tomonidan axborot texnologiyalarini, zamonaviy ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini qo‘llash darajasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir-ikkita zamonaviy loyiha institutini tashkil etishni talab etmoqda.
Davlat mablag‘lari va resurslari talon-toroj qi-linmoqda. O‘tgan yili inspeksiyalar tomonidan pudrat ish-lari hajmi 4 milliard 700 million so‘mga kamaytirilgan. 24 mingta loyiha ekspertizadan o‘tkazilganida ularning narxi 1 trillion 500 milliard so‘mga kamaytirilgan.
Savol: bunday jiddiy kamchiliklarni B. Zokirov va uning birinchi o‘rinbosari A. To‘xtaеv bilmaydimi? Nima sababdan siz ikkalangiz faqatgina ayrim ob’-ektlar bilan cheklanib, ko‘rsatilgan muammolarning ichiga kirish va ularni еchishga umuman e’tibor berma-yapsiz?
Butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritish kerak.
Bizni yul kurilishidagi ishlar ahvoli ham qoniq-tirmaydi. Moliya vazirligi va uning Io‘l jamgarmasi aybi bilan mablaglarning keskin еtishmasligi doim sezilib turibdi. Bitumni barqaror еtkazib berish masalasi hal etilmagan. O‘girliklar tugamayapti. Kadrlar qo‘nimsizligi yuqori.
O‘tgan yili «O‘zkommunxizmat» agentligi va «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati rah-bariyatini almashtirdik. Biroq bu tashkilotlarning yangi rahbarlari - I. Mahkamov va B. Zaripov zarur darajada tashabbus ko‘rsatmayapti.
Umid qilamanki, O. Ramatov va boshqa rahbarlar o‘z hisobotida ana shu savollarga aniq javob berishadi. Shu yil boshida joriy qilingan hukumat a’zolarining Prezidentga hisobot berish tartibi doirasida boshqa rahbarlar bilan ham albatta uchrashaman. Bunga barcha rahbar xodimlar va hududlar hokimlari puxta tayyor-garlikko‘rishiniso‘rayman.
Joylardagi ahvolning jiddiyligi va og‘irligidan kelib chiqqan holda, O. Ramatovni Bosh vazirning bi-rinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinladik va unga shu og‘ir uchastkani topshirdik. Shuning uchun Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, hokimlar, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘z sa’y-harakatini birlashtirib, unga yordam-chi bo‘lib faol ko‘mak bermasa, kutilgan natijaga erishish qiyin bo‘ladi.
Agar joylarda infratuzilma va ijtimoiy ob’ektlarda o‘ta achinarli ahvolga duch kelsangiz, mavjud holati ular-dan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan ob’ektlar o‘rniga ana shu yomon ahvoldagi ob’ektlarni kiritish yo‘li bilan, O. Ramatov, sizga tasdiqlangan manzilli dasturlarga o‘zgartirish ki¬ritish huquqi beriladi. Buni barcha rahbarlar bilib ol¬ein.
Barchamiz so‘zsiz tushunamiz, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish eng avvalo iktisodiy va moliyaviy organlagshing faoliyati samaradorligiga boglikdir. Ular yaqin va uzok istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga doir strategik vazifalarni nafaqat ish-lab chiqishi, balki amalga oshirishni ta’minlashi zarur.
Bundan bir necha yil oldin hukumat majlisi-da Iqtisodiyot vazirligi va uning sobiq rahbari R. G‘ulomovning faoliyati qattiq tanqid qilingan edi. Iqtisodiyot vazirligi mamlakatimizdagi boshqa vazirlik va idoralar uchun harakatlantiruvchi kuch, ya’ni lokomotiv vazifasini bajara olmayotgani ta’kidlangan edi. Afsuski, bugun ochiq aytish kerak, ana shu vazifa haligacha bajaril-madi.
Aniq dalil va muammolarga murojaat qilaman.
Birinchi - islohotlarning qay darajada samara be-rayotganini ko‘rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish kuvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarx-ni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik dara-jasini, mahsulot raqobatdoshligini so‘zsiz oshirish.
Tarmoqlar bo‘yicha tannarx o‘rtacha 10 foizga kis-qartirilgan bo‘lsa-da, kimyo va еngil sanoat, avtomo-bilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir kdtor tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘la olmayapti. Ayrim kor-xonalarzararbilanishlamoqda.
Maxalliylashtirish dasturini shakllantirishning avvalgi usullari eskirdi. Eksportni prognoz qilish bilan birga, importni puxta va sinchiklab prognoz kilmasligimizni kanday tushunish mumkin
Faqat o‘tgan yilning o‘zida mamlakatimizda mahal-liylashtirilgan qariyb 400 million dollarlik mahsulot chetdan import kilingan. Ayniqsa, «O‘zbekenergo», «Uzqurilish materiallari» aksiyadorlik jamiyatlari, Olmaliq kon-metallurgiya kombinata, «O‘zfarmsanoat» konsernibungaberilibketgan.
Endi, hurmatli Galina Karimovna, bundan keyin har oy, har chorak yakuni bilan, mavjud ahvolni chukur tahlil qilgan holda, tannarxni va importni qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar tomonidan amalga oshiri-layotgan ishlar to‘grisida Prezidenta shaxsan ma’lumot kiritasiz.
Bu ma’lumotnomada chuqur tahlil, ko‘rilayotgan yoki ko‘rilmayotgan choralar yoritilishi, shuningdek, aniq takliflar berilishi kerak. Ayrim rahbarlarning childirmasiga o‘ynash davri o‘tdi endi. Shu aеoеda har oyda bir marta Prezident rahbarligida selektor yigilishi o‘tkaziladi va tegishlichabahoberiladi.
O‘z vaqtida, Galina Karimovna, shaxsan siz va janob E. Ganiеv erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishni tak-lif etgan edingiz. Bu - yaxshi tashabbus, lekin u oxirigacha aniq harakatlar bilan mustahkamlanmadi.
Isbot tariqasida «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi bo‘yicha ma’lumotlarni keltiraman. O‘tgan 8 yil mobay-nida bu еrda atigi 24 ta loyiha amalga oshirilib, ularda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushi juda past va atigi 900 ta odam ishga joylashtirilgan. O‘tgan yili esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi 24 foizga pasaygan.
Prinsipial jihatdan yangi asoslarda «Urgut», «Gijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish bo‘yicha kuni kecha Farmon qabul kilindi. O‘tgan yillardagi xatolarni yana takrorlashga endiyo‘lqo‘yibbo‘lmaydi.
Bundan deyarli 10 yil oldin Iqtisodiyot vazirligi-ning sobiq rahbariyati meva-sabzavot balansini ish¬lab chiqmaslikni va tasdiqlamaslikni qat’iy tak-lif etgan edi. Bu nimaga olib kelishi mumkinligini, eng avvalo, ichki iste’mol bozoriga ta’siri qanday bo‘lishini biz bugun boshqalar misolida ko‘rib turib-miz. Buning ustiga, valyuta balansining muhim tushum manbaidanajralganbo‘laredik.
Xorijiy investiiiyalarni. birinchi navbatda, to‘g‘-ridan-to‘gri xorijiy investiiiyalarni jalb etish bo‘yicha ishlar kanday axvolda ekani tankidiy taxlilni talab etadi. Bunday investipiyalarning ULUshi 30 foizga tushib kolgan. Xalqaro moliya institutlarining kreditlari, ayniqsa, loyihalar buyurtmachilari bo‘lmish Respublika yo‘l jamg‘armasi va «Uzkommunxizmat» agentligi tomonidan sa-marasiz ishlatilmokda. Chunki ularning faoliyatida tizim, nazoratvamas’uliyatyo‘q.
Loyihalarni ekspertiza kilish va tenderlarni o‘tkazish byurokratlashib ketgani eng asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosla-nishini ekspertiza kilish agentligi tashkil etilganidan keyin ham sezilarli o‘zgarish va natijalar yo‘q. Agentlik rahbari Sh. Hoshimovda tashabbus еtishmaydi.
Ushbu masalaga doir hukumatning 110-karori ishlamas-dan, ta’bir joiz bo‘lsa, joyida toshdek qotib qolgan va o‘n yildan buyon qayta ko‘rib chiqilgani yo‘q. Bundan ekspertiza organlarining ayrim qo‘li egri rahbarlari va mutaxassis-lari ustalik bilan nopok maqsadlarda foydalanmokda.
Sizdan, Galina Karimovna, 15 kun muddatda ushbu qarorga o‘zgartish kiritish bo‘yicha taklif kiritishni so‘rayman.
Mahalliy hokimlarning aybi bilan mamlakatimiz hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish o‘ta konikarsizaxvoldakolmokda.
Birgina misol keltiraman. Qashqadaryo, Namangan, Sur-xondaryo viloyatlarida atigi 18 ta loyihani amalga oshi-rishga 55 million dollar yoki har bir loyihaga o‘rtacha 3 million dollardan xorijiy investitsiya jalb etilgan.
Ana shu hududlarning sanoati va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha mamlakat Prezidenti tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda bu albatta еtarli emas.
Shuning uchun viloyat hokimlari har chorak yakuniga ko‘ra tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy in-vestitsiyalarni olib kirish bo‘yicha ishlarning qanday ahvolda ekani to‘g‘risida shaxsan Prezidentga axborot-noma kiritadi. Buni Davlat maslahatchisi U. Ismoilov alohidanazoratga olsin.
Yuqorida zikr etilgan masalalarning barchasi Iqti-sodiyot vazirligi va uning rahbariyati vazifasiga kirmay-dimi?
«Biz ishlab chikdik va tasdiqladik, endi sizlar amalga oshirish va natija uchun javob berishga majbursiz» degan kayfiyat bilan yashab, uni odat qilib olish mumkin emas. «Bizning qarorimiz - eng yuqori bosqichdagi haqiqat va qonun» degan yaroqsiz, qo‘shtirnoq ichidagi «prinsip»ga asossiz ravishda tayanish va amal qilish mumkin emas.
Shu munosabat bilan Bosh vazir A. Aripovdan vazirlik-ning butun tiziminiqayta tashkil etishni ta’minlay-digan hujjatlar to‘plamini ishlab chiqishni va taqdim etishni tezlashtirishni so‘rayman. Bunda uning tarki-biy tuzilmasiga hokimliklarning tugatilgan Yigma boshqarmalari va iqtisodiyot bo‘limlarini kiritishni na-zardatutishkerak.
Birok, eng asosiysi - Iktisodiyot vazirligining vazifa va funkniyalarini tubdan kayta ko‘rib chikish zarur. Bunda ushbu tashkilotning eng muhim vazifasi sifatida vazir-lik, uning rahbariyati, jumladan, shaxsan vazirning yaku-niy natijalar, shuningdek, taklif etilayotgan konsepsiya-lar, dasturlar va ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari uchun javobgarligi belgilanishi lozim. Hukumat ushbu taklifning huquqiy asoslarini Qonunchilik palatasi va Senat bilan birga puxtao‘rganibchiqsin.
Soliq-budjet siyosatiga qatiy amal qilish, davlat-ning ijtimoiy majburiyatlarini bajarish, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar hajmi, yirik inves¬titsiya loyihalari va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashni moliyalashtirish - ushbu eng muhim vazi-falarni amalga oshirish, avvalo, Moliya vazirligi va shax-san vazirning faoliyati samaradorligi bilan belgilanadi.
Majlisimiz ishtirokchilariga murojaat qilar ekan-man, quyidagi savollarni berishni zarur, deb hisoblayman. Ushbu masalalar qay darajada samarali hal etilmoqda?
Nima sababdan Moliya vazirligining nizomi 1992 yil-da tasdiklangan bo‘lsa-da. 25 yildan buyon asosiy vazifa va funksiyalari tubdan kayta ko‘rib chikilmagan? Axir. isloxotlar vazirlik va uning raxbarlariga taallukli emas-mi? Nima sababdan vazirlik o‘ziga yuklatilgan eng MUXIM vazifalarni samarali bajarishnn. iktisodiyot va ijtimo-iy soxaning moliyaviy barkarorligini mustaxkamlashni ta’minlamayapti? Axir, vazirlik tarkibida 16 mingdan ortiq xodim ishlaydi, haddan tashqari kengayib ketgan markaziy apparat, hududiy organlar, G‘aznachilik, Nazorat-taftish boshqarmasi, Pensiya jamg‘armasi va yana 4 ta max-sus jamg‘arma mavjud. Ularni saqlash uchun budjetdan har yili 350 milliard so‘m xarajat qilinadi.
Eng muhim dasturlar, loyiha va vazifalar bo‘yicha qabul qilingan ayrim qarorlar yoki umuman real moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan, yoki koldiq prinsipi bo‘yicha moliyalashtiriladi. Nima sababdan to‘lov intizomi oqsayapti?
Jami 18 trillion so‘mlik debitor karzdorlikdan 11 trillion so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho‘zilibkelyapti.
Nima uchun ushbu muammo bilan Muddati utgan karzdorlikni kiskartirish komissiyasiga boshchilik kiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiltiy shugullanmayapti?
Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagan? Nima uchun ko‘plab tashkilot-lar, eng avvalo, budjet tashkilotlari xodimlari -o‘qituvchilar, vrachlar, xizmatchilar va hatto pensio-nerlar ayrim amaldorlarning qo‘shtirnoq ichidagi «yangilik»laridan qiynalishi kerak?
Albatta, Davlat budjeti o‘lchovsiz emas, mablag-larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va okilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu - hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan xaqiqat.
Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming nafar xodim ish-laydi va ularning xarajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i sarflanadi. Ana shu tuzilmalar rahbar va xodimlari shunday tasavvur bilan yashamokdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va boshqalarni jazolashdir.
Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natija-larga erishib bo‘ladimi? Bu - nafaqat xato fikr, balki chukur yanglishish, deb hisoblayman. Bu borada profilakti¬ka ishlarini kim samarali olib boradi?
O‘tgan yilning o‘zida 22 mingta tashkilotda jami 200 milliard so‘mlik o‘zlashtirish va mablaglarni boshqa maqsadlar uchun sarflash holatlari aniqlangan. Ularning asosiy kismi ijtimoiy soha tashkilotlariga to‘gri kela-di. Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish tegishli vazir-liklar rahbarlari bilan birga moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan J. Qo‘chqorovning faol ish yo‘nalishibo‘libqolishi kerak.
Hisob palatasi GK. Akmalov)dan bir oy muddatda Davlat budjeti mablag‘larining nafaqat samarali va maqsadli ishlatilishini har taraflama o‘rganishni, bal¬ki, birinchidan. rahbarlarning shaxsiy javobgarligi choralari bo‘yicha, ikkinchidan. allaqachon vaqti kelgan masalalarni hal etishga doir takliflarni kiritishni so‘rayman.
Moliya vazirligi, uning tarkibiy tuzilmalari va apparatining ish yuritish shakli va usullariga alohida e’tibor qaratish zarur.
Hukumatning aksariyat topshiriqlari belgilangan muddatlarni qo‘pol ravishda buzgan holda bajaril-moqtsa, ish sifati ham aksariyat holatlarda oqsamoqda. Shunga qaramasdan, bu tuzilmalar rahbarlarining o‘ziga bo‘lgan ishonchi osmon qadar baland.
Nima uchun boshqa idoralar rahbarlarn davlatning aniq muammolarini xal etish bo‘yicha malakali tav-siya olnsh o‘rnnga, donmo qog‘ozbozlik va sansalorlik holatlarn, shuningdek, ayrim vazir o‘rinbosarlari-ning baland dimog‘lngi va qaysarligi bilan to‘qna-shishi kerak?
Nihoyat, nima sababdan ba’zan inson qadr-kimmati еrga uriladi, bunga kim huquk bergan?! Nima uchun Bosh vazir o‘rinbosari yokn hukumat a’zosi qabulxonada so-atlab kutib o‘tirishi kerak? Nima uchun Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamenti mudnri jiddiy masalalar bo‘yicha yuzaki prezentatsiya o‘tkazilishini kunlab va haftalab kutadi, keyin esa hujjat qayta ishlashga qaytariladi? Va nima sababdan bu jarayon-larning barchasini shtatdagi yordamchi emas, balkn chala-savod va beandisha qabulxona inspektori belgilaydi?
Uylaymanki, ana shu oddiy bo‘lmagan va muhim savollar-ga aniq va ravshai javob topish vaqti keldi. Shu munosabat bilan Bosh vazir A. Aripovga va yangi vazir B. Xo‘jaеvga bir oy muddatda Moliya vazirligining tashkiliy tuzil-masi, uning vazifa va funksiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha aiiq takliflar kiritish topshiriladi.
Kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy tahlil qilish zarur. O‘ylaymanki, moliya organlarining butun tizimidagi rahbar va xodimlarni aggestatsiyadan o‘tkazish kerak.
Haqiqiy fakt shundan iboratki, agar R. Azimovda ana shu jiddiy kamchilik va muammolarni ko‘rish xohishi bo‘lganida, ularni keskin bartaraf etish bo‘yicha u zarur tashabbus ko‘rsatganida, biz bugun iqtisodiy va moliyaviy sohalarda bundan ham yuqorirok natijalar-gaerishganbo‘laredik.
Takror aytaman, faqatgina «g‘alaba raiortlari» bilan, shuningdek, muammolarga umuman aloqasi yo‘q, o‘z orzu-istagidagi mavhum narsalarni haqiqat deb ko‘rsatadigan shaxslar tomonidan tayyorlangan axborot-nomalar bilan cheklanib qolish mumkin emas.
Xakikat esa xizmat vazifangizga ko‘ra siz shaxsan javob beradigan kuyidagi jiddiy muammolarda o‘z aksini topgan.
Birinchi - iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atla-ri va investitsiya resurslariga o‘sib borayotgan talabni qanoatlantirish bir-biriga muvofiq emas.
Ikkinchi - naqd va naqdsiz shakldagi hisob-kitoblarda farqmavjudligi.
Uchinchi - hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni moliyalashtirish uchun mahalliy byud-jetlarning mablaglari еtarli emasligi.
Siz bu ochik-oydin faktlarni inkor kilmaysiz. deb uylayman. Sizdan real takliflarni kutaman.
Makroiktisodiyot kompleksi tarkibiga kiruvchi bosh-qaruv organlarining samarali ishlashi va ularga rahbarlik qilish talab darajasida ta’minlanmayapti. Shu munosabat bilan shaxsan sizga kuyidagilar topshiotladi:
birinchi - Tashki iktisodiy alokalar. investitsiya-lar va savdo vazirligi uzining vazifa va fushshiyalarini samarali va tulik xajmda bajaryaptimi? Uning raxbarlari E. G‘aniеv va Sh. To‘laganov-chi? Bu - prinsi-pial savol. Ushbu vazirlikning 163 ta mutaxassis ishla-yotgan markaziy apparata va hududiy bo‘linmalari nima bilanmashgul?
Bosh vazirga 10 kun ichida allaqachon hal etish vaqti kel-gan ushbu savollar bo‘yicha takliflar kiritish yuklanadi;
ikkinchi - Mexnat vazirligi va uning raxbari A. Abduxakimov faoliyati samaradorligini tubdan kayta ko‘ribchikishzarur.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylash-tirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘-maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar xamda bandlik muammolarini xal etishdagi rasmiyatchilik bilan boglik.
Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarni amalga oshirish borasida ko‘plab qo‘shib yozish holatlari bartarafetilmagan.
Ana shu muammolarga barham berish butun Makroiqtisodiyot kompleksi va shaxsan mehnat vazirining birinchi darajali vazifasiga aylanishi kerak.
Sizga. Rustam Sodikovich. 15 kun muldatda ushbu ishga barcha iktisodiy va moliyaviy organlar. bank muassasalari va Urta maxsus. kasb-xunar ta’limi markazining xududiy bulinmalari xodimlarini. shuningdek. barcha bugindagi xokimlar o‘rinbosarlarini jalb etishni nazarda tutadi-gan. prinsipial jixatdan yangi. ta’sirchan mexanizmni jo-riy etish yuzasidan anik takliflar kiritishni topshira-mash
Aniq bir misol bilan ushbu muammoni xal etishning real yo‘lini aytmoqchiman. Andijon viloyatining aholizich joylashgan Oltinko‘l tumanida 7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar bo‘yicha 2 ming 300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, jumladan, sanoatda -371 ta sub’ekt, kurilishda - 167 ta sub’ekt, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 156 ta sub’ekt va boshqa tashkilotlar faoliyatko‘rsatadi.
Tumandagi har bir xo‘jalik sub’ektiga o‘rtacha 3 nafar bitiruvchi to‘g‘rikeladi.
Tumanda budjetdan oylik oladigan iqtisodiy kompleks tashkilotlaridagi jami 400 nafar xodim ushbu korxonalarning samarali ishlashiga amaliy yordam bersa, masalan, kimgadir kredit, yana kimga xomashyo yoki malaka-li maslahat bilan ko‘maklashsa, bu ishni bemalol bajarsa bo‘ladi. Agar ana shu 400 nafar odam oyiga bittadan ish o‘rni tashkil etishga ko‘maklashsa, bir yilda 4 ming 800 ta yangi ish joyiga ega bo‘lish mumkin.
Bugunning o‘zida har bir bitiruvchini aniq bir tash-kilotga biriktirishni ta’minlash bilan birga, uning bo‘lajak ish joyi, ish haqi va ijtimoiy sharoitlarini anik belgilash zarur.
Bularning barchasini huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlash va eng asosiysi, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining nafaqat majburiyatini, balki shaxsiy mas’uliyatini xam belgilash zarur.
Faqat shunday yo‘l bilan biz davlatning o‘quvchilar va ularning ota-onalari oldidagi majburiyatini bajarishi-miz mumkin. Xuddi shunday amaliyotni respublika oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bo‘yicha ham ishlab chiqishvajoriеtishdarkor.
Navbatdagi muhim vazifa - bu bandlik masalasini hal qilishning butun tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha kompleks rahbariyati, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari shaxsiy mas’uliyatini oshirishdan iborat. Shu masala bo‘yicha quyidagi takliflarni kiritaman.
Birinchidan. hokimlar yangi ish o‘rinlari yaratish yuza-sidan tasdiqlangan ko‘rsatkichlarni, har oy yakuniga ko‘ra bajarilishini ta’minlagan taqtsirda, ularning ish xakiga 15 foiz ko‘shimcha ko‘shish bilan ragbatlantiriladi. Ana shu ko‘rsatkichlar bajarilishi ta’minlanmasa. aksincha. ular¬ning ish xakidan 15 foiz ushlab kolinadi.
Ikkinchidan. mazkur yo‘nalish uchun bevosita javob beradigan hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari ham shunga mos ravishda ish haqining 20 foizi mikdorida yo ragbatlantiriladi, yo jazolanadi. Bu tartib viloyat, tu¬man va shaharlarning iqtisodiy komplekslari barcha rahbarlariga nisbatan ham qo‘llanadi.
Shuning uchun Bosh vazir A. Aripovga, Bosh vazir o‘rinbosari R. Azimovga 15 kunlik muddatda ish joylari tashkil etishni moddiy ragbatlantirishga doyr taklif etilayotgan ushbu tizimni shu yilning 1 martidan boshlab amaliyotga joriy etish tugrisida Vazirlar Mahkamasining puxta ishlangan qarorini qabul qilishni topshiraman.
Uchinchi - biz bugun Davlat rakobat ko‘mitasining raisi D. Xidoyatovdan shaxsan siz va ko‘mitaning bo‘linmalari xususiylashtirish jarayonida pirovard natijani nima uchun nazorat kilmaysiz yoki ta’minlamaysiz. degan savolga javob berishni katiy talab kilishga xaklimiz.
Siz nima uchun ushbu muammolarni amalda xal etish urniga menga o‘zingizning xech kanday natija berma-gan va bermaydigan xorijiy xizmat safarlaringiz va «takdimot»laringiz tugrisida ogiz kupirtirib axborot berasiz?
Bugun davlat budjeti hisobidan katta mablaglarni xarajat qilib, xorijga xizmat safariga borib kelayotgan rahbarlar va ishchi guruhlaridan so‘rashga haqlimiz: qani sizlar og‘iz to‘ldirib, qog‘ozga chiroyli qilib yozib bergan natijalar, qani investor va investitsiyalar?
Siz bu ishlarga mutasadsi davlat qo‘mitasining rahbari bo‘lib, bunday natijalarni kimdan talab qilyapsiz? Birgi-na Koreya Respublikasiga korxonalarni sotamiz, investi¬tsiyalar olib kelamiz, deb tashkil etgan bir nechta biznes forumlaringiz natija berdimi, qani va’dalar?
Agar sizlar xorijiy safarlarga sarf qilgan xarajat-larni hisob-kitob qilsak, shu iulning o‘ziga ikkita yirik korxonanisotibolsabo‘lardi.
«Nol» qiymati bo‘yicha 1 ming 27 ta ob’ekt sotilgan. Albatta, bu yaxshi, biroq nima uchun ularning ko‘pchiligi, ba’zilarini hisobga olmaganda, ishga tushirilmagan va vayronaholidayotibdi?
Biz ularning o‘rniga nimani tashkil etdik, qanday quvvatlar va ishlab chiqarishlar barpo etildi, qancha odam ish bilan band? Nima uchun sotilishi lozim bo‘lgan 119 ta aksiyadorlik jamiyatidan faqat yarmining 15 foizlik ulu-shi xorijiy investorlarga sotilgan?
Davlat mulki talon-toroj qilingani uchun bugun kim shaxsan javob berishi kerak? So‘zsiz va birinchi navbatda siz, qo‘mita raisi sifatida javob berishin-gizshart.
Siz oldingi rahbarlarning xatolarini takror-lab, sustkashlik qilib va faqat statistika bi¬lan shug‘ullanib asosiy bo‘g‘inni - mamlakatning va xalqning boyligiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishniboyberyapsiz.
Sizga oxirgi marta, kompleks rahbari va Davlat maslahatchisi O. Murodov bilan birgalikda, Oliy Majlis bilan o‘zaro hamkorlikda 20 kun muddatda, birinchidan, ushbu muammoli masalalarni bartaraf etishni, ikkinchi-dan. sotilgan va sotib olingan davlat mulkining ishlamasligi, undan samarasiz foydalanilgani yoki talon-toroj kilingani uchun rahbarlar va mansabdor shaxslarning hukukiy majburiyat va mas’uliyatini puxta ishlab chiqishni nazarda tutadigan kompleks anik chora-tadbirlarni takdim etishnitopshiraman.
Davlat statistika kumitasi raxbariyatining faoliyati-da xam eskicha yondashuvlar bartaraf etilmagan. Ularning ish usuli, hisob-kitoblari va ma’lumotlari amaliy va tez-kor chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan kamchilik va muammolarning sabablarini to‘liq ochib bermayapti.
Oxirgi yillarda turizmdek muxim soxa kompleks rahbarining zarur darajadagi e’tiboridan chetda qolib ketdi. Bu xatoni so‘zsiz va eng muhimi, natijali ravish-da to‘g‘rilash kerak. Biz hozir faqat turizmni rivojlanti-rish bilan shugullanadigan tuzilmaga doyr masalalarni tasdiqladik.
Bu choralar turizmning O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar bilan kuchaytirilishi zarur. Bu vazifani hal qilish uchun 1 oy muddatberiladi.
Ushbu muammolar ko‘p jihatdan vazirlpklar. xujalik birlashmalari va xokimliklarning iktisodiy tuzilmalari bilan tizimli ishlar yulga ko‘yilmagani natijasidir.
Axir, qachondir va kimdir turoperatorlarning dardini eshitganmi? Ular qanday masalalar bilan shugullanyapti, qanday muammolarga to‘qnash kelyapti? Ularga anik, pro¬fessional yordam ko‘rsatish haqida umuman gapirmasa xam bo‘ladi.
Takdim etilgan hisobotlarda zarur savollarga umuman javob yo‘q. Birinchi - qancha odam mehnat qilyapti? Ikkinchi - hududlarda islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha muammolar bilan kim shugullanyapti: menejermi yoki iktisodiyotdan umuman uzok odamlarmi? Yana bir bor kom¬pleks rahbariga ushbu muammo bilan yaqindan shugulla-nishni topshiraman. Fakat endi talab kattik buladi.
Kompleks rahbari R. Azimov, tegishli tuzilma va hokimliklarning jiddiy va kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo‘nalish bor. Bu - xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’-sirchan ximoyasini ta’minlashdir.
Tadbirkorlar bilan shaxsan uchrashishga sizlarga nima xalaqit beradi? Albagga, bu uchrashuvlarda sizlarga yokmaydigan savollar berilishi tabiiy.
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda shaxsan o‘zim shunga qattiq ishonch hosil qildimki, bunday savollarni berishga ularning to‘liq va qonuniy huquqibor.
Bu huquqni ular turli ma’lumotnoma, ruxsatnoma va sertifikatlar, kredit olishda necha kunlar navbatda turish, noqonuniy tekshiruvlar, boy berilgan iqtisodiy va moliyaviy foyda hisobidan qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning ko‘pchiligi haqikiy fuqarolik pozitsiyasida turib, еtim bolalar va nochor oilalarga, mahallalar va ijtimoiy soha mu-assasalariga begaraz yordam bermoqda.
Buning evaziga ular nima olyapti? Birinchisi - fakat qo‘rquv, yana tekshirishni va siquvga olishni boshlashadi, erkin mehnat qilishga, oilamni, bola-chaqamni boqishga yana imkoniyat bermaydi, degan qo‘rquv. Shu sababli ular o‘z ishida kamchiligi va konunbuzarlik holati bo‘lmasa ham turli darajadagi amaldorlar bilan «kelishib olishga» majbur bo‘lmoqda.
O‘ylaymanki, bularning barchasidan siz, Rustam Sodiqovich, tanqidiy xulosa chiqarasiz va joriy yil yakuni bo‘yicha hukumat majlisida real natijalar bilan hisobot berasiz.
2016 yilda qishloq xo‘jaligida aqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom etti-rildi.
Shu bilan birga, 2016 yil uchun belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar va ustuvor vazifalarni bajarishni ta’minlamagan ayrim rahbarlarga bugun hukumat majlisida alohida baho berishni zarur, deb hisoblayman.
Birinchi - bu еr maydonlarini optimallashtirishdagi kamchiliklar. Toshkent, Namangan, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu jarayon talab darajasida o‘tkazilmagan.
Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha nomzodlar tanlashda jiddiyxatolargayo‘lqo‘yilgan.
Ikkinchi - ayrim fermer xo‘jaliklari еtarlicha aylanma mablaglar, zarur texnika va boshqa moddiy-texnik resurslarga ega emas. Bu qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligiga, shartnoma majburiyatlari bajarilishiga va fermer xo‘jaliklarining rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqtsa.
Uchinchi - ishlar еtarli darajada tashkil etilmaga-ni va ayrim rahbarlarning, jumladan, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlari sobiq hokimlarining shaxsiy mas’uliyatsizligi sababli bir qator tumanlar va fermer xo‘jaliklarida kutilgan darajada paxta hosili olinmadi.
Kosonsoy, Angor, Muzrabot, Qiziriq, Sherobod, Quyichirchiq, Qo‘shtepa tumanlarida paxta sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari 60-65 foiz darajasida qolib ketgan. Zarbdor, Paxtakor, Arnasoy, Mirzaobod, Xovos, Sardoba, Guliston, Chuеt va Bekobod tumanlarida davlat zaxirasi uchun galla еtkazib berish majburiyatlari bajarilmagan.
Ana shu faktlarning har biri bo‘yicha majlis bayonida prinsipial va qat’iy baho berish zarur.
2017 yilda Qishloq va suv xujaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
birinchi - ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilgor agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum еtishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi - fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilgi-moylash materiallari va uruglik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va gallani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmokda;
uchinchi - o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamgarma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
Necha yildan beri savol beraman: agarki qishloq xo‘jaligi maе’uliyatsizlarcha yondashuv asosida moliyalashtiriladigan bo‘lsa, davlat xaridi uchun mahsulotni qanday еtishtirish mumkin? Bu savolga haligacha aniq javob yo‘q. Nima sababdan?
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Jamgarma tomonidan fermer xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag to‘lab berilmagan. Tabiiy savol tug‘iladi: agar fermer davlat oldida o‘z majburiyatini bajargan bo‘lsa, nega davlat va uning ba’zi bir rahbar xodimlari bu masalaga befarq va bee’tibor munosabatda bo‘lmoqda? Kim bunga mas’ul? Kim shaxsan javob berishi zarur va shart?
to‘rtinchi - oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralarko‘rishimizzarur.
Eng avvalo, bu o‘rinda ran «Uzpaxtasanoateksport» kompaniyasi (A. Kamolov) va uning tarkibiga kiruvchi «Uzpaxtasanoat» (Ya. Xidirov), «Uzpaxtaeksport» (J. Qodirov) va «Uzpaxtayog‘» (V. Jo‘raеv) aksiyadorlik ja-miyatlarito‘g‘risidaboryapti.
Ushbu tarmoqlarni modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jumladan, paxta xomashyosini qayta ishlash bo‘yicha markazlarni tashkil etish borasidagi ishlar o‘ta qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgan.
«Uzbekoziqovqat-xolding» kompaniyasi rahbarlari O. Rustamov va A. Salimovga savollar to‘planib qolmoqda. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham еtmaydi. Yangi texnologiya va standartlar o‘ta sustkashlik bi-lanjoriеtilmoqda.
Qo‘shma korxonalarda ishlab chiqarish hajmi keskin pasaygan. Ana shu raxbarlarga nisbatan vakt va ishonch zaxirasi tez vakt ichida nixoyasiga еtadi. Ular bundan xulosa chikarishizarur.
«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati rahbari I. Haydarov, «Uzvinosanoat-xolding» - Sh. Rahimov va «Uzbekcharmpoyabzali» uyushmasi - M. Mansurov faoliyatida zamonaviy yondashuv va yangiliklar sezilmayapti.
Aniq faktlarni keltiraman. Eksport tarkibida ip-kalavaning ulushi yuqoriligicha - 53 foiz darajasida qolmoqda. Aholining poyabzalga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi 41 foizni tashkil etadi. Uzum еtish-tiradigan, vino va aroq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko‘plab korxonalar samarasiz ishlayapti.
Ana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirish Bosh vazir o‘rinbosari - qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.Mirzaеv uchun birinchi va jiddiy imtihon bo‘ladi.
Sizdan yaqin vaqt ichida ularni bajarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab, axborot berishingizni so‘rayman.
Bugun Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T. Norboеvadan kechiktirib bo‘lmaydigan quyidagi vazifalar bo‘yicha javob berishni va ularni amalda xdl etish yuzasidan aniq takliflarni kutamiz.
Birinchi vazifa - biz uchun mukaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash. xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik. axillik va o‘zaro hurmat muxitini yaratish. ma’naviy-ma’rifiy ishlarni anik mazmun bilan to‘ldirishdan iboratbo‘lmog‘izarur.
Ikkinchi vazifa - ayollar o‘rtasida jinoyatchilik. oilalarda ajralishlar ko‘paygani. yoshlarning turli diniy-ekstremistik okimlar va terrorista tashkilotlar ta’siriga tushishi kabi xalkimizga xos bo‘lmagan achchik va noxush masalalar bilan boglik.
Uchinchi vazifa - ayollarni ularga munosib mexnat bilan bandligini ta’minlash masalasidir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik. xunatjandchilik, tomorka xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari xam oksamokda.
Bu o‘rinda rasmiyatchilikka, qog‘ozbozlikka, hatto ko‘zbo‘yamachilikka berilish holatlari ham kam emas va bu haqda ko‘plab haqqoniy misollarni keltirish mumkin. Savol tug‘iladi: kimni va nima uchun aldayapmiz?
Shuning uchun Bosh vazir o‘rinbosari T. Norboеva boshchiligida Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, «Nuroniy», «Mahalla», «Kamolot» tuzilmalari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbar va mutasaddilaridan iborat ishchi guruhlari tashkil etilsin.
Ushbu guruxlar joriy yilning 20 yanvaridan boshlab Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlariga borib, uch oy davomida ko‘chama-ko‘cha, xonadonma-xonadon yurib, mavjud vaziyatni chuqur va puxta o‘rganadi, tahlil qiladi va joylardagi oddiy oilalardan, ko‘pni ko‘rgan otaxon va onaxon-larimizdan ham takliflar oladi.
Bosh vazir A. Aripovdan Davlat maslahatchisi O. Murodov bilan birgalikda, ana shunday o‘rganishlar natijalari va achchiq saboqlari asosida mavjud muammo va masalalarning ham huquqiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham ma’naviy-ma’rifiy, ham tashkiliy tomondan еchimini o‘zida aks ettirgan Prezident qarori loyihasi va aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqib, 20 aprelgacha tasdiqlash uchun kiritishni so‘rayman.
Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm-fan. davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish. ta’limning yangi. zamonaviy usullarini. jumladan. axborot-kommunikaniya texnologiyalarini joriy etish soxasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi.
Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz. jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik axamiyatga ega ekani sababli ushbu soxadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning e’tiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman.
Birinchi vazifa - maktabgacha ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish foizni tashkil etadi.
Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.
Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari, litsey va kasb-xunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog‘liq. Zamonaviy o‘quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas.
Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon tsivilizatsiеi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish vazifa-lari hali sifatli va to‘liq holda еchilgani yo‘q.
Yana bir muammoni hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy-ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy kddriyatlarni shakllantirish jarayonla-riga faol ko‘mak beradigan muhitni yaratish zarur.
Uchinchi vazifa - ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini okilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘gri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
Hozircha ushbu mexanizm ishlamayapti. Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to‘g‘risidagi ma’lumotni Oliy ta’lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ular-ni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormoqtsa.
Afsuski, hech kim buning uchun javobgar emas. Nima sababdan? Axir, bu o‘rinda ran barchamizning farzandlarimiz to‘g‘risida, hech bir mubolagasiz aytish kerakki, mamlakati-mizning kelajagi haqida ketyapti.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimovni ogohlantirib aytmoqchiman. Siz bu sohada katta tajribaga ega bo‘lgan holda, nafaqat ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, balki tub va sifatli o‘zgarishlarni ta’minlash uchun ham shaxsan javob berasiz. Oldingi yillardagi xatolarni takrorlashmumkinemas.
Turtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bunga Fanlar akademiyasi a’zolari bilan yaqinda o‘tkazilgan uchrashuv va uzoq muddatli muloqot davomida qat’iy ishonch hosil qildim.
Bu o‘rinda, mening nazarimda, ikkita asosiy vazifani hal etish zarur:
birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilgor xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart;
ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Sizga, Abdulla Nigmatovich, Fanlar akademiyasining yangi prezidenti B. Io‘ldoshev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy mud-datda olimlar bilan uchrashuvda berilgan topshiriqlarni ijro etish bo‘yicha puxta ishlangan chora-tadbirlar kom-ileksini takdim etish topshiriladi.
Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda ran, eng avvalo, yosh-lar va axoli o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib kilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini еtkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormokda.
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatgaolish zarur.
Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, jid-diyto‘siqbo‘lmokda.
Shu munosabat bilan, Bosh vazirga alohida komissiya tuzib, bir oy muddatda darsliklar, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima kilish, ular bilan o‘kuv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini takdim etish topshiriladi.
Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga ham alohida e’-tibor berish lozim bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini juda ham puxta o‘rganish zarur.
Hozirgi paytda hammamizning oldimizda juda muxim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ular-ning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.
Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun biz kuni kecha alohida farmoyish ham qabul qildik.
Bizning navbatdagi kechiktirib bulmaydigan va istikboldagi vazifamiz - «Elektron xukumat» tizimi samarali ishlashini ta’minlashdan iborat. Hozircha u to‘liq hajmda ishlamayapti. Ayrim idoralar esa bu tizimga yoki ulanmagan, yoki ochiq aytadigan bo‘lsak, uni nima qilishni ham bilmaydi.
2016 yildagi ayrim faktlardan o‘zingin xulosa chiqarib oling. Davlat xizmatlari yagona portaliga 534 ming fukaro va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlardan 6 mingdan ortigi yoki ko‘rib chiqilmagan, yoki ularga o‘z vaktida javob berilmagan.
Ro‘yxatga olingan 4 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatning atigi mingga yaqini tizimga joylashtirilgan. Tuman va shaharlar hokimliklarining ko‘pida ushbu tizim samarasizishlatilmokda.
Hatto, texnologik jarayonlarni va boshqarish tizimlarini takomillashtirishga jiddiy ehtiyoj bo‘lgan yi-rik korxonalar, tashkilot va xo‘jalik birlashmalari ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda zarur tashabbus ko‘rsatmayapti. Ular katorida «O‘zbekneftgaz», «O‘zdonmahsulot» kompaniyalari, «O‘zfarmsanoat» konserni, «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushma-si, «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati ham bor.
Bunday yuzaki yondashuv bilan ko‘plab muammolari-mizni еchishimiz mumkinmi? Shu sababli yaqin vaqt ichida ana shu ishlar ahvolini muhokama qilib, bu borada tasdiqlangan Milliy dasturni bajarishning samara-dorligi yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar. Shuningdek, istikboldagi vazifalar to‘g‘risida axborot berish kerak.
Xokimlarning mavkei va roli, ularning tumandagi. shaxar va viloyatdagi ishlar axvoli uchun shaxsiy javobgarligi Konstitutsiyamizda prinsipial qoida sifatida belgi-lab qo‘yilganini barchangiz yaxshi bilasiz.
Biz xar doim ularning faoliyati natijalariga alohida e’tibor qaratganmiz va bundan keyin ham bu masala diqqatimiz markazida bo‘ladi.
Shuni inobatga olib, yaqinda barcha bugindagi xokimliklarning tuzilmasiga prinsipial o‘zgarishlar kiritildi. Bunga qanday zarurat bor edi?
Birinchidan. hududlarni, ayniqsa, qoloq shahar va tumanlarni kompleks rivojlantirishga doir eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirish zaruratidan kelib chiqildi.
Agar hududlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlarini solishtirsak, ular kun va tundek bir-biridan farq qiladi.
Ikkinchidan, hududiy va tarmoq boshqaruvi samarasiga, ularning rivojiga xolis baho berishni qiyinlashtiradigan holatlar mavjud. Masalan, respublikaga bo‘ysunadigan yirik korxonalar ko‘rsatkichini chiqarib tashlasak, viloyatlar yalpi hududiy mahsuloti xajmi juda kichik bo‘lib qoladi.
Bosh vazir A. Aripovga bir oy muddatda hudud va tarmoqlar ko‘rsatkichlari hisobi va ularni statistikada aks ettirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan qaror tayyorlash va qabul qilish yuklanadi.
Masalan, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kom-binatlari, neft-gaz va kimyo sanoati korxonalarining hududlarga bevosita aloqasi yo‘q. Ularni rivojlantirishga erishishda hokimliklarning hech qanday roli va xizmati yo‘qligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Shuning uchun oqni - oqqa, qorani - qoraga ajratish vaqti ham keldi. Shunda statistik raqamlar ham haqikiy holatniaksettiradi.
Uchinchidan. hokimliklarning tuzilmasini ishlab chiqishda to‘plangan tajriba hamda bir qator viloyatlar hokimlarining takliflari hisobga olindi.
Tuzilmaga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritildi. Barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarida xokimning iktisodiy isloxotlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari. shuningdek, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlari joriy etildi.
Axborot-tahlil guruhlari kuchaytirildi. Chegaraga yaqin 80 ta tumanda hokimning maxsus yordamchisi lavozimi kiritildi. Jami 739 ta ko‘shimcha shtat tashkil etildi.
Yaqinda hokimlar va hokimliklarning barcha xodimlari ish haqini ularning mehnat stajidan kelib chikkan holda oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
O‘ylaymanki, endi barcha bo‘g‘indagi xokimlarning xodimlar soni еtishmasligi to‘g‘risida shikoyat qilishi uchun ob’ektiv asos yo‘q. Endi ushbu lavozimlarga samarali ishii ta’minlaydigan, munosib kadrlarni tanlash bo‘yicha oldi-mizdamuhimvazifaturibdi.
A. Aripov, O. Ramatov va R. Azimovning e’tiborini hokimlarning birinchi o‘rinbosari lavoziml ariga munosib nomzodlarni takdim etish cho‘zib yuborilganiga qarataman.
Biroq yana bir ustuvor vazifa bor. Bu - Bosh vazirning barcha o‘rinbosarlari, departamentlar, tarmoklarni boshqarish organlari rahbarlarining hokimlar va ularning tegishli o‘rinbosarlari bilan o‘zaro yaqin aloqasi va faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlashdir. Endi samarali ishlash barcha rahbarlar uchun ham qarz, ham farz.
2017 yiy va vadan keyingi davrga belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchta eng muhim talabga hal etuvchi darajada bog‘liqdir.
Birinchi - davlat rahbari - Prezidentdan boshlab barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning yakuniy iatijalar uchun shaxsiy javobgarligi.
Ikkiichi - hamma sohada aniq tartib va qattiq intizomii ta’miilashimiz darkor. Yana bir bor ta’kidlaymai, ishni birgalikda bajaramiz, iatija uchui esa har birimiz shaxsan javob beramiz.
Uchinchi talab - saflarimiz va kadrlarimizning sofligini ta’miilash, ishdagi har qanday salbiy holatlarning oldiii olish va bunday illatlarning il-diziiiquritish.
O‘tgan yili ishdagi jiddiy kamchiliklar va shaxsiy mas’uliyatsizligi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirini, «O‘zstandart» agentligi, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zagrosanoatmash-xolding» kompaniyasi, «Asa-kabank» va boshqa bir qator boshqaruv organlari va tashki-lotlar rahbarlarini lavozimidan ozod etdik.
Aynan ana shu sabablarga ko‘ra Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, shuningdek, bir qator shahar va tuman hokimlari lavozimidan ozod qilindi.
Bularning barchasi davr talabi. Bu talab iktisodiyot va. ayniksa. ijtimoiy soxaning. shuningdek. axolining muxim muammolarini bir oy yoki bir yildan keyin emas, balki shu bugun, hozirniig o‘zida еchish zaruratidai kelib chiqadi.
Hisobot beruvchi Bosh vazir o‘rinbosarlari, tarmoqlar rahbarlari va hokimlardan, shuningdek, majlisda ishti-rok etayotgan barcha mutasaddi shaxslardan asosiy e’tiborni quyidagi savollarga qaratishni so‘rayman:
birinchi - har biringiz kamchilik va muammolarni bartaraf etish uchun qanday aniq choralarni ko‘rasiz?
ikkinchi - iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo‘yicha qaysi eng muhim ko‘rsatkichlarni joriy yil birinchi choragi va birinchi yarim yilligida bajarish uchun nima qilishkerak?
Yana bir bor ta’kidlamoqchiman: bizga nazariy va umumiy fikrlar emas, ana shu ikkita savolga aniq va lo‘nda javob kerak.
Bo‘lib o‘tgan muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoеv majlisga yakun yasab, kuyidagi fikrlarni ta’kidladi.
- Aziz do‘stlar, hozir sizlar bilan belgilab olgal maqsad va vazifalarga erishish uchun ishimizni yangicha asosda tashkil etib, har birimiz o‘z joyimizda mas’uliyatni chuqur his qilib, qattiq ish olib borishimiz kerak. Bugungi majlisda bildirilgan barcha tahliliy va tanqidiy fikrlar ertangi kun uchun, yangi marralarni egallashimiz uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Hammamizga bir haqiqat ravshan bo‘lishi lozim: biz mavjud rivojlanish sur’atlari bilan o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erisha olmaymiz. Bugun zamon o‘zgarmoqda, uning talabi, oldimizga qo‘yayotgan vazifalari tobora ortib bormoqtsa. Mana shunday murakkab sharoitda «Sen - menga tegma, men - senga tegmayman» degan kayfiyat bilan ishlashning vaqti o‘tdi. Biz «vaziyat yomon, vazi-yat og‘ir» deb bahona qidirishga o‘rganib qolganmiz. Lekin shu vaziyatni kim o‘zgartiradi, kim izga soladi, degan savolni, keling, o‘zimizga beraylik. Vaziyatni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz, mehnatimiz bilan o‘zgartirmasak, hech kim chetdan kelib bu ishni biz uchun qilib bermaydi.
Bugun bu majlisda hamma narsa o‘z nomi bilan aytilib, iqtisodiyotimizdagi mavjud ahvol xolis tahlil qilindi, kelgusi rejalar belgilab olindi.
Eng muhim vazifamiz - mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz, avvalo biz - rahbarlarning faoliyatidan rozi bo‘lishi ke-rak. Buning uchun har bir rahbar o‘z aravasini o‘zi tortishi, o‘z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o‘zi shaxsan javob be-rishi kerak. Shundan keyin jamiyatimizda o‘zgarish bo‘ladi, rivojlanishbo‘ladi.
O‘tgan yili dekabr oyida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi xalqimizning ertangi kunga, kelajakka bo‘lgan ishonchini ko‘rsatdi. Endi biz ana shu yuksak ishonchni amaliy ishlar bilan oqlashimiz shart. Shuning uchun ham hammamiz xulosa qilaylik: jonajon Vatanimiz, olijanob xalqimizning ishonchini qozonish, uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun faqat tinimsiz mehnat, izlanish va tashabbus ko‘rsatib yashash kerak. Odamlar buni kundalik hayotda sezishi, ko‘rishi zarur.
Xalqimizda «Do‘st achitib gapiradi» degan maqol bor. Biz bir-birimizga nisbatan aytilgan tanqidiy gaplarni, albatta, to‘g‘ri tushunamiz, deb o‘ylayman.
Hammamizga ma’lum, o‘tgan yil biz uchun oson bo‘lmadi. Juda og‘ir qiyinchilik va musibatlarni boshimizdan o‘tkazdik. Lekin bu sinovlardan munosib o‘tdik.
Xudoga shukr, mana, 2017 yil yomon kelmayapti. Tog‘larda qor mo‘l, «obi rahmat» - yomg‘irlar yog‘ib turibdi. Bu - qishloq xo‘jaligi, dehqon va fermerlarimiz uchun qut-baraka, mo‘l hosildegani.
Mana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, zamon talabini his etmasdan, eskicha ishlashga endi hech bi-rimizning haqqimiz yo‘q. Xalqimiz bugun kagga orzu-umidlar bilan yashayapti. Bu orzu-umidlarni kim amalga oshiradi? Avvalo, mana shu zalda o‘tirgan rahbarlar, mutasaddi va mutaxassislar, navqiron yoshlarimiz. Buning uchun biz-da kuch va imkoniyat, bilim va saloxiyat xam, qat’iy iroda, intilish va azmu shijoat ham еtarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |